eskirmak
fe’li “Badoe-al-
lugat”da izohlanganda, maqolacha sarlavhasiga uning masdar formasi
(eskirmak
formasi) chiqarilib, misol uning o‘tgan zamon (
eskirdi)
formasiga
keltirilgan. “Abushqa”da esa
eskirdi
formasining o‘zi sarlavhaga chiqarilgan.
“Abushqa” asari turkologlarning e’tiborini o‘tgan asrdayoq o‘ziga jalb etgan.
Eski o‘zbek tili bo‘yicha yaratilgan lug‘atlar ichida “Kelurnoma” lug‘ati
ham ahamiyatli. Bu lug‘at Hindistonda, boburiylardan Abu Muzaffar Muhiddin
Aurangzeb hukmronligi davrida (XVII asrda) yaratiladi. Asar muallifi Muhammad
Yoqub Changiy “Kelurnoma” lug‘atining kirish qismida o‘z asarini
Avrangzebning topshirig‘iga binoan yozganini aytib o‘tadi. Lug‘atda eski o‘zbek
tiliga tegishli so‘zlarnnng ma’nolari, fors tilida izohlanadi. Fe’llar lug‘atda masdar
formasida
(-moq, -mog‘ formasida)
berilgan. Fe’llarning ma’no xususiyati bilan bir
qatorda ularning grammatik kategoriyalari, zamon formalari ham izohlanadi. Bu
asar ikki xil lug‘atning ajoyib namunasi. Lug‘at 15 bobdan va 332 fasldan iborat.
Ulardan 14 bobi arab alifboi asosida joylashtirilgan 400 dan ortiq fe’lni izohlashga
bag‘ishlanadi. Lug‘atning oxirgi bobi ot so‘zlarga bag‘ishlanadi. Bu bob quyidagi
mavzuviy guruhlarga ajratiladi:
1) koinotga tegishli tushunchalar, predmet va hodisalarning nomlari;
2) geografik joylarning nomlari;
3) hayvonlarning nomlari;
4) qushlarning nomlari;
5) odam gavdasi a’zolarining nomlari;
6) qarindoshlik nomlari;
7) qurol-aslahalarning nomlari;
8) sonlar;
9) olmosh, ravish va yordamchi so‘zlar.
Muhammad Yoqub Changiyning “Kelurnoma” asari haqida muayyan
tadqiqotlar olib borilgan.Bu lug‘at ikki tipdagi lug‘atni – uya va ideografik lug‘atni
o‘z ichiga oladi.
Fazlullaxon Barlosning “Lug‘ati turkiy” asari o‘zbekcha-forscha lug‘at
sirasiga kiradi. Turkolog olim A.Shcherbakning taxminicha, lug‘at XVII asrning
oxirida yaratilgan. Asar uch qismdan iborat, uning birinchi qismida eski o‘zbek
tilidagi hodisalar fe’lning masdar formasi fors tilida izohlangan, ikkinchi qismida
fe’lning boshqa formalari (mayl, zamon kabi formalari) tavsiflangan. Asarning
uchinchi qismi otlar talqiniga bag‘ishlangan. Tilshunos A.Ubaydullaev
Fazlullaxonning “Lug‘ati turkiy” asari tahlilida lug‘atda so‘zlar izohlarining
quyidagi turlarini ko‘rsatadi:
- muqobili bilan izohlash;
- kengroq izohlash;
- umumiy izohlash;
- qo‘shimcha ravishda hindcha so‘zlar bilan izohlash.
1 Убайдуллаев А. “Луғати туркий”нинг лексикографик тадқиқи:
Филол. фан. номз. дисс. ... автореф. – Тошкент, 2011. – Б.16.
Lug‘atda so‘zlarning talaffuziga oid ma’lumot ham bor. O‘zbek adabiy tili
fonetik sistemasi taraqqiyotini o‘rganishda bu ma’lumotlardan foydalanish
mumkin. Mutaxassislarning ko‘rsatishicha, Fazlullaxonning. “Lug‘ati turki” asari
kamchiliklardan ham xoli emas. Unda ayrim so‘zlarning ma’nosi noto‘g‘ri
izohlangan. Lug‘atda illyustrativ material ham etarli emas. Ba’zi so‘zlar izohida
umuman misollar yo‘q.
Bu davr lug‘atchiligida grammatika masalalarini o‘z ichiga olgan lug‘atlar
ham uchraydi. Ana shulardan biri Mirza Mehdixonning “Sangloh” lug‘ati. Eski
o‘zbek tilidagi 8 000 so‘zni o‘z ichiga olgan mazkur lug‘at “Moboni ul-lug‘at”
(“Til asoslari”) nomli grammatik ocherkni ham o‘z ichiga oladi. Mirza
Mehdixonning to‘liq ismi Nizomiddin Muhammad Hodi al-Husayni as-Safaviy,
otasining ismi esa Mirza Muhammad Nosiriy. U asli astrobodlik, Eron shohi
Nodirshoh saroyida muarrix va hattot bo‘lib ishlagan. Mehdixon “Sangloh”
lug‘atini melodiy 1760-yilda yozib tugallagan (hijriy 1172-1173).
Lug‘atning “Moboni ul-lug‘at” nomli grammatikaga bag‘ishlangan qismi
muqaddima va tarsifdan (grammatika) iborat.
Tarsif qismi olti mabna (qism)ni o‘z ichiga oladi. Muqaddima qismida
asarning yozilish sabablari va Alisher Navoiyning bu asar uchun manba bo‘lib
xizmat qilgan nazmiy va nasriy asarlarining nomi qayd etiladi.
Mehdixon bu qismda turkiy tilning fors tilidan ham, arab tilidan ham farq
qiladigan o‘ziga xos grammatika qonuniyatlari mavjudligini ta„kidlaydi.
Tarsif qismida arab tilida fe’llarning asosi masdar-infinitiv ekanligi, o‘zbek
tilida esa II shaxs, birlik, buyruq maylining shakli ekanligi bayon qilinadi. Fe’lning
barcha shakllari shu asosdan hosil bo‘lishini aytadi. Shundan so‘ng fe’lning turli
shakllari haqida fikr yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |