Termodinamikaning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va aylanish jarayonini miqdoriy tomondan tavsiflaydi. Termodinamikaning ikkinchi qonuni bu jarayonlarning sifat tomonini tavsiflaydi. Termodinamikaning birinchi qonuni bironta jarayonning energetik belgisini tuzish uchun zarur bo’lgan barcha mahlumotlarni beradi, lekin u, bironta jarayonning sodir bo’lishi yoki bo’lmasligi haqida hech qanday maolumot bermaydi.
Termodinamikaning ikkincho qonuni ham, birinchi qonun kabi tajriba asosida taoriflanganligini taokidlab o’tish lozim.
Termodinamikaning ikkinchi qonunini umumiy ko’rinishda quyidagicha taoriflash mumkin:
O’z-o’zidan sodir bo’ladigan har qanday jarayon qaytmas jarayondir. Ikkinchi qonunning barcha boshqa tahriflari bu umumiy taorifning hususiy hollaridan iborat.
Har-hil olimlar termodinamikaning ikkinchi qonuniga turlicha taorif berganlar.
SHu taoriflar haqida qisqacha maolumot beraylik.
Sodi Karno (1824 yilda) quyidagi taorifni berdi: “Termodinamik tizim ish bajara olishi uchun kamida turli temperaturali ikki manba zarur. Issiqlik dvigatellari F.I.K. 2>1 bo’la olmaydi”.
R. Klauzius (1850 yilda) quyidagi taorifni taklif etdi: “Issiqlik ancha sovuq jismdan ancha issiq jismga o’z-o’zidan o’ta olmaydi”.
V. Tomson (Lord Kelpvin) 1851 yilda quyidagi taorifni taklif etdi: “jonsiz material agent yoramida moddaning qandaydir massasidan uni atrofdagi predmetlardan eng sovug’ining temperaturasidan past temperaturaga sovitish yo’li bilan mehanikaviy ish olib bo’lmaydi”.
M. Plank quyidagi taorifni taklif etdi: “Barcha ish bironta yukni ko’tarish va issiqlik manbaini sovitishdan iborat bo’lgan davriy ishlaydigan mashina qurib bo’lmaydi”.
V.F. Osvolpd quyidagi taorifni taklif etdi: “Ikkinchi tur abadiy dvigatelpni, (faqatgina bitta issiqlik manbai hisobiga ishlaydigan) qurib bo’lmaydi”.
SHuni aytib o’tish lozimki, ikkinchi tur abadiy dvigatelining mavjud bo’lishi termodinamikaning birinchi qonuniga qarshi bo’lmaydi.
Haqiqatan ham bu dvigatelpda ish hech narsadan emas, balki issiqlik manbaining ichki energiyasi hisobiga bajarilgan bo’lur edi.
Issiqlik jarayonlarining o’ziga hos muhim hususiyatini taokidlab o’tish zarur. Mehanik ishni, elektrik ishni, magnit kuchlarining ishini va hokazolarini qoldiqsiz, batamom to’la issiqlikka aylantirish mumkin.
Issiqlikka kelsak, davriy takrorlanadigan jarayonda uning bir qismigina mehanik va boshqa turlardagi ishga aylanishi mumkin: uning boshqa qismi muqarrar ravishda sovuq manbaga berishi kerak.