3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
uslubiy vazifasi
– iqtisodiyot nazariyasi fanining o‘zi, tahlili va uning 
tamoyillari, olingan xulosalar, tadqiq etilayotgan iqtisodiy qonunlar boshqa ijtimoiy va 
tarmoq fanlari uchun uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi; 
4) 
g‘oyaviy-tarbiyaviy vazifasi
– ushbu vazifa shundan iboratki, uning 
yordamida talabalar, mutaxassislar va iqtisodiyot ilmi o‘rganuvchilarning ilmiy 
dunyoqarashini shakllantiradi, milliy istiqlol g‘oyasini talaba yoshlar ongiga singdiradi, 
ularni millat manfaatlari yo‘lida iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy mahsulotni 
ko‘paytirish, milliy pul qadrini oshirish, milliy tovarlarni jahon miqyosida bozorgir 
bo‘lishini ta’minlash, mamlakat aholisining turmush darajasini ko‘tarish ruhida 
tarbiyalaydi. Iqtisodiyot nazariyasi talaba yoshlarga moddiy ne’matlarning inson 
mehnatining mahsuli ekanligini tushuntirib, ularni mehnat hamda cheklangan 
resurslarni tejash ruhida tarbiyalaydi.
«Zaminimizda yashayotgan odamlarning munosib va erkin, faravon hayotini 
ta’minlash, har bir kishi huquq va imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish uchun barcha 
zarur sharoitlarni yaratish - jamiyatimizni isloh qilish va yangilash paytida oldimizga 
qo‘yayotgan g‘oyat muhim vazifalardandir»
1
. Bundan tashqari, iqtisodiyot nazariyasi 
aholini ish bilan ta’minlash, pulning qadrsizlanishi oldini olish, aholini ijtimoiy 
himoya qilish yo‘llarini ko‘rsatib berishi lozim. Iqtisodiyot nazariyasi fani 
makroiqtisodiyot darajasida tahlil qilib, uning sohalari, ko‘rsatkichlari, omillari 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni, iqtisodiy o‘sish yo‘llarini aniqlab ko‘rsatadi va davlatning 
ichki va tashqi iqtisodiy siyosatida ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Iqtisodiyot nazariyasining maqsadi esa, eng avvalo, ilmiy bilishdan iboratdir. 
Shundan kelib chiqadiki, iqtisodiy jarayonlar va hodisalarni kuzatish, ulardagi shakl 
va mazmun o‘zgarishlarini, ichki bog‘lanish va aloqalarni, ziddiyatlarni, qonun-
qoidalarni, tushunchalarni bilib, birinchi navbatda, talabalarga, iqtisodchi 
mutaxassislarga va iqtisodiyot bilan qiziquvchi boshqa xodimlarga o‘rgatishdan 
iboratdir. 
Iqtisodiyot nazariyasining biz qayd qilgan amaliy, nazariy, uslubiy va tarbiyaviy 
tomonlari bir–biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Amaliy iqtisodiyot nazariy bilimga 
ega bo‘lishni, u bilan qurollanish zaruriyatini taqozo etadi. Nazariy bilim esa oldindan 
ko‘ra bilish va amaliy harakat yo‘lini to‘g‘ri belgilash imkonini beradi. 
Umuman olganda, iqtisodiyot nazariyasi fani iqtisodiy jarayonlar, voqea va 
hodisalar sirini bilishda ilmiy qo‘llanmadir. 
«Pirovard maqsadimiz bo‘lgan ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot 
qurish borasidagi intilishlarimizda biz uchun ruhiy-ma’naviy kuch quvvat manbai, 
ilmiy asos - bu milliy g‘oya, milliy mafkuradir»
2
. Shu aqidadan kelib chiqib, 
iqtisodiyot nazariyasi fani «Kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish
1
Karim
о
v I.A. Yangicha fikrlash va ishlash - davr talabi. T-5. -T.: «O‘zb
е
kist
о
n», 1997. 179-b
е
t. 
2
Karim
о
v I.A. 
О
z
о
d va 
о
b
о
d Vatan, erkin va far
о
v
о
n hayot - pir
о
vard maqsadimiz. T.: «O‘zb
е
kist
о
n», 2000. 463-b
е
t. 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


14 
ularning dunyoqarashini o‘zgartirish»
3
vazifasini ham bajaradiki, bu iqtisodiyotni 
isloh qilish sohasidagi strategik maqsadlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Prezidentimiz 
Islom Karimov ta’kidlab o‘tganlaridek: «Jamiyatda hayotga, o‘zgarishlarga befarq 
qaraydigan loqayd kimsalar bo‘lmasligi kerak. Bu taraqqiyotimizni orqaga surib 
yuboradi. Inson buyuk, ezgu orzular bilan yashasin. Uni nafaqat mamlakat, balki 
jahonda ro‘y berayotgan hodisalar qiziqtirsin. Dunyoqarashi, ongi chegaralanib bir 
qolipda qolmasin. Milliy g‘urur, istiqlol mafkurasi g‘oyalari unga doim hamroh 
bo‘lsin»
1

Bu 
maqsadga 
erishish 
uchun 
«Iqtisodiyot 
nazariyasi» 
fani 
Prezidentimiz I.A. Karimovning so‘zlagan nutq va ma’ruzalarida, asarlarida ko‘rsatib 
berilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri tamoyillarini, o‘tishning o‘ziga xos yo‘lini, 
o‘zining iqtisodiy qonunlarini, yo‘l-yo‘riqlarini, Oliy Majlis, Vazirlar Mahkamasi 
qabul qilgan qarorlar asosida mamlakatimiz oldida turgan iqtisodiy muammolar va 
vazifalarning chuqur tahlilini, uni yechish yo‘llarini yoritmog‘i, o‘tish davri 
iqtisodiyotining xususiyatlari, ko‘p ukladli iqtisodning, turli shakldagi mulkchilikning 
vujudga kelish yo‘llari, usullarini ko‘rsatib bermog‘i lozim. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish