12. Panini antik davr tilshunosligida qanday ishlarni amalga oshirgan?
Panini o`zigacha bo`lgan davr tilshunoslarining qo`lga kiritgan yutuqlarini umumlashtirib, ulardan foydalangan holda klassik sanskritning (qadimgi hindadabiy tilining) eng mashhur grammatikasini yaratdi. Uning ushbu asari«Ashtadg’xyan» nomi bilan ataladi.
13. “Kratil” nomli asar kimning qalamiga mansub va unda qanday g’oyalar ilgari surilgan?
Tilshunoslikning falsafiy davrida eng dolzarb muammo bo`lgan predmet va uningnomi orasidagi munosabat masalasi Platonning «Kratil» nomli asarida hammukammal bayon qilinadi.
14. Iskandariya maktabining yetakchi olimi va shu bilan birga Iskandariya kutubxonasini boshqargan alloma kim?
Aristarx (bizning eramizgacha bo`lgan 215-143 yillar). Iskandariya maktabining eng mashhur va yetakchi olimi samofrakiyalik Aristarx uzoq yillar davomida Iskandariya kutubxonasini boshqardi. U o`zining 40 ga yaqin shogirdlari bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bordi. Ular Gomer asarlarini mukammal o`rganib, tekshirib chiqilgan to`liq matnini yaratishdi
Do'stlaringiz bilan baham: |