Spekulyativ motiv Agar Keynsning nazariyasi ya’ni aholi pulni kutilmagan vaziyatlar va har kungi xarajatlar uchun saqlash bilan chegaralanib qolganida bunda pulga bo‘lgan talab faqatgina daromadlar hajmi bilan aniqlanar edi va Keynsning yondashuvi klassiklarning yondashuvidan farq qilmas edi. Ammo u shuningdek pulni boylik to‘plash sifatida ham qaragan va bu saqlash metodni spekulyativ metod deb qaragan.
Boyliknig daromad bilan uzviy bog‘ligidan kelib chiqib Keyns qayd etadiki, pulga bo‘lgan talabning spekulyativ tarkibi daromadga bog‘liq. Keyns aktivlarni bo‘ldi, boylikni saqlash vositasi kabi ishlatiladiganlarni ikki kategoriyaga pullar va obligasiyalarga bo‘ldi. Keyin savol berdi “ nega odamlar boylikni pul sifaatida saqlashni afzal ko‘rishadi obligasiyaga nisbatan ? “
Aktivga bo‘lgan talab nazariyasiga ko‘ra siz pullarni saqlaysiz agar ularning daromad olib kelish ko‘rsatkichi obligasiyalarga nisbatan yuqoriroq bo‘lsa. Keyns o‘ylardiki pulning daromad olib kelish darajasi nolga teng, chunki o‘sha paytda ko‘plab depozit cheklarga prodentlar to‘lanmas edi. Obligasiyalardan kutilayotgan daromad ikki qismdan iborat :prosentli to‘lov va kutilayotgan kapitalning o‘sishi.
Ma’lumki, obligasiya narxi foiz stavkaning o‘sishi bilan tushadi. Agar foiz stavkaning o‘sishi kutilayotgan bo‘lsa demak, obligasiyalar narxi tushadi, qaysikim kapitalning negativ o‘sishiga olib keladi. Sezilarli darajada foiz stavkalarda o‘sish kuzatilsa kapitalning yo‘qotilishi foizli to‘lovdan ilgarilab o‘tib ketadi va kutilayotgan obligasiyalar daromadi negativ(manfiy) bo‘ladi. Bu holatda siz boyligingizni pul sifatida saqlashni istaysiz, chunki ularning kutilayotgan daromadi balandroq (pulning nol daromadi obligasiyalarning manfiy daromadidan yuqoriroq).
Keyns taxmin qildiki kutilayotgan foiz stavka qandaydir normal ma’noga intiladi (hozirgi kunda bu taxmin unchalik to‘g‘ri emas ). Qachonki foizli stavka o‘zining normal manosidan kichikroq bo‘lganda, odamlar uning o‘sishini va kapitalning yo‘qotilishini kutishadi va shuning uchun tez orada o‘z boyliklarini pul ko‘rinishida saqlashni afzal ko‘rishadi, obligasiya ko‘rinishidan ko‘ra pulga talab yuqoriroq bo‘ladi.
Pulga bo‘lgan talab qanday nomoyon bo‘ladi agar foiz stavka o‘zining normal ko‘rinishidan kattaroq bo‘lsa? odamlar foiz stavkaning paasayishini kutishadi, obligasiya narxlarining ko‘tarilishini va kapitalning musbat ko‘tarilishini kutishadi. foizning etarli darajada katta bo‘lishida obligasiyalardan kutilayotgan daromad musbat bo‘ladi, kutilgan daromad pulidan yuqori bo‘ladi. Bu holatda imtiyoz obligasiyalarga beriladi va pulga talab kamyadi. Bu mulohazalardan quyidagi xulosaga kelinadi: foizli stavkaning o‘sishida pulga talab pasayadi demak pulga bo‘lgan talab hajmi teskari bog‘liklikda foizli bog‘liqlikga ega.