3-mavzu: O’rta arslarda Xitoy tarixi
Mavzuning maqsadi:
talabalarga Xitoyning o’rta asrlardagi tarixi va unda Sun, Tan, Min va Sin sulolari boshqaruvi haqida tushuncha berish;
ularni nazariy tushuncha va harakteristikalarni xalqaro munusobatlar amaliyotida qo’llashga o’rgatish;
talabalarga Xitoyning o’ziga hos jihatlarini namoyon qilish va O’zbekiston Respublikasining milliy va davlat manfaatlatini dunyoning turli hil mintaqalarida aniqlash, ko’nikmalarini rivojlantirish.
Kalit so’zlar va asosiy tushunchalar: Markazlashgan imperiyalar, Suy, Tan, Tzedushi, Sun imperiyasi, Yuan mo’g’ul sulolasi, Xubilay, Min sulolasi, Sin sulolasi.
Suy va Tan markazlashgan imperiyalari (VI oxiri - VIII o’rtalari).Suy sulolasining taxti kelishi bilan Xitoy tarixida yangidan markazlashgan imperiyalar davri boshlandi. Sulola asoschisi bo’lgan Yan Tzyan (imperator Ven-di) soliqlarni miqdorini kamaytirib, tartibga soldi, tuz va vino monopoliyasini bekor qildi, yagona pul birligi bo’lgan tanga chiqazdi va qishloq xo’jaligini rivojlantirishga katta hizmat qildi. U III asrdan boshlab davom etib kelayotganva amaldorlar tabaqasining imtiyozlarini mustahkamlagan davlat xizmatiga shaxsning ijtimoiy kelib chiqishiga qarab qabul qilish tizimini bekor qildi. Endi ko’proq imtihonlarga etibor beriladigan bo’ldi.
Suy sulolasi o’z g’alabasini imperiya ko’lamidagi tadbirlar bir necha tadbirlar uyishtirishlar bilan nishonladi. Imperiya poytaxti Chanan yangidan qurildi, buyuk devor qayta tiklandi va mashxur kanali o’tkazildi, u mamlakatning shimoli va janubini bog’lab turadi. Ammo haddan tashqari qattiq markazlashtirish siyosati va imperator Yan Di vorisi bo’lgan imperator Ven Dining qondirib bo’lmas manmanligi tufayli sulola zavolga yuz tutdi. Imperiyaning turli viloyatlarida qo’zg’alonlar ko’tarildi. Bu urushlarda imperator Yan Dining yaqinlaridan biri hisoblangan va Xunlarning Tan oilasidan bo’lgan Li Yuan ga’laba qozandi. 618-yilning bahorida Li Yuan mamlakat poytaxtini egalladi va o’zini Tan sulolasining imperatori deb elon qildi. Mamlakatda siyosiy kuchlarni donolik bilan muvozanatga solib turgan holda Li Yuan Undan oldingi imeratorlari tomonidan tanlangan madaniy unifikatsiya siyosatini davom ettirdi. Amaldorlar faoliyatini tartibga solib turuvchi qonunlar o’z davri uchun juda to’liq va mukammal qilib yozilgandi. Hukumat yig’ilayotgan soliqlarni puxtalik bilan to’g’ri hisoblanishini ta’minladi va dehqon xo’jaliginig holatiga e’tibor qaratdi. Mo’g’ulistanda va Sharqiy Turkistonda hukumronlik qilayotgan turk qabilalari ustidan g’alaba qozonishi Tan sulolasi uchun O’rta Osiyoga yo’l ochib berdi. Shimollik sulolalar hukmronlik qilgan davrlardan qolgan ko’chmanchi hayot ko’nikmalari esa hitoyning chet el ta’siriga oson berilishiga olib keldi.Buyuk ipak yo’li bo’yicha savdo sotiq qayta tiklandi, Tan imperiyasi poyatxti Chananning butun kvartallarda chet elliklar yashay boshlashdi, ularning ko’pchiligi O’rta Osiyodan edi.Hitoyning o’sha davrdagi shoirlari g’arb ayollari go’zalligidan maftun bo’lishardi. Xitoy savdogarlari “g’arb o’lkalari”dan bo’lgan hamkasblarining zexniga qoyil qolishardi, Tan imperiyasi shaxarlarida Osiyoning g’arbiy qismida ta’qibga uchragan moniy, zardo’shdiy va nestoriyan kabi turli hil din vakillari bosh pana topishardi.
Tan imperiyasining gullab yashnashi imperator Suyan Tzun (713-756) davriga to’g’ri keladi. Bu saroy hoyotining misli ko’rilmagan boyligi va sheriyatning ajoyib yutuqlari davri bo’ldi. Suyan-Tzun mudofa ishini yirik professional armiyaga topshirdi va Si Chjuanda Manchjuriyaga bo’lgan hududda general gubernator Tze-dushi boshqaruvida bo’lgan provinsiyalarini tashkil etdi.
755-yilda imperiyaning shimoli-sharqiy gubernatori An-lushan qo’zg’alon ko’tardi va Tan sulolasinini bosib oldi. imperator Syuan Tzun vorisi bo’lgan Su Tzun (756-762) katta qo’zg’alonni katta qiyinchilik bilan bostira oldi, ammo Tan oilasining avvalgi shuxratini qayta tiklay olmadi. Sulola ko’pgina provinsiyalar ustidan boshqaruvini qo’ldan boy berdi va faqatgina tuz, vino va choyga bo’lgan solliqlar hukumronligini saqlab qoldi. Endi imperatorlar ko’proq o’z devoniga va daroy hizmatchilaridan bo’lgan yaqinlariga tayana boshlashdi. Amaldorlar o’rtasidagi bo’linish shunchalik kuchaydiki nufuzli shaxs yordamisiz nadavlat amaldorlik lovozimi uchun imtihon topshirib bo’lardi na hizmatga olinardi.
847-yilda Xenan viloyatida qo’zg’alon ko’tarildi, tez orada u dexqonlar urishiga aylanib ketdi.Olti yildan so’ng qo’zg’alonchilarning boshlig’i Xuan Chao Chanan shahriga kirdi. Tan olilasi Si Chuan shahriga qochdi. Ammo imperator bo’lgan Xuan Chao qochib ketgan sulolaning barcha zaif tomonlarini meros qilib oldi va u gubernatorlar bilan kelisha olmadi. Uch yildan so’ng u hukumat qo’shini tomonidan tor mor etildi va Tan oilasi poytaxtaga qaytdi ammo u endi qo’shin oldida kuchsiz edi. Qo’mondonlar orasida yigirma yil davom etgan yangi urushlar davrida Tan sulolasi butunlay zavolga yuz tutdi. Shunday qo’monlardan bir Chju Ven bo’lib, uning harbiy yutuqlari barcha yangi qo’mondonlarniki singari edi. Kambag’al olimning o’g’li, batrak, ko’cha bezorilarining boshlig’i va nihoyat Xuan Chaoning yaqini bo’lgan Chju Ven eng muhim daqiqalarda o’z boshlig’iga hiyonat qildi va Kayfin shahrining gubernatoriga aylandi. Tan oilasi tomonidan unga berigan Tsuyan Chjun - “butunlay sodiq” ismini olgan Chju Ven o’z davrining odatlariga ko’ra javob bildirdi: 907-yilda Tan imperatorini taxtdan o’g’darib o’z sulolasiga asos soldi. Xan sulolasidan buyon birinchi marta Chju Ven taxtning “ixtiyoriy topshirilishi” usulini davom ettirmadi, balki shunchaki o’z qonuniy imperatorni o’ldirdi. Bu voqea ramziy ma’noga ega bo’lib, Xitoyda ilk o’rta asrlar davrining tugaganligini bildirardi.
IX-XX asrlarda shimoli-sharqiy viloyatlarga Xitoyning qudratli qo’shnisi - Kidan qabilalari kirib kelishdi, ularning boshlig’i 916-yilda imperator maqomini oldi.Keyinchalik Kidan qabilalari shimoliy Xitoyning katta qismini egallab olishdi.Tinimsiz urishlar davrini o’tkazayotgan shimoldan farqli o’laroq Xitoy janubida nisbatan tinchlik hukm surardi.Bu yerda bir nechta davlatlar yuzaga keldi.Ularning boshliqlari asosan quyi tabaqa vakillari bo’lib, qo’zg’alonlar tufayli mamlatkatni egallab olishgan edi.
Besh sulola va o’n ta qirollik davri. Bo’linishning yangi davri boshlandi, u Xitoy tarixiga “besh sulola va o’n ta qirollik davri” nomi bilan kirdi. Bu armiya, to’satdan (stixiyali) harbiy ko’tarilishlarni mustaqil va katta kuchga aylantirdi. Ko’pincha harbiylar o’zlari boshliqlarini og’darib, o’zlari qaytadan boshliq tanlashardi.Harbiy boshliqlarning xiyonatlari amaldorlar o’rtasidagi munosabatlarda davom etardi.Shimoliy Sulolarning saroydagi amaldorlarning yarimi bir necha hukmron oilalarga bir vaqtning o’zida hizmat qilishardi.Mansabdorlardan biri bo’lgan Fen Dao (882-954) hammani lol qoldirdi. U o’zining aytishi bo’yicha “hech qachon charchamaydigan qariya” bo’lib, o’n ta imperator va to’rt ta oilaga hizmat qilgan. Shunday qilib ushbu harbiy sulolarning hukmdorlari Tan sulolasi davri qonunlarini tadbiq etib, iloji boricha imperiya boshqaruvi dekoriumiga rioya qilishgan.
Sun imperiyasi va ko’chmanchilaringing bosqinlari. 960-yilda so’nggi Chjou sulolasi saroy gvardiyasi boshlig’i Chjaou o’zini Sun sulolasi imperatori deb e’lon qildi va yigirma yil ichida butun Xitoyni qaytadan birlashtirdi. Sun sulolasi hukmronlik davrini ilm asrini “oltin davri” deb atashadi.Uch qismdan iborat bo’lgan imtihon tizimimi davlat lavozimlariga qabul qilishda asosiy imtihon usuliga aylandi. Ammo Sun imperiyasining o’ziga hos zaif tomoni bor edi va ko’chmanchi qabilalarga qarshi mudofani samarali tashkil eta olmasligi edi.
1004-yilda Sun hukumdorlari ko’chmanchi qabilalariga katta miqdorda kumush va shoyi bilan har yili o’lpon to’lab turishga majbur bo’ishdi. XI asrning ikkinchi yarmida imperiyaning shimoli-g’arbiy chegaralarida g’arbiy siya (tashkil etilgan vaqti 1038-yil) Tangut qirolligi kuchaydi. Sun saroyi Tangutlarga 1044-yildan boshlab “in’om” sifatida katta miqdorda shoyi, kumush va choy bilan o’lpon to’lab turishdi. Shu davrning o’zida Chjur Chjen qabilalarining ta’siri o’sa boshladi, ular Manchjur o’lkalarida istiqomat qilishardi. 1115-yilda Chjur Chjenlar boshlig’i Aguda o’zini imperator deb e’lon qildi va o’z qirolligini Tzin deb e’lon qildi. O’n yildan so’ng Chjur Chjenlar Leaolarni mag’lub etishdi va Sun chegaralariga bostirib kirib Sun hukumdorini asir olishdi. Shu davrdan boshlab shimoliy o’lkalar Tzin CHjurchjen davlatiting bir qismiga yalandi, janubda Sun sulolasining (aniqrog’i janubiy Sun) hukmronligi saqlab qolindi. Keyingi yuz yil davomida janubiy Xitoyda xo’jalik va madaniy o’sish yuz berdi. Ammo Janubiy Sun sulolasining siyosiy va harbiy ahvoli og’irligicha qolaverdi.
XII asrnig boshida Xitoyning shimolida mo’g’ullar paydo bo’lishdi.1224-yilda ularning boshlig’i Chingizxon Tangun qirolligi bo’lgan g’arbiy Siyanni mag’lub etdi, sakkiz yildan so’ng Tzing davlati zavolga yuz tutdi, keying qirq yil ichida mo’g’ullar janubiy Xitoyni butunlay egallashdi.
Mo’gul hukumronligi.1279-yilda yakunlangan janubiy Sun sulolasining mo’g’ullar tomonidan bosib olinishi Xitoyni ulkan Mo’g’ul imperiyasining bir qismiga atlantirdi. Uning chegaralari sharqda tinch okeanida, g’arbda yaqin sharq va Dnepr bo’ylarigacha cho’zildi. Xitoy Endi chet el ta’siriga har qachongidan ham ko’proq ochildi.Xitoyning birinchi boshlig’i Xubilay o’z sulolasini Yuan deb atadi.Bu Xitoy urf odatlariga ko’ra “dunyoning kelib chiqishi” degan ma’noni anglatardi.Shunday qilib mo’g’ul bosqinchilari hatto sulola nomida ham o’z hukmronliklarini ko’lamini ko’z ko’z qilishdi.Yuan saroyida chet el sulolasi boshqaruviga an’anaviy, konfutsiyaviy dekorum berishga intilgan xitoylik maslahatchilarga zarurat bo’lmagan.Ammo Xitoydagi mo’g’ul hukmdorlari xitoy xalqining siyosiy donoligini qabul qilishga intilishmagan. Buning o’rniga ular Xitoyliklarning turmush tarzini va xitoy madaniyatini yoqtirishmasdi. Ular xattoki ilmiy daraja olish uchun o’tkaziladigan imtihonlarni ham bekor qilishdi, davlat ta’minotidan ayrilgan konfutsiy ta’limoti katta qiyinchiliklarga duchor bo’ldi. Biroq oddiy xalq adabiyoti va teatr san’ati tezda rivojlanib borishdi.
Rasmiy jihatdan Yuan imperiyasida hizmatkorlar to’rt ta turga bo’lingan. Eng katta imtiyozlar mo’g’ullarga tegishli bo’ib, ular nafaqat qo’shinni boshqarish va yana boshqa barcha mamuriy devonlarni ham boshqarish huquqiga ega edi. Mo’g’ullarga semu jen - “har xil irq odamlari” deb atalmish tabaqa vakillari ya’ni chet elliklar qo’shilardi.Uchinchi pog’anani xan jen (xan odamlari) egallardi.
Ushbu kategoriyaga shimoliy xitoyliklar shuningdek assimiliyatsiyaga uchragan Kidan, Chjurchjin va koreyslar kirar edi. Eng quyi pog’anani nanjen “janubliklar” ya’ni janubiy Xitoy aholisi tashkil etardi.Xitoyliklar davlat hizmatida faqatgina kotib yoki yordamchi sifatida qabul qilinardi. Ularga tunda yurish, har qanday yig’ilishlar o’tkazish, chet tillari va harbiy san’atni o’rganish taqiqlanardi.
Yuan imperiyasida markaziy hukumat boshqaruvida faqatgina poytaxt - Pekindan oldingi shahar Dadu shahri va uning atrofidagi hududlar qolardi. Qolgan huduq esa sakkizta viloyatga bo’lingan bo’lib ularning hukumdorlari katta mustaqillikka ega edi.Markaziy hukumatga shuningdek kuchli harbiy quvvatga ega bo’lgan mo’g’ul amaldorlari ham tahdid solardi.
Mo’g’ullar shunday qilib Xitoyda mustahkam va samarali rejimni tashkil etishaolishmadi. XII asr oxiridan katta harajatli harbiy yurishlar va boshqaruvdagi odamlarning shaxsiy harajatlari budjetni boshab qolishiga olib keldi, ammo yuam hukumdorlari doimiy soliqqa tordish tizimini yarata olishmadi, uning o’rniga ular har hil sotib oluvchi moliyaviy agentlar hizmatlar agentidan foydalanishdi. Ma’muriyat va moliyaning zavoli hukumatdagi barqarorlikni zaiflashishi bilan birga davom etdi. Dadu shahridagi imperator saroyi taxt uchun bo’lgan tinimsiz kurashlar maydoniga yalandi.XIV asring o’rtalarida mo’g’illarga qarshi ko’tarilgan qo’zg’alon tez orada Yuan tizimining zaif tomonlarini yuzaga chiqardi.Qo’zg’alonchilarning ichida Yuan saroyi uchun eng katta havfni qizil qo’shin yuzga keltirardi.Ularning boshlig’i Xan Liner o’zini buddaviylik mahdiyi Maydreyi deb e’lon qildi.Xan Linerning o’limidan so’ng uning vorisi Chju Yuan Chjan Nankin shahrida o’z hukumronlikini o’rnatdi, Xubilay misoliga rioya qilib o’z sulolasiga nom berdi.
Yangi sulola Ming - “yorqin” degan nom oldi.Ush vaqt o’laroq Chju Yuan Chjan qo’shinlari Dado shahrini egallashdi, mo’g’ullar esa dashtga qochishdi.
Hokimiyatni egallagan Chju Yuan Chjan o’z qo’lida mutlaq hokimiyatni egallab qoldi.U davlat ishlari bilan shaxsan shug’illandi.Amaldorlariga esa kuniga uch martdan audiensiya berdi.Avvalgi hukumat devonxonasining o’rniga imperatorning shaxsiy devonxonasi tashkil etildi.Imperiya hududlari 13 (keyinchlik 15) provinsiyalarga bo’lindi, ularga boshqarmalar (fu) yoki viloyatlar (chjou), okruglar (dao), uyezdlar (yan) bo’ysunardi. Provinsiyalar mamuriyati uch qisimdan iborat edi: doimiy amaldorlar, harbiy boshliqlar va tsenzorlar. Byurakratiyaning yuqori darajada marrkazlashuvi va yaxshi tashkil etilgan boshqaruv sulolaga davlat apparatining to’liq bo’ysunishini ta’minladi.
Ammo siyosatdagi despotlikning kuchayishi davlat va o’qimishli elita bo’linishini yuzaga keltirdi. Jamiyatda qarshilik ruhi o’sib bordi. Falsafiy qarashlar emperik tajribada o’z qo’llanilishini topdi va an’analarga kritik yondashuvni yuzaga keltirdi, adabiyotga ko’cha tili va odatlari kirib bordi.
XV-XVI asrlarda Xitoyda iqtisodiy o’sish yuz berdi.Ammo dehqonlarning qmbag’allashishi bilan davom etgan pul iqtisodiyotining rivojlanishi imperiyaning ijtimoiy asoslarini zaiflashtirardi.Bundan tashqari aynan shu davrda amalda qo’l mehnatiga asoslangan an’anaviy yerga ishlov berish usullari zavolga yuz tutdi. Siyosatda imperator absolyutizmini o’zining doimiy hamrohi favoritizmni yuzga keltirdi, u bilan birga fraksiyaviy kurashlar va davlat apparatining barcha darajalarida hokimiyatni suiste’mol qilishga olib keldi. Sulolaning ahvoli mo’g’ullarning qaytdan vujudga kelgan harbiy bosimi o’g’irlashtirdi.Bundan tashqari Machjur qabilalari kuchaydi.1636-yil Manchjurlar boshlig’i Abaxay Tsin (toza) sulolasining tuzilganligini e’lon qildi.
Shu o’laroq XVII asrning 20 yillarida Xitoyning ko’pginda hududlarida ming hukumronligiga qarshi katta qo’g’alon ko’tarildi. 1644-yilda qo’zg’alonchilarning boshliqlaridan biri Li Tzichen Pekin (bu shahar 1421-yildan berin Ming imperiyasining poytaxti) ni posib oldi. Ming harbiy qo’mondoni imperiyaning shimoliy chegaralarini himoya qilayotgan U Sanguy manjurlarga qo’zg’alanchilarni bostirishda yordam berdi.Ular rozi bo’lishdi, Li Tzichenning qo’shinlarini tarqatib yuporishib, Pekinga kirishdi, ammo o’z poytaxtini ushbu shaxarga ko’shirishdi.Shunday qilib Xitoyda qaytadan chet ellik bosqinchilar hukmronligi egallandi.
Markazlashgan imperiya qurilishi, imperator Ven-Di Suy (589) sulolasi davrida Tan sulolasi.Xan misolidagi byurokratiya tizimiga qaytish, imtihon tizimidagi o’zgarishlar.Poytaxt Chanan shahrining qurilishi, markazlashtiruv tendesiyalari, imoperator Tan Tzun ijtimoiy modifikatsiyasi, yagona qonunlar kodeksining tuzilishi.Katta yer egaligining o’sishi.Soliq tiziminig islohatlari, guruch o’stiriladigan Yantzi qirg’og’idagi ishlov beriladigan yerlarning o’sishi.Eski aristakratiyaning o’sishi.
Kontrol va mashqlar uchun savollar:
1. Suy sulolasi.
2. O’rta asrlar Xitoy tarixiga harakteristika bering.
3. Tan imperiyasining gullab yashnagan davri.
4. Sun imperiyasi va ularning ko’chmanchi qabilalarga kurashishi.
Mustaqil ishga vazifalar:
1. Yuan mo’g’ul sulolasi mavzusiga maruza keltiring.
2. Ming imeperatorlari va amaldaorlar tizimi mavzusiga maruza tayyorlang.
3. Xitoy manjur hukumdorlari mavzusiga prezentatsiya tayyorlang.
4. Xitoyning so’nggi imperatori Pui mavzusiga referat tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |