3-mavzu. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyati.
Muzey fondlari va uning
asosiy yo‘nalishlari. Muzey fondlarini to‘plash
(2 soat)
Reja.
1. Muzeylar ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari. Tarixga ixtisoslashgan
muzeylarda umumtarixiy tadqiqotlar: muzey ashyolarini tadqiq etish, saralash.
2.Ekspozitsiyalar tayyorlash jarayonida umumtarixiy tadqiqotlar.
3. Muzey tarmog‘i va muzeylar turkumi: tarixiy yo‘nalishdagi muzeylar, badiiy
yo‘nalishdagi muzeylar, tabiiy-tarixiy yo‘nalishdagi muzeylar, texnika
yo‘nalishdagi muzeylar, adabiyot yo‘nalishdagi muzeylar va kompleks muzeylar.
4.Muzey fondi tushunchasi.Muzey fondlarini ilmiy tashkil etish. Muzey fondlarini to‘ldirish
(komplektlash). Muzey ashyolarini yig‘ish bo‘yicha ekspeditsiyalar tashkil etish.
5.
Muzey fondlarini ilmiy tashkil etishning vazifalari.
Ashyolarning ahamiyati va
huquqiy o‘rni jihatidan muzey fondlarning tarkibi. Muzey fondlarining tuzilishi.
Muzey fondlarini ilmiy tashkil etish.
Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib,
ma’lum darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga
yangi tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va
ekspozitsiyaga qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy
jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi
anglandi. Ochiq osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini
predmetlarni an’naviy kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida
namoyish etiladigan, xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil
etdi. Shuningdek, asl nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish
etuvchi mezeylar ham paydo bo‘ldi.
“Muzey” tushunchasining ko‘p qirraligiga yana bir sabab, nazariy
muzeyshunoslikning rivojlanishi va mutaxassislarning turli tadqiqotchilik
yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega
bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa
sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash,
xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish
ishlarini
olib
boradi
deb
yozilgan.
Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM) tomonidan
ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974 yilgi Ustavga
ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi variantida (ya’ni
1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy, kommercheskiy bo‘lmagan
muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar uchun ochiqdir. Muzey
eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi va ekspozitsiyaga
qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, lekin ko‘p
masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham muzey deb
xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini kolleksiyalariga
ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish qiladi, shu bilan bir
qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi. Lekin bu
kolleksiyalar tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan.
Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi. Birlari
“muzey” deb faqat an’naviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z faoliyatini
asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular zoologiya
va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni muzey
deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy merosga nisbatan muzey
xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson atrofidagi barcha tabiiy, madaniy,
ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar. Mazkur fikrlarni inobatga olgan holda,
barcha botanika bog‘lari, zooparklarni, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga
a’zo
qilib
olgan.
Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni
ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan
iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli
guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat
ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun yoki
keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol keltirilgan
ziddiyatli
savollar
turli
mamlakatlarning
mutaxassislari
tomonidan
(muzeyshunoslar,
faylasuflar
, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular
jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan.
Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga baxs
muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi.
“Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham
turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan
funksiyalariga
ko‘ra
uni
ijtimoiiy
institut
deb
hisoblaydilar.
Muzeyshunoslikning
strukturasi
I Muzeyshunoslik (muzeologiya) – bu insonning muzeyga bo‘lgan spetsifik
munosabatini o‘rganuvchi, mezey predmetlari orqali ijtimoiy axborotlarni
yetkazuvchi va saqlab qolish jarayonlarini tadqiq etuvchi, shuningdek muzey ishi
rivoji va muzey faoliyati yo‘nalishlarini o‘rganuvchi mustaqil fan sohasi
hisoblanadi.
II Muzeyshunoslikning mustaqil fan sohasi sifatidagi asosiy prinsipial belgilari –
muzeyshunoslikning
obyekti,
predmeti,
uslubi,
tili
va
strukturasidir.
III Xanuzgacha muzeyshunoslikning strukturasi xaqida turli mamlakat
tadqiqotchilari yagona fikrga kelishmagan. Lekin, ko‘pincha muzeyshunoslar –
Chexoslovakilik tadqiqotchi Z.Stranskiy tomonidan ishlab chiqilgan strukturadan
foydalanadilar.
IV Muzeyshunoslikda tarixiy, nazariy va amaliy elementlar mavjud:
V I.Tarix va tarixiy manbalarni o‘rganishda muzeylarning yaratilish tarixi, ularning
turli tarixiy muhitdagi funksiyasi, muzey siyosati, muzey tarmog‘ining shakllanishi
va muzey ishining takomillashtirilishi, bu muammolarning barchasini ilmiy
adabiyotlarda aks ettirilishi va muzeyshunoslik ilmining tarixi tadqiq qilinadi.
VI
II.Nazariya
to‘rtta
tarkibiy
qismdan
iborat:
1. Muzeyshunoslikning umumiy nazariyasi muzeyshunoslikning obyektini,
predmetini, uslubiyatini, strukturaviy elementini, uning ilmiy fanlar sistemasidagi
o‘rnini o‘rganadi; muzey va muzey predmetining fenomenini tadqiq etadi:
muzeylarning ijtimoiy funksiyalari bilan bog‘liq, muzey tarmog‘ining shakllanishi,
klassifikatsiyasi va muzeylarining tipologiyasi muammolarini o‘rganadi: muzey
faoliyati barcha turlarning hamma o‘ziga xos ilmiy asoslarini ishlab chiqadi.
2. Xujjatlashtirish nazariyasi muzey fondlarini komplektlash bilan bog‘liq
muammolarni, ya’ni muzey to‘plamiga voqelik obyektlarini tanlash uslubi va
uslubiyatlarini
o‘rganadi.
3. Ilmiy fond ishlari nazariyasi – muzey predmetlarining muhim ahamiyatga ega
ekanligini, ulardagi axborotlarni bilish jarayoni bilan bog‘liq, ya’ni muzey
predmetlarini tadqiq etish, ularni ro‘yxatga olish va saqlash ishlarini o‘z ichiga oladi.
4. Kommunikatsiya nazariyasi – muzeyni ommunikatsiya institutlaridan biri sifatida
o‘rganadi. Shuningdek axborot yetkazib berish spetsifikasi, muzeylarning madaniy-
ta’lim faoliyati jaryonida muzey vositalari va kommunikatsiya shakllarining turli
toifadagi
tomoshabinlarga
ta’sir
etish
muammolarini
tadqiq
etadi.
VII III.Muzey manbashunosligi-muzey predmetlarini manbashunoslik faniga
xarakterli tarzda o‘rganadi; muzey predmetlari va kolleksiyalaridan foydalanish va
tadqiq
etish
nazariyasi,
uslubiyatini
ishlab
chiqadi.
VIII
IV.
Amaliy
muzeyshunoslik
uch
bo‘limga
ajratiladi:
1. Ilmiy uslubiyat muzey faoliyatining hamma shakllarini qamrab oladi. Umumiy va
maxsus uslubiy tadqiqotlar mavjud. Umumiy uslubiyatlar muzeylarning hammasiga
tegishli. Masalan, muzey kommunikatsiyasining o‘ziga xos shakli sifatida
ekspozitsiya tuzishning uslubiy prinsiplari, muzey zaxiralarini saqlash prinsiplari,
hamda ekskursiya ishlari prinsiplari shular jumlasidandir. Maxsus tadqiqotlar esa
umumiy ilmiy uslubiyatdan kelib chiqadi, lekin ma’lum tip va ixtisoslikdagi
muzeylarga
qaratilgan.
2. Muzey ishining texnikasi ilmiy uslubiyatlardan kelib chiqib, muzey
binolarini
loyixalashtirish
, turli tipdagi muzey materiallarini ekspozitsiyaga qo‘yish texnikasi,
axborot yetkazishning texnik vositalari, muzey predmetlarining fizikaviy holatini
tadqiq etish texnikasi, konservatsiya va ta’mirlash kabi muammolar bilan bog‘liq
holda
shug‘ullanadi.
3. Muzey ishini tashkillashtirish va muzey faoliyatini boshqarish mendjment va
marketing
bilan
bog‘liq.
Muzeyshunoslikning
obyekti,
predmeti
va
uslubi
Mustaqil ilmiy fan sohasi o‘zining tadqiqot predmeti va uslubiga ega bo‘lishi lozim.
Tadqiqot predmeti doimo o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida turli
pozitsiyalarda turib, bir necha fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan,
muzey va muzey ishi ijtimoiy voqelik sifatida, bir vaqtning o‘zida nafaqat
muzeyshunoslikning, balki falsafa, tarix san’atshunoslik, sotsiologiyaning ham
tadqiqot
obyekti
bo‘lishi
mumkin.
Tadqiqot obyektini aniqlash juda oson bo‘lib, u manba yig‘ish jarayonida ma’lum
bo‘lsa, fan predmeti xech qachon tayyor ko‘rinishda bo‘lmaydi, uni loyxasini
tuzmoq
lozim.
Predmet nuqtai nazarda – “muzeyshunoslik bir muzey obyektlarini to‘plash, saqlash,
o‘rganish
va
ulardan
foydalanish
xaqidagi
fan
xisoblanadi.
Muzeyshunoslik predmetini nazariy asoslashda bir necha yondashuvlar mavjud:
institutsional yondashuvda muzeyshunoslik predmeti – bu ijtimoiy madaniy institut
xisoblanadi.
predmet yondashuv tarafdorlari, muzeyda muzey predmeti funksiyasini o‘rganishni
– muzeyshunoslik predmeti fan sifatidaligini ta’kidlaydilar. Lekin predmet
yondashuv kun sayin eskirmoqda, chunki muzeylashtirish obyektiga borliqning
“nomoddiy” obyektlari, xatto yashash tarzi hm kiritilmoqda. “Predmet yondashuv”
nuqtai nazarida ekomuzey kabi muzey muassasalarining yangi shakllarini o‘rganish
juda mushkil. Shuday bo‘lsada, predmet yondashuv muzeyshunoslikda keng
qamrovga
ega.
kompleks yondashuv ham muzeyshunoslik predmetini tushunishga yordam beradi.
Muzeyshunoslik predmeti – muzey obyektlari orqali ijtimoiy axborotlarni,
an’analarni, emotsiyalarni yig‘ish, saqlash va translyatsiya qilish jarayonlariga,
muzeyning kelib chiqishi, rivojlanishi va ijtimoiy funksiyalari jarayonlariga ta’luqli
obyektiv
qonuniyatdir.
Muzeyshunoslik uslubi - bugungi kunda muzeyshunoslik gumanitar va tabiiy
fanlarning
bilim
xazinasidan
o‘zlashtirgan
uslublardan
foydalanadi.
Muzeyshunoslikni mustaqil fan sifatida tan oluvchi olimlar, muzeyshunoslik endi
shakllanayotgan fan bo‘lib, shaxsiy uslubininig ko‘tarilish pog‘onasida turganligini
ta’kidlaydilar.
Muzey
predmeti
va
uning
hususiyatlari
“Muzey predmeti” so‘z birikmasi, qo‘shimcha tushunchalarsiz muzeydagi
buyumlarni, tabiat obyektlarini, yozma va tasviriy materiallarni bildiradi.
XX asr boshlarida, muzey predmeti ham bilishning o‘ziga xos ko‘rinishi manbasi,
ham muzey kommunikatsiyasi sistemasining asosiy elementi sifatida o‘rganila
boshlandi.
Qo‘yidagi predmetning muzey to‘plamiga kiritish jarayonini, bunda u qanday sifat
va hususiyatlarni yo‘qotishi va qandaylarini o‘zlashtirishini sxematik tarzda ko‘rib
chiqamiz.
Tabiat va jamiyatda ilmiy, badiiy, tarixiy va memorial qimmatga ega va muzeyda
foydalanishga mos bo‘lgan ko‘plab obyekt va predmetlar mavjud.
Bularni “Muzey ahamiyatiga ega predmetlar” deb atash qabul qilingan. Predmetga
muzey statusini berish uchun uni bir qator ko‘riklardan o‘tkazish lozim. Shu
jarayonning o‘zida predmet uzoq saqlovga va ko‘p rejali foydalanuvga tayyorlab
boriladi.
Birinchi bo‘lib “Muzey ahamiyatiga ega predmet”ni buyum joylashgan muhitda
aniqlaydilar, ya’ni predmet topilgan, foydalanilayotgan yoki saqlanayotgan tabiiy,
ijtimoiy muhitni va uning boshqa predmetlar yoki inson blan aloqadorligi
aniqlanadi.
Muzey ahamiyatiga ega predmet muzeyga kelib tushadi, xisobga olinib,
saqlovga
qabul qilinadi
, butkul yoki birlamchi ishlovdan o‘tadi va shundan so‘nggina “muzey
peredmeti”
statusiga
ega
bo‘ladi.
Muzey to‘plamiga kiritilgan predmet, olib kelingan muhitdan butkul uzilib, o‘zining
avvalgi funksional ahamiyatini yo‘qotadi. Muzeyda mazkur predmetning funksional
ahamiyati emas, uning jamiyatdagi madaniy – tarixiy yodgorlik sifatidagi ahamiyati
asosiy o‘rinni egallaydi. Muzey to‘plamida bu predmet konkret faktning xujjati,
guvohi, belgisi, timsoliga aylanadi. Predmetni o‘rganish jarayonida mutaxassislar
uni o‘z muhiti bilan bog‘lab rekonstruksiya qiladilar, unga xos belgi va
xarakteristikani aniqlaydilar; fond kolleksiyalari v ekspozitsiyada u o‘ziga o‘xshash
yoki faqli predmetlar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muhitga tushadi. Shu bilan
birgalikda
u
ma’lum
bir
tarixiy
kontekstga
kiritiladi.
Masalan, muzey to‘plamiga kiritilgan qadimiy kitob, o‘zining avvalgi funksiyasini
yo‘qotadi va yangi ijtimoiiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Muzeyda u kitob san’ati asari
va o‘z davrining asosiy madaniy chiziqlarini ko‘rsatuvchi guvoh sifatida qabul
qilinadi.
Arxeologik qazilmalarda topilgan ro‘zg‘or buyumlari yoki ish qurollari alloqachon
foydalanishdan chiqarilgan, lekin ular so‘zsiz ijtimoiy qimmatga ega, chunki bu
predmetlardan muayyan davr ijtimoiy hayotiga oid ma’lumot olish yoki ashyoviy
dalil
sifatida
foydalanish
mumkin.
Xar qanday buyum “muzey predmeti” deb xisoblanishi uchun, ma’lum xususiyat va
belgilariga ko‘ra tekshirilishi va so‘ng muzeyga joylanishi lozim. Muzey predmeti
unga xos umumiy xossalari va aniq belgilar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Muzey
predmeti xossalari uchta belgiga qarab aniqlanadi: informativ, attraktiv va
ekspressiv.
Informativ – muzey predmetini mazmunli jihatini ta’riflaydi. Predmetdan tarixiy
voqealar, madaniy, ijtimoiy va tabiiy jarayonlar xaqida ma’lumot bera oladigan
manbaa sifatida foydalanish mumkin bo‘lishi kerak. Ilmiy taxlil etilgan xujjatlarda
predmet xaqidagi ma’lumotlar yig‘indisi predmetning informatsion potensialini
tashkil etadi. Bunday ma’lumotlar ikkita shartli guruhga bo‘linadi: ichki
informatsion
maydon
va
tashqi
informatsion
maydon.
Ichki informatsion maydon, bevosita predmetda aks etgan axborotga ega. Bu
muzeyshunoslikda “atributiv” (ya’ni aniqlovchiga oid) deb nomlangan predmet
belgilaridir. Predmetning nomi, uning ishlatiladigan joyi, xajmi, shakli, materiali,
tayyorlanish uslubi, yozuvlari, imzolari, tamg‘alari va xokazolar shular
jumlasidandir.
Tashqi informativ maydon predmetining tarixini, uning kelib chiqishi va
foydalanilgan joyini, u bilan bog‘liq shaxslar va vaqealarni, ya’ni “predmet
atrofidagi”, predmet bilan bevosita bog‘liq boshqa manbalardan yig‘ilgan
ma’lumotlarni
o‘z
ichiga
oladi.
Ichki va tashqi informatsion maydonlar bir – biri bilan uzviy bog‘liq va muzey
predmeti sifatida xizmat qilish uchun sharoit yaratib beruvchi informatsion
potensialni
tashkil
etadi.
Attraktivlik – predmetning tashqi tomonini, uning tomoshabinlarni o‘ziga jalb qila
oladigan
xususiyatlarini
(ya’ni
rangi,
shakli,
xajmini)
ta’riflaydi.
Ekspressivlik – bunda predmet o‘zining ma’lum bir tarixiy voqea, fakt, jarayonlar
bilan bog‘liqligi bilan tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. Predmetning yaratilishi, olib
kelingan muhiti, biron bir mashhur shaxs yoki voqealar bilan bog‘liq tomonlari
kishida
ma’lum
bir
tuyg‘ularni
uyg‘otadi.
Bunday ma’lumotlar ekspozitsiyada etiketaj yoki ekskursovod orqali tomoshabinga
yetkazib
beriladi.
O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan, general Sobir Raximovga tegishli
xarbiy
kiyim va qurol aslahalar
; G‘ofur G‘ulom ishlatgan kitob, daftar, ruchka,
stol, va xokazolar, mashhur yozuvchi va olimlarning qo‘lyozmalari kabi eksponatlar
muzey predmetining ekspressiv xususiyatlarining yorqin misoli sifatida xizmat
qiladi.
Muzeyshunoslar muzey predmetining o‘ziga xos xususiyati sifatida uning
reprezentativligini ajratib o‘rganadilar. YA’ni o‘zi bilan bir xil predmetlar qatorida
ko‘rkamroq, informativ hususiyatlari bir – biri bilan juda zich bog‘liq predmetlarga
reprezentativ hususiyat beriladi. Ma’lum bir predmet o‘ziga o‘xshash boshqa
predmetlarga qaraganda biron bir voqea, hodisani yorqin aks ettira oladi. Uning
informativ imkoniyatlari o‘zi bilan bir xil bo‘lgan predmetning informatsion
potensiallaridan
ustunroq
bo‘ladi.
Shunday qilib, muzey predmeti deb, o‘zining muzeyda foydalanish uchun katta
ahamiyatga ega ekanligi sababli, o‘z muhitidan olib kelinib, muzey to‘plami
qatoriga qo‘shilgan predmetga aytiladi. “Muzey predmeti” tushunchasi asosan asl
nusxalarga nisbatan qo‘llaniladi. Lekin, ba’zi muzeyshunoslar mazkur toifaga,
ekspazitsiyaga qo‘yish uchun mo‘ljallanib yasalgan, yodgorlik funksiyasini
bajaruvchi modellar maketlar va muzey predmetlarining kopiyasini ham kiritadilar.
Amalda, muzey predmeti nazariyasi, asosan muzey to‘plamiga predmetlarni tanlash
uchun ishlab chiqilgan mezon sifatida qo‘llaniladi va predmetlarga ilmiy tavsif
yozish prinsiplarini mukammallashtirishda qo‘llaniladi. Shuning uchun “muzey
predmeti” tushunchasi ko‘proq tarixiy va o‘lkashunoslik muzeylari uchun
ahamiyatliroqdir; tabiiy – ilmiy muzeylarda bu tushunchaning bilish imkoniyatlari
yetarli darajada chegaralangan; badiiy muzeylarda esa estetik va san’atshunoslik
mezonlari
ustunroq
turadi.
Muzey
tarmoqlari
va
muzeylarning
klassifikatsiyasi
Mamlakat muzeylari ham territorial, ham mazmun jihatdan doimiy rivojlannishda
bo‘lgan yopiq sistemani tashkil etadi. Bu sistema turli ixtisoslik va tipdagi
muzeylarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, muzey tarmog‘i deyiladi. Muzey tarmog‘ining
shakllanishi jarayoniga bir qator ijtimoiy olimlar ta’sir ko‘rsatadi: ijtimoiy
talablarning o‘zgarishi, fan, san’at, moddiy ishlab chiqarish, shuningdek
muzeyshunoslikdagi rivojlanish shular jumlasidandir. Muzey tarmog‘i uzoq tarixiy
davr davomida shakllanib keldi va 1917 yilga qadar bu jarayon o‘z – o‘zidan,
tartibsiz
rivojlandi.
Muzey tarmog‘ining muvozanatlashtirilgani sezilarli ravishda, muzey ishining
samaradorligiga ham g‘oyaviy planda, ham madaniy boyliklarni saqlash planida
ta’sir
qiladi.
Muzey
ishini
boshqarish
organlaning
muhim
vazifasi,
muzeylarni
ixtisoslashtirishdir. Ixtisoslik deganda muzeyning biron bir fanlarning kompleksi,
san’at turlari, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasiga bo‘lgan munosabati tushuniladi.
Ixtisoslik orqali muzeyda ish yuritishning asosiy mazmuni aniqlanadi. Shuningdek,
ixtisoslik klassifikatsiyasi muzeylarni guruhlarga ajratadi va ularning har biri
o‘zining ilmiy vazifalarini yechadi. Muzeylarni quyidagi asosiy ixtisoslik
guruhlariga
ajratish
mumkin:
1. Tarix muzeylariga - tarix fanlari sistemasiga tayangan barcha muzeylar kiradi:
keng tarixiy ixtisoslikdagi, arxeologiya, etnografiya, numezmatika, xarbiy – tarixiy,
tarixiy – iqtisodiy, ilm va ma’rifat tarixi, maxsus tarixiy (masalan sport tarixi) kabi
muzeylar
shular
jumlasidandir.
2. Badiiy muzeylariga – san’at tarixi va san’atshunoslikka ta’luqliligi bo‘yicha
xarakterlanuvchi barcha muzeylar kiradi. Masalan, tasviriy san’at muzeylari,
suratlar galereyasi, xaykaltaroshlik muzeylari, amaliy san’at muzeyi, badiiy
xunarmandchilik muzeyi,
gravyura kabinetlari
, shuningdek teatr, musiqa,
kinosan’ati
muzeylari
va
boshqalar.
3. Tabiiy muzeylarga – o‘z faoliyati jarayonida tabiiy fanlarga tayanuvchi barcha
muzeylar kiradi. Bu ixtisoslikka biologiya, botanika, zoologiya, geologiya,
mineralogiya,
palentologiya,
antropogiya
va
boshqa
muzeylar
kiradi.
4. Texnika muzeylarga – texnik fanlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq muzeylar
kiradi: politexnika, texnika, aviatsiya avtotransport, aloqa, kema qurilishi, tog‘
ishlari, temir yo‘l transporti, texnika yodgorliklari, alohidagi korxona muzeylari va
xakozo.
5. Adabiyot muzeylari – adabiyotning rivojlanishiga, yozuvchilarning hayoti va
faoliyatiga
bag‘ishlangan
barcha
muzeylar.
6. Kompleks muzeylari deb – asosan o‘zida ikki va undan ortiq asosiy ixtisoslikni
uyg‘unlashtirgan muzeylarga aytiladi. Bu esa o‘z navbatida zaxiralar tarkibida,
faoliyati mazmunida, tashkillashtirish strukturasida namoyon bo‘ladi: tarixiy –
badiiy, tarixiiy – me’moriy, qishloq xo‘jaligi (tabiiy – ilmiy va tarixiy ixtisoslikning
birlashmasi) muzeylari shular jumlasidandir. Eng keng tarqalgan kompleks
ixtisosligidagi muzey – o‘lkashunoslik muzeyi bo‘lib, u o‘zida tarixiy va tabiiy ilmiy
mutaxassislikni mujassamlashtiradi. Ko‘p hollarda o‘lkashunoslik muzeylarida
mustaqil san’atshunoslik bo‘limlari ham bo‘ladi. Muzeylarni ixtisoslik gruhlariga
klassifikasiyalashdan tashqari, asosiy ijtimoiy ahamiyatiga qarab tipologik ravishda
ham bo‘linadi. Muzey tarmog‘ida muzeylarning uchta tipi bo‘lishi mumkin:
1) Ilmiy –tadqiqot hamda ma’rifiy;
2) Tadqiqot va Akademik;
3) O‘quv tipi.
1. Muzeyning ilmiy –tadqiqot va ma’rifiy tipi muzey tarmog‘ida eng ustun turadi; u
keng ommani foydalanishi uchun mo‘ljalangan. Ilmiy tadqiqotchilik va tarixiy,
madaniy boyliklarning funksiyasi bu yerda o‘zining ahamiyatini saqlab qoladi,
lekin, bunda ular muzey to‘plamlaridan ta’lim va tarbiya maqsadida keng
foydalanishga qaratilagan.
2. Tadqiqot va Akademik tipdagi muzeylarda muzey fondlarida foydalanish
tadqiqotchilik maqsadida amalga oshiriladi. Ular ilmiy –tadqiqotchilik institutlari,
Fanlar Akademiyasi qoshidagi faoliyat ko‘rsatadilar. Bu muzeylarning ustuvor
tadqiqotchilik ahamiyatini, asosan, zaxiralarning shakllanish prinsiplari, ularning
klassifikatsiyalari, ekspozitsiyaning xarakteri aniqlaydi va mazkur muzeylar asosan
mutaxassislarga mo‘ljallangan. Biologiya, geologiya, paleontologiya kabi muzeylar
shular jumlasidandir.
O‘quv
tipidagi
muzeylar
–
xaqiqiy
manbalar,
ya’ni
premet
vositalaridan
foydalangan holda
, o‘quv jarayonini tashkillashtirishga yordam
beradi. Kolleksiyalarning shakllanishi, klassifikatsiyasi va ekspozitsiyasi asosan
o‘quv dasturlari va pedagogik uslubiyatdan kelib chiqqan holda vujudga keladi.
Ko‘p hollarda o‘quv muzeylari turli o‘quv muassasalari qoshida faoliyat ko‘rsatadi.
An’anaviy ekskursiyadan tashqari, o‘quv muzeylari kolleksiyalar bilan
tanishtirishda spetsifik shakl va ishlash usulubini qo‘llaydilar: masalan, biron bir
muzey predmetini ma’ruza o‘qiyotganda ko‘rsatadilar; amaliy mashg‘ulotlarda dala
tadqiqotlari
materiallariga ishlov berib, ilmiy tasnif beriladi. Ba’zi
maxsuslashtirilgan o‘quv muzeylari, ommaviy tomoshabinlar uchun yopiq. Bunga
kriminalistika
muzeylari
misol
bo‘la
oladi.
Lekin muzeylarning ijtimoiy ahamiyati belgilari bo‘yicha tipologiyaga ajratish
shartli xarakterga ega va yuqorida qayd etilgan tiplar orasida keskin chegara yo‘q.
Ilmiy – ma’rifiy muzeylardan o‘quv jarayonida, ularning to‘plamlaridan esa, ilmiy
maqsadlarda foydalaniladi. Ko‘plab ilmiy va o‘quv muzeylarini nafaqat o‘quvchilar
va
mutaxssislar,
balki
keng
omma
ham
ko‘radi.
Muzeylarning boshqa tipologiyalari ham mavjud bo‘lib,ular xujjatlashtirish
funksiyasi
asosida
bo‘linadi.
Kolleksiya tipidagi muzeylar – muzey predmetlari zaxiralarini saqlash va
komplektlash yo‘li orqali xujjatlashtirish funksiyasini amalga oshiradi.
Ansanbl tipidagi muzeylar – ko‘chirib bo‘lmaydigan yodgorliklar ansabli va ularga
tegishli atrof muhitni saqlash yoki asliday qilib tiklash yo‘li bilan xujjatladashtirish
funksiyasini bajaradilar. Bu tipdagi muzeylarning eng ko‘p tarqalganlari – ochiq
osmon ostidagi muzeylar, saroy – muzey, uy – muzey, muzey – kvartira, muzey –
ustaxona.
Ochiq osmon ostidagi muzeylar orasida, o‘ziga xos muzeylar guruhi bo‘lib,
ko‘chmas yodgorliklar, tarixiy – madaniy va tabiiy muhitlari saqlangan holda
tiklanib, o‘z joyida muzeylashtirilgan yodgorliklar asosida yaratiladi. Bunday
muzeylarga
muzey
–
qo‘riqxona
statusi
berilgan.
O‘zgacha tipologik guruhni memorial muzeylari tashkil etadi. Mashhur odamlar
yoki voqealarni abadiylashtirish maqsadida, memorial muzeylar tashkil etiladi.
Memorial muzeylari, ixtisoslik muzeylariga kirmaydi. Memoriallikning zaruriy
tarkibi - muzeylashtiriladigan joyning xaqiqiyligi xisoblanadi: bu xujjatli memorial
jixozlar asosida odam yashagan yoki voqea sodir bo‘lgan joy asliday qilib tiklangan
yoki
saqlangan
me’moriy
bino
bo‘lishi
mumkin.
Muzeylarni ixtisoslik bo‘yicha ajratish bilan ham, tipologiyaga bo‘lish bilan ham
mos
kelmaydigan
klassifikatsiyalanish
prinsiplari
mavjud.
Muzeylar
klassifikatsiyasi asosida administrativ – territorial belgi yotadi va shu bo‘yicha
respublika,
o‘lka,
viloyat,
tuman
muzeylariga
ajratiladi.
Davlat muzeylari – davlatning hususiy mulki bo‘lib, davlat budjetidan ularga pul
ajratiladi. Bunday muzeylarning ko‘pi madaniyat Vazirligi tasarrufida bo‘ladi.
Lekin, shunday davlat muzeylari borki, madaniyat boshqaruv organiga emas, turli
vazirlik va tashkilotlarga (idora) qarashli ham bo‘ladi. Bular tashkilot (idora)
muzeylari bo‘lib, moliya Vazirligi orqali davlat budjetidan pul o‘tkaziladi.
Jamoat muzeylari – madaniyat organlari, maktablar, muassasalar, tashkilotlar,
korxonalar qoshida tashkil etilib, xuddi davlat muzeylari bajaradigan ijtimoiy
funksiyalarni bajaradi. Shuningdek davlat muzeylarining ilmiy – uslubiy
boshqaruvida bo‘ladi. Mazkur muzeylarni, muzey qaysi muassasa qoshida bo‘lsa,
o‘sha pul bilan ta’minlaydi. Bunday muzeylar ko‘pincha o‘lkashunoslik
yo‘nalishida
bo‘ladi.
XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida shaxsiy muzeylar ham paydo bo‘la boshladi.
Bunga Rus milliy san’at muzeyini misol qilish mumkin. Muzey zaxirasida rus va
G‘arbiy Yevropa rangtasviri, xaykaltaroligi, grafikasi, amiliy bezak san’ati
namunalari mavjud. Muzey mashhur asarlarni sotib olish maqsadida ko‘rgazmalar,
anjumalar tashkil etadi. Zaxiradagi muzey konsepsiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan,
lekin
noyob asarlarni sotish evaziga
, muzey uchun boshqa nodir san’at asarlari
sotib
olinib,
zaxira
kolleksiyalar
bilan
to‘ldiriladi.
Muzey faoliyati, muzey fondlari asosida yuritiladi. Fonddagi predmetlarni muzey
xodimlari yig‘ib, ko‘paytirib borishlari, saqlashlari, tadqiqot o‘tkazishlari,
shuningdek ta’lim-tarbiya va ilmiy ishlarida foydalanishga sharoit yaratishlari zarur.
Fond orqali muzey o‘tmish bilan hozirgi davrni bog‘lashi mumkin.
Muzey fondi (zaxira) larining arxiv va kutubxona zaxiralaridan farqi shundaki,
muzey predmetlarining o‘ziga hos hususiyatlari bor. Boshqa farqli tomoni – muzey
zaxirasida tarixiy jarayonlar majmuasi xujjatlashtiriladi. Arxiv va kutubxonalar
muzeylarga o‘xshab ko‘plab manbalarni yig‘ishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ymaydi. Muzeylar uchun predmetga ta’luqli ma’lumotning faqat mazmuni va
xajmigina yetarli emas, bu predmet nima maqsadda, qanday qilib yaratilganligi
haqida ham axborot kerak, ya’ni predmetning tarbiatini aniqlovchi ma’lumotni
yetkazib
berish
hususiyati
bo‘lishi
lozim.
“Muzey zaxiralari” deganda, muzeyga doimiy saqlovga qabul qilingan, ilmiy
tashkllashtirilgan materiallarning yig‘indisi tushuniladi. Bunda ular nafaqat zaxira
saqlovi va ekspozitsiyada, balki boshqa muzey yoki muassasaga vaqtinchalik
ko‘rgazmaga berilgan bo‘lishi, shuningdek ekspertiza, ta’mirlash uchun jo‘natilgan
bo‘lishi mumkin.
Muzey zaxiralari asosini – muzey predmetlari tashkil etadi. Bularga tarix va
madaniyat yodgorliklari, ijtimoiy va tabiiy jarayon va hodisalarni xujjatlashtira olish
hususiyatiga ega, o‘z muhitidan ajratib keltirilgan tabiat obyektlari kiradi. Ulardan
tashqari, zaxiralarga ilmiy – yordamchi materiallar ham kiradi. Lekin bu materiallar
muzey predmeti xususiyatga ega bo‘lmay, muzey predmetlarini o‘rganish va
ekspozitsiyalashga yordam beradi. Predmetni o‘rganish jarayonida yoki bevosita
ekspozitsion zaruriyat uchun yaratilgan rekonstruksiyalar, maketlar, modellar,
xaritalar, loyixalar, grafiklar, tablitsalar, turli sxemalarga ilmiy yordamchi material
deyiladi. Ularning birlari, ba’zi bir sabablarga ko‘ra ekspozitsiyaga joylashtirib
bo‘yalmaydigan predmetlarning tashqi qiyofasini tasavvur qilishga imkoniyat
yaratadi.
Boshqalari,
predmet
haqida
qo‘shimcha
axborot
beradi.
“O‘ziga xos” va “Nodir” tushunchalari bilan ifodalanadigan muzey predmetlari
qiymati
ham
noteng
qimmatga
ega.
Namunali (tipovoy) muzey predmeti deb, o‘ziga xos xodisalarni aks ettiruvchi va
xozirgi davrda mavjud, ko‘p xajmdagi predmetlarga xos hususiyatga ega bo‘lgan
buyumlarga aytiladi. Bunga namunali (tipovoy) xujjatlar, standart sanoat
maxsulotlari misol bo‘la oladi. Mazkur predmetlar agar muzeyda yagona nusxada
saqlansada, namunali (tipovoy)
deb ataladi
, chunki kundalik turmushda u bilan bir
xil predmetlar mavjud. Tipovoy predmetlar faqat seriyali ishlab chiqarish
namunalari bo‘lmaydi; ular ma’lum xodisalarni tavsiflovchi kamdan – kam
uchraydigan predmetlar ham bo‘lib, muzeylarda uncha katta bo‘lmagan xajmda
saqlanadi. Bunga neolit davrining tosh qurollarini misol qilish mumkin.
Shuningdek, agar ma’lum hodisani aks ettiruvchi predmet yagona nusxada yoki kam
xajmda saqlanib qolgan bo‘lsa, u nodir muzey predmeti xisoblanadi, chunki, undagi
mavjud axborot boshqalardan farqli tavsifga ega bo‘ladi. Boshqa nodir predmetlar
esa betakrorligi va o‘ziga xosligi tufayli shunday ataladi. Bunga yuksak darajada
ishlangan tasviriy va amaliy – bezak san’ati asarlari, ajoyib konstruksiyaga ega
asboblar, yodgorliklarning kamdan- kam uchraydigan nusxalari misol bo‘la oladi.
Masalan, Moskvadagi Politexnika muzeyi 2 mingdan ziyod predmetga ega bo‘lib,
ular orasida tipovoy konstruksiyalar ham, nodir fotografiya yodgorliklari ham
mavjud. XX asr o‘rtasida ishlab chiqarilgan fotoapparat, fotokameralarning
nusxalari – bu tipovoy muzey predmetiga kiradi, ular optikaviy – mexanik
sanoatning shakllanish tarixini xujjatlashtiradi. 1840 yili fransuz optigi Sharl
Shevalye tomonidan tayyorlangan fotoapparat, eng birinchi fotoapparatlardan biri
bo‘lib, u ham muzeyning nodir namunalari orasidan joy olgan.
O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining ekspozitsiyasidan ham O‘zbekistonning
quyidagi nodir yodgorliklari o‘rin olgan. Fayoztepadan topilgan Budda va
rohiblarlarning toshdan ishlangan xaykali (I-IIasrlar), qadimgi Yunon – Baqtriya va
Kushon podsholiklari, Qo‘hna Xorazm, ilk o‘rta asrlarga oid Naxshab, Buxoro,
Choch, Samarkand tangalari shular jumlasidandir. Ulardagi mahalliy hokimlarning
siymolari, tamg‘alari va yozuvlari tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston
Davlat san’at muzeyida ham XV – XVIII asrlarda ijod qilgan Yevropa san’at
ustalarining asarlari; XX asr o‘rtalarigacha yashab ijod etgan rassomlarning asarlari
kabilar ham noyob eksponatlar qatoriga kiradi. Usto Mo‘min Nikolayev, Aleksandr
Volkov,
Chingiz
Axmarovning
asrlari
shular
jumlasidandir.
Nodir eksponatlarga memorial predmetlar ham kiradi. Atoqli Davlat va jamoat
arboblari, fan madaniyat, san’at namoyondalarining shaxsiy buyumlari, tarixiy
voqealar bilan bog‘liq buyumlar ham bunga misol bo‘la oladi. Ular orasida
esdaliklarni
(tabarruk
narsa-relikviya)
ham
ajratishadi.
Bular yuqori darajadagi enotsional ta’sirga ega predmetlar bo‘lib, atoqli inson yoki
voqea
yodgorligi
sifatida
alohida
qadrlanadi.
O‘zbekistondagi Muxtor Ashrafiy, G‘ofur G‘ulom uy muzeylaridan ba’zi shaxsiy
buyumlar, Yunus Rajabiy uy muzeyidagi bir necha musiqa asboblarini ham tabarruk
eksponatlar
qatoriga
kiritish
mumkin.
Relikviya, ya’ni tabarruk tushunchasi eksponatga nisbatan doimiy qo‘llanilmaydi,
chunki jamiyatning g‘oyaviy va siyosiy yo‘nalishiga qarab ularning ahamiyati ham
o‘zgarishi
mumkin.
Masalan, XX asr boshlaridagi inqilobiy otryadlarning bayroqlari bugungi kunda
“tabarruk”lik
ahamiyatini
yo‘qotdi.
Shunday qilib, noyob eksponatlar qatoriga boshqalardan farqli ilmiy, tarixiy, badiiy
qimmatga ega, shuningdek oddiy hodisalarni aks ettirsada, yagona nusxada yoki
chegaralangan
xajmda
saqlanib
qolgan
predmetlar
kiritiladi.
Muzey predmetlari ko‘p belgilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq: bitta tarixiy davrga,
voqeaga, shaxsga, muallifga, manbalar nusxasiga tegishliligi bilan ularni umumiy
mavzu, syujet, yaratilgan vaqti, turmush muhiti, materiali va tayyorlanish texnikasi
birlashtirish mumkin. Bu kabi bog‘liqliklarni albatta inobatga olish zarur,
chunki
alohidagi predmetga nisbatan
, o‘zaro bir – biri bilan bog‘liq predmetlar
gruhi
ko‘proq
ma’lumot
berishi
mumkin.
Bir yoki bir necha belgilarining umumiyligi bo‘yicha bog‘liq va bir butun ilmiy,
badiiy yoki bilishga oid qiziqishni namoyon etuvchi muzey predmetlarining
majmuiga, muzey kolleksiyasi deyiladi. Predmetlar kolleksiyaga turli belgilari -
manba turlari, kelib chiqishi, mazmuni bo‘yicha guruhlanadi. Bir turdagi
predmetlardan tashkil topgan, ma’lum belgilari, tasnifi ya’ni materiali, bilim
sohalari, amaliy faoliyati, regioni, etnik guruhi va xakozolar bo‘yicha guruhlangan
kolleksiyaga – sistematik kolleksiya deyiladi. Bu farfor, arxeologiya, qishloq
xo‘jaligi qurollari, telefon apparatlari, san’at asarlari kolleksiyalari bo‘lishi mumkin.
Muzey predmetlarining turli tiplaridan shakllangan kolleksiya (xujjatlar, fotolar,
san’at asarlari, buyumlar), o‘zlarining majmuasida ma’lum mavzuni ochib beradi va
bunga tematik kolleksiya deyiladi. Agar turli tipdagi predmetlar yig‘indisi ma’lum
shaxs yoki tarixiy voqea bilan bog‘liq bo‘lsa – memorial kolleksiya xisoblanadi.
Ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan va muzey saqloviga keltirilgan kolleksiyaga
–xususiy kolleksiya deyiladi.
Muzey kolleksiyalarining majmuiga esa, muzey to‘plamlari deyiladi. Shuningdek
bu traktovkaning yanada keng ma’nosi ham mavjud. Bunga nafaqat ilmiy
tashkillashtirilgan muzey to‘plamlarining majmui, balki ilmiy yordamchi
materiallar, shuningdek muzeyda saqlanadigan ilmiy – axborot ta’minoti vositalari,
arxiv va kutubxonalari ham kiradi.
Yuqoridagilar shunga guvohlik beradiki, muzey zaxiralari ilmiy tashkillashtirilgan
bo‘lishi zarur. Birinchidan zaxiralarni ilmiy tashkil etish, predmetning yuridik
holatini belgilaydi, shuningdek konkret muzey uchun, fan va madaniyat uchun
ahamiyatini ochib beradi. Ikkinchidan, zaxirani ilmiy tashkil etish, zaxiralarni
shakllanishi, saqlanishi, tadqiq etilishi va ulardan foydalanishi uchun optimal sharoit
yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |