3.1-rasm. Iqtisodiyotda mehnatga bo‘lgan talabning tarkibi
Davlat sektoriningmehnatresurslarigatalabiikkiasosiyguruhniqamrab oladi:
moddiy ishlab chiqarish sohasida mehnat resurslariga talab;
nomoddiy soha (ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat, davlat xizmati va boshqalar)da mehnat resurslariga talab (3.2-rasm).
3.2-rasm. Mehnat bozorida mehnat resurslariga talab
Agardavlatningmoddiyishlabchiqarishdamehnatresurslarigatalabiishlab chiqarish samaradorligini oshirish, davlat korxonalari foyda olishini ko‘paytirish maqsadlarini ko‘zlasa, nomoddiy sohada mehnat resurslaridan jamiyatning ijtimoiy ehtiyojlarini imkon qadar sifatliroq vato‘laroq qondirilishi talab qilinadi.
Mamlakat iqtisodiyoti doirasida mehnat resurslariga bo’lganjamlanma talab iqtisodiyotning xususiy va davlat sektorlaridagi mehnat resurslariga talabning yig‘indisi sanaladi. Iqtisodiyotning mehnat resurslariga talabini aniqlash davlat iqtisodiy siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, mehnat bozoridagimehnatning taklifini ham hisobga olgan holda, iqtisodiy faol aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlikni tartibga solish uchun muhimdir. Bunda mehnat resurslariga talab davlatningmehnatbozorini, ishbilanbandlikva ishsizlikni tartibgasolishning asosiy vositasisifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnatresurslarigatalabninghajmi, tarkibivadinamikasini shakllantirishning makro va mikroomillari mavjud. Ushbu makroomillarga quyidagilar kiradi:
iqtisodiy o‘sish;
moddiy ne’matlami kengaytirilgan takror hosil qilish;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmini muttasil ko'paytirib borish;
ishlab chiqarishga kapital qo‘yilmalami ko‘paytirish;
mehnatga talabni kengaytirish;
qat’iy pul-kredit siyosatini o‘tkazish;
ishlab chiqarishda tarkibiy o‘zgarishlami amalga oshirish va boshqalar.
Mehnat resurslariga talabning mikroomillari quyidagilami qamrab olgan:
korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga talab;
foyda olish;
korxonaning raqobatbardoshligi va boshqalar.
Rivojlangan davlatlaming tajribasi bozor iqtisodiy tizimida makro va mikro-darajalarda mehnat resurslariga talabni chegaralaydigan omillar mavjudligidan dalolatberadi.Ulargailmiy-texnikaviy taraqqiyot, ijtimoiy mehnatunumdorligining ortishi, ichki tarmoqvatarmoqlararo raqobat, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning narxi kiradi.
Mehnatresurslariga talabningtarkibi judamurakkab.Chunkiijtimoiyishlab chiqarishdamehnatfaoliyatiningturlarinihoyatdako‘p,aynipaytdaishlabchiqarish muttasilmodernizatsiyaqilibturilishimehnatresurslarigatalabniham o‘zgartiradi.
Umumanolganda,yollanadigan mehnat resurslarining kasb-malaka turlaridan kelib chiqqan holda, mehnat resurslariga talabni quyidagicha guruhlash mumkin:
yuqori malakali mehnat resurslariga talab;
o‘rta malakali mehnat resurslariga talab;
past malakali mehnat resurslariga talab;
malakasiz mehnat resurslariga talab.
Korxonalar uchun shunchaki mehnat resurslarigina emas, balki bu yerdagi texnologiyajarayoni talablarigamos tushadigan aniqkasb va malakaga egabo‘lgan xodimlar talab qilinadi.
Korxonalar mehnat resurslariga ehtiyojlarini qondirish orqali imkonqadar ko‘proqfoyda olish maqsadini ko‘zlaydi. Korxona foydasi eng ko‘p miqdorining sharti eng ko‘p daromadning (MR) eng ko‘pishlab chiqarish xarajatlariga(MS) tengligidir.
MR= MS
Korxonaning qo‘shimcha(engko‘p)xodim yollashi natijasida oladigan engko‘p daromadi ushbuxodim tomonidan ishlab chiqarilganmahsulotni sotishdantushgan mablag‘ hisoblanadi. U ishlab chiqarilgan mahsulot narxi (R)ning mehnatning eng ko‘p mahsuli (MRL)ga ko‘paytirilishi orqali aniqlanadi. Bunda eng ko‘p xarajat xodimning nominal ish haqi (pul)dir. Bundan korxonaning eng ko‘p foyda olishi quyidagi tenglikka bog‘liqligi aniqlanadi:
RxMPL=W
Shundayqilib,mehnatresurslarigatalabengko‘pmehnatmahsulotining funksiyasi hisoblanadi:
LD=LD (MPL)
Bundanimkonqadarko‘pfoydaolishningsharti:RxMPL=Wdan MPL= W/R hosil bo‘lishidir.Chunki: LD= LD(MPL). Natijada, quyidagi tenglik hosil bo‘ladi:
LD=LD (W/P)
Yuqoridagilardan mehnat resurslariga talab xodim real ish haqining funksiyasi ekanligi haqidaxulosa chiqarish mumkin. Ish haqi qancha yuqori bo‘lsa, mehnat resurslariga talab shuncha kam bo‘ladi.
Chunki ish haqi oshirlganida, ish beruvchi yollayotgan xodimlari sonini kamaytirishga majbur bo‘ladi (mehnat resurslariga talab kamayadi). Ish haqi kamaysa, aksincha, ish beruvchi qo‘shimcha xodimlami yollay oladi (mehnat resurslariga talab ortadi). Ish haqi darajasi bilan mehnat resurslariga talab o‘rtasidagi bog‘liqlik 3.3-rasmda keltirilgan. Ya’ni ish haqining miqdori (W) va mehnat resurslariga talab (L) o‘zaro bog‘liqdir.
DLegrichiziqdagiharbirnuqtaishhaqiningmuayyandarajasimehnatresurslariga talab qanday bo‘lishidan dalolat beradi. Egri chiziqning pastga yo‘nalishi ish haqi past bo’lganida mehnat resurslariga talabning ortishi, aksincha, ish haqi darajasi yuqori bo‘lganida mehnat resurslariga talabning kamayishini aks ettiradi.
Yuqorida bayon etilganlardan mehnat bozorida mehnat resurslariga talabning quyidagi omillarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1. Ish haqi. Boshqa omillar tengligida mehnat resurslari xizmatiga talab va uning narxi bir-biriga teskaridir.
2. Pirovard mahsulotga talab. Korxona pirovard mahsulotiga talab qanchalar ko‘p bo‘lsa, mehnat resurslariga talab shunchalar ortadi.
3. Ishlab chiqarish omillarining о'zaro bir-birining о‘rnini bosishi. Agar mehnat resurslarining qiymati yuqori bo‘lsa, u ishlab chiqarishning boshqa omillari bilan almashtiriladi.
4. Xodim malakasining darajasi. Xodim malakasining yuqoriligi uning mehnat unumdorligi ham yuqori bo’lishini anglatadi. Bu esa mehnat resurslari ishlab chiqarish kamroq daromad keltiradigan omillar o‘mini bosishi mumkinligini ko‘rsatadi.
5. Mehnat resurslarining eng ко‘p daromad keltirishi. Mukammal mehnat bozorida mehnat omilidan foydalanishning eng ko‘p darajasi ishlab chiqarish xarajatlari (ya’ni ish haqi)ga tenglashmaguncha, mehnat resurslariga talab ortib boraveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |