4-MAVZU: SUVLARNING KLASSIFIKATSIYASI
Reja:
Suvlarning turli klassifikatsiyalari.
Suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha klassikatsiyalanishi.
Suvlarning mineralizatsiyasi bo‘yicha klassikatsiyalanishi.
1. Suvlarning turli klassifikatsiyalari. Hozirgi vaqtda bir necha o'nlab klassifikasiyalar ishlab chiqilgan, ular turli prinsiplarga asoslangan va turli amaliy qo'llashlarga ega. Bularning barchasini qamrab oladigan universal klassifikasiya hozircha yo'q. Eng ko'p ishlatiladigan ommabop va tez-tez qo'llaniladigan klassifikasiyalarga I.Palmer, S.A.Shukarev, N.I.Tolstixina, V.A.Sulina, O.A.Alekinlarning klaasifikasiyalari kiradi. Mineral suvlar uchun avvallari V.A.Aleksandrovning klassifikasiyasi qo'llanilgan bo'lsa, endilikda V.V.Ivanov va G.A.Nevraevning klassifikasiyalari qo'llanilmoqda. Yuza suvlar uchun esa O.A.Alyokinning klassifikasiyasini ko'rib chiqamiz.
Alyokinning klassifikasiyasi 1946 yil chop etilgan (1-rasm). Uning asosida ikkita prinsip turadi: ustun ionlar va ionlar orasidagi o'zaro munosabat. O.A.Alyokin ustun ionlar deb moddaning ekvivalent miqdorida foizlarda hisoblaganda eng katta nisbiy tarkibli ionlarni hisoblaydi.
Ustun anionlar bo'yicha barcha tabiiy suvlar uch sinfga bo'linadi:
1) gidrokarbonatli suvlar sinfi;
2) sulfatli suvlar sinfi;
3) xloridli suvlar sinfi.
O.A.Alyokinning ko'rsatishi bo'yicha, belgilangan uchta sinf birdaniga suvning gidrokimyoviy xarakterlarini beradi. Gidrokarbonatli sinfga kam mineralli suvlari va ba'zi yer osti suvlari kiradi. Xloridli suvlar sinfiga okean, dengiz, sho'r qum, yopiq strukturadagi yer osti suvlarining yuqori minerallarni suvlar va b.q.lar kiradi. Tarqalishi va mineralizasiyasi bo'yicha sulfatli sinfidagi suvlar bo'lib gidrokarbonatli va xloridli suvlar o'rtasidagi suvlar kiradi. Genetik jihatdan ular turli chukma jinslar bilan bog'liq.
2. Suvlarning kimyoviy tarkibi bo‘yicha klassikatsiyalanishi. O.A.Alyokin bo'yicha har bir sinf ustun kation bo'yicha uch guruhga bo'linadi: kalsiyli, magniyli va natriyli har bir sinf o'z navbatida to'rtta tip suvga bo'linadi, ekvivalentlarda ionlar orasidagi munosabat bo'yicha aniqlanadigan.
Birinchi tip HCO-3>Ca2++Mg2+ munosabati bo'yicha xarakterlanadi. Bu tipdagi suvlar ishqorli, yumshoq hisoblanadi, tarkibida ma'lum miqdorda natriy va kaliy bilan emirilgan tog' jinslarining mahsulotlarining aralashishidan hosil bo'ladi. Birinchi tipdagi kiruvchi suvlar umuman olganda kam mineralli, biroq oqmaydigan ko'llarda juda yuqori mineralizasiyaga ega bo'lishi mumkin. Birinchi tipga shuningdek ba'zi neft konlarining suvlari ham kiradi.
Ikkinchi tip HCO-32++Mg2+3-+SO2-4 munosabat bo'yicha xarakterlanadi. Bu tipdagi suvlar turli cho'kindi jinslar va ildiz jinslarning emirilish mahsulotlari bilan bog'langan. Bu tipdagi aksariyat daryo, ko'l suvlari va kam va ko'p (o‘rtacha) mineralizasiyadagi er osti suvlari kiradi.
Uchinchi tip HCO-3+SO2-42+Mg2+ yoki xuddi shunday, Cl->Na+ munosabati bo'lishga xarakatlanadi. Genetik jihatdan bu tipdagi suvlar aralashgan va litamorfizasiyalashgan hisoblanadi. Ularga okean, daryo, limanlar, ko'pgina sho'r ko'llar, aksariyat kuchli minerallashgan suvlar kiradi.
To'rtinchi tip suvlar HCO3=0 munosabati bilan xarakterlanadi, shu sababli bu tipdagi suvlar kislotali (nordon). Shuning uchun gidrokarbonatli suvlar sinfiga bu tip suvlar kirmaydi, va uning suvlari faqatgina sulfat va xlorid sinfning guruhlarda Ca2+ va Mg2+ uchraydi, ya'ni bir tip suvlari bo'lmagan joyda. To'rtinchi tipga rudali, konda uchraydigan, botqoq, vulqon, shuningdek kuchli ifloslangan sanoat oqova suvlari kiradi.
Ushbu klassifikasiyada sinflar, guruhlar va tiplarni ifodalash uchun simvollar mavjud. Sinf anianga muvofiq simvol bilan ifodalanadi:
, , guruh – kation simvoli bilan , tip raqami bilan; Simvol quyidagi ko'rinishda yoziladi: (gidrokarbonat sinf kalsiy guruhi, ikkinchi tip), . (sulfat sinfi, natriy guruhi, ikkinchi tip) yoki murakkab tarkib uchun (sulfatxloridli sinf) natriyli va magniyli guruh, uchinchi tip. Ikkinchi anion yoki kation indeksga shunday holda kiritiladiki, agar uning miqdori ko'p bo'lmasa (modda miqdorining ekvivalenti bo'yicha hisoblaganda 5 % chegarada) birinchi ionga tushadi.
Bundan tashqari indeksga mineralizasiya miqdori qo'shiladi. (pastda, 0.1 g/l/ gacha aniqlikda va umumiy qattiqlik (yuqorida, mol/litrda modda ekvivalentining butun birligicha aniqlikda), masalan, (gidrokarbo ikkinchi tip) mineralizasiya 0.4 g/l, qattiqlik 5 mmol/i modda ekvivalenti miqdori, qisqacha olganda, bu suvni shunday nomlash mumkin: gidrokarbonatli kalsiyli ikkinchi tip).
Do'stlaringiz bilan baham: |