43
2. Qiymatning asosiy kontseptsiyalari. Qiymatning mehnat nazariyasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanida tovar qiymatining negizini nima tashkil qiladi
degan savolga javob berishda ikki xil yo‘nalish mavjud hamda ular o‘rtasida doimiy
ravishda tortishuvlar va munozaralar bo‘lib kelmoqda. Biz quyida shu ikki xil
yo‘nalishdagi nazariyalarning mazmunini o‘quvchiga havola qilamiz.
Qiymatning mehnat nazariyasi.
Bu nazariyaning asoschilari bo‘lib Uilyam
Petti, Adam Smit, David Rikardolar hisoblanadi.
U.Petti – qiymatning mehnat nazariyasining dastlabki asoschisi bo‘lib, u
qiymatning
manbai mehnat hisoblanishini, aynan mehnat sarfi tovar qiymati
miqdorini belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan. Biroq, U.Petti tovarning iste’mol
qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni ko‘ra olmagan. U tovarning qiymati faqat
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishga sarflanuvchi mehnat orqali yaratiladi, deb
hisoblagan.
A.Smit o‘zining «Xalqlar boyligining tabiati va sabablari to‘g‘risida tadqiqotlar»
(1776 y.) nomli asarida tovarning iste’mol va almashuv qiymatini farqlab bergan. U
tovar qiymatining yagona manbai bo‘lib moddiy ishlab chiqarishning har qanday
sohasida sarflangan mehnat hisoblanadi, degan xulosaga kelgan. Shu bilan birga,
tovar qiymatining miqdorini
har qanday mehnat emas, balki jamiyat uchun zarur
bo‘lgan o‘rtacha mehnat belgilab berishini ko‘rsatib o‘tgan.
D.Rikardo qiymatning yagona mezoni bo‘lib tovar ishlab chiqarishga sarflangan
hamda ish vaqti sarflari orqali aniqlanuvchi mehnat hisoblanishini isbotlab bergan. U
tovarning iste’mol qiymati va qiymati o‘rtasidagi farqni aniq ko‘rsatib, har qanday
ishlab chiqarishda tovarning qiymati sarflangan mehnat orqali aniqlanishini
ta’kidlagan.
Demak, yuqorida ta’kidlanganimizdek, qiymatning mehnat nazariyasi
tarafdorlarining fikricha, tovarlarni ayirboshlash ularning
qiymati asosida amalga
oshiriladi. Qiymatning miqdori esa, ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari bilan, ya’ni
ijtimoiy zaruriy ish vaqti bilan o‘lchanadi.
Qiymatning mehnat nazariyasiga ko‘ra ijtimoiy zarur ish vaqti o‘ziga xos
ijtimoiy mehnat me’yori rolini o‘ynaydi. Bu me’yor bozorda aniqlanadi va tovar
ishlab chiqaruvchilar unga amal qilishlari zarurdir. Keragidan ortiqcha mehnat
sarflari qiymat yaratmaydi, ya’ni jamiyat tomonidan e’tirof
etilmaydi, rad etiladi.
Bozorda muayyan turdagi tovarlarning asosiy massasini ishlab chiqarish uchun zarur
bo‘lganidan amaldagi ortiqcha mehnat sarflariga hech kim haq to‘lamaydi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tushuntiradiki, tovar qiymatida oddiy
mehnat ifodalanadi. Oddiy mehnat deganda maxsus tayyorgarlik talab qilmaydigan
mehnat tushuniladi. Oddiy mehnat darajasi turli mamlakatlarda va turli davrlarda bir
xil bo‘lmay, turlicha va o‘zgaruvchan bo‘ladi. Lekin qiymat namoyon bo‘ladigan har
bir muayyan bozorda (u xoh ichki, xoh tashqi bozor bo‘lsin) oddiy mehnat ma’lum
bir darajadagi mavjud mehnatdir. U shunday boshlang‘ich negizki, malakasi jihatidan
unga tenglashtiriladi. Binobarin, murakkab va malakali mehnat ko‘paytirilgan oddiy
mehnat sifatida namoyon bo‘ladi. Murakkab mehnatni oddiy mehnatga tenglashtirish
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
44
bozorda individual sarflarni ijtimoiy zarur sarflariga tenglashtirish bilan birga sodir
bo‘ladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari tovar ishlab chiqarish sharoitda tovar
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi aloqalarni, ijtimoiy mehnatni taqsimlash va
rag‘batlantirishni
tartibga soluvchi, obyektiv qiymat qonunini mavjud bo‘lishini tan
oladi. Ular fikriga ko‘ra, bu qonunga binoan tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash
ularning qiymati asosida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy zaruriy sarflarning yuqorida keltirilgan ta’riflaridan kelib chiqsak,
qiymat qonuni individual mehnat sarfi ijtimoiy zarur mehnat sarfidan ozroq bo‘lgan
ishlab chiqaruvchilarni, ya’ni ma’lum vaqt ichida ko‘proq miqdorda iste’mol
qiymatlarini yaratuvchi yoki yuqoriroq mehnat unumdorligini ta’minlaydigan ishlab
chiqaruvchilarni rag‘batlantiradi. Qiymat qonuni individual mehnat unumdorligi
ijtimoiy me’yordagi mehnat unumdorligidan past bo‘lgan
ishlab chiqaruvchilarni
jazolaydi. Bu bilan iqtisodiy sharoitlar tovar ishlab chiqaruvchilarning mehnat
unumdorligini oshirish yoki boshqa xil tovarlarni ishlab chiqarishga o‘tishini
rag‘batlantiradi. Aks holda ular bozordan siqib chiqarilish, xonavayron bo‘lish xavfi
ostida qolishlari mumkin.
Qiymat qonuni tovar ishlab chiqaruvchilarni ularning individual mehnat sarflari
bilan ijtimoiy zaruriy mehnat sarflari o‘trasidagi farq tovar ishlab chiqaruvchilarni
tabaqalashtiradi, mehnat va moddiy sarflarni kamaytirishni rag‘batlantiradi va
mehnatning ishlab chiqarish sohalari bo‘yicha taqsimlanishini tartibga solib turadi.
Masalan, eng yuksak mehnat unumdorligiga erishgan ishlab chiqaruvchilar o‘z
tovarlarini ijtimoiy zarur sarflaridan kamroq, lekin ayrim individual sarflaridan
yuqori narxlarga sotishlari va yuqori foyda olishlari mumkin. Lekin ular ish
faoliyatining muvaffaqiyati ko‘proq kafolatlangan deb bo‘lmaydi. Chunki ular texnik
va tashkiliy jihatdan yangiliklarni ishlab chiqarishga o‘z vaqtida qo‘llab turmasalar,
yuqoriroq samara beradigan ishlab chiqarish
usullarini qidirib topmasalar, ma’lum
vaqtdan so‘ng o‘z ustunliklaridan ajralib qolishlari mumkin.
Qiymat qonunining tartibga solib turuvchi mexanizmi rakobat kurashi natijasida
bozor narxlarining stixiyali ravishda tebranib turishidan, ularning ijtimoiy qiymatdan
farq qilib turishidan iborat. Tovar narxining ijtimoiy qiymatidan chetga chiqish shart-
sharoitlari quyidagilardan iborat deb hisoblanadi:
Talab = taklif bo‘lgan holda:
narx = qiymat.
Talab > taklif
bo‘lgan holda:
narx > qiymat.
Talab < taklif
bo‘lgan holda:
narx < qiymat.
Shunday qilib, tovarlar narxining ular qiymatidan farq qilishi tovar ishlab
chiqaruvchilarning xoxishi bilan sodir bo‘lmay, balki obyektiv qiymat qonunining
kuchi ta’siri ostida bo‘ladi.
Qiymat qonuni resurslarning turli ishlab chiqarish sohalari o‘trasida
taqsimlanishini tartibga solib turish vazifasini bajarayotganda ham narxlar dinamikasi
muhim rol o‘ynaydi. Agar u yoki bu aniq tovar ijtimoiy ehtiyojini qondirish uchun
zarur bo‘lganidan kamroq ishlab chiqarilsa, bu talabning taklifdan oshib ketishiga
sabab bo‘ladi. Tovar narxi oshib ketadi. Narxlar,
shu bilan birga daromadlar
kamayadi, bu tarmoqdagi ishlab chiqarish resurslari daromad yuqori bo‘lgan boshqa
PDF created with pdfFactory trial version
www.pdffactory.com
45
tarmoqlarga o‘tib ketadi. Qiymatning mehnat nazariyasi modellarida qiymat
qonuniga asoslangan ishlab chiqarish nisbatlarini tartibga soluvchi bozor mexanizmi
ana shunday tavsiflanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: