2. O’quv reja va dasturlarni tajriba sinovdan o’tkazish
O‘quv rejasi – me’yoriy hujjat hisoblanib (ta’lim muassasasi sertifikati) quyidagilarni belgilaydi:
o‘quv yili, semestrlar va ta’tillarning davomiyligi;
ushbu ta’lim muassasasida o‘rganiladigan o‘quv fanlari tartibi;
o‘qish yillari bo‘yicha fanlarni taqsimlash;
har bir fan bo‘yicha yaxlit ta’lim davri va har bir sinf (kurs)da fanlarni o‘rganishga ajratilgan soatlar hajm
i;
har bir fanni o‘rganishga ajratilgan haftalik soatlar hajmi;
praktikumlar, ishlab chiqarish va pedagogik amaliyotlar hamda shu kabilarning davomiyligi.
O‘quv rejasida, yana shuningdek, aniq bir o‘quv muassasi xususiyatlarini aks ettiruvchi, talabalarning erkin tanlovi bo‘yicha o’qitiladigan fanlar aks ettiriladi.
O‘quv dasturi – muayyan o‘quv fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalar mazmuni, umumiy vaqtni muhim bilimlarni o‘rganilishi bo‘yicha taqsimlash, mavzularning ketma-ketligini belgilash hamda ularning o‘rganilish daraja-sini yorituvchi me’yoriy hujjat.
Dasturda o‘quv materialining ta’limning har bir yili va har bir sinf, kurs bo‘yicha taqsimlanishi tuzilishi asoslab berilgan. Dasturda ko‘rsatilgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni talabalar tomonidan to‘la o‘zlashtirilishi o‘qitish jarayoni muvaffaqiyatliligi va samaraliligi mezonlaridan biri hisoblanadi.
O‘quv dasturlari namunaviy, ishchi va mualliflik bo‘lishi mumkin.
Namunaviy o‘quv dasturi u yoki bu ta’lim sohasiga nisbatan davlat ta’-lim standartlari talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv dasturlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
ushbu fanni o‘rganish maqsadlari, talabalarning bilim va malakalariga asosiy talablar, o‘qitish tavsiya etiladigan shakl va metodlari haqidagi tushuntirish xati;
o‘rganilayotgan materialning tematik mazmuni;
kursning alohida savollarini o‘rganishga o‘qituvchi sarflaydigan taxminiy soatlari hajmi;
dunyoqarashni shakllantiruvchi asosiy savollari ro‘yxati;
fanlararo va kurslararo bog‘liqlikni amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
o‘quv uskunalari va ko‘rgazmali qo‘llanmalar ro‘yxati;
tavsiya etiladigan adabiyotlar.
O'quvchiga mo'ljallangan o'quv rejasi o'quvchi atrofida aylanadi. Bu har bir kishining ehtiyojlarini, manfaatlarini va maqsadlarini hisobga oladi. Boshqacha aytganda, talabalar bir xil emasligini va standartlashtirilgan o'quv dasturiga bo'ysunmasligini tan oladi. Ushbu o'quv rejasi dizayni o'quvchilarni qo'llab-quvvatlashga imkon yaratadi va ularning tanlov orqali ta'limini shakllantirishga imkon beradi. O'quvchilarga mo'ljallangan o'quv dasturlarida o'quv rejalari, mavzuga asoslangan o'quv rejasida bo'lgani kabi, qattiq emas.
O'quvchiga asoslangan o'quv rejasi differentsiyalangan va ko'pincha talabalarga topshiriqlarni tanlash, tajriba va amaliyotlarni tanlash imkonini beradi. Bu o'quvchilarni qiziqtirishi va o'qiyotgan materiallari bilan shug'ullanishlariga yordam berishi mumkin.
O'quv rejasining bunday ko'rinishidagi kamchilik, o'qituvchiga o'qitish va har bir o'quvchining ta'lim ehtiyojlariga moslashtirilgan materiallarni topish uchun juda ko'p bosim o'tkazadi. Bu vaqt cheklovlari yoki tajriba yoki mahorat yo'qligi tufayli o'qituvchilar uchun juda qiyin bo'lishi mumkin. O'qituvchilar talaba talablari va talab qilinadigan natijalar bilan talabalarning talab va manfaatlarini muvozanatlashi qiyin bo'lishi mumkin.
3. Ekspert baholash ishlarini tashkil qilish yo’llari.
Baholash to‘g‘risidagi hisobot baholash to‘g‘risidagi hisobotlarning haqqoniyligi ekspertizadan (keyingi o‘rinlarda “ekspertiza” deb yuritiladi) o‘tkazilishi predmeti hisoblanadi. ekspertizaning bajaruvchisi — baholash faoliyatini amalga oshirish huquqiga litsenziyaga ega bo‘lgan, shartnoma asosida ekspertiza o‘tkazish uchun jalb qilinadigan baholash tashkiloti; Ekspertiza tahliliy yoki dala sharoitida o‘tkaziladigan ekspertiza shaklida o‘tkaziladi.
Tahliliy ekspertizani o‘tkazishda bajaruvchi baholash to‘g‘risidagi hisobotdagi axborotdan foydalanib quyidagilarni tekshirishi shart:
baholash to‘g‘risidagi hisobotning baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi;
baholash obyektiga mavjud va baholanadigan huquqlar tavsifining yetarliligi;
baholanadigan qiymat maqsadlari va turining baholashni o‘tkazish haqidagi shartnoma shartlariga va baholash natijalaridan kelajakda foydalanishga muvofiqligi;
baholashni o‘tkazishda qabul qilingan yo‘l qo‘yishlar va cheklashlarning qonuniyligi (qonun hujjatlariga muvofiqligi) va haqqoniyligi (amaldagi holatlarga muvofiqligi);
baholash obyektiga tegishli bo‘lgan bozor tavsifi va tipik xaridorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjudligi;
ishonchli natijaga ega bo‘lish uchun narx hosil qiluvchi omillar jamini, shu jumladan baholash obyektining joylashgan joyi, ochiq bozorda baholash obyekti ekspozitsiyasining o‘rtacha bozor davrini hisobga olish;
baholash obyekti qiymatining tegishli turini aniqlash uchun baholovchi tomonidan baholash standartlari qo‘llanilishining asoslanganligi;
huquqiy, bozorga oid, moliyaviy, texnik axborotlar va boshqa axborotlardan hamda ularni olish manbalaridan foydalanish asoslanganligi;
maxsus atamalar, baholovchining asoslashi va xulosalari mavjudligi va tushuntirishning to‘liqligi;
baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovalardagi mavjud zarur hujjatlar va materiallar mavjudligi va to‘liqligi;
xarajatli, qiyosiy va daromadli yondashuvlar qo‘llanilishining to‘g‘riligi, shuningdek har bir yondashuv doirasida baholash metodlarini tanlash va qo‘llashning to‘g‘riligi, ulardan foydalanishni asoslash (foydalanishni rad etish);
baholashga turlicha yondashuvlar bilan hisob-kitoblarni kelishishning boadabliligi;
hisobot tuzilmasi va uni rasmiylashtirish sifati;
hisob-kitoblarda foydalanilgan ma’lumotlarning birlamchi ma’lumotlarga hamda baholash to‘g‘risidagi hisobotning har xil bo‘limlarida va unga ilovalarda keltirilgan boshqa ma’lumotlarga muvofiqligi.
Dala sharoitida o‘tkaziladigan ekspertizada bajaruvchi ekspertizani ushbu Nizomning talablariga muvofiq o‘tkazadi, shuningdek:
baholash obyektini baholash to‘g‘risidagi hisobotda aks ettirilgan ma’lumotlarga identifikatsiyalaydi;
baholash obyektining fizik holatini tekshiradi;
baholash obyekti tavsiflari zarur tarzda o‘lchanishini amalga oshiradi;
zaruriyat bo‘lganda baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilgan ma’lumotlarni tasdiqlash uchun qiyoslanadigan obyektlarni tekshiradi.
Baholash to‘g‘risidagi hisobotni haqqoniy yoki haqqoniy emas deb e’tirof etish ekspertiza natijasi hisoblanadi.
Quyidagi omillar (holatlar)dan hech bo‘lmaganda biri mavjud bo‘lganda baholash to‘g‘risidagi hisobot ishonchli emas deb e’tirof etiladi:
hisobot baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq emas;
hisobot baholash o‘tkazish haqidagi shartnoma talablariga muvofiq emas;
baholashning maqsadi baholash natijalaridan kelgusida foydalanishni aks ettirmaydi;
baholovchi tomonidan baholanayotgan mol-mulk qiymatining turi noqonuniy belgilangan;
hisobotni isbotlovchi ahamiyatga ega bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lgan hujjat sifatida tavsiflash imkoni yo‘q;
o‘zaro bir-birini istisno etuvchi va bir-biriga zid faktlar, ma’lumotlar, xulosalar, yo‘l qo‘yishlar va ularning bir xilda talqin etilmasligi mavjud;
baholashni o‘tkazishda foydalanilgan ma’lumotlar (ularni olish manbalari) to‘g‘risida aniqlashtirilgan axborot mavjud emas;
hisobotda foydalaniladigan tuzatishlar va/yoki yo‘l qo‘yishlar ularni qo‘llashning ayon ko‘rinib turgan imkoniyatlari doirasidan tashqariga chiqadi;
hisob-kitoblar, formulalar, qo‘llanilgan chegirma va mukofotlar izchil va asoslangan emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |