Ichki hujjatlar
deb korxonaning o‘zida tuzilgan,
tashqi hujjatlar
deb esa
korxonaga chetdan kelib tushgan hujjatlar tushuniladi. Masalan, tayyor mahsulotni
jo‘natishda tuzilgan schyot-faktura ichki, materiallarni ta’minotchilardan kelib
tushganligini ko‘rsatuvchi schyot-faktura esa tashqi hujjat hisoblanadi.
Tuzish usullariga ko‘ra
buxgalteriya hujjatlari qo‘lda va kompyuterlarda tuzilgan
hujjatlarga bo‘linadi.
Buxgalteriya hisobida qo‘llaniladigan hujjatlar shakl va mazmuniga ko‘ra
unifikatsiyalashtirish va standartlashtirish talablariga javob berishlari kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |