(moylash, artish uchun materiallar) yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini
yaxshilaydigan (rang beradigan) materiallar yordamchi materiallar deyiladi.
Bir xil materiallar ishlab chqarishda asosiy materiallar bulsa ikkinchi turdagi
mahsulotlarni ishlab chqarishda esa yordamchi materiallar bo’lishi yoki aksincha.
Ishlab chqarish korxonalarida yoq’ilg’i va
ehtiyot qismlar, idishlar alohida turkumlarda
ko’rsatilib, ularning harakati maxsus schyotlarda hisobga olib boriladi. Mehnat buyumlarini
hisobga olib borish uchun «Materiallar» hisobi schyotlari belgilangan bo’lib,ularning
turlarini alohida aks ettirish uchun bir nechta subschyotlari mavjud.
Materiallarning harakati va qoldig’ini nazorat qilish uchun analitik schyotlardaularning
turlari,navlari,markasi,miqdori va summasi bo’yicha olib boriladi.Masalan: unlar, bugdoy,
javdar unlariga bugdoy unining o’zi esa oliy, birinchi, ikkinchi navlar bo’yicha hisobga olib
boriladi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning tannarxini aniqlash uchun materiallarni sotib olish
ortish-tushirish xarajatlari kushilib, haqiqiy tannarxda hisobga olib borish zarur.
Materiallarning haqiqiy tannarxi sotib olish bahosiga transport,ortish tushirish, bojxona va
boshqa xarajatlar kushib hisoblanadi.
Lekin Materiallarning turlari ko’p bo’lib.sotib olish narxi har xil undan tashqari, turli
manbaalardan kelganligi uchun,ortish tushirish xarajatlari ham turlicha bo’ladi.
Materiallarning har bir turlari bo’yicha tannarxda hisobga olib borish qiyinligidan
ko’pgina korxonalarda joriy hisobda quyidagi usullardan birini kullaydilar.
-Materiallarning har bir turi sotib olish bahosida hisobga olib boriladi. Transport-
tayyorlov xarajatlari esa hama materiallar bo’yicha alohida analitik schyotlarda hisobga olib
boriladi:
-Materiallarning har bir turi rejalashtirilgan narxda.haqiqiy tannarx va
rejalashtirilgan tannarx o’rtasidagi farq esa alohida hisobda yuritiladi.
Joriy oy davomida materiallar hisobda yuritilgan narxda ishlab chqarishga beriladi.
Materiallarning hisobi har ikki usulda olib borilganda ham,joriy oyda ishlab chqarishga
sarflangan materiallar haqiqiy tannarxga yyetkaziladi. Buning uchun sotib olish narxida
sarflangan materiallar summasiga transport tayyorlov xarajatlari,rejalashtirilgan tannarxda
bo’lganda ular o’rtasidagi farq (ortiqcha bulsa kushiladi, kam bulsa ayriladi) hisoblanadi.
Materiallar temir yo’lavtomobil va boshqa transport turlari orqali korxonaga keltirilishi
mumkin. Agarda materiallar temir yo’l bilan kelsa,temir yo’l nakladnoyi bilan birgalikda
keladi.
Agar vogon konteyner bo’zilgan,yoki qabul qilishda haqiqiy kelib tushgan va hujjatda
ko’rsatilgan miqdor va summada farq bulsa,komissiya tomonidan kommersiya dalolatnomasi
to’zilish kerak.
Materiallar avtotransportlarda kelib tushganda tovar transport yuk xati (TGN)
schyot-faktura kabi hujjatlar bo’ladi. Mol yetkazib beruvchi tashkilotlardan omborga
materiallar qabul qilindi.
Bunda debet 10 schyot Materiallar
Kredit 60 schyot Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar.
Qabul qilingan xom-ashyo va materiallar shartnomaviy sotib bahosiga; Agar mol
yetkazib beruvchilar schyot to’lov-talabnomalariga transport xarajatlarini ham kushgan bulsa,
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
bu summaga ham yuqoridagidek yozuv to’ziladi,lekin 10 «Materiallar» Schyotining tashish
ortish-tushirish xarajatlari nomli alohida analitik schyotlarda olib boriladi.Materiallarni qabul
qilishda kamomad bulsa mol yetkazib beruvchi transport tashkilotlari gunoxkor qismiga:
Debet 42 schyot «Da'volar bo’yicha hisob kitoblar»
Kredit 60 schyot «Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan schyotlar».
Materiallar omborxonalarda fizik va ximik xususiyatlariga qarab.zarur sharoitlar
yaratilgan holda saqlanishlari zarur. Ombordagi materiallar moddiy javobshar shaxs
tomonidan Materiallarning miqdoriy harakatinin maxsus kitoblarda hisobga olib borishlari
kerak.
Materiallar ishlab chqarishga berilganda quyidagicha buxgalteriya provodkasi
beriladi.
Debet 2010 schyot Asosiy ishlab chqarish va 23 schyot Yordamchi ishlab chqarish
Kredit 10 schyot Materiallar.
Agar materiallar bir moddiy javogar shaxsdan ikkinchi bir moddiy javogar shaxsga
dalolatnoma orqali o’tkazilganda quyidagicha provodka beriladi.
Debet 10 schyot Materiallar.
Kredit 10 schyot Materiallar.
Do'stlaringiz bilan baham: