3-mavzu: Ma’naviyat, ruhiyat, madaniyat
Reja:
1.
Ma’naviyat va ruhiyat tushunchlari, ulaming o’zaro nisbati.
2.
Inson tabiati va shaxs ma’naviyati.
3.
Ma’naviyat va madaniyat nisbati.
4.
Shaxs ma'naviyatining tarkibiy jihatlari va madaniyalning tarkibiy qismlari.
Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatlarga bo‘lish ilmiy an’anadir.
Ammo olimlar orasida ijtimoiy-siyosiy madaniyatni uchinchi alohida qism sifatida
ajratishni taklif qilayotganlar bor. Bunday nuqtai nazar ma’lum darajada jamiyat
hayotini alohida sohalarga bo‘lishga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Siyosat jamiyat
hayotining alohida sohasi hisoblanadi. Masalan, Erix Fromm jamiyat hayotini
ma’naviyat, siyosat va iqtisodiyotga bo‘ladi. Biz uchinchi soha sifatida tor
mazmundagi siyosatni emas, kengroq ijtimoiy – siyosiy sohani olamiz. O‘z
navbatida siyosiy sohani ikki nisbatan farqlanuvchi mustaqil sohalarga – fuqarolik
jamiyatiga (jamoat, nodavlat, notijorat tashkilotlariga, fuqarolarning o‘z-o‘zini
boshqarish organlariga) va oshkora rasmiy hokimiyatga, ya’ni davlat hokimiyati
tuzilmalariga bo‘lish tarafdorlari bor. Ba’zan ular tegishlicha ijtimoiy-siyosiy soha
va oshkora hokimiyat (publichnaya vlast) deb ham ataladi. Biz jamiyat hayotini uch
sohaga bo‘lib qaraymiz: iqtisodiyot, ma’naviyat va ijtimoiy – siyosiy soha.
Jamiyatda o‘zaro ajralib turadigan turli sohalar mavjud. Masalan, iqtisodiyot,
madaniyat, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ilm-fan, ijtimoiy ta’minot, sport va sh.k. Aslini
olganda ular xalq xo‘jaligining (iqtisodiyotning) alohida zaruriy yoki ijtimoiy
tarmoqlari hisoblanadi. Ularning faoliyat yuritishi va rivojlanishi uchun tegishli
mablag‘ ajratiladi, invistitsiyalar kiritiladi. Ular ishlab chiqarishning zamonaviy
jamiyatdagi alohida turlaridir. Masalan, ta’lim kadrlarni, mutaxassislarni
tayyorlaydi (ishlab chiqaradi). Ammo siyosat va ma’naviyat (sof ma’naviyat -
ma’naviy ong, iroda, adabiyot va san’at, urf - odatlar) jamiyat hayotining shunday
sohalaridir-ki, ular bevosita xalq xo‘jaligining tarmoqlarini tashkil etmaydi. Shu
sababdan ko‘p hollarda ijtimoiy – iqtisodiy soha degan atama keng tarqalgan. Xuddi
shunday ijtimoiy – siyosiy soha, degan atama ham qo‘llaniladi. Bunda tor
mazmundagi davlat boshqaruv siyosatidan tashqari, davlatning va jamiyatning
madaniy – maishiy munosabatlari, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport va sh.k. hayot
nazarda tutiladi. Ta’lim, ilm – fan, din, adabiyot va san’at, axloq, ma’naviyat
tarkibida ko‘rilgani uchun biz faqat siyosat, iqtisodiyotning ijtimoiy jihatlari, urf –
odatlar bilan cheklanamiz.
Siyosat birinchi navbatda bu jamiyatni boshqarishdir. To‘g‘ri iqtisodiy siyosat
olib borilsa, iqtisodiyot yuksaladi, noto‘g‘ri olib borilsa, tanazzulga uchraydi.
Ma’naviyat, madaniyat, xalq ta’limi va sh.k.ga siyosat ijobiy yoki salbiy ta’sir
ko‘rsatadi. Siyosat, shuningdek, – bu davlat hokimiyati faoliyati va siyosiy
partiyalarning, guruhlarning, ularning yetakchilarining hokimiyat uchun kurashidir.
Davlat idoralari qanday faoliyat olib borishi, siyosat yuritishi, hokimiyat uchun
kurashlar qanday shakllarda, usullarda kechishi, bu kurashning demokratik
talablarga, adolatga, qonuniylikka, axloqiylikka muvofiqligi, nomuvofiqligi ikki
omilga: birinchidan, jamiyat a’zolarining ongiga, madaniy saviyasiga, huquqiy
savodxonligiga, siyosiy faolligiga, ikkinchidan, jamiyatdagi ma’naviy muhitga,
saylov qonunlari va demokratik tamoyillar ustuvorligiga bog‘liq. Bularning har
ikkalasi ham ma’naviyatning konkret ko‘rinishlaridir.
Iqtisod keng ma’noda faqat ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish emas. U
taqsimotdan, iste’moldan, almashuvdan, ishlab chiqarishdagi va keyingi
jarayonlardagi odamlar o‘rtasidagi turli-tuman iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, axloqiy
munosabatlardan ham tashkil topadi. Bunday munosabatlarga barcha jismoniy va
yuridik shaxslar (xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar) kirishadi. Munosabatlarning yana
bir yo‘nalish turi – bu mulkdor (korxona egasi) va yollanma ishchi-xizmatchilar
o‘rtasidagi munosabatlardir. Barcha turdagi, yo‘nalishlardagi munosabatlar ularning
sub’ektlarining ma’naviyatiga – dunyoqarashiga, madaniy saviyasiga, qadriyatlar
mo‘ljaliga bog‘liq.
Ma’naviy mavjudot o‘laroq insonning har qanday faoliyati uning ongi,
dunyoqarashi, e’tiqodi, qadriyatlar mo‘ljali va ularning yuzaga chiqishi sifatida
talqin qilinishi mumkin. Demak, insonning iqtisodiy va siyosiy faoliyati o‘zining
ma’naviy jihatiga va talqiniga ega. Yuqorida aytilganlar iqtisod, siyosat va
ma’naviyat o‘rtasidagi chambarchas aloqadorlikdan dalolat beradi.
Aloqalarning dialektikasi haqida qisqacha fikr yuritsak, quyidagilarni e’tirof
etish lozim. Iqtisodiyot turmush farovonligi va umuman jamiyat taraqiyotining, shu
jumladan ma’naviy yuksalishining moddiy poydevorini, moddiy negizini tashkil
etadi. Birinchidan, yaxshi rivojlangan iqtisodiyot ta’lim, ilm-fan, madaniyat va
ma’naviyatni yaratuvchi boshqa sohalarga yetarlicha mablag‘, moddiy va ijtimoiy
resurslar ajrata oladi, kadrlar tayyorlaydi. Ikkinchidan, har qanday to‘g‘ri va
jozibador g‘oya iqtisodiy jihatdan ta’minlanmasa, hayotga tatbiq etilmay qolib
ketadi. So‘z bilan ish birligi yuzaga kelmaydi. Natijada odamlar asta-sekin bu
g‘oyaga ishonmay qo‘yadi. G‘oyaning obro‘yi to‘kiladi. Uchinchidan, iqtisodiyot
rivojlanishi ko‘p jihatdan yangi ilmiy-texnologik g‘oyalarning tug‘ilishiga va ishlab
chiqarishga, iqtisodiy munosabatlarga joriy qilinishiga bog‘liq. Bugun axborot
texnologiyalari ishlab chiqarishni, savdo-sotiqni, umuman iqtisodiy aloqalarni
tubdan o‘zgartirib yubordi. On-layn rejimidagi iqtisodiy muzokoralar, kelishuvlar,
birjalardagi ahvolni kuzatish, iqtisodiy jarayonni monitoring qilish, elektron
shakldagi shartnomalar, hisobotlar, internet orqali kerakli buyumni xarid qilish va
h.k. ilm-fan (ma’naviyat unsurlari), axborot texnologiyalari, ular bilan bog‘liq
huquq, huquqiy madaniyatning takomillashuvi, odamlar o‘rtasida o‘zaro ishonch
ortishi natijasidir.
Iqtisodiyot ma’naviyatga qanday barakali ta’sir ko‘rsatsa, o‘z navbatida
ma’naviyat ilm-fan va texnologik yutuqlar hamda jamiyatda qaror topgan mehr –
oqibat, ishchanlik va o‘zaro ishonch, o‘zaro yordam muhiti orqali iqtisodiyotga
shunday ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy omillar – to‘qlik, farovonlik odamlarning
kayfiyatiga, ruhiyatiga, ertangi kunga ishonchiga, shukronaligiga aylanadi. Ijtimoiy
ziddiyatlar kamayadi, yoki ancha yumshaydi. Ko‘tarinki ruhiyat va ishonch esa
ma’naviyat unsurlaridir. Boshqacha aytganda, to‘qlik va farovonlik ma’naviy ongda
aks etadi. Ilmiy-texnik g‘oya, texnologik kashfiyot (ma’naviyat unsurlari)
iqtisodiyotga, ishlab chiqarish vositasiga aylanadi. Bu ayniqsa ilmiy sig‘imli katta
ishlab chiqarish turlariga (atom energetikasiga o‘xshash) taalluqli. Odamlarning
kayfiyati, ertangi kunga ishonchi, ma’naviy muhit odamlarning iqtisodiy
tashabbuslarini, tadbirkorlik va yaratuvchilikka intilishini yanada kuchaytiradi,
iqtisodiy yuksalishning omiliga aylanadi. Shunday qilib, iqtisodiyot va ma’naviyat
dialektik
birlikni,
qarama-qarshiliklar
birligini
tashkil
qiladi.
Birinchi
Prezidentimizning ma’naviyat va iqtisodiyotni qushning ikki qanotiga qiyoslashida
katta ma’no bor.
Siyosat bilan ma’naviyat aloqalari to‘g‘risida o‘tgan mavzularda ancha
gapirilgan edi. Avvalo ta’kidlash joizki, nazariy siyosat (siyosatshunoslik) ham,
amaliy siyosat ham aslida jamiyat ma’naviyatining o‘ziga xos tarzda namoyon
bo‘lishidir. Nazariy siyosat, yoki siyosiy nazariyalar - siyosatshunoslik va ijtimoiy-
gumanitar ta’limotlar, fan sifatida ma’naviy hodisa ekanligi isbot talab qilmaydi.
Amaliy siyosat – davlat boshqaruvi, hokimiyat uchun kurash va ularga fuqarolarning
munosabati, saylovlarda va OAVda o‘z fikrini bildirishi jamiyatning, yuqorida
ta’kidlanganidek, siyosiy-huquqiy va axloqiy madaniyatiga bog‘liq. Ular esa
ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridir. Davlat siyosatining demokratik
xarakteri, liberalligi ma’naviy muhitga, odamlarning kayfiyatiga, o‘z hayotidan
qoniqish hosil qilishiga, ijodiy va bunyodkorlik tashabbuslariga ijobiy ta’sir
ko‘rsatadi. Boshqacha aytganda, jamiyat ma’naviyatining bir bo‘lagiga, unsuriga
aylanadi. Aksincha, davlat siyosati zo‘ravonlikka, qatag‘onlarga va totalitarizmga
asoslansa, odamlarni ijtimoiy qo‘rquv qamrab oladi, ularning tashabbuslarini
bug‘adi, ertangi kunga ishonchini susaytiradi va h.k. Bu endi jamiyat
ma’naviyatining salbiy yemiruvchi unsurlariga aylanadi.
Qadimgi dunyo va o‘rta asrlarda ma’naviyatning din va diniy tashkilotga
tobeligi, din butun ma’naviy hayotni tashkil etuvchi va nazorat qiluvchi ijtimoy
institutga aylangani to‘g‘risida gapirilgan edi. Aytilganlarni takrorlab o‘tirmaymiz.
Dinning bunday institutga aylanishining sababi nafaqat odamlarning tafakkurida va
jamiyat mafkurasida diniy te’tiqodning ustunligi bilan izohlanadi. Shuningdek, agrar
jamiyatda injener-texnik ziyolilar, boshqaruvchi menejerlar, iqtisodchilar, ilm-fan
va texnologiyalar yaratuvchi ziyolilar, OAV va jurnalistlarning deyarli yo‘qligi,
binobarin, iqtisodiyotning, xalq xo‘jaligining va umuman jamiyat hayotining uzviy
zaruriy qismi darajasiga ko‘tarilmaganidir. Bundan tashqari, agrar jamiyatda ta’lim
va sog‘liqni saqlash tizimi, ularda mashg‘ul mutaxasislar soni ancha chegaralangan
edi. Cherkov (diniy tashkilot) davlatdan ajralmagan, maktab esa cherkov tasarrufida
edi. Hattoki ilm-fanni cherkov o‘z xizmatkoriga aylantirishga urinar edi. Totalitar
jamiyatda ma’naviyat siyosiy ndeologiyaga bo‘ysundiriladi. Agrar jamiyatda dinga,
diniy tashkilotga, totalitar jamiyatda siyosiy ideologiyaga moslashishga majbur
bo‘lgan ma’naviyat, shunday qilib, tobe (qaram)lik kasb etadi..
Industrial jamiyatda, yangi davrda din va diniy tashkilotning huquqiy va
ijtimoiy mavqei o‘zgardi. Ziyolilarning yangi qatlami vujudga keldi. Ular
iqtisodiyotning, siyosiy boshqaruvning, madaniy-ma’naviy hayotning asosiy
mutaxassislariga aylanadi, xarakatlantiruvchi kuchini tashkil qildi. Asta-sekin
industrial jamiyatda so‘z, vijdon va e’tiqod erkinligi, ular ortidan oxir-oqibat,
demokratiya qaror topdi. Cherkov davlatdan, maktab cherkovdan ajratildi. Ma’naviy
omilning, birinchi navbatda ta’limning va ixtisoslashgan ob’ektiv bilimlarning,
qonun ustuvorligining, adolatli munosabatlarning, inson huquqlari va qadr-qimmati
g‘oyalarining ahamiyati kuchaydi. Postindustrial jamiyatda ular ancha
mustahkamlandi. Bu davrga kelib demokratiya va erkinlik ma’naviy hayotning
rivojlanishiga ziddiyatli ta’sir ko‘rsatganini, inson huquqlarini biryoqlama talqin
qilish hollari mavjudligini ham, afsuski, tan olish lozim.
Endi yana iqtisodiyot, siyosat va ma’naviyat o‘rtasidagi aloqadorlik
masalasiga qaytamiz. Iqtisodiyotning ma’naviyat bilan aloqalari juda rang-barang
va murakkabdir. Iqtisodiyot ma’naviyat rivojlanishi uchun moddiy
shart-sharoitlar
yaratadi. Uning ehtiyojlari, talablari ma’naviyatga nisbatan «buyurtmachi»
vazifasini o‘taydi. Masalan, yangi texnologiyalar yaratish, mehnat qurollarini
takomillashtirish va shu kabilar ilm-fanni, texnik ijodkorlikni rivojlantirishga xizmat
qiladi. Ishlab chiqarish jarayonining murakkablashuvi, ilmtalabligining oshishi
ishchi va mutaxassislarda yangi mehnat ko‘nikmalari hosil bo‘lishini, ularning
malakasi muttasil o‘sib borishini taqozo etadi. Bu jamiyatda kadrlar tayyorlash,
qayta tayyorlash, umuman tarbiya va ta’lim tizimi rivojlanishiga, ma’naviy-
psixologik muhit o‘zgarishiga, ishlab chiqarishda va turmushda ratsionalizatorlik,
ixtirochilik, texnik ijodkorlikka moyillik kuchayishiga ta’sir ko‘rsatadi. Bundan
tashqari, turli tovarlarni, mahsulotlarni va xizmat turlarini xaridorlarga yetkazish
extiyoji har xil ko‘rgazmalar, shou-tomoshalar, konkurslar, lotereyalar va reklama-
axborot industriyasini vujudga keltirdi. O‘z navbatida ma’naviyatning o‘sishi, ilmiy-
texnika kashfiyotlari, aholi bilimlarining va malakasining oshishi, iqtisodiy
tafakkurning o‘zgarishi, yuksak ijtimoiy marralarni ko‘zlash, yangiliklarga intilish
iqtisodiyotni har tomonlama rivojlantirdi.
Iqtisodiyot va ma’naviyat real inson ehtiyojlaridan, jamiyatning aniq
vazifalaridan ajralib qolsa, o‘z maqsadlarini belgilashda adashib ketadi. Bunday
hollarda ikki
Do'stlaringiz bilan baham: |