To’qimachilikning kashf etilishi ham neolitning katta yutug’i hisoblanadi. Endi
ibtidoiy jamoa a’zolari faqat hayvon terilaridan yasalgan kiyim-kechak emas, balki,
uning yungidan hamda, o’simliklar tolasidan to’qilgan matolardan ham kiyimlar to’qib
kiyadigan bo’ladilar. Zig’ir poyalari va jun iplardan to’qilgan mahsulotlarning neolit
makonlarida keng tarqalishi yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Neolitda ip yigirish kashf
etiladi. Ip yigirishning kashf etilishi o’z navbatida boshqa xil ho’jalik
mashg’ulotlarining rivojlanishiga turtki beradi. Masalan, to’rlarning paydo bo’lishi
baliqchilikni keskin darajada rivojlanishiga, o’z navbatida moddiy ehtiyojlarni yanada
kengroq qondirish imkoniyatiga olib keldi.
Neolit davrida turli xo’jalik shakllarining qaror topishi hududlar o’rtasidagi
o’zaro buyum almashuvining rivojlanishiga sabab bo’ladi. Masalan, chorvachilik
mahsulotlarining dehqonchilik mahsulotlariga almashinuvi yoki aksincha.
Neolitda suvda suzish moslamalari dastlabki qayiqlar, shimoliy o’lkalarda esa
chenalar paydo bo’ldi. Hatto sharning yaratilishi neolit davrining yutug’idir. Umuman,
odamlar faoliyatida bunyodkorlik va yaratuvchanlik ko’nikma sifatida neolit davrida
chuqur egallagan. Shuningdek, neolit davrida – jamoa bo’lib ishlab chiqarish
mehnatning umumiyligi urug’ mulkchiligi, asosiy xususiyatlardan hisoblangan.
Neolitda maishiy munosabatlar ham o’z navbatida tartibga solina boshlanadi.
Guruhli nikoh hukmronligi mavjud bo’lsada, ammo nikoh tub mohiyati bilan o’zining
dastlabki bosqichlardagi holatidan farq qiladi. Endilikda matriarxat urug’ jamoasining
guruhli nikoh doirasida juft oilalar vujudga keladi. Ayollar endi tug’ilgan
farzandlarining otalaridan o’z urug’lari manfaatlari uchun ishlab berishini talab
qiladigan bo’ladilar. Ichkuyovlik mazmunidagi juft oilaning dastlabki ko’rinishlari
shakllana boradi. Ayollar o’zlariga aniq sherik tanlab, jinsiy aloqalar aynan aniq
sheriklar bilan bo’ladigan bo’ldi. Ona urug’iga qatnovchi erlar o’z urug’i uchun ishlab
berishdan tashqari xotinlar urug’i uchun ham ishlab berishga majbur bo’ladi. Maishiy
munosabatlarda yangi ko’rinish – jinsiy sherikchilik shakllanadi. Urug’ ichidagi nikoh
elementlari paydo bo’ladi. Juft, monogom oila sari qadamlar qo’yiladi.
Neolit davri yer kurrasining barcha mintaqalarida har xil vaqtda sodir bo’ldi.
Masalan, bir qit’a aholisi jamiyat taraqqiyotining quldorlik davriga to’g’ri kelgan
bo’lsa, ikkinchi mintaqada endigina dehqonchilik va chorvachilik xo’jaliklari kashf
etilib, ibtidoiy jamoalar tabiatning tayyor mahsulotlari hisobiga yashash qulligidan
ozod edilar. Boshqa bir mintaqalarda esa hali neolit jamoalari ovchilik va terimchilik
bilan shug’ullanar edilar. O’rta Osiyoda ham ibtidoiy jamoa rivojining keyingi ikki
ko’rinishi mavjud. Masalan, uning janubi-g’arbiy rayonlarida, hozirgi Turkmaniston
Respublikasining Kopetdog’ tog’i oldi hududlarida neolit davri odamlari miloddan
avvalgi VI ming yillikning oxirlari va V ming yillikkning boshlaridayoq ilk
dehqonchilik madaniyati bilan band bo’lgan bo’lsalar, markaziy va shimoliy
viloyatlarda bu vaqtda odamlar ovchilik va baliqchilik bilan shug’ullanar edilar. Neolit
davri jamoasining bunday mintaqalararo rivojlanishi har bir viloyatning mavjud tabiiy-
iqlim sharoitlaridan kelib chiqar edi. O’rta Osiyoda neolit davri yodgorliklari juda keng
tarqalgan. Ular tekisliklardagina emas, balki O’rta Osiyo tog’lik rayonlarida ham ko’p
uchraydi. O’lkaning neolit yodgorliklarini uchta yirik – hududiy-madaniy ho’jalik
shakllariga ajratish mumkin. Fanda ular
Do'stlaringiz bilan baham: