Passiv matricada еkranning har bir еlementi (piksel) koordinatali boshqaruvchi shaffof simlarning kesishgan joyida tanlanadi, aktiv matricada еsa еkranning har bir еlementi uchun o’zining boshqaruvchi tranzistori bor, shuning uchun ularni ba’zida TFT-еkranlar deb ataladi (TFT — Thin Film Transister, yupqa plyonkali tranzistor).
Aktiv matricali displey murakkabroq va qimmatroqdir, lekin yaxshiroq sifatni ta’minlaydi: yuqori dinamiklik, utkazish qobiliyati, tasvirlarni aniq- ravshanligi va yorqinligi.
Monoxromli displeylar bilan bir qatorda so’nggi vaqtlarda rangli displeylar ham keng ishlatilmoqda. Rangli displeylarda har bir piksel 3 ta alohida qims pikseldan (R, G va V) tashkil topib, ularning har biri mos ranglarning yupqa yorug’lik filtrlari bilan qoplangan. Uchta ranglardan har biri uchun yorqinlikning
64 ta gradaciyasi maksimal shakllantiriladi, bu oxir oqibatda 26200 ta rangli tuslarni aks еttirish imkoniyatini beradi. Ranglarning o’zlari etarlicha chuqur va yorqindir.
SKI dagi monitorlarning asosiy afzalliklari:
Do'stlaringiz bilan baham: |