Kar’era va kar’era turlari
Mutaxassis T.Bazarovning ta’kidlashicha, karera – insonning mehnat faoliyati jarayonidagi xulq-atvori va tanlagan yo’nalishi bilan bog’liq lavozim yoki kasbiy o’sishining natijasidir.
Kareraga traektoriyani inson o’z mehnat xatti-harakatlarining amalga oshirish jarayonida foydalanadigan shaxsiy maqsadlari, xohish-istaklari, ustanovkalari orqali quradi va uni tashkilot ichi yoki tashqarisidagi haqqoniy faoliyat xususiyatlarida shakllantiradi. Karera turlari: Professional (kasbiy) karera, tashkilot ichidagi karera
Kareraning bosqichlari
-
№
|
Karera
|
Yosh
|
Qisqacha
|
Motivatsiya xu-
|
Bosqichlari
|
davrlari
|
tavsifnoma
|
susiyatlari
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Mehnat faoliyatiga
|
Xavfsizlik,
|
1
|
Dastlabki
|
25 yoshgacha
|
tayyorgarlik, faoliyat
|
ijtimoiy tan
|
|
|
|
yo’nalishini tanlash
|
olinish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ishni o’zlashtirish,
|
Ijtimoiy tan
|
2
|
Tayinlanish
|
30 yoshgacha
|
kasbiy malakaning
|
olinish,
|
|
|
|
rivojlanishi
|
mustaqillik
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Ijtimoiy tan
|
3
|
Siljish
|
45 yoshgacha
|
Kasbiy rivojlanish
|
olinish, o’zini
|
|
|
|
|
ayirboshlash
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Nafaqaga ketishga
|
Ijtimoiy tan
|
|
|
60 yoshdan
|
tayyorlanish, shaxsiy
|
4
|
Tugash
|
olinishni ushlab
|
so’ng
|
almashinishga o’qish
|
|
|
turish
|
|
|
|
va izlanish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Faoliyatning boshqa
|
Yangi faoliyat
|
|
|
65 yoshdan
|
sohasida o’zini
|
5
|
Nafaqa
|
ko’rinishi bilan
|
so’ng
|
ro’yobga chiqarishga
|
|
|
shug’ullanish
|
|
|
|
izlanish
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Karera qilishning ob’ektiv shartlari quyidagilarni o’z ichiga oladi: (a) kareraning missiyasi (eng yuqori no’qtasi) – yuqori bo’g’in lavozimi; (b) karera muddati – tashkilot ichida individual holda egallagan birinchi mavqeidan toki yuqori (oxirgi) bo’g’ingacha bosib o’tilgan yo’ldagi o’sishlar soni; (v) egallab turgan mavqei darajasining ko’rsatkichlari – o’zining ayni paytdagi amalga oshirayotgan karerasi davridagi odamlar munosabati bilan ilgarigi mavqei o’rtasidagi tafovut.
Fanda kareraning ta’lim tizimiga xos bir necha ko’rinishlarini o’rganish mumkin.
KARERANING TA'LIM TIZIMIGA HOS BIR NECHA KO'RINISHLARI
4- darajali karera - biznesmen (ta'lim hizmati bo'yicha talablarni yaratuvchi)
3- darajali karera - o'qituvchi-uslubiyotchi (turli bilimli va harakterli insonlarga tahsil bera oluvchi)
2- darajali 1- darajali
karera - karera -
tadqiqotchi boshqaruvchi
(muayyan ilm-fan (maktab direktoridan
namoyondasidan vazirgacha)
tortib, fanlararo
yondashuv
Boshqaruvda kar’era motivlari. Kareraning gender masalalari
Quyida turli kareralar muhokama qilinib qolmay, balki ta’lim sohasidagi kasbiy faoliyatga doir Internet materiallariga tayangan holda qo’shimcha ma’lumotlar keltirilgan; ta’lim muammolariga bo’lgan qiziqishlaringiz qay darajada chuqurligini yana bir bor tekshirib ko’ring.
Ta’lim menejeri karerasi jamiyatda eng keng tarqalgan karera turi sanaladi. Oxirgi 3 yilda mahsus ta’lim menejerlarini tayyorlash markazlari paydo bo’ldi. Yaxshi boshqaruvchi bo’lish uchun harakatni eng “pastdan” (masalan, xoh u maktab yoki xoh OO’Yu bo’lsin) boshlash juda muhimdir. Boshqa sohalardagi boshqaruvdan farqli o’laroq (masalan, ishlab chiqarish, davlat xizmati, armiya) ta’lim menejmenti turli boshqaruv usullarini talab qiladi. Quyida keltirilayotgan vaziyatlarning eng maqbul echimini topishga harakat qilib ko’ring.
1-vaziyat. Talabalardan biri muntazam ravishda intizomni bo’zib, boshqa talabalarga nisbatan o’zini agressiv munosabatini namoyish qilmoqda. Ma’lumki bu talabaning oilasida muammolar, shu jumladan, iqtisodiy muammolar mavjud. Boshqa talabalar (ularning ota onalari ham) o’quv jarayoniga xalaqit berayotgan talabaning haydalishini talab qilmoqdalar.
2-vaziyat. Talabalar sizning yoningizga o’qituvchining axloqsizligidan arz qilib kelmoqdalar. Pedagog o’z navbatida talabalar uning talablarini bajarmayotganliklarini ro’kach qilmoqda. Siz bu mutaxassis o’z fanini yaxshi bilishini, lekin talablarni yuqori qo’yib, ularning bajarilishini talab qilishga moyilligini bilasiz.
3-vaziyat. Siz talabalar ota onalarining loqaydligiga duch keldingiz, ular majlislarga kam qatnashadilar, akademik litsey tadbirlarida ishtirok etmaydilar. Ota-onalar litsey hayotiga ko’proq jalb qilinsalar yaxshi bo’lardi deb o’ylaysiz. Lekin qanday qilib?
Boshqaruvga oid muammolar hal qilinayotganda, unda kim va qay darajada ishtirok etishini tushunish juda muhim.
Birinchi vaziyat tizimli hal etilishi talab qilinadi – chunki unda bir necha muammo qorishib ketgan : tarbiyasi og’ir talaba bilan etarli ish olib borilmagani (talaba o’zini boshqacha tutishi uchun akadimek litsey nima qila oladi); talabalarning bir-birlariga sabrsiz va litseyga istemolchilik munosabati; litsey va ijtimoiy xizmatlarning birgalikdagi harakati. Har qanday holatda ham litsey direktori talabalar huquqlarining poymol qilinishiga yo’l qo’ymasligi zarur. Bunday vaziyatda mas’uliyat talabalar bo’ynida emas, balki litsey mutaxasislaridadir, ular professionallar komandasi bo’lib ikki yo’nalishda: muammolarni hal qilish va bunday vaziyatlarni oldini olish (profilaktika qilish) ustida ishlashlari kerak.
Ikkinchi vaziyat boshqaruvchining xususiy muammosini aks ettiradi – hamkasblar va talabalar uning qarorlariga ta’sir o’tkazishlari (manipulyasiya) haqida. Bu erda, birinchi vaziyatdan farqli, kollegial qaror qabul qilinishi maqsadga muvofiq – boshliq talabalar va pedagog o’rtasida ijtimoiy kontrakt tuzilishida vositachi bo’lishi kerak. Ikki tomon ham boshliq hech kimning yonini olmay, o’quv jarayoniga ziyon etkazmaslikni o’ylayotganini tushunishlari kerak.
Uchinchi vaziyat odamlarning u yoki bu muammoni hal qilinishida ixtiyoriy ishtiroklariga tegishli. Litsey direktori ota-onalarni biror jazo bilan qo’rqitib litsey hayotiga jalb qila olmaydi. Litseydagi liberal muhit, ochiqlik oilani umumlitsey muammolariga jalb qilishning eng yaxshi usuli.
Vazifalar bajarilgach, quyidagi savollarga javob bering. (1) Boshqaruvga oid muammolarni hal qilish sizga yoqdimi? (2) Nima qo’lingizdan keldi-yu, qaerda qiynaldingiz? (3) Boshqaruv muammolarini hal qilish turli odamlar qiziqishlariga ta’sir qilishini doim yodingizda tutdingizmi?
Albatta, qaror qabul qilish boshqaruvchining yagona faoliyat turi emas, lekin u asosiylaridan biri. Bu jarayon siz uchun qiziqarli bo’lsa, balki, boshqaruvchi karerasi haqida jiddiy o’ylab ko’rarsiz.
Demak, siz o’zingizda tahlil (analiz)ga yoki tadqiqodchilikka layoqat sezyapsiz. Olimlik faqat layoqatni emas, balki doimiy rivojlantirib borish kerak bo’lgan muayyan fikrlash qobiliyatini talab qiladi. Dadil farazlarni ilgari sura olasizmi, ularni tekshirishning g’aroyib yo’llarini topib, sabr-toqat bilan o’z eksperimentlaringizni takrorlay olasizmi. Ta’limning dolzarb muammolaridan birini aks ettirgan vaziyat bilan tanishing va uni tadqiq qilish rejasini o’ylab chiqing. Farazni ilgari surishdan boshlang, so’ngra bunday gipotezalarni hal yo’llarini o’rganib chiqing. Pedagogik tadqiqotlarda muhim bo’lgan amaliy yo’riqnomalar tuzishni yodda tuting.
Ta’lim tizimini boshqarish bilan shug’ullanish va o’qitishni tadqiq qilish uchun pedagogika instituti yoki universitetida o’qish shart emas – aksincha, psixologik, iqtisodiy, moliya va huquqshunoslik ma’lumotlari amaliyotchi va tadqiqotchilarga zamonaviy maktab muammolarini hal qilishda yordam beradi. Hozir deyarli barcha OO’Yu qoshlarida ta’lim muammolarini o’rganish markazlari paydo bo’ldi.
Ko’pchilik uchun pedagog karerasi juda oddiy jarayondek tuyuladi, lekin shunga qaramay, ta’lim sohasining mashhur namoyondalari – qiyin materialni o’zlashtirishga ko’maklashuvchi yoki talabalarning shaxsiy va aqliy o’sishiga qaratilgan mualliflik uslubiyotlarini (metodikalarini) ishlab chiqqan o’qituvchilardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |