3-mavzu. Rivojlanish falsafasi Reja


 Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari



Download 0,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/35
Sana07.04.2022
Hajmi0,71 Mb.
#533024
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
3-mavzu

2. Rivojlanishning umumiy qonunlari va kategoriyalari. 
 
Rivojlanishning umumiy qonunlari. 
Hodisalarni tavsiflashdan ularning 
mohiyatini anglab etishga o‘tish hodisalarda umumiy jihatlarni topishni talab etadi. 
Bunda vazifa turli hodisalar o‘rtasida umumiy jihatlarni topishdangina iborat emas. 
Hodisalarni birlashtiruvchi va ularning birligini belgilovchi asosni tushunib etish 
zarur. Bu asos – hodisalarni «biriktiruvchi» va ularni bir-biriga yo‘ldosh bo‘lish, 
uyg‘unlashish va muvofiqlashishga majbur qiluvchi amalda mavjud bo‘lgan 
barqaror aloqani aks ettiruvchi qonundir.
Qonunlarni bilishga hodisalarni ilmiy o‘rganish natijasida erishiladi. Odatda, bu 
olimlarning tafakkurdan uzoq zahmat chekishni talab etuvchi juda og‘ir ishdir. 
Voqelikning biron-bir qonunini aniqlash uchun olim o‘rganilayotgan hodisalar 
haqidagi dastlabki ma’lumotlarning ko‘p sonli to‘plamlariga tayanishiga to‘g‘ri 
keladi. Bu ma’lumotlar shunday tartibga solinishi va umumlashtirilishi lozimki, 
hodisalarning mazkur sohasi asosiy elementlar va munosabatlarni farqlash 
imkonini beradigan tizim sifatida namoyon bo‘lsin. Shunday so‘ng elementlarning 
rang-barang munosabatlari orasida tizimning va tizim ayrim elementlarining har 
qanday o‘zgarishlarida saqlanib qoluvchi umumiy, o‘zgarmas, invariant aloqalarni 
aniqlash talab etiladi.
Qonun
– 
tizimning elementlari o‘rtasidagi umumiy va invariant aloqa

Ularning uchta turi mavjud. 
Voqelik qonunlari
bizning ongimizdan, biz ularni bilish-bilmasligimizdan qat’iy 
nazar mavjud va amal qiladi.
Fan qonunlari
odamlar tomonidan anglab etilgan voqelik qonunlarining 
ongimizdagi in’ikosi hisoblanadi.
Har bir fan voqelikning muayyan sohasini o‘z 
predmeti sifatida o‘rganar ekan, mazkur sohada amal qiluvchi qonunlarni 
aniqlaydi. Ilmiy nazariya bilan qamrab olingan soha qancha keng bo‘lsa, uning 
qonunlari shuncha umumiy bo‘ladi. Fanda qonunlarning umumiylik darajasiga 
ko‘ra murakkab ierarxiyasi mavjud. Umumiylik darajasi pastroq bo‘lgan qonunlar 
umumiyroq qonunlarning ayrim ko‘rinishlari sifatida amal qiladi va so‘nggi zikr 
etilgan qonunlardan ularning oqibatlari sifatida keltirib chiqariladi.
Masalan, geometrik optikada yorug‘likning aks etish va sinish qonunlari 
elektromagnit to‘lqinlar tarqalishining umumiyroq qonunlaridan, ular esa, o‘z 
navbatida, elektromagnit maydoni nazariyasining yanada umumiyroq qonunlaridan 
kelib chiqadi.
Har qanday qonun muayyan sharoitda amal qiladi. Qonun amal qilishining bazis va 
lokal sharoitlarini farqlash lozim. 
Bazis sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish 
sohasini belgilovchi sharoitlar kiradi
.
 
Mazkur sharoitlardan tashqarida qonun amal 
qila olmaydi (ular yo‘q bo‘lgan taqdirda ularda amal qilayotgan tizim ham yo‘q 
bo‘ladi). 
Lokal sharoitlar qatoriga qonunning amal qilish sohasidagi sharoitlar 
kiradi .qonun bu sharoitlarning har qanday variatsiyasida o‘z kuchini saqlab 
qoladi, lekin ularning o‘zgarishlari qonunning amal qilish natijalarining 


o‘zgarishlariga sabab bo‘ladi.
Qonun lokal sharoitlarga nisbatan invariant, lekin u 
bazis sharoitlarga nisbatan invariant emas.
Masalan, Arximed qonuni uchun suyuqlik va unga solingan jismning, og‘irlik 
kuchining mavjudligi bazis sharoitlar hisoblanadi. Bu sharoitlarga nisbatan 
Arximed qonuni noinvariantdir: ular mavjud bo‘lmasa, qonun amal qilmaydi. Bu 
erda suyuqlikning tarkibi va solishtirma og‘irligi, jismning fizik tuzilishi va shakli 
lokal sharoitlar hisoblanadi. Ularga nisbatan qonun invariantdir. Ammo uning amal 
qilishi turli natijalarda aks etishi mumkin: ayrim hollarda jism suvda suzadi, ayrim 
hollarda esa – u cho‘kib ketadi.
Odamlar qonunlarning amal qilish sharoitlarini o‘zgartirib, ulardan o‘zlari istagan 
natijalarga erishish uchun foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritadilar. Yangi bazis 
sharoitlarni yaratish yo‘li bilan esa ular ayrim qonunlarning amal qilishini 
to‘xtatish va boshqa qonunlarni amalga kiritishga qodirlar.
Hodisalarning 
muntazamligi, 
takroriyligida 
qonunlarning 
amal 
qilishi 
(shuningdek fenomenlogik qonun, empirik bog‘lanish) qonuniyat

Download 0,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish