Bolalar bilan guruhiy psixoterapiya.
Guruhiy muhokama va mashqlar bolalarga kimga ishonishlari mumkinligi va kimdan ehtiyot boʻlishlari kerakligini aniqlab olishga yordam beradi. Biroq, jinsiy zoʻravonlikni boshidan oʻtqazgan bolalar bilan guruhiy psixologik maslahat ishlarini olib borishda juda ehtiyotkor boʻlmoqlari lozim, chunki ular oʻz hissiyotlarini guruhga aytishlari uchun jarohatlari hali juda yangi boʻlishi mumkin.
Terapiyaning vazifasi nafaqat jinsiy zoʻravon tomonidan bolaga yetkazilgan psixologik jarohatni yengib oʻtishga yordam berish, balki unda yoshga mos hayotiy malakalarni shakllantirishni ham koʻzda tutadi.
Guruhiy terapiya jarayoni bolani ijtimoiylashuviga yoʻnaltirilgan. Guruhiy terapiyaning asosiy maqsadlaridan biri — bolada oʻzini nazorat qilishni va jamiyatda tan olingan normalarga mos tarzda oʻzini tutishni rivojlantirishdir. Guruhiy mashgʻulotlarda qatnashish oʻz-oʻziga bahoni oshiradi. Aynan jinsiy zoʻravonlik qurboni boʻlgan bola bilan guruhiy ishlash davomida, psixoterapevt bolaga faqatgina u shunday qoʻrquv va shubhani boshdan kechirmayotganini koʻrsatib berishi oson kechadi. Bolalarda tinch va ijobiy sharoitda oʻzining qarama-qarshi hissiyotlarini aniqlashtirib olish imkoni paydo boʻladi.
Shunday qilib, jinsiy zoʻravonlikni boshdan kechirgan bolalar bilan ishlashning optimal shakli aynan guruhiy terapiya hisoblanadi, chunki bunday ishlash jarayonida ularda izolyatsiyalanganlik hissi pasayadi, muloqot malakalari rivojlanadi, ichki konfliktlar va qaygʻularni analiz qilish imkoni paydo boʻladi.
Odatda guruhiy terapiya oddiydan murakkabga prinsipi asosida amalga oshiriladi. Muammoli va ogʻriqli masalaga guruh ishtirokchilari tayyor boʻlganlarida oʻtiladi.
Shunga muvofiq guruhiy terapiya uzoq, masalan, yarim yilgacha davom etishi mumkin. Guruh odatda belgilangan vaqtda xaftada bir marta uchrashadi, sessiya davomiyligi esa bolalar yoshidan kelib chiqqan xolda 45 minutdan 1,5 soatgacha boʻlishi mumkin. Bolalar guruhi ishtirokchilar soniga qarab katta boʻlmasligi, yaʼni 7-8 kishidan oshmasligi lozim.
Guruhga bolalarni tanlashda avval individual suhbatlashish kerak. Agar bola boʻlgan voqeani inkor etsa yoki chuqur ayb va uyat hislarini boshdan oʻtkazayotgan boʻlsa, u hali guruhiy ish olib borishga tayyor emas, bu hola bola bilan birinchi individual terapiyani oʻtkazish tavsiya etiladi.
Umuman, har qanday holatda ham, bolalarni guruhiy ishlashga tayyorlash: xavotirni pasaytirish, mashgʻulot maqsadi bilan tanishtirish, konfidensiallik haqida gaplashib olish va voqea yuzasidan guruhda mazaxlarni oldini olish maqsadida, har bir bola bilan ikki yoki uch martadan iborat individual uchrashuvlarni oʻtkazish kerak.
Kattalar bilan ham ish olib borilishi kerak: guruhiy ishning maqsad va vazifalari haqida ularni ogohlantirish, konfidensiallik masalasini muhokama qilib olish va ota-onalar farzandini guruhiy terapiyada ishtirok etishiga rozilik beruvchi kontraktni tuzib olish kerak.
Jinsiy zoʻravonlikni boshdan oʻtkazgan, ayniqsa kichikina bolalarga bir jinsli terapevtik guruhlar, hamda bu guruhni qizlarda ayol, oʻgʻil bolalarda erkak kishi boshqarishi kerak.
Guruhlar yopiq boʻlmogʻi kerak.
Har bir mashgʻulotning oxirgi 20-30 minutida emotsional guruhiy ishdan dam olishlari uchun bolalarga bir-birlari bilan erkin gaplashishlari taklif etiladi.
Bolalarda guruhiy terapiya yakuni ahamiyatga ega yutuq sifatida qabul qilinishi kerak.
Jinsiy zoʻravonlikni boshdan kechirgan bolalar bilan guruhiy treninglar
Bu trening oʻz faoliyatini jinsiy zoʻrlanish qurboni boʻlgan bolalarni reabilitatsiya qilishga bagʻishlangan mutaxassislarning ishlari asosiga qurilgan (Mendell, Damon, 1998). Bu dastur San Fernando Velley (AQSH) klinikasida ishlab chiqilgan boʻlib, 7-13 yoshgacha bolgan bolalarda olib boriladigan guruhiy psixoterapiya ishidir, mana 20 yildirki bu dastur yaxshi samara bermoqda. Dastur uch bosqich va oʻnta moduldan iborat.
Bosqich. Modul 1: "Guruhga xush kelibsiz"; Modul 2: "Doʻst orttiramiz"; Modul 3: "Hissiyotlar bu norma"larni oʻz ichiga oladi. Bosqichninig asosiy vazifasi-bolalarni guruhiy faoliyatga moslashtirish, jarohat yetkazgan ogʻriqli hislar, ichki nizolar bilan ishlash uchun qulay muhitni shakllantirishdir.
Bosqich. Modul 4: "Boʻlib oʻtgan voqeani bir-birimizga gapirib beramiz” Modul 5: "Sirligicha” Modul 6: "Mening oilam ...larni qamrab oladi”. Bu bosqichda zoʻrlik va uning maʼlum boʻlganligi natijasida bolaga yetkazilgan psixologik jarohat bilan ishlash jarayoni boshlanadi. Bolalarda vujudga kelgan uyalish, maʼsuliyat hislari analiz qilinadi.
Bosqich. Modul 7: "Oʻzing haqingda oʻzing gʻamxoʻrlik qil"; Modul 8: "Qizlar katta boʻladi"; Modul 9: "Oʻgʻil bolalar katta boʻladi"; Modul 10:"Xayrlashuv oʻrnida" mashqlardan iborat. Terapiyaning yakunlovchi bosqichi ishtirokchilar qalbida umid uygʻotish, diqqatini boshdan kechirganlardan normal hayotni davom ettirishga yoʻnaltirishi kerak. Bunda oʻz-oʻziga baho berish, oʻz huquqlarini himoya qilish va jinsiy yetilish mavzulariga murojaat qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |