.1 .
Nerv tizimi va endokrin
tizimining inson organizmi va
xulq atvoridagi ahamiyati.
Ruh – falsafa va din borasidagi chuqur tushuncha. Ko’plab falsofa va diniy yo’nalishlarda,
inson ruhi-o’lmas, mavhum deb hisoblangan, uning asosiy xususiyatlari his- tuyg’u, tafakkur
ong, kechinma va irodadan iboratdir.
Eksperimental psixologiya- bu barcha turdagi ilmiy-psixologik izlanishlarning
umumlashuvidir .
Fiziologiya (grekchadan – tabiat haqida fan) – jonli borliq haqidagi fan bo’lib, hayotning
me’yoriy va g’ayritabiiy o’zgarish jarayonlarini o’rganadi.
Refleks – (lotin tilidan olingan bo’lib , orqaga qaytadigan, aks ma’nolarini bildiradi) – bu
organizmlarning atrof-muhitga bo’lgan ixtiyorsiz javob deb ataladi, u keying faktlardan iborat:
Hozirgi zamon fanida jadal rivojlanib, katta
qiziqish uyg‘otayotgan va inson sir-sinoatlariga
chuqurroq kirib borishga muvaffaq bo‘lgan soha
asab tizimini tadqiq etish hisoblanadi.
Organizmning yaxlit tuzilma sifatida faoliyat
ko‘rsatishini nerv hosilalarining to‘plamlari ta’minlab beradi.
Asab tizimi markaziy, periferik va vegetativ bo‘limlardan iborat. Markaziy asab tizimi
(MAT) bosh va orqa miyani o‘z ichiga oladi. Miya organizmda boshqaruvchi vazifasini o‘taydi
va psixomotor faoliyatni ta’minlab beradi. Bundan tashqari, miya fikrlarimizni mahorat bilan
boshqarib, inson organizmining beshta asosiy tuyg‘ulari – ko‘rish, eshitish, ta’m bilish, hid bilish
va sezishni nazorat qiladi.[1]
Periferik asab tizimi – nervlar va nerv tugunlaridan iborat. Periferik nervlar majmuasi
yurak, o‘pka, ovqat hazm qilish tizimi va boshqa ichki organlar, tomirlar va to‘qimalarni
ta’minlaydi, bularning barchasi vegetativ asab tizimini tashkil etadi. Uning faoliyati inson iroda
kuchiga bog‘liq bo‘lmaydi. (3.1 rasm)
Asab tizimi organizmning ixtiyoriy va ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarini boshqaradi.
Ixtiyorsiz bajariladigan vazifalarga misol qilib ovqat hazm qilish vazifasini keltirishimiz
mumkin. Asab tizimini tashkil etuvchi milliardlab asab hujayralari organizmning o‘zidan,
shuningdek, tashqi muhitdan axborot qabul qiladilar.
Bosh miya xaritasini tuzib, nervlar vazifalarini aniqlashga ilk marotaba Tomas Uillis
(1621-1675) qo‘l urgan edi. Nemis vrachi Frans Gall (1758-1828) miyaning frenologiya
xaritasini yaratib, unda «ruh layoqatlari» deb nomlagan psixikaning xossalarini joylashtirdi.[2]
Bosh va orqa miya – ikki hayotiy muhim organlar – miya qutisi va umurtqa pog‘onasi
suyaklari bilan o‘ralgan va himoya qilinadi. Miyaning asosiy tarkibiy qismlari bo‘lib katta miya
(ikki yarim sharlar), miyacha, orqa miya hisoblanadi. Miya yarim sharlari – bu organning
axborotni qabul qilib, tananing boshqa qismlariga o‘tkazuvchi asosiy qismidir. Yarim sharlar
nutq, tafakkur va xotiraga ma’suldirlar. Miyacha asosan tana harakatlarini muvofiqlashtirishga
yordam beradi. Orqa miya yurak faoliyati, nafas olish va qon bosimi kabi vazifalarni boshqaradi.
Asab tizimi endokrin tizim bilan uzviy hamkorlikda inson barcha organlarining faoliyatini
boshqaradi. Inson fikrlari, xotiralari, hissiyotlari yoki sezgilari, shuningdek, uning har bir
anglangan harakati amalga oshirgan faoliyatining aksi bo‘lib hisoblanadi. Bundan tashqari, asab
tizimi, ichki, vegetativ, anglamaydigan vazifalar: tana harorati, yurak urishi va boshqa
gomeostaz (muvozanat, doimiylik)ni tashkil etuvchilarni boshqaradi. [2]
Asab tizimi somatik va vegetativ bo‘limlarga ajratiladi. Birinchisi, skelet mushaklari
qisqarishi yordamida sezuvchanlik va harakat bilan ta’minlagan holda organizm bilan tashqi
muhit o‘rtasidagi aloqani amalga oshiradi. Ikkinchisi, moddalar almashinuvi, nafas olish,
ajratishga o‘z ta’sirini o‘tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: