8.O’qituvchi va o’quvchi vaqtini tejash talabi. O’quv jarayonini kompyuterlashtirish o’qituvchi va o’quvchini vaqtni talab qiladigan mashaqqatli amallarni bajarishdan ozod qilishga qaratilishi kerak. Shuningdek, kompyuter tomonidan bajariladigan amallar o’qituvchi yoki o’quvchining o’quv jarayonidagi vaqti hisobidan bajarilmasligi lozim. Ba‘zi dasturlarda o’quv materialini ekranda bayon qilish uchun harflarning bittadan yoki yonib-o’chib hosil bo’lishi kabi holatlarni ko’rish mumkin. Bunda kompyuterning o’quvchiga muhim bo’lmagan narsa uchun bandligi tufayli uning vaqti yo’qotiladi. PDVda bunday holatlarning oldi olinishi lozim. Biroq vaqtni haddan tashqari tejashga berilish ham maqsadga muvofiq emaski, bu ta‘lim jarayoni samaradorligining pasayishiga sabab bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |