3 McCarthy, O'Dell English vocabulary in use pdf



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/252
Sana06.05.2023
Hajmi1,37 Mb.
#935754
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   252
Q
d
 = D(P
b
, Y).
 
Bu tenglamadan nonga bo‘lgan talab (Q
d
) nonning narxi (P
b
) va daromad 
hajmi(Y)ning funktsiyasi deyish mumkin. Funktsiyani yozishda qavs oldida turgan 
o‘zgaruvchi (D) funktsiyani anglatadi. 
Non bozori modelida Q
d
= D(P
b
, Y) ifodasi nonga bo‘lgan talabning omillarini 
aniqlab beradi. Agar biz nonga bo‘lgan talab to‘g‘risida ko‘proq ma’lumotga ega 
bo‘lganimizda, quyidagicha yoza olgan bo‘lar edik: 
 
Q
d
 = 60 - 10P

+ 2Y. 
 
Bunday holda talab funktsiyasi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi: 
 
D(P
b
, Y) = 60 - 10P

+ 2Y. 
 
Mazkur funktsiya non narxi hamda daromad hajmining har bir darajasiga 
muvofiq keluvchi nonga bo‘lgan talabni aniqlash imkonini beradi. Masalan, agar 
daromad 10 ga, nonning narxi 2 ga teng bo‘lsa, nonga bo‘lgan talab 60 ga teng 
bo‘ladi; agar nonning narxi 3 gacha oshsa, u holda nonga bo‘lgan talab 50 ga qadar 
qisqaradi. 
Funktsiya o‘zgaruvchilar o‘rtasidagi miqdoriy nisbat ma’lum bo‘lmagan 
hollarda ham ular o‘rtasidagi bog‘liqlikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 
nonning narxi 2 dan to 3 ga qadar oshganda talab kamayishini bilgan holda, qanchaga 
kamayishini bilmasligimiz mumkin. Bunday holda, agar biz o‘zgaruvchilar o‘rtasida 
qandaydir bog‘liqlik mavjudligini bilsak, uni funktsional shaklda ifodalash maqsadga 
muvofiqdir. 
Tahlilning muvozanatga asoslangan usuli. Iqtisodiy nazariyadagi tahlilning 
muvozanatli usulini ideal harakatsizlikning fizikaviy nazariyasi yoki jismning bir 
tekis va to‘g‘ri chiziqli harakati bilan taqqoslash mumkin. Bunda iqtisodiyotning 
barcha tashqi sharoit va parametrlari (texnika va texnologiyaning holati, 
iste’molchilarning didlari, mulkchilikning taqsimlanishi va h.k.) oldindan belgilab 
berilgan, deb qabul qilinadi. Muvozanat deb shunday holat tushuniladiki, unda tashqi 
sharoit va parametrlar o‘zgarmagan holda xo‘jalik jarayonining birorta 
ishtirokchisida o‘z iqtisodiy hulq-atvorini o‘zgartirishga rag‘bat mavjud bo‘lmaydi. 
Boshqacha aytganda, gap shunday usul haqida boradiki, unda talab va taklif, narx va 
qiymatning muvozanati boshlang‘ich model sifatida qaraladi. Mazkur yirik 
PDF created with pdfFactory trial version 
www.pdffactory.com


19 
abstraktsiya asosida keyinchalik qo‘shimcha qiymat, foyda, foiz, renta va boshqa 
nazariyalar quriladi. Shu bilan birga, talab va taklif muvozanati abstraktsiyasining 
qo‘llanishi iqtisodiy kategoriyalarni tahlil qilishda ahamiyatli yo‘qotishlarga olib 
kelmaydi, aksincha, iqtisodiy qonunlarning harakatini yuqori darajadagi sof holda 
ochib berish imkonini yaratadi. 
Bunga qarama-qarshi o‘laroq, nomuvozanat usuli shundan kelib chiqadiki, talab 
va taklif o‘rtasidagi muvozanat abstraktsiyasidan o‘rinsiz foydalanish o‘z mohiyatiga 
ko‘ra faqat nomuvozanat sharoitida amal qila oluvchi bir qator iqtisodiy 
kategoriyalarning tahlili uchun to‘sqinlik qiladi. Uzoq muddatli muvozanat iqtisodiy 
tahlili bunday yondoshuvda iqtisodiyot nazariyasining o‘ta zarur, biroq birinchi 
bosqichi sifatida maydonga tushadi. Ratsional xo‘jalik yuritishning tarixiy 
evolyutsiyasiga, iqtisodiy taraqqiyot va farovonlikning o‘sishi manbalarini ochib 
berishga taalluqli bo‘lgan iqtisodiy tahlil fan-texnika taraqqiyoti, iste’molchi didlari, 
mulkning taqsimlanishi, resurs taqchilligi, institutsional tizim, jahon xo‘jaligi 
aloqalari va boshqalar o‘zgarishining ta’siri ostida iqtisodiy muvozanatning 
buzilishiga o‘z vaqtida e’tibor qaratishni taqozo etadi.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish