3-mavzu. O‘zbekiston respublikasi mustaqilligining e’lon qilinishi va uning tarixiy ahamiyati



Download 33,21 Kb.
bet1/5
Sana24.08.2021
Hajmi33,21 Kb.
#154640
  1   2   3   4   5
Bog'liq
oʻz yang tarixi 3


3-MAVZU. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING E’LON QILINISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI


  1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.

  2. Mustaqillikning e’lon qilinishi va O‘zbekiston Respublikasining tashkil etilishi.

3.Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar.

1. Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy ahvol. O‘zlikni anglashga intilishning kuchayishi.

Mustaqillik tushunchasi o'zida azaldan insoniyatning orzu-umidlarini, armon va iztiroblarini mujassam etgan. Darhaqiqat, inson tabiatning gultoji sifatida hamisha ozodlik va hurriyatga intilib yashaydi. U hamisha har jihatdan o'zini erkin his qilishga, ozod yashashga, tahlikasiz turmush kechirishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham kishilik tarixi turli davrlarda Yer sharining barcha mintaqalarida ozodlik uchun kurashni, shaklan turlicha, mohiyatan o'xshash bo'lgan hurriyatga intilish hodisalarini ko'p ko'rgan.

XX asrning 80 yillari oxiriga kelib SSSR tarkibidagi respublikalar suverentetini va inson hukuklarini poymol kilgan ma’muriy buyruqbozlik tizimi o‘z davrini o‘tab bo‘lganligi yanada yaqqolroq namoyon bo‘la boshladi. Bu hol o‘zbek xalqining mustaqillik uchun bo‘lgan kurashini tezlashtirib yubordi va bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik demokratik davlat qurish asoslari shakllana boshladi.

XX asr intihosida dunyoning qariyb uchdan bir qismida misli ko'rilmagan hodisalar sodir bo'ldi. Sotsializm deb atalgan totalitar tuzum, zo'ravonlik va tazyiqqa asoslangan kommunistik mafkura tanazzulga uchradi. Jahonga, Yer yuziga hokimi mutlaqlikni da'vo etgan SSSR jamiyat sifatida ham, davlat sifatida ham jarga quladi. Uning tarkibiga kirgan ittifoqdosh respublikalar torn ma'nodagi mustaqil davlat maqomini oldilar.

XX asr 90-yillari boshlariga kelib O‘zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo‘lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, biri-biriga qaramaqarshi bo‘lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o‘sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to‘g‘ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.1990-yil 18-fevralda O`zbekiston SSR Oliy Kengashiga saylov bo‘ldi. Bu saylovlarning yangiligi shundan iborat bo‘ldiki, 500 saylov okrugining 326 tasida muqobil nomzodlar ko‘rsatildi, deputatlik mandatiga bir nechtadan nomzodlar da’vogarlik qildi. Oldingi saylovlarda barcha nomzodlar birinchi turdayoq deyarli 100 foiz ovoz bilan saylangan bo‘lsalar, bu safar birinchi turda 368 nomzod zarur ovozlarni to‘play oldi. Qolgan 132 okrugda qayta saylov bo‘lib o‘tdi.

1990 yil boshida O‘zbekistonda boshqaruvning Prezidentlik shakli masalasi ko‘tarildi. Respublikada boshqaruvning shunday shaklining joriy etilishi, avvalo, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, millatlararo va boshqa sohalardagi muammolarni hal qilish jarayonini tezlashtirishga ko‘maklashish vositasi sifatida joriy qilindi. Eng muhimi, Prezident muassasining joriy etilishi respublika uchun suverenitet va davlatchilikda mohiyat jihatidan yangi bosqichga o‘tishni bildirar edi.

Alohida shuni ta’kidlash kerakki, o‘sha kezlari keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarda ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini vaqtida hal etish, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha muassasalarni nazorat qilish masalalari ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.

1990-yil 24-31 mart kunlari Toshkentda o‘n ikkinchi chaqiriq O`zbekiston SSR Oliy Kengashining I-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 24-mart kuni sessiya Moskvaning tazyiqiga qaramasdan, respublikalar orasida birinchi bolib “O`zbekiston SSR Prezidenti lavozimini ta’sis etish to‘g‘risida” qonun qabul qildi. 1990-yil 24-mart kuni Oliy Kengashda yashirin ovoz berish yo‘li bilan Islom Abdug‘aniyevich Karimov O`zbekiston Prezidenti etib saylandi. Ana shu sessiyada I.A.Karimov nutq so‘zlab, O`zbekistonning siyosiy mustaqilligini, o‘zini-o‘zi idora qilishga va o‘zini-o‘zi pul bilan ta’minlashni o‘zimning asosiy vazifam deb bilaman, deb ta’kidladi. Hali SSSR va Markaziy hokimiyat mavjud bo‘lgan sharoitda O`zbekistonda o‘z Prezidentining saylanishi muhim voqea, mamlakatimiz mustaqilligiga erishish sari tashlangan yana bir dadil qadam bo‘ldi.

O`zbekiston siyosiy mustaqilligini qo‘lga kiritishga tomon tutilgan yo‘l iqtisodiy mustaqillik masalasi bilan qo‘shib olib borildi. O`zbekiston rahbariyati xalq xo‘jaligini bozor iqtisodiyotiga o‘tkazish yo‘lini mustaqil belgilashga kirishdi. “O`zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini shakllantirish konsepsiyasi” ishlab chiqildi. Konsepsiyada O`zbekiston xalq xo‘jaligini sog‘lomlashtirish va bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘llari belgilab berildi. Mazkur masala yuzasidan hukumat dasturi O`zbekiston SSR Oliy Kengashining IV-sessiyasida muhokama qilindi va ma’qullandi. Sessiya respublika hukumatiga “O`zbekiston SSR mulkiga egalik qilish, uni tasarruf etish, taqsimlash undan foydalanish masalalari yuzasidan respublikaning suveren huquqlarini amalga oshirishning samarali amal qiluvchi mexanizmini yaratish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlashni topshirdi”.

1991-yil 31-avgust kuni qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligi to'g'risidagi Bayonot O'zbekiston hukumatining siyosiy yo'lini to'la qonunlashtirib berdi. Bu tarixiy hujjatda quyidagi xulosalar ilgari surilgan edi:



  • «O'tmishdan saboq chiqarib va SSR Ittifoqining siyosiy hamda ijtimoiy hayotidagi o'zgarishlarni e'tiborga olib;

  • xalqaro-huquqiy hujjatlarda qayd etilgan o'z taqdirini o'zi belgilash huquqiga asoslanib;

  • O'zbekiston xalqlarining taqdiri uchun butun mas'uliyatni anglab;

  • shaxs huquq va erkinlikining, Mustaqil davlatlar o'rtasidagi chegaralarning buzilmasligi to'g'risidagi Xelsinki shartnomalariga qat'iy sadoqatini bayon etib;

  • millati, diniy e'tiqodi va ijtimoiy mansubligidan qat'i nazar, respublika hududida yashovchi har bir kishining munosib hayot kechirishini, sha'ni va qadr qimmatini ta'minlaydigan insonparvar demokratik huquqiy davlat barpo etishga intilib;

  • Mustaqillik Deklaratsiyasini amalga oshira borib, O'zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi Oliy Kengashi O'zbekistonning davlat Mustaqilligini va ozod suveren davlat - O'zbekiston Respublikasi tashkil etilganligini tantanali ravishda e'lon qiladi.

Mustaqillikning mohiyati, uning tarixiy ahamiyati milliy uyg'onish va milliy tiklanish jarayoni bilan bog'liq. Millatini va vatanini himoya qilish qudrati beqiyos bo'ladi. Milliy tiklanish, uyg'onish hodisasi juda keng, murakkab tarixiy jarayondir. U xalqimiz hayotining hamma sohalarini qamrab oladi. Iqtisodiyot, siyosiy faoliyat, ma'naviyat, ilm-fan, til, tarix, urf-odatlar, hunarmandchilik, me'morchilik barcha-barchasini inson kamoloti bilan bevosita daxldor barcha masalalarni ham o'z ichiga qamrab oladi.

O'zbekiston erishgan istiqlolni mustahkamlashda xalq tomonidan uning ma'qullanishini hisobga olib, mamlakatda referendum o'tkazishga qaror qilindi. 1991-yil 18-noyabrida Oliy Kengash VIII sessiyasi O'zbekiston Respublikasi referendumini o'tkazish to'g'risida qaror qabul qildi. Shunga muvofiq 29-dekabrda: «Siz Oliy Kengash tomonidan O'zbekiston Respublikasi mustaqil davlat deb e'lon qilinishini ma'qullaysizmi?» - degan masafeda referendum o'tkazishga katta tayyorgarlik ko'rildi. Referendumni uyushqoqlik bilan o'tkazish maqsadida Markaziy saylov komissiyasi 13 okrug, 7 ming uchastka saylov komissiyalarini tuzdi. Ular joylarda referendum o'tkazish haqidagi Qonunning so'zsiz bajarilishini ta'minlash borasida katta tashkiliy ishlarni olib bordilar. Umumxalq referendumiga 10 millionga yaqin kishi, yoki saylov ro'yxatiga kiritilgan- laming 94,1 foizi qatnashdi. Referendumda qatnashganlarning 98,2 foizi O'zbekiston Respublikasining mustaqil davlat, deb e'lon qilinishini yoqlab ovoz berdi. Shuni aytish kerakki, referendum butun respublika hududida qonun asosida tashkiliy jihatdan uyushqoqlik, fuqarolarning yuksak siyosiy faolligi bilan o'tdi. Buni referendumda AQSH, Turkiya, Malayziya va boshqa mamlakatlardan kelgan betaraf kuzatuvchilar ham tasdiqladilar.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 18-noyabrida bo'lib o'tgan VIII sessiyasi «O'zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida» qonunni qabul qildi.

1992-yil 2-iyulda O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida

«O'zbekiston Respublikasining davlat gerbi» to'g'risida qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.

O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 10-dekabrida bo'lib o'tgan XI sessiyasida «O'zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to'g'risida»gi qonun qabul qilindi. Sessiyada Nhoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burhonov tomonidan tayyorlandi.O'zbekiston mustaqil davlat maqomiga ega bo'lgan kundanoq dastlab mustaqillikka erishgan Boltiqbo'yi respublikalari bilan teng huquqli davlat sifatida munosabat o'rnatish uchun harakat boshladi.

O'zbekiston rahbariyati ana shunday donolik bilan harakat qildi, eng qulay paytdan dadillik bilan foydalanib, respublikaning davlat mustaqilligini e'lon qildi.

Shunday qilib, qo'lga kiritilgan mustaqillik o'zbek xalqi tarixida tamoman yangi davrni boshlab berdi, milliy dunyoqarashda yangicha tafakkur shakllana bordi. Xalq yengil nafas olish imkoniyatiga ega bo'ldi. U endi kelajakka ishonch bilan qaray boshladi. O'z yurtining to'la xo'jayini ekanligini, o'z taqdirini o'zi belgilash imkoniyatini qo'lga kiritganligini his qila boshladi.

Bu buyuk olamshumul va abadiyat bilan bog'liq bo'lgan tarixiy voqelikdir!


Download 33,21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish