3-Mavzu. Mexanik kattalik datchiklari. Rotorni nisbiy kengayishini aniqlovchi datchiklar. Ularning ishlash tamoyili. Reja



Download 492,13 Kb.
bet3/4
Sana01.07.2022
Hajmi492,13 Kb.
#724918
1   2   3   4
Siljishni o'lchash
Boshqariluvchi yoki nazorat qilinuvchi ob'ekt tezligi va tezlanishi uning
siljishi bilan bevosita bog'langanligi sababli, tezlikni o'lchashda siljish o'lchash
o'zgartkichlari chiqishidagi signalni differensiallovchi qurilmadan o'tkazish
prinsipidan foydalanish mumkin. Bunda analog signalni differensiallashda signal
shaklini va talab qilinayotgan o'lchash aniqligini hisobga olgan holda passiv
differensiallovchi zanjirlar, transformatorlar (uning chiqishidagi signal magnit
oqimi o'zgarishga proporsional) va aktiv differensiallovchi (operatsion
kuchaytirgichlar bazasidagi) zanjirlar qo'llaniladi.
Shu bilan bir qatorda aksariyat hollarda chiqish signali bevosita tezlikka
proporsional bo'lgan o'lchash o'zgartkichlaridan ham foydalaniladi. Amalda
induksion, elektrostatik, pezoelektrik, korrelyatsion, dopler effekti asosidagi, optik,
dinamik va boshqa prinsipdagi tezlik o'lchash o'zgartkichlari keng qo'llaniladi.
4.33 - rasmda korrelyatsion usul asosida lenta tezligini o'lchash sxemasi keltirilgan.

Bir-biridan l masofada ikkita optik tizim joylashtirilgan bo'lib, ularning tarkibiga ikkita yorug'lik manbai 2 va 5 hamda optic o'zgartkichlar 3 va6 kiradi. O'zgartkichlarning chiqish signallari kuchaytirgichlar 4 va 7 yordamida kuchaytiriladi va korrelyator 9 kirishiga beriladi. Bunda kuchaytirgich 4 chiqishidagi signal kechikishi rostlanuvchi blok 8 orqali o'tkaziladi. Tezligi o'lchanishi lozim bo'lgan lenta sirtining bir jinsli emasligi tufayli yorug'lik manbalaridan uning sirtiga tushayotgan nurlar ravshanligi modulyasiyalanadi va optik o'zgartkichlar orqali ularning chiqishidagi elektr signalini modulyasiyalanishiga olib keladi. Ikkala kuchaytirgich chiqishlaridagi signallar o'zaro korrelyasion funksiyasi  X l /V vaqt mobaynida maksimumga ega bo'ladi. Bu vaqt lentani birinchi optik tizimdan ikkinchisigacha bo'lgan l masofani bosib o'tishiga ketgan vaqtga teng. Kuchaytirgich 4 chiqishidagi signalni  X vaqtga tekshirish ekstremal regulyator chiqishidagi signal yordamida boshqariluvchi blok 8 yordamida amalga oshiriladi.  X kechikish vaqtiga proporsional bo'lgan y kattalik hisoblash qurilmasi 10 ga beriladi. Bu qurilmaning shkalasi lentaning harakat tezligi bo'yicha darajalangan bo'ladi.
Tezlikni korrelyasion usul yordamida o'lchash suv kemalari dengiz tubiga
nisbatan tezligini, poyezdlarni relsga nisbatan tezligini aniq o'lchashda keng
qo'llaniladi. O'lchash xatoligi o'rtacha 0,1% ni tashkil etadi.
Samolyotlar, avtomobillar, poyezdlar va boshqa tez harakatlanuvchi ob'ektlar
tezligini masofadan turib (distansion) o'lchashda Dopler effektiga asoslangan
usuldan foydalanish mumkin. Bu effektga ko'ra agar akustik to'lqin uzatuvchi,
qabul qiluvchi yoki uni qaytaruvchi qurilma V tezlikda harakatlanayotgan bo'lsa, u
holda qabul qilingan to'lqin chastotasi uzatilayotgan to'lqin chastotasidan V
tezlikka proporsional bo'lgan kattalikka farq qiladi. Shuning uchun ham Dopler
effektiga asoslangan o'zgartkichning chiqish signali vazifasini uzatilayotgan va
qabul qilinayotgan to'lqinlar chastotasining farqi bajaradi. Bu usuldan suyuqlik
sarfini o'lchashda ham keng foydalaniladi. Bu usul aniqligi yuqori bo'lishiga
qaramay o'lchash sxemalarining murakkabligi sababli ko'pincha faqat ilmiy
tadqiqotlardagi o'lchashlarda qo'llaniladi.
Ayrim hollarda faqat ma'lum qiymatli tezliklarni qayd etish lozim bo'ladi. Bu
vazifani 4.34 - rasmda keltirilgan prof. Zaripov M.F., dots. G'oziyev A.X. va prof.
Mamajonovlar tomonidan taklif etilgan tezlik datchigi yordamida amalga oshirish
mumkin. Datchik: gerkon 1; elektromagnitlar 2, 3; chulg'amlar 4, 5; reostat 6;
shkala 7; elektr o'tkazgich materialdan yasalgan disk 8; val 9; manba 10 va magnit
o'tkazgich 11 dan tashkil topgan. Reostat 6 ning qo'zg'aluvchan kontaktli shkala 7
ga mahkamlangan. Manba 10 o'zgarmas yoki o'zgaruvchan kuchlanish manbai
bo'lishi mumkin.
Datchik quyidagicha ishlaydi. Disk 8 harakatlanmagan paytda va
elektromagnitlar o'zgarmas kuchlanish manbaidan ta'minlanganda ularda hosil
bo'lgan magnit oqimlari diskda EYuK hosil qilmaydi. Bu holatda gerkon 1 ning
kontaktlari o'zaro ajralgan holatda bo'ladi. Disk 8 val 9 bilan birga aylanishni
boshlaganda diskda elektromagnit induksiya qonuniga binoan EYuK lar hosil
bo'ladi. Elektromagnitlar magnit oqimlari diskni turli yo'nalishlarda kesib o'tganligi
bois diskda hosil bo'lgan EYuKlar ta'sirida bitta uyurmaviy tok Ie2 hosil bo'ladi.
Bu tokning magnit maydoni kuch chiziqlari gerkon kontaktlari orqali birlashadi. Bu magnit oqimning qiymati gerkon kontaktlarini ishga tushirish (ularni tutashtirish)
uchun yetarli bo'lgan qiymatga yetganda gerkon ishga tushib o'lchash zanjiriga
ma'lumot beradi. Reostat 6 ning kontaktini yuqoriga yoki pastga surish, bizga
istalgan tezlikni qayd etish imkonini beradi.

Elektromagnitlar o'zgaruvchan kuchlanish manbaidan ta'minlanganda disk
harakatlanmagan paytda ham unda transformatsiya EYuK lari hosil bo'ladi. Lekin,
elektromagnitlar magnit oqimlari diskni bir-biriga qarama-qarshi yo'nalishlarda
kesib o'tganligi va gerkon elektromagnitlardan bir xil uzoqlikda joylashtirilganligi
sababli EYuK lardan hosil bo'ladigan toklarning gerkon joylashtirilgan magnit
o'tkazgich 11 dagi natijaviy magnit oqimi nolga teng bo'ladi. Disk harakatga
kelganda unda elektromagnitlar magnit oqimlaridan o'zaro qo'shiluvchi generator
EYuK lar hosil bo'ladi. Bu EYuK lar ta'sirida diskda hosil bo'lgan generator toklar
magnit maydoni ta'sirida gerkon kontaktlar o'zaro tutashadi.

Download 492,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish