3-mavzu: ontologiya, gnoseologiya va ong falsafasi vaqt-2 soat Reja



Download 71,99 Kb.
bet4/8
Sana26.10.2022
Hajmi71,99 Kb.
#856578
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3-mav

O’z-o’zidan tashkillashuv – materiya atributlaridan yana biri bo’lib, materiyaning yashash usuli, bitmas-tuganmaslik manbayidir…

III.Falsafada inson muammosi bosh muammo ekaniga shubha yo’q. Zeroki falsafa fanining bahs mavzusi o’zagini dunyo va undagi inson o’rni, hayotning ma’nosi va mazmuni, odamning paydo bo’lishi, uning tabiat va jamiyatga munosabati va undagi rollari, kelajak avlodning taqdiri, jahon tsivilizatsiyasining istiqbollari bilan bog’liq masalalar tashqil qiladi. Odam sayyoramizdagi mavjud jonli organizmlarning gultojisi-tarixiy faoliyatning va madaniyatning subyekti-sohibidir.
Suqrotning "O’z-o’zingni angla" degan hikmatli iboradan ruhlanishi har bir davr uchun yangicha ma’no kasb etgan. Insonda butun olam va jamiyatning mohiyati mujassamlashgan. SHu sababga ko’ra ham buyuk faylasuf mutafakkirlarimiz odamni olamga (ular aytishicha, katta olamga) nisbat berib "kichik olam" deb o’rganganlar (G’ijduvoniy, Nasafiy, Navoiy, Bedil).
Insonning jismoniy tuzilishi barcha tirik mavjudotlardagi singari juda murakkab. SHuning uchun uni anatomiya, fiziologiya, biologiya, genetika singari qator fanlar o’rganadi. Lekin odam, boshqa tirik mavjudotlardan farqli o’larok faqat tabiiy emas, balki tarixiy, ijtimoiy mavjudot hamdir. Uning ijtimoiy sifatlari bilan tarix, iqtisod, germenevtika, evristika, estetika, axloq, psixologiya kabi fanlar shug’ullanadi.
Sanab o’tilgan va boshqa bir qator fanlar odamni turli tomondan o’rganadi va turli sifatlarini aniqlaydi. Odamni bir butunlik sifatida o’rganadigan fan antropologiya deyiladi.
Antropologiya inson mohiyatini, uning tabiat va jamiyatdagi o’rnini, o’ziga xos xususiyatlarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Mazkur fan inson mohiyatini "men", "shaxs", "ong", "ruh" kabi tushunchalar vositasida tahlil qiladi. Odam to’g’risida tabiiy va ijtimoiy fanlarda mavjud ma’lumotlarni to’plash va umumlashtirish, yaxlit nazariya yaratish vazifasini falsafa fani bajaradi. Ko’p o’lchovli odamning universal tavsifini o’rganish falsafa obyektidir. Xo’sh, falsafiy ma’noda inson-odam tushunchasi nimani anglatadi? Bu savolga javob berishdan oldin biz e’tiboringizni bir muammoga karatamiz. Ruschada bir so’z bilan ifodalangan "chelovek" tushunchasi o’zbekchada, jumladan, falsafiy adabiyotlarda ham "inson", "odam" tushunchalari bilan berilmokda. Bizningcha, nisbatan neytral so’z bo’lgan "odam" tushunchasini falsafiy kategoriya sifatida ishlatgan ma’qul.
"Inson" tushunchasida ijobiy ma’no yashirin va olimlar aytganday, "inson" etika fani kategoriyasi sifatida ishlatilgani yaxshi. "Odam" tushunchasi "shaxs" va "inson" tushunchalaridan kengrokdir. Bu tushuncha yaqin davrlargacha faqat biologik turga mansublikni ifodalaydigan tushuncha deb hisoblanardi.
Odamni hayvondan ajratib turadigan eng asosiy tafovutlarning biri hulqdir.
Kishilik jamiyati biologik tur talabi natijasida emas, umumiy madaniyat asosida turmush kechiradi. Madaniyat kishilik jamiyatini hayvonot dunyosidan ajratib turadigan eng muhim belgilaridan biridir. Lekin madaniyat o’zida jamiyatning eng muhim belgilaridan birini aks ettirsa ham «jamiyat, odam qanday vujudga keldi?» degan savolga javob bermaydi.
XX asr faylasuflari o’zlaridan avval yashab, ijod etgan faylasuflarning "odam-aqlli mavjudot", "odam-o’z-o’zini anglay oladigan mavjudot", "odam-siyosiy mavjudot" (Aristotel), “mehnat quroli yasovchi xayvon”, “barcha ijtimoiy munosabatlar majmui” qabilidagi ta’riflarini inkor qilmadilar, balki yuqori baholadilar. SHu bilan birga ular odamning mazkur ta’riflarda aks ettirilgan sifatlari predmetli-amaliy faoliyat bilan bog’liq ekanini ta’kidlab ko’rsatdilar. Odam va jamiyatning paydo bo’lishi bir yaxlit jarayonning ikki tomonidir. Bu jarayonni ifodalash uchun fanda "antroposotsiogenez" atamasi qabul qilingan, Tabiiy va ijtimoiy fanlarda bu jarayon qanday kechganini to’la tushuntirib bera oladigan nazariya hozircha yo’q, ammo bir qator farazlar mavjud.
Odamning paydo bo’lishidagi nazariyalarni (dunyoviy, diniy, materialistik, idealistik va h.k.) shartli ravishda uchga bo’lish mumkin:
1. odam yaratilgan (Xudo, mutlok ruh tomonidan);
2. odam biologik evolyutsiyaning, tabiiy-tarixiy rivojlanishning mahsuli;
3. odam yuqori darajada tsivilizatsiyalashgan biror-bir sayyoradan kelib qolgan mavjudot.
Ibtidoiy gala biologik birlik bo’lsa, ibtidoiy jamoa ijtimoiy birlik sifatida individlar o’rtasidagi yangicha munosabatlarga asoslanardi.
Har qanday biologik tur singari odam ham muayyan belgilar yig’indisi bilan boshqa turlardan ajralib turadi. Bu belgilar odamning anatomik tuzilishi va fiziologik xususiyatlari, yashash davri, muddati, irsiy va irkiy belgilari va boshqalardan iborat. Bundan tashqari odamda til, ong, axloq singari ijtimoiy belgilar mavjud. Mana shu biologik va ijtimoiy xususiyatlarning o’zaro munosabati, tabiiylik bilan ijtimoiylikning dialektikasi turli falsafiy oqimlarda turlicha talqin qilib kelingan.
Inson mavjud ekan, hayot ekan tana va ruh ehtiyojlarini qondirishga intiladi. Hayot mazmuni mana shu ehtiyojlardan kelib chiqadi, yashashdan maqsad belgilanadi. Tana ehtiyojlari - tabiiy biologik ehtiyojlarning qondirish inson borlig’ining birlamchi shartidir. Lekin hayotning ma’nosi faqat moddiy ne’matlardan bahramand bo’lish, eyish yoki shahvoniy nafsni qondirish, boylikka ruju qo’yishdan iborat emas. Inson ruhi ham o’ziga xos ozuqqa ehtiyoj sezadi. SHu bois unda ma’rifatparvarlik, odamiylik, diyonat, iymon, vijdon, odillik, poklik, vatanparvarlik kabi ma’naviy fazilatlar shakllanadi. Haqiqiy inson o’z hayotini ma’naviy komillikda ko’radi.
Odamlardagi biologik xususiyatlar rolini bo’rttirib, ijtimoiy jihatlar ahamiyatini kamsitish qanday g’ayri ilmiy xulosalarga olib kelsa, ijtimoiylik rolini bo’rttirib biologik sifatlarni mensimaslik ham shunday oqibatlarga olib keladi. Faqat ijtimoiy hislatlar muhim ahamiyatga ega, biologiya xususiyatlari esa ikkinchi darajalidir, deb karovchi faylasuflar ijtimoiylashtiruvchilar (sotsiologizator) deb ataladilar. Ular biologik xususiyatlar rolini inkor qilib, ularga ijtimoiy mohiyatni yaratish uchun bir xom ashyo deb qaraydilar. Ularning nazariyasiga ko’ra, bu xom ashyodan istalgan buyum yasash mumkin. Mana shunday nazariyalar asosida XX asrda antiutopiyalar vujudga keldi. Ilmiy-texnika inqilobi davrida odamdagi biologik va ijtimoiy sifatlar birligining yangi qirralari namoyon bo’la boshladi. Boshqa turlar faqat tor doiradagi ekologik o’zgarishlargagina moslasha olsa, odam ana shu o’zgarishlarning juda xilma-xilligi va kengligiga ham moslashishi mumkin. Lekin odam organizmining bu imkoniyatlari cheksiz emas. Hozirgi davrda ana shu imkoniyatlarni ishga solish o’zining oxirgi nuqtasiga etib bormoqda...
Genetika fanining kuzatishlari odam irsiyatida yuz berayotgan mutatsiyalar-o’zgarishlar tezlashib borayotganini ko’rsatmokda. SHu mutatsiyalar, stresslar oqibatida tez sur’atlar bilan ko’payib borayotgan yurak-qon tomir kasalliklari insoniyat mavjudligiga xavf solmokda. Demak, inson-bioijtimoiy mavjudot. Insonning insoniy vazifasi, sharafi yaxshilik qilish, jamiyat manfaatlariga xizmat qilish, insoniyatning baxtli kelajagini yaratish. Inson o’z akli tufayli butun koinot, tabiat taraqqiyotida buyuk yaratuvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi, u o’z tarixini yaratadi. Jamiyat tarixini yaratadi. Inson jamiyat takomillashuvi omilidir.
Olamdagi barcha tirik mavjudotlar ichida faqatgina odam o’z umrining zamonda cheklanganligini, bir kun muqarrar o’lishini anglay oladi. O’limning muqarrarligi yoshlik davrlarda mavhum bir tushuncha sifatida qabullansa ham, hayotda shunday davr keladiki, odam o’lim to’g’risida jiddiy o’ylay boshlaydi, o’limni chetlab o’tish mumkin emasligi unda kuchli his-tuyg’ular uyg’otadi.
O’limning muqarrarligini anglash odamning faqatgina fikriga, his-tuyg’ulariga ta’sir ko’rsatib qolmasdan, uning dunyoqarashi va axloqiga ham katta ta’sir ko’rsatadi. Bu ta’sir barcha odamlarda bir yo’nalishda va bir xil darajada bo’lmasdan, shu muqarrarlikni anglash xususiyatlariga qarab turli-tuman bo’ladi. O’limning muqarrarligi odamni hayotning maqsadi va mazmuni to’g’risida o’ylashga, bosh qotirishga majbur qiladi. Butun tarix davomida odamlar o’limni orqaroqqa surish, umrni uzaytirish uchun kurashib kelganlar. Lekin umrni behad uzaytirib bo’lmasligiga ishonch hosil qilganlaridan keyin esa o’limni hech bo’lmasa ma’naviy jihatdan engishga, ma’naviy umrboqiylikka erishishga uringanlar...
Turli jamiyatlarda va turli davrlarda o’limga munosabat turlicha xususiyatlarga ega bo’lgan. Bu xususiyatlarning xarakteri o’sha jamiyat va davrdagi ijtimoiy, axloqiy qadriyatlar, odamlarning turmush darajasi, jamiyatdagi mavqeyi singari holatlar bilan belgilangan. Tarixda shunday ijtimoiy, falasafiy oqimlar bo’lganki, ularning vakillari hayotning maqsadi o’limga tayyorlanish deb tushuntirganlar. Bu aqidaga ko’shilmagan boshqa qator faylasuflar narigi dunyo mavjudligini inkor qilib, shu dunyodagi barcha lazzatlardan bahramand bo’lishga chaqirganlar. Masalan, sufiylar o’limdan optimistik natija chiqaruvchilardir. Ular "o’lim baxtdir" deb uqtiradilar. Navoiy yozadi:
Deding:"Fano nedurur?" Muxtasar deyin: "O’lmak!", "Ki sharhin tilasang, yuz risola bo’lg’usidir".
"O’limga yuz burgilu, pardani chok et. Lekin lahatga eltuvchi o’limnimas, yangi ruh tug’diruvchi o’limni tanla", deydi Jaloliddin Rumiy.
Jonning jononga birikishi-bu "Anal haqlikdir".
Qadimgi YUnonistondagi axloqiy tafakko’rning gedonizm yo’nalishi vakillari lazzat keltiruvchi har qanday narsa yaxshiliqdir, degan g’oyani olg’a surishgan. XX asrning ikkinchi yarmida fanning gurkirab rivojlanishi o’lim bilan bog’liq bir qancha muammolarni keltirib chiqardi. SHulardan biri o’lim holatini aniqlashdir...
A’zolarni bir organizmdan ikkinchisiga ko’chirish (transplantatsiya qilish) imkoniyatlari kengaygan sari tibbiyotda o’lim holatini aniq ta’riflashga ehtiyoj kuchaydi. Umrning nihoyasi muqarrarligini anglagan inson hayotga va o’limga o’zining munosabatini shakllantiradi. Aytish mumkinki, bu munosabat inson axloqi va dunyoqarashidagi eng muhim munosabatlardan biridir. Mana shu munosabatga bog’lik ravishda insonning yurish-turishi, xulqi, faoliyati shakllanadi. SHuning uchun ham o’lim va hayotga munosabat jahon madaniyati va san’atida eng muhim mavzulardan biri bo’lib kelmokda. Hayot mazmuni tahlil qilinganda uning ikki ko’rinishi borligi nazarda tutilishi kerak. Ulardan birinchisi-alohida shaxs hayotining mazmuni, ikkinchisi esa - bashariyat hayoti mazmuni. Bu har ikki ko’rinish ham bir biri bilan chambarchas bog’lik, lekin ular o’rtasida tafovut mavjud. Bu tafovut esa qator hollarda ziddiyatga aylanib ham ketishi mumkin.
Har bir odamning o’z qobiliyatlarining rivojlantirishi va shu qobiliyatlarining yaratuvchi mehnatga yo’naltirishi, uning hayotdagi maqsadiga erishish yo’lida qo’ygan qadami, ayni paytda, jamiyat taraqqiyotiga, jamiyatning maqsad tomon intilishiga qo’shgan hissasi bo’ladi.
Hozirgi zamon tibbiyot ilmi, ayniqsa, uning gerontologiya sohasi odam umrining keskin uzaytirish mumkinligi to’g’risida guvohlik bermokda.
Hozirgi kunda bir qator mamlakatlarda evtanaziya-og’riqsiz, tinch, osoyishta o’lim masalasi ko’tarilmoqda. SHuni ham esda tutish kerakki, hozirgi davrgacha bo’lgan barcha falsafiy sistemalarda, diniy ta’limotlarda o’zini o’zi o’ldirish keskin qoralangan. Ba’zi dinlarda o’zini o’ldirganlarni erga ko’mish ham man qilingan, islom dinida esa o’z joniga qasd qilganlarni ko’mishda jonoza o’qish ta’qiqlanadi.
Hozir evtanaziya atrofida faylasuflar, yuristlar, biologlar va vrachlar olib borayotgan musohabalarda ixtiyoriy o’limni axloqiy jihatdan asoslash mumkinmi, yo’qmi degan masala ustida tortishuvlar ketmokda.
Insonning manguligi marhumning nomi, yaxshi amallari, ezgu niyatlari, qarindosh-urug’lari, do’st-birodarlari, mahalla-ko’yi, shahari va undan kattaroq miqyoslarda eslanishi, qadrlanishi va ishlarining davom ettirilishidir.
"Individ" tushunchasi odam avlodining alohida olingan har qanday vakiliga nisbatan qo’llaniladi. Ijtimoiy falsafada bu termin ijtimoiy butunlikning yagona vakiliga nisbatan ishlatiladi. Individ oddiy "yagona" emas, "yagonalardan biri"dir. Jamiyat individni o’rabgina qolmay, balki "uning ichida" yashaydi. Jamiyatning deyarli butun qirralari individda aks etadi. Individ ijtimoiy munosabatlarning mahsuli sifatida namoyon bo’ladi.
Agar odamni - ijtimoiy munosabatlarning maxsuli va subyekti desak, individ ijtimoiy munosabatlarning mahsuliga teng keladi, individuallik esa ijtimoiy munosabatlarning subyektiga to’g’ri keladi.
"Individuallik" odamning o’z personal qiyofasiga ega bo’lish qobiliyati, jamiyat oldida muayyan qadriyat va ahamiyatga ega bo’lish sifatidir.
"Individuallik" tushunchasi odam faoliyatidagi o’ziga xoslik, ko’pqirralik va uyg’unlikni, tabiiylikni ifodalaydi.

Download 71,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish