arktik saxro florasi rivojlangan. Kaynazoy erasida Bering nomi bilan ataluvchi kichik quruqlik ham mavjud bo’lgan va u yerda Sharqiy Sibir boreal o’simliklari rivojlangan. Chukotka va Alyaskadagi ba’zi o’simliklar (kaklik o’ti, qarg’atuyoq, parpi) arktik Amerikaga xos bo’lib, qadimgi Bering florasining qoldiqlari hisoblanadi. Shunday qilib, arktik kichik oblast uchun xarakterli o’simliklardan ko’knor, g’ozpanja, astragal, erbaxo, qo’ng’irbosh, bir qancha mox va lishaynik kabilarni ko’rsatish mumkin. Ularning butasimon vakillari yoqilg’i sifatida, o’t o’simliklarning mevalari oziq-ovqat va dori-darmon sifatida, moxlar hamda lishayniklardan bug’ular uchun yem-xashak sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |