3-mavzu. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyati. Muzey fondlari va uning asosiy yo‘nalishlari. Muzey fondlarini to‘plash



Download 338,13 Kb.
Pdf ko'rish
Sana21.01.2023
Hajmi338,13 Kb.
#901004
Bog'liq
3-mavzu (1)



3-mavzu. Muzeylarning tadqiqotchilik faoliyati.
Muzey fondlari va uning 
asosiy yo‘nalishlari. Muzey fondlarini to‘plash
(2 soat)
 
Reja.
1. Muzeylar ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy yo‘nalishlari. Tarixga ixtisoslashgan 
muzeylarda umumtarixiy tadqiqotlar: muzey ashyolarini tadqiq etish, saralash. 
2.Ekspozitsiyalar tayyorlash jarayonida umumtarixiy tadqiqotlar.

3. Muzey tarmog‘i va muzeylar turkumi: tarixiy yo‘nalishdagi muzeylar, badiiy 


yo‘nalishdagi muzeylar, tabiiy-tarixiy yo‘nalishdagi muzeylar, texnika 
yo‘nalishdagi muzeylar, adabiyot yo‘nalishdagi muzeylar va kompleks muzeylar.
 
4.Muzey fondi tushunchasi.Muzey fondlarini ilmiy tashkil etish. Muzey fondlarini to‘ldirish 
(komplektlash). Muzey ashyolarini yig‘ish bo‘yicha ekspeditsiyalar tashkil etish. 
5.
Muzey fondlarini ilmiy tashkil etishning vazifalari. 
Ashyolarning ahamiyati va 
huquqiy o‘rni jihatidan muzey fondlarning tarkibi. Muzey fondlarining tuzilishi. 
Muzey fondlarini ilmiy tashkil etish.
Hozirgi kunda “Muzey” so‘zining bir qator tushunchalari mavjud bo‘lib, 
ma’lum darajada bu fenomenning murakkabligini anglatadi. XX asr insoniyatga 
yangi tipdagi muzeylarni taqdim etdi. Endi predmetlarni nafaqat saqlash va 
ekspozitsiyaga qo‘yish, balki ularga xos atrof-muhitni, turli tarixiy-madaniy 
jarayonlarning lavhalarini, inson faoliyatining turlarini ko‘rsatish vaqti kelganligi 
anglandi. Ochiq osmon ostidagi muzeylar paydo bo‘ldi, ularning asosini 
predmetlarni an’naviy kolleksiyasi emas, balki o‘zining tabiiy atrof muhitida 
namoyish etiladigan, xalq turmushini aks ettiruvchi me’moriy yodgorliklar tashkil 
etdi. Shuningdek, asl nusxadagi predmetlarni emas, ularning kopiyalarini namoyish 
etuvchi mezeylar ham paydo bo‘ldi. 
“Muzey” tushunchasining ko‘p qirraligiga yana bir sabab, nazariy 
muzeyshunoslikning rivojlanishi va mutaxassislarning turli tadqiqotchilik 
yondashuvi, hamda maqsad vazifalarning har xilligidir. So‘rov xarakteriga ega 
bo‘lgan nashlarda mezeylar asosan ilmiy-tadqiqot va madaniy - ma’rifiy muassasa 
sifatida izohlanadi va ularning ijtimoiy funksiyalariga mos tarzda komplektlash, 
xisobga olish, saqlov, madaniy, tarixiy yodgorliklarni targ‘ib etish va o‘rganish 
ishlarini 
olib 
boradi 
deb 
yozilgan. 
Xalqaro amaliyotda asosan, Muzeylarning Halqaro kengashi (IKOM) tomonidan 


ishlab chiqilgan qonundan foydalaniladi. Bu esa o‘z navbatida 1974 yilgi Ustavga 
ham kiritilgan. O‘zgarishalar kiritilgan ushbu Ustavning oxirgi variantida (ya’ni 
1995 yil) quyidagilar ta’kidlanadi: “Muzey - bu doimiy, kommercheskiy bo‘lmagan 
muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi va odamlar uchun ochiqdir. Muzey 
eksponatlarni to‘playdi, saqlaydi, o‘rganadi, targ‘ib qiladi va ekspozitsiyaga 
qo‘yadi”. Mazkur tushuncha uzoq rivojlanish yo‘lini bosib o‘tdi, lekin ko‘p 
masalalar yechilmay qoldi. Masalan, botanika bog‘lari zooparklarni ham muzey deb 
xisoblash mumkinmi? Axir ular tabiatning flora va fauna dunyosini kolleksiyalariga 
ega, ularning saqlanib qolishini ta’minlaydi, o‘rganadi, namoish qiladi, shu bilan bir 
qatorda ommaning dam olish borasidagi talablarini qondiradi. Lekin bu 
kolleksiyalar tabiatning o‘lik emas, jonli namunalardan tashkil topgan. 
Shunga o‘xshash savollar tug‘ilganda mutaxassislarning fikrlari bo‘linadi. Birlari 
“muzey” deb faqat an’naviy tipdagi ilmiy, tarixiy yoki kolleksiyalarda o‘z faoliyatini 
asoslaydigan muassasalarga aytiladi deb xisoblaydi. Shuning uchun ular zoologiya 
va botanika bog‘lari, ko‘plab ilmiy muzeylar, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni muzey 
deb xisoblashmaydi. Boshqa muzeyshunoslar esa, madaniy merosga nisbatan muzey 
xarkteri va rolini kengroq izohlaydilar. Ular inson atrofidagi barcha tabiiy, madaniy, 
ijtimoiiy muhit mezeyga xos deb biladilar. Mazkur fikrlarni inobatga olgan holda, 
barcha botanika bog‘lari, zooparklarni, tabiiy va tarixiy yodgorliklarni IKOM o‘ziga 
a’zo 
qilib 
olgan. 
Muzey jamiyatga xizmat qilishi lozim va uni rivojlantirishi kerak degan fikrlarni 
ham mutaxassislar bir ovozdan ma’qullamaydilar. Jamiyat qiziqishini nimadan 
iboratligini kim qanday mezonlar asosida belgilaydi? Axir jamiyatdagi turli 
guruhlarning qiziqishi va talabi bir xil emasku. Muzeylar kim uchun faoliyat 
ko‘rsatadi? Jamiyat ravnaqi va ilmiy progress uning ishlayotgan olimlari uchun yoki 
keng ommaning, estetik va ta’lim talablarini qondirish uchunmi? Misol keltirilgan 
ziddiyatli 
savollar 
turli 
mamlakatlarning 
mutaxassislari 
tomonidan 
(muzeyshunoslar, 
faylasuflar
, sotsiologlar, tarixchilar, san’atshunoslar ham shular 
jumlasidandir) muzey atrofida yuz yillar maboynida muxokama qilinib kelingan. 
Ular shunga guvohlik berishadiki, muzey – bu juda murakkab fenomen va unga baxs 


muzokarasiz va hammaga ma’lum bo‘ladigan aniqlik kiritib bo‘lmaydi. 
“Muzey” tushunchasining talqiniga nisbatan nazariy muzeyshunoslikda ham 
turlicha yondoshiladi, lekin ko‘pchilik tadqiqotchilar muzeyning bajaradigan 
funksiyalariga 
ko‘ra 
uni 
ijtimoiiy 
institut 
deb 
hisoblaydilar. 
Muzeyshunoslikning 
strukturasi 
I Muzeyshunoslik (muzeologiya) – bu insonning muzeyga bo‘lgan spetsifik 
munosabatini o‘rganuvchi, mezey predmetlari orqali ijtimoiy axborotlarni 
yetkazuvchi va saqlab qolish jarayonlarini tadqiq etuvchi, shuningdek muzey ishi 
rivoji va muzey faoliyati yo‘nalishlarini o‘rganuvchi mustaqil fan sohasi 
hisoblanadi. 
II Muzeyshunoslikning mustaqil fan sohasi sifatidagi asosiy prinsipial belgilari – 
muzeyshunoslikning 
obyekti, 
predmeti, 
uslubi, 
tili 
va 
strukturasidir. 
III Xanuzgacha muzeyshunoslikning strukturasi xaqida turli mamlakat 
tadqiqotchilari yagona fikrga kelishmagan. Lekin, ko‘pincha muzeyshunoslar – 
Chexoslovakilik tadqiqotchi Z.Stranskiy tomonidan ishlab chiqilgan strukturadan 
foydalanadilar. 
IV Muzeyshunoslikda tarixiy, nazariy va amaliy elementlar mavjud: 
V I.Tarix va tarixiy manbalarni o‘rganishda muzeylarning yaratilish tarixi, ularning 
turli tarixiy muhitdagi funksiyasi, muzey siyosati, muzey tarmog‘ining shakllanishi 
va muzey ishining takomillashtirilishi, bu muammolarning barchasini ilmiy 
adabiyotlarda aks ettirilishi va muzeyshunoslik ilmining tarixi tadqiq qilinadi. 
VI 
II.Nazariya 
to‘rtta 
tarkibiy 
qismdan 
iborat: 
1. Muzeyshunoslikning umumiy nazariyasi muzeyshunoslikning obyektini, 
predmetini, uslubiyatini, strukturaviy elementini, uning ilmiy fanlar sistemasidagi 
o‘rnini o‘rganadi; muzey va muzey predmetining fenomenini tadqiq etadi: 
muzeylarning ijtimoiy funksiyalari bilan bog‘liq, muzey tarmog‘ining shakllanishi, 
klassifikatsiyasi va muzeylarining tipologiyasi muammolarini o‘rganadi: muzey 
faoliyati barcha turlarning hamma o‘ziga xos ilmiy asoslarini ishlab chiqadi. 
2. Xujjatlashtirish nazariyasi muzey fondlarini komplektlash bilan bog‘liq 
muammolarni, ya’ni muzey to‘plamiga voqelik obyektlarini tanlash uslubi va 


uslubiyatlarini 
o‘rganadi. 
3. Ilmiy fond ishlari nazariyasi – muzey predmetlarining muhim ahamiyatga ega 
ekanligini, ulardagi axborotlarni bilish jarayoni bilan bog‘liq, ya’ni muzey 
predmetlarini tadqiq etish, ularni ro‘yxatga olish va saqlash ishlarini o‘z ichiga oladi. 
4. Kommunikatsiya nazariyasi – muzeyni ommunikatsiya institutlaridan biri sifatida 
o‘rganadi. Shuningdek axborot yetkazib berish spetsifikasi, muzeylarning madaniy-
ta’lim faoliyati jaryonida muzey vositalari va kommunikatsiya shakllarining turli 
toifadagi 
tomoshabinlarga 
ta’sir 
etish 
muammolarini 
tadqiq 
etadi. 
VII III.Muzey manbashunosligi-muzey predmetlarini manbashunoslik faniga 
xarakterli tarzda o‘rganadi; muzey predmetlari va kolleksiyalaridan foydalanish va 
tadqiq 
etish 
nazariyasi, 
uslubiyatini 
ishlab 
chiqadi. 
VIII 
IV. 
Amaliy 
muzeyshunoslik 
uch 
bo‘limga 
ajratiladi: 
1. Ilmiy uslubiyat muzey faoliyatining hamma shakllarini qamrab oladi. Umumiy va 
maxsus uslubiy tadqiqotlar mavjud. Umumiy uslubiyatlar muzeylarning hammasiga 
tegishli. Masalan, muzey kommunikatsiyasining o‘ziga xos shakli sifatida 
ekspozitsiya tuzishning uslubiy prinsiplari, muzey zaxiralarini saqlash prinsiplari, 
hamda ekskursiya ishlari prinsiplari shular jumlasidandir. Maxsus tadqiqotlar esa 
umumiy ilmiy uslubiyatdan kelib chiqadi, lekin ma’lum tip va ixtisoslikdagi 
muzeylarga 
qaratilgan. 
2. Muzey ishining texnikasi ilmiy uslubiyatlardan kelib chiqib, muzey 
binolarini 
loyixalashtirish
, turli tipdagi muzey materiallarini ekspozitsiyaga qo‘yish texnikasi, 
axborot yetkazishning texnik vositalari, muzey predmetlarining fizikaviy holatini 
tadqiq etish texnikasi, konservatsiya va ta’mirlash kabi muammolar bilan bog‘liq 
holda 
shug‘ullanadi. 
3. Muzey ishini tashkillashtirish va muzey faoliyatini boshqarish mendjment va 
marketing 
bilan 
bog‘liq. 
Muzeyshunoslikning 
obyekti, 
predmeti 
va 
uslubi 
Mustaqil ilmiy fan sohasi o‘zining tadqiqot predmeti va uslubiga ega bo‘lishi lozim. 
Tadqiqot predmeti doimo o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bir vaqtning o‘zida turli 
pozitsiyalarda turib, bir necha fanlar tomonidan o‘rganilishi mumkin. Masalan, 


muzey va muzey ishi ijtimoiy voqelik sifatida, bir vaqtning o‘zida nafaqat 
muzeyshunoslikning, balki falsafa, tarix san’atshunoslik, sotsiologiyaning ham 
tadqiqot 
obyekti 
bo‘lishi 
mumkin. 
Tadqiqot obyektini aniqlash juda oson bo‘lib, u manba yig‘ish jarayonida ma’lum 
bo‘lsa, fan predmeti xech qachon tayyor ko‘rinishda bo‘lmaydi, uni loyxasini 
tuzmoq 
lozim. 
Predmet nuqtai nazarda – “muzeyshunoslik bir muzey obyektlarini to‘plash, saqlash, 
o‘rganish 
va 
ulardan 
foydalanish 
xaqidagi 
fan 
xisoblanadi. 
Muzeyshunoslik predmetini nazariy asoslashda bir necha yondashuvlar mavjud: 
institutsional yondashuvda muzeyshunoslik predmeti – bu ijtimoiy madaniy institut 
xisoblanadi. 
predmet yondashuv tarafdorlari, muzeyda muzey predmeti funksiyasini o‘rganishni 
– muzeyshunoslik predmeti fan sifatidaligini ta’kidlaydilar. Lekin predmet 
yondashuv kun sayin eskirmoqda, chunki muzeylashtirish obyektiga borliqning 
“nomoddiy” obyektlari, xatto yashash tarzi hm kiritilmoqda. “Predmet yondashuv” 
nuqtai nazarida ekomuzey kabi muzey muassasalarining yangi shakllarini o‘rganish 
juda mushkil. Shuday bo‘lsada, predmet yondashuv muzeyshunoslikda keng 
qamrovga 
ega. 
kompleks yondashuv ham muzeyshunoslik predmetini tushunishga yordam beradi. 
Muzeyshunoslik predmeti – muzey obyektlari orqali ijtimoiy axborotlarni, 
an’analarni, emotsiyalarni yig‘ish, saqlash va translyatsiya qilish jarayonlariga, 
muzeyning kelib chiqishi, rivojlanishi va ijtimoiy funksiyalari jarayonlariga ta’luqli 
obyektiv 
qonuniyatdir. 
Muzeyshunoslik uslubi - bugungi kunda muzeyshunoslik gumanitar va tabiiy 
fanlarning 
bilim 
xazinasidan 
o‘zlashtirgan 
uslublardan 
foydalanadi. 
Muzeyshunoslikni mustaqil fan sifatida tan oluvchi olimlar, muzeyshunoslik endi 
shakllanayotgan fan bo‘lib, shaxsiy uslubininig ko‘tarilish pog‘onasida turganligini 
ta’kidlaydilar. 
Muzey 
predmeti 
va 
uning 
hususiyatlari 
“Muzey predmeti” so‘z birikmasi, qo‘shimcha tushunchalarsiz muzeydagi 


buyumlarni, tabiat obyektlarini, yozma va tasviriy materiallarni bildiradi. 
XX asr boshlarida, muzey predmeti ham bilishning o‘ziga xos ko‘rinishi manbasi, 
ham muzey kommunikatsiyasi sistemasining asosiy elementi sifatida o‘rganila 
boshlandi. 
Qo‘yidagi predmetning muzey to‘plamiga kiritish jarayonini, bunda u qanday sifat 
va hususiyatlarni yo‘qotishi va qandaylarini o‘zlashtirishini sxematik tarzda ko‘rib 
chiqamiz. 
Tabiat va jamiyatda ilmiy, badiiy, tarixiy va memorial qimmatga ega va muzeyda 
foydalanishga mos bo‘lgan ko‘plab obyekt va predmetlar mavjud. 
Bularni “Muzey ahamiyatiga ega predmetlar” deb atash qabul qilingan. Predmetga 
muzey statusini berish uchun uni bir qator ko‘riklardan o‘tkazish lozim. Shu 
jarayonning o‘zida predmet uzoq saqlovga va ko‘p rejali foydalanuvga tayyorlab 
boriladi. 
Birinchi bo‘lib “Muzey ahamiyatiga ega predmet”ni buyum joylashgan muhitda 
aniqlaydilar, ya’ni predmet topilgan, foydalanilayotgan yoki saqlanayotgan tabiiy, 
ijtimoiy muhitni va uning boshqa predmetlar yoki inson blan aloqadorligi 
aniqlanadi. 
Muzey ahamiyatiga ega predmet muzeyga kelib tushadi, xisobga olinib, 
saqlovga 
qabul qilinadi
, butkul yoki birlamchi ishlovdan o‘tadi va shundan so‘nggina “muzey 
peredmeti” 
statusiga 
ega 
bo‘ladi. 
Muzey to‘plamiga kiritilgan predmet, olib kelingan muhitdan butkul uzilib, o‘zining 
avvalgi funksional ahamiyatini yo‘qotadi. Muzeyda mazkur predmetning funksional 
ahamiyati emas, uning jamiyatdagi madaniy – tarixiy yodgorlik sifatidagi ahamiyati 
asosiy o‘rinni egallaydi. Muzey to‘plamida bu predmet konkret faktning xujjati, 
guvohi, belgisi, timsoliga aylanadi. Predmetni o‘rganish jarayonida mutaxassislar 
uni o‘z muhiti bilan bog‘lab rekonstruksiya qiladilar, unga xos belgi va 
xarakteristikani aniqlaydilar; fond kolleksiyalari v ekspozitsiyada u o‘ziga o‘xshash 
yoki faqli predmetlar bilan bog‘liq bo‘lgan yangi muhitga tushadi. Shu bilan 
birgalikda 

ma’lum 
bir 
tarixiy 
kontekstga 
kiritiladi. 
Masalan, muzey to‘plamiga kiritilgan qadimiy kitob, o‘zining avvalgi funksiyasini 


yo‘qotadi va yangi ijtimoiiy ahamiyatga ega bo‘ladi. Muzeyda u kitob san’ati asari 
va o‘z davrining asosiy madaniy chiziqlarini ko‘rsatuvchi guvoh sifatida qabul 
qilinadi. 
Arxeologik qazilmalarda topilgan ro‘zg‘or buyumlari yoki ish qurollari alloqachon 
foydalanishdan chiqarilgan, lekin ular so‘zsiz ijtimoiy qimmatga ega, chunki bu 
predmetlardan muayyan davr ijtimoiy hayotiga oid ma’lumot olish yoki ashyoviy 
dalil 
sifatida 
foydalanish 
mumkin. 
Xar qanday buyum “muzey predmeti” deb xisoblanishi uchun, ma’lum xususiyat va 
belgilariga ko‘ra tekshirilishi va so‘ng muzeyga joylanishi lozim. Muzey predmeti 
unga xos umumiy xossalari va aniq belgilar bo‘yicha ko‘rib chiqiladi. Muzey 
predmeti xossalari uchta belgiga qarab aniqlanadi: informativ, attraktiv va 
ekspressiv. 
Informativ – muzey predmetini mazmunli jihatini ta’riflaydi. Predmetdan tarixiy 
voqealar, madaniy, ijtimoiy va tabiiy jarayonlar xaqida ma’lumot bera oladigan 
manbaa sifatida foydalanish mumkin bo‘lishi kerak. Ilmiy taxlil etilgan xujjatlarda 
predmet xaqidagi ma’lumotlar yig‘indisi predmetning informatsion potensialini 
tashkil etadi. Bunday ma’lumotlar ikkita shartli guruhga bo‘linadi: ichki 
informatsion 
maydon 
va 
tashqi 
informatsion 
maydon. 
Ichki informatsion maydon, bevosita predmetda aks etgan axborotga ega. Bu 
muzeyshunoslikda “atributiv” (ya’ni aniqlovchiga oid) deb nomlangan predmet 
belgilaridir. Predmetning nomi, uning ishlatiladigan joyi, xajmi, shakli, materiali, 
tayyorlanish uslubi, yozuvlari, imzolari, tamg‘alari va xokazolar shular 
jumlasidandir. 
Tashqi informativ maydon predmetining tarixini, uning kelib chiqishi va 
foydalanilgan joyini, u bilan bog‘liq shaxslar va vaqealarni, ya’ni “predmet 
atrofidagi”, predmet bilan bevosita bog‘liq boshqa manbalardan yig‘ilgan 
ma’lumotlarni 
o‘z 
ichiga 
oladi. 
Ichki va tashqi informatsion maydonlar bir – biri bilan uzviy bog‘liq va muzey 
predmeti sifatida xizmat qilish uchun sharoit yaratib beruvchi informatsion 
potensialni 
tashkil 
etadi. 


Attraktivlik – predmetning tashqi tomonini, uning tomoshabinlarni o‘ziga jalb qila 
oladigan 
xususiyatlarini 
(ya’ni 
rangi, 
shakli, 
xajmini) 
ta’riflaydi. 
Ekspressivlik – bunda predmet o‘zining ma’lum bir tarixiy voqea, fakt, jarayonlar 
bilan bog‘liqligi bilan tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. Predmetning yaratilishi, olib 
kelingan muhiti, biron bir mashhur shaxs yoki voqealar bilan bog‘liq tomonlari 
kishida 
ma’lum 
bir 
tuyg‘ularni 
uyg‘otadi. 
Bunday ma’lumotlar ekspozitsiyada etiketaj yoki ekskursovod orqali tomoshabinga 
yetkazib 
beriladi. 
O‘zbekiston muzeylarida saqlanayotgan, general Sobir Raximovga tegishli 
xarbiy 
kiyim va qurol aslahalar
; G‘ofur G‘ulom ishlatgan kitob, daftar, ruchka, 
stol, va xokazolar, mashhur yozuvchi va olimlarning qo‘lyozmalari kabi eksponatlar 
muzey predmetining ekspressiv xususiyatlarining yorqin misoli sifatida xizmat 
qiladi. 
Muzeyshunoslar muzey predmetining o‘ziga xos xususiyati sifatida uning 
reprezentativligini ajratib o‘rganadilar. YA’ni o‘zi bilan bir xil predmetlar qatorida 
ko‘rkamroq, informativ hususiyatlari bir – biri bilan juda zich bog‘liq predmetlarga 
reprezentativ hususiyat beriladi. Ma’lum bir predmet o‘ziga o‘xshash boshqa 
predmetlarga qaraganda biron bir voqea, hodisani yorqin aks ettira oladi. Uning 
informativ imkoniyatlari o‘zi bilan bir xil bo‘lgan predmetning informatsion 
potensiallaridan 
ustunroq 
bo‘ladi. 
Shunday qilib, muzey predmeti deb, o‘zining muzeyda foydalanish uchun katta 
ahamiyatga ega ekanligi sababli, o‘z muhitidan olib kelinib, muzey to‘plami 
qatoriga qo‘shilgan predmetga aytiladi. “Muzey predmeti” tushunchasi asosan asl 
nusxalarga nisbatan qo‘llaniladi. Lekin, ba’zi muzeyshunoslar mazkur toifaga, 
ekspazitsiyaga qo‘yish uchun mo‘ljallanib yasalgan, yodgorlik funksiyasini 
bajaruvchi modellar maketlar va muzey predmetlarining kopiyasini ham kiritadilar. 
Amalda, muzey predmeti nazariyasi, asosan muzey to‘plamiga predmetlarni tanlash 
uchun ishlab chiqilgan mezon sifatida qo‘llaniladi va predmetlarga ilmiy tavsif 
yozish prinsiplarini mukammallashtirishda qo‘llaniladi. Shuning uchun “muzey 
predmeti” tushunchasi ko‘proq tarixiy va o‘lkashunoslik muzeylari uchun 


ahamiyatliroqdir; tabiiy – ilmiy muzeylarda bu tushunchaning bilish imkoniyatlari 
yetarli darajada chegaralangan; badiiy muzeylarda esa estetik va san’atshunoslik 
mezonlari 
ustunroq 
turadi. 
Muzey 
tarmoqlari 
va 
muzeylarning 
klassifikatsiyasi 
Mamlakat muzeylari ham territorial, ham mazmun jihatdan doimiy rivojlannishda 
bo‘lgan yopiq sistemani tashkil etadi. Bu sistema turli ixtisoslik va tipdagi 
muzeylarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, muzey tarmog‘i deyiladi. Muzey tarmog‘ining 
shakllanishi jarayoniga bir qator ijtimoiy olimlar ta’sir ko‘rsatadi: ijtimoiy 
talablarning o‘zgarishi, fan, san’at, moddiy ishlab chiqarish, shuningdek 
muzeyshunoslikdagi rivojlanish shular jumlasidandir. Muzey tarmog‘i uzoq tarixiy 
davr davomida shakllanib keldi va 1917 yilga qadar bu jarayon o‘z – o‘zidan, 
tartibsiz 
rivojlandi. 
Muzey tarmog‘ining muvozanatlashtirilgani sezilarli ravishda, muzey ishining 
samaradorligiga ham g‘oyaviy planda, ham madaniy boyliklarni saqlash planida 
ta’sir 
qiladi. 
Muzey 
ishini 
boshqarish 
organlaning 
muhim 
vazifasi, 
muzeylarni 
ixtisoslashtirishdir. Ixtisoslik deganda muzeyning biron bir fanlarning kompleksi, 
san’at turlari, ijtimoiy ishlab chiqarish sohasiga bo‘lgan munosabati tushuniladi. 
Ixtisoslik orqali muzeyda ish yuritishning asosiy mazmuni aniqlanadi. Shuningdek, 
ixtisoslik klassifikatsiyasi muzeylarni guruhlarga ajratadi va ularning har biri 
o‘zining ilmiy vazifalarini yechadi. Muzeylarni quyidagi asosiy ixtisoslik 
guruhlariga 
ajratish 
mumkin: 
1. Tarix muzeylariga - tarix fanlari sistemasiga tayangan barcha muzeylar kiradi: 
keng tarixiy ixtisoslikdagi, arxeologiya, etnografiya, numezmatika, xarbiy – tarixiy, 
tarixiy – iqtisodiy, ilm va ma’rifat tarixi, maxsus tarixiy (masalan sport tarixi) kabi 
muzeylar 
shular 
jumlasidandir. 
2. Badiiy muzeylariga – san’at tarixi va san’atshunoslikka ta’luqliligi bo‘yicha 
xarakterlanuvchi barcha muzeylar kiradi. Masalan, tasviriy san’at muzeylari, 
suratlar galereyasi, xaykaltaroshlik muzeylari, amaliy san’at muzeyi, badiiy 
xunarmandchilik muzeyi, 
gravyura kabinetlari
, shuningdek teatr, musiqa, 


kinosan’ati 
muzeylari 
va 
boshqalar. 
3. Tabiiy muzeylarga – o‘z faoliyati jarayonida tabiiy fanlarga tayanuvchi barcha 
muzeylar kiradi. Bu ixtisoslikka biologiya, botanika, zoologiya, geologiya, 
mineralogiya, 
palentologiya, 
antropogiya 
va 
boshqa 
muzeylar 
kiradi. 
4. Texnika muzeylarga – texnik fanlar va ishlab chiqarish bilan bog‘liq muzeylar 
kiradi: politexnika, texnika, aviatsiya avtotransport, aloqa, kema qurilishi, tog‘ 
ishlari, temir yo‘l transporti, texnika yodgorliklari, alohidagi korxona muzeylari va 
xakozo. 
5. Adabiyot muzeylari – adabiyotning rivojlanishiga, yozuvchilarning hayoti va 
faoliyatiga 
bag‘ishlangan 
barcha 
muzeylar. 
6. Kompleks muzeylari deb – asosan o‘zida ikki va undan ortiq asosiy ixtisoslikni 
uyg‘unlashtirgan muzeylarga aytiladi. Bu esa o‘z navbatida zaxiralar tarkibida, 
faoliyati mazmunida, tashkillashtirish strukturasida namoyon bo‘ladi: tarixiy – 
badiiy, tarixiiy – me’moriy, qishloq xo‘jaligi (tabiiy – ilmiy va tarixiy ixtisoslikning 
birlashmasi) muzeylari shular jumlasidandir. Eng keng tarqalgan kompleks 
ixtisosligidagi muzey – o‘lkashunoslik muzeyi bo‘lib, u o‘zida tarixiy va tabiiy ilmiy 
mutaxassislikni mujassamlashtiradi. Ko‘p hollarda o‘lkashunoslik muzeylarida 
mustaqil san’atshunoslik bo‘limlari ham bo‘ladi. Muzeylarni ixtisoslik gruhlariga 
klassifikasiyalashdan tashqari, asosiy ijtimoiy ahamiyatiga qarab tipologik ravishda 
ham bo‘linadi. Muzey tarmog‘ida muzeylarning uchta tipi bo‘lishi mumkin: 
1) Ilmiy –tadqiqot hamda ma’rifiy; 
2) Tadqiqot va Akademik; 
3) O‘quv tipi. 
1. Muzeyning ilmiy –tadqiqot va ma’rifiy tipi muzey tarmog‘ida eng ustun turadi; u 
keng ommani foydalanishi uchun mo‘ljalangan. Ilmiy tadqiqotchilik va tarixiy, 
madaniy boyliklarning funksiyasi bu yerda o‘zining ahamiyatini saqlab qoladi, 


lekin, bunda ular muzey to‘plamlaridan ta’lim va tarbiya maqsadida keng 
foydalanishga qaratilagan. 
2. Tadqiqot va Akademik tipdagi muzeylarda muzey fondlarida foydalanish 
tadqiqotchilik maqsadida amalga oshiriladi. Ular ilmiy –tadqiqotchilik institutlari, 
Fanlar Akademiyasi qoshidagi faoliyat ko‘rsatadilar. Bu muzeylarning ustuvor 
tadqiqotchilik ahamiyatini, asosan, zaxiralarning shakllanish prinsiplari, ularning 
klassifikatsiyalari, ekspozitsiyaning xarakteri aniqlaydi va mazkur muzeylar asosan 
mutaxassislarga mo‘ljallangan. Biologiya, geologiya, paleontologiya kabi muzeylar 
shular jumlasidandir. 
O‘quv 
tipidagi 
muzeylar 
– 
xaqiqiy 
manbalar, 
ya’ni 
premet 
vositalaridan 
foydalangan holda
, o‘quv jarayonini tashkillashtirishga yordam 
beradi. Kolleksiyalarning shakllanishi, klassifikatsiyasi va ekspozitsiyasi asosan 
o‘quv dasturlari va pedagogik uslubiyatdan kelib chiqqan holda vujudga keladi. 
Ko‘p hollarda o‘quv muzeylari turli o‘quv muassasalari qoshida faoliyat ko‘rsatadi. 
An’anaviy ekskursiyadan tashqari, o‘quv muzeylari kolleksiyalar bilan 
tanishtirishda spetsifik shakl va ishlash usulubini qo‘llaydilar: masalan, biron bir 
muzey predmetini ma’ruza o‘qiyotganda ko‘rsatadilar; amaliy mashg‘ulotlarda dala 
tadqiqotlari 
materiallariga ishlov berib, ilmiy tasnif beriladi. Ba’zi 
maxsuslashtirilgan o‘quv muzeylari, ommaviy tomoshabinlar uchun yopiq. Bunga 
kriminalistika 
muzeylari 
misol 
bo‘la 
oladi. 
Lekin muzeylarning ijtimoiy ahamiyati belgilari bo‘yicha tipologiyaga ajratish 
shartli xarakterga ega va yuqorida qayd etilgan tiplar orasida keskin chegara yo‘q. 
Ilmiy – ma’rifiy muzeylardan o‘quv jarayonida, ularning to‘plamlaridan esa, ilmiy 
maqsadlarda foydalaniladi. Ko‘plab ilmiy va o‘quv muzeylarini nafaqat o‘quvchilar 
va 
mutaxssislar, 
balki 
keng 
omma 
ham 
ko‘radi. 
Muzeylarning boshqa tipologiyalari ham mavjud bo‘lib,ular xujjatlashtirish 
funksiyasi 
asosida 
bo‘linadi. 
Kolleksiya tipidagi muzeylar – muzey predmetlari zaxiralarini saqlash va 


komplektlash yo‘li orqali xujjatlashtirish funksiyasini amalga oshiradi. 
Ansanbl tipidagi muzeylar – ko‘chirib bo‘lmaydigan yodgorliklar ansabli va ularga 
tegishli atrof muhitni saqlash yoki asliday qilib tiklash yo‘li bilan xujjatladashtirish 
funksiyasini bajaradilar. Bu tipdagi muzeylarning eng ko‘p tarqalganlari – ochiq 
osmon ostidagi muzeylar, saroy – muzey, uy – muzey, muzey – kvartira, muzey – 
ustaxona. 
Ochiq osmon ostidagi muzeylar orasida, o‘ziga xos muzeylar guruhi bo‘lib, 
ko‘chmas yodgorliklar, tarixiy – madaniy va tabiiy muhitlari saqlangan holda 
tiklanib, o‘z joyida muzeylashtirilgan yodgorliklar asosida yaratiladi. Bunday 
muzeylarga 
muzey 
– 
qo‘riqxona 
statusi 
berilgan. 
O‘zgacha tipologik guruhni memorial muzeylari tashkil etadi. Mashhur odamlar 
yoki voqealarni abadiylashtirish maqsadida, memorial muzeylar tashkil etiladi. 
Memorial muzeylari, ixtisoslik muzeylariga kirmaydi. Memoriallikning zaruriy 
tarkibi - muzeylashtiriladigan joyning xaqiqiyligi xisoblanadi: bu xujjatli memorial 
jixozlar asosida odam yashagan yoki voqea sodir bo‘lgan joy asliday qilib tiklangan 
yoki 
saqlangan 
me’moriy 
bino 
bo‘lishi 
mumkin. 
Muzeylarni ixtisoslik bo‘yicha ajratish bilan ham, tipologiyaga bo‘lish bilan ham 
mos 
kelmaydigan 
klassifikatsiyalanish 
prinsiplari 
mavjud. 
Muzeylar 
klassifikatsiyasi asosida administrativ – territorial belgi yotadi va shu bo‘yicha 
respublika, 
o‘lka, 
viloyat, 
tuman 
muzeylariga 
ajratiladi. 
Davlat muzeylari – davlatning hususiy mulki bo‘lib, davlat budjetidan ularga pul 
ajratiladi. Bunday muzeylarning ko‘pi madaniyat Vazirligi tasarrufida bo‘ladi. 
Lekin, shunday davlat muzeylari borki, madaniyat boshqaruv organiga emas, turli 
vazirlik va tashkilotlarga (idora) qarashli ham bo‘ladi. Bular tashkilot (idora) 
muzeylari bo‘lib, moliya Vazirligi orqali davlat budjetidan pul o‘tkaziladi. 
Jamoat muzeylari – madaniyat organlari, maktablar, muassasalar, tashkilotlar, 
korxonalar qoshida tashkil etilib, xuddi davlat muzeylari bajaradigan ijtimoiy 
funksiyalarni bajaradi. Shuningdek davlat muzeylarining ilmiy – uslubiy 
boshqaruvida bo‘ladi. Mazkur muzeylarni, muzey qaysi muassasa qoshida bo‘lsa, 
o‘sha pul bilan ta’minlaydi. Bunday muzeylar ko‘pincha o‘lkashunoslik 


yo‘nalishida 
bo‘ladi. 
XX asrning oxirgi o‘n yilliklarida shaxsiy muzeylar ham paydo bo‘la boshladi. 
Bunga Rus milliy san’at muzeyini misol qilish mumkin. Muzey zaxirasida rus va 
G‘arbiy Yevropa rangtasviri, xaykaltaroligi, grafikasi, amiliy bezak san’ati 
namunalari mavjud. Muzey mashhur asarlarni sotib olish maqsadida ko‘rgazmalar, 
anjumalar tashkil etadi. Zaxiradagi muzey konsepsiyasiga to‘g‘ri kelmaydigan, 
lekin 
noyob asarlarni sotish evaziga
, muzey uchun boshqa nodir san’at asarlari 
sotib 
olinib, 
zaxira 
kolleksiyalar 
bilan 
to‘ldiriladi. 
Muzey faoliyati, muzey fondlari asosida yuritiladi. Fonddagi predmetlarni muzey 
xodimlari yig‘ib, ko‘paytirib borishlari, saqlashlari, tadqiqot o‘tkazishlari, 
shuningdek ta’lim-tarbiya va ilmiy ishlarida foydalanishga sharoit yaratishlari zarur. 
Fond orqali muzey o‘tmish bilan hozirgi davrni bog‘lashi mumkin. 
Muzey fondi (zaxira) larining arxiv va kutubxona zaxiralaridan farqi shundaki, 
muzey predmetlarining o‘ziga hos hususiyatlari bor. Boshqa farqli tomoni – muzey 
zaxirasida tarixiy jarayonlar majmuasi xujjatlashtiriladi. Arxiv va kutubxonalar 
muzeylarga o‘xshab ko‘plab manbalarni yig‘ishni o‘z oldiga maqsad qilib 
qo‘ymaydi. Muzeylar uchun predmetga ta’luqli ma’lumotning faqat mazmuni va 
xajmigina yetarli emas, bu predmet nima maqsadda, qanday qilib yaratilganligi 
haqida ham axborot kerak, ya’ni predmetning tarbiatini aniqlovchi ma’lumotni 
yetkazib 
berish 
hususiyati 
bo‘lishi 
lozim. 
“Muzey zaxiralari” deganda, muzeyga doimiy saqlovga qabul qilingan, ilmiy 
tashkllashtirilgan materiallarning yig‘indisi tushuniladi. Bunda ular nafaqat zaxira 
saqlovi va ekspozitsiyada, balki boshqa muzey yoki muassasaga vaqtinchalik 
ko‘rgazmaga berilgan bo‘lishi, shuningdek ekspertiza, ta’mirlash uchun jo‘natilgan 
bo‘lishi mumkin. 
Muzey zaxiralari asosini – muzey predmetlari tashkil etadi. Bularga tarix va 
madaniyat yodgorliklari, ijtimoiy va tabiiy jarayon va hodisalarni xujjatlashtira olish 
hususiyatiga ega, o‘z muhitidan ajratib keltirilgan tabiat obyektlari kiradi. Ulardan 
tashqari, zaxiralarga ilmiy – yordamchi materiallar ham kiradi. Lekin bu materiallar 


muzey predmeti xususiyatga ega bo‘lmay, muzey predmetlarini o‘rganish va 
ekspozitsiyalashga yordam beradi. Predmetni o‘rganish jarayonida yoki bevosita 
ekspozitsion zaruriyat uchun yaratilgan rekonstruksiyalar, maketlar, modellar, 
xaritalar, loyixalar, grafiklar, tablitsalar, turli sxemalarga ilmiy yordamchi material 
deyiladi. Ularning birlari, ba’zi bir sabablarga ko‘ra ekspozitsiyaga joylashtirib 
bo‘yalmaydigan predmetlarning tashqi qiyofasini tasavvur qilishga imkoniyat 
yaratadi. 
Boshqalari, 
predmet 
haqida 
qo‘shimcha 
axborot 
beradi. 
“O‘ziga xos” va “Nodir” tushunchalari bilan ifodalanadigan muzey predmetlari 
qiymati 
ham 
noteng 
qimmatga 
ega. 
Namunali (tipovoy) muzey predmeti deb, o‘ziga xos xodisalarni aks ettiruvchi va 
xozirgi davrda mavjud, ko‘p xajmdagi predmetlarga xos hususiyatga ega bo‘lgan 
buyumlarga aytiladi. Bunga namunali (tipovoy) xujjatlar, standart sanoat 
maxsulotlari misol bo‘la oladi. Mazkur predmetlar agar muzeyda yagona nusxada 
saqlansada, namunali (tipovoy) 
deb ataladi
, chunki kundalik turmushda u bilan bir 
xil predmetlar mavjud. Tipovoy predmetlar faqat seriyali ishlab chiqarish 
namunalari bo‘lmaydi; ular ma’lum xodisalarni tavsiflovchi kamdan – kam 
uchraydigan predmetlar ham bo‘lib, muzeylarda uncha katta bo‘lmagan xajmda 
saqlanadi. Bunga neolit davrining tosh qurollarini misol qilish mumkin. 
Shuningdek, agar ma’lum hodisani aks ettiruvchi predmet yagona nusxada yoki kam 
xajmda saqlanib qolgan bo‘lsa, u nodir muzey predmeti xisoblanadi, chunki, undagi 
mavjud axborot boshqalardan farqli tavsifga ega bo‘ladi. Boshqa nodir predmetlar 
esa betakrorligi va o‘ziga xosligi tufayli shunday ataladi. Bunga yuksak darajada 
ishlangan tasviriy va amaliy – bezak san’ati asarlari, ajoyib konstruksiyaga ega 
asboblar, yodgorliklarning kamdan- kam uchraydigan nusxalari misol bo‘la oladi. 
Masalan, Moskvadagi Politexnika muzeyi 2 mingdan ziyod predmetga ega bo‘lib, 
ular orasida tipovoy konstruksiyalar ham, nodir fotografiya yodgorliklari ham 
mavjud. XX asr o‘rtasida ishlab chiqarilgan fotoapparat, fotokameralarning 
nusxalari – bu tipovoy muzey predmetiga kiradi, ular optikaviy – mexanik 
sanoatning shakllanish tarixini xujjatlashtiradi. 1840 yili fransuz optigi Sharl 
Shevalye tomonidan tayyorlangan fotoapparat, eng birinchi fotoapparatlardan biri 


bo‘lib, u ham muzeyning nodir namunalari orasidan joy olgan. 
O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining ekspozitsiyasidan ham O‘zbekistonning 
quyidagi nodir yodgorliklari o‘rin olgan. Fayoztepadan topilgan Budda va 
rohiblarlarning toshdan ishlangan xaykali (I-IIasrlar), qadimgi Yunon – Baqtriya va 
Kushon podsholiklari, Qo‘hna Xorazm, ilk o‘rta asrlarga oid Naxshab, Buxoro, 
Choch, Samarkand tangalari shular jumlasidandir. Ulardagi mahalliy hokimlarning 
siymolari, tamg‘alari va yozuvlari tomoshabinni o‘ziga jalb qiladi. O‘zbekiston 
Davlat san’at muzeyida ham XV – XVIII asrlarda ijod qilgan Yevropa san’at 
ustalarining asarlari; XX asr o‘rtalarigacha yashab ijod etgan rassomlarning asarlari 
kabilar ham noyob eksponatlar qatoriga kiradi. Usto Mo‘min Nikolayev, Aleksandr 
Volkov, 
Chingiz 
Axmarovning 
asrlari 
shular 
jumlasidandir. 
Nodir eksponatlarga memorial predmetlar ham kiradi. Atoqli Davlat va jamoat 
arboblari, fan madaniyat, san’at namoyondalarining shaxsiy buyumlari, tarixiy 
voqealar bilan bog‘liq buyumlar ham bunga misol bo‘la oladi. Ular orasida 
esdaliklarni 
(tabarruk 
narsa-relikviya) 
ham 
ajratishadi. 
Bular yuqori darajadagi enotsional ta’sirga ega predmetlar bo‘lib, atoqli inson yoki 
voqea 
yodgorligi 
sifatida 
alohida 
qadrlanadi. 
O‘zbekistondagi Muxtor Ashrafiy, G‘ofur G‘ulom uy muzeylaridan ba’zi shaxsiy 
buyumlar, Yunus Rajabiy uy muzeyidagi bir necha musiqa asboblarini ham tabarruk 
eksponatlar 
qatoriga 
kiritish 
mumkin. 
Relikviya, ya’ni tabarruk tushunchasi eksponatga nisbatan doimiy qo‘llanilmaydi, 
chunki jamiyatning g‘oyaviy va siyosiy yo‘nalishiga qarab ularning ahamiyati ham 
o‘zgarishi 
mumkin. 
Masalan, XX asr boshlaridagi inqilobiy otryadlarning bayroqlari bugungi kunda 
“tabarruk”lik 
ahamiyatini 
yo‘qotdi. 
Shunday qilib, noyob eksponatlar qatoriga boshqalardan farqli ilmiy, tarixiy, badiiy 
qimmatga ega, shuningdek oddiy hodisalarni aks ettirsada, yagona nusxada yoki 
chegaralangan 
xajmda 
saqlanib 
qolgan 
predmetlar 
kiritiladi. 
Muzey predmetlari ko‘p belgilar bo‘yicha o‘zaro bog‘liq: bitta tarixiy davrga, 
voqeaga, shaxsga, muallifga, manbalar nusxasiga tegishliligi bilan ularni umumiy 


mavzu, syujet, yaratilgan vaqti, turmush muhiti, materiali va tayyorlanish texnikasi 
birlashtirish mumkin. Bu kabi bog‘liqliklarni albatta inobatga olish zarur, 
chunki 
alohidagi predmetga nisbatan
, o‘zaro bir – biri bilan bog‘liq predmetlar 
gruhi 
ko‘proq 
ma’lumot 
berishi 
mumkin. 
Bir yoki bir necha belgilarining umumiyligi bo‘yicha bog‘liq va bir butun ilmiy, 
badiiy yoki bilishga oid qiziqishni namoyon etuvchi muzey predmetlarining 
majmuiga, muzey kolleksiyasi deyiladi. Predmetlar kolleksiyaga turli belgilari - 
manba turlari, kelib chiqishi, mazmuni bo‘yicha guruhlanadi. Bir turdagi 
predmetlardan tashkil topgan, ma’lum belgilari, tasnifi ya’ni materiali, bilim 
sohalari, amaliy faoliyati, regioni, etnik guruhi va xakozolar bo‘yicha guruhlangan 
kolleksiyaga – sistematik kolleksiya deyiladi. Bu farfor, arxeologiya, qishloq 
xo‘jaligi qurollari, telefon apparatlari, san’at asarlari kolleksiyalari bo‘lishi mumkin. 
Muzey predmetlarining turli tiplaridan shakllangan kolleksiya (xujjatlar, fotolar, 
san’at asarlari, buyumlar), o‘zlarining majmuasida ma’lum mavzuni ochib beradi va 
bunga tematik kolleksiya deyiladi. Agar turli tipdagi predmetlar yig‘indisi ma’lum 
shaxs yoki tarixiy voqea bilan bog‘liq bo‘lsa – memorial kolleksiya xisoblanadi. 
Ma’lum bir shaxs tomonidan yaratilgan va muzey saqloviga keltirilgan kolleksiyaga 
–xususiy kolleksiya deyiladi. 
Muzey kolleksiyalarining majmuiga esa, muzey to‘plamlari deyiladi. Shuningdek 
bu traktovkaning yanada keng ma’nosi ham mavjud. Bunga nafaqat ilmiy 
tashkillashtirilgan muzey to‘plamlarining majmui, balki ilmiy yordamchi 
materiallar, shuningdek muzeyda saqlanadigan ilmiy – axborot ta’minoti vositalari, 
arxiv va kutubxonalari ham kiradi. 
Yuqoridagilar shunga guvohlik beradiki, muzey zaxiralari ilmiy tashkillashtirilgan 
bo‘lishi zarur. Birinchidan zaxiralarni ilmiy tashkil etish, predmetning yuridik 
holatini belgilaydi, shuningdek konkret muzey uchun, fan va madaniyat uchun 
ahamiyatini ochib beradi. Ikkinchidan, zaxirani ilmiy tashkil etish, zaxiralarni 


shakllanishi, saqlanishi, tadqiq etilishi va ulardan foydalanishi uchun optimal sharoit 
yaratib beradi. 

Download 338,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish