Imkoniyat va voqelik. Imkoniyat yuzaga chiqmagan voqelikdir. Voqelik yuzaga chiqqan imkoniyatdir. Voqelik mavjud hodisadir. Imkoniyat mavhum yoki real bo‘ladi. Mavhum imkoniyatning voqelikka aylanishi uchun shart-sharoit bo‘lmaydi. Keksalarni yoshartirish - hozircha mavhum imkoniyatdir.Real imkoniyat zarur shart-sharoitda voqelikka aylanadi. Bunda odam omili, ilm-fanning roli ham katta. Mustaqil respublikamiz gullab - yashnashi uchun real imkoniyatga ega. Yurtimiz boyliklari, odamlari, fan-texnika, istiqlol afzalliklari real imkoniyat bo‘lib, ularni tadbirkorlik bilan ishga solinsa, kelajagi buyuk davlat g‘oyasi voqelikka aylanadi.Respublika mustaqilligini mustahkamlashda taraqqiyot nazariyasining ahamiyati beqiyos kattadir. Bunda sinergetika ta’limotidan hamda sharqona falsafiy ta’limotlardan foydalanish fan va amaliyot ishi muhim vazifadir.
Hozirgi zamon falsafasi bir qator muammolarga yangicha tafakkur andozasi nuqtai-nazardan baho bermoqda. Inson, uning bilimi, mohiyati, qadriyat, borliq kabi masalalarga yangicha qarash vujudga kelmoqda. Shu bilan birga murosa falsafasi deb yurgizilayotgan sinergetika haqidagi qarashlar ham katta qiziqish tug‘dirayotir. Bu tushuncha XX asrning 70 yillarida ilmiy taomilga kirib keldi. U dastlabki davrda fizika, ximiya, biologiyaga oid hodisalardagi, keyinchalik iqtisodiy-texnikaviy, ijtimoiy jarayonlardagi o‘z-o‘zini tashkil qilish, o‘z-o‘zini boshqarish, tartibsizlik kabi hodisalarning umumiy yo‘nalishi qonuniyatlarini o‘rganishga qaratilgan edi. Bu ta’limotni belgiyalik fizik Ilya Prigojin, so‘ngra nemis fizigi Genrix Xakin va boshqa olimlar yaratgan. Hozirgi vaqtda unga qiziqish kuchaydi. Sinergetika va dialektikaning munosabati hozirgi zamonning eng muhim muammosi sifatida maydonga chiqayotir.
Sinergetika dialektikaning qonunlarini taraqqiyotning doimiy, universal qonuni deb qaramaydi. Sinergetika hozirgi tamaddun /sivilizatsiya/ taraqqiyotiga xos bosh tamoyil - uzluksiz /evolyusiya/, bosqichma-bosqich rivojlanish /koevolyusiya/, muvozanatsozlik, beqarorlikning barqaror sifat kasb etishi kabi qonunlarni sharhlab berishga harakat qiladi.
Sinergetika borliqni ham barqarorlik, ham beqarorlikning o‘zaro mushtarakligidan iborat, deb qaramoqda. Davlat tizimi tartib qonun ustivorligini talab qilsa, erkin bozor tartibsizlik - narx-navoning erkinlashuvini taqozo etadi. Sinergetika erkinlik va zaruriyat kategoriyalariga ham yangicha yondashadi. Shu asosda ''erkin fikrlash'' degan tushunchani yangicha tahlil qilish imkonini beradi. Inson zaruriyatni anglaydi, shu asosda fikr yuritadi, degan qoidada insonning erkin fikrlashiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sinergetikada esa, erkinlikni ma’lum qoida va andozalardan xalos bo‘lish erkinligi tarzida ham tushunadi.
Shunday qilib falsafiy tafakkurning yangi usuli sinergetikaga qiziqish ortib bormoqda
Do'stlaringiz bilan baham: |