- Relef - uch guruhga., makrorelef, mezorelef va mikroreleflarga ajratiladi.
- Makrorelf deganda tekislik, baland tekislik, tog’lar singari yirik relef formalari tushuniladi. Bu relef xavo oqimning harakatiga ta’sir etib, katta maydonlar iqlimini shakllantirishda ishtirok etadi.
- Mezorelef balandlikni kam o’zgaradigan adir-qirlar past balandliklar va vodiylar kabi relef shakllari kiradi. Mezorelef tuproqda yorug’lik, issiqlik va namni to’planishi va tarqalishida asosiy rol o’ynaydi.
- Mikrorelef - relefning kichik, past shakllari bo’lib, ularga pastkam joylar, dungchalar va yer yuzasi notekisliklari kiradi. Mikrorelef tuproqnig notekis namlanishi, fizik, ximik, xossalari, ozuqa va tuz rejimiga ta’sir qiladi va tuproqlarning kompleks holda tarqalishida asosiy rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |