3 Mavzu Ma'muriy-huquqiy munosabatlar (2 soat) reja Ma'muriy-huquqiy munosabatlar tushunchasi va o`ziga xos xususiyatlari


Ma'muriy-huquqiy munosabatlarning turlari



Download 16,62 Kb.
bet3/4
Sana04.09.2021
Hajmi16,62 Kb.
#164319
1   2   3   4
Bog'liq
3 mavzu MH

6. Ma'muriy-huquqiy munosabatlarning turlari

Davlat boshqaruvi jarayonida vujudga keladigan ma'muriy-huquqiy munosabatlar turli-tuman bo`lib, ularni bir necha asoslarga ko`ra tasniflash (guruhlash, turlarga bo`lish) mumkin.

Huquq nazariyasiga asoslanib, ma'muriy-huquqiy munosabatlarning vazifasi va funksional belgilanishiga qarab, ularni ikkiga bo`lish mumkin:

a) tartibga soluvchi munosabatlar, ya'ni huquq subyektlarining mo`tadil xulq-atvori, huquqqa muvofiq xatti-harakatlarining natijasida vujudga keladigan munosabatlar;

b) muhofaza qiluvchi munosabatlar, ya'ni huquqbuzarlikni sodir etish va bu uchun davlatning majburlov choralarini qo`llash zaruriyati asosida vujudga keladigan munosabatlar.

Ko`pgina yuridik adabiyotlarda huquqiy munosabatlarning moddiy va protsessual turlarga bo`linishi ham ko`rsatib o`tilgan.



Moddiy huquqiy munosabatlar - bu moddiy ma'muriy-huquqiy normalar asosida vujudga keladigan hamda huquq subyektlari tomonidan huquq va majburiyatlarning amalga oshirilishi bilan bog`liq bo`lgan munosabatlardir.

Protsessual huquqiy munosabatlar - davlat-hokimiyat xususiyatiga ega bo`lib, huquqiy munosabat subyektlarining subyektiv protsessual huquqlari va majburiyatlarini belgilash va tartibga solishda namoyon bo`ladi.

Ma'muriy-huquqiy munosabatlarning turlari bo`yicha huquqshunos olimlar o`rtasida yagona fikr mavjud emas. Jumladan, A.P.Alexinning fikricha4, ma'muriy-huquqiy munosabatlar shartli ravishda quyidagilarga bo`linishi mumkin:

a) asosiy va yordamchi (asosiy bo`lmagan) ma'muriy-huquqiy munosabatlar - bevosita boshqaruv ta'sirini (“subyekt - obyekt”) ifoda etuvchi munosabatlar bo`lib, unda davlat boshqaruvi faoliyati yaqqol namoyon bo`ladi. Mazkur munosabatlar “buyruq - ijro” formulasiga asoslangan bo`lib, birinchi navbatda yuqori turuvchi va quyi turuvchi davlat boshqaruvi organlari o`rtasidagi, rahbar - mansabdor shaxs bilan unga xizmat bo`yicha bo`ysinuvchi xodim o`rtasidagi, davlat boshqaruv organlari (mansabdor shaxs) bilan ma'lum bir ma'muriy-huquqiy majburiyatga ega bo`lgan shaxs o`rtasidagi munosabatlardir.

Ushbu munosabatlar u yoki bu obyektga bevosita boshqaruv ta'siri doirasidan tashqarida bo`lgan, lekin boshqaruvni amalga oshirish bilan bog`liq bo`lgan munosabatlardir. Asosiy ma'muriy-huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmunini ifoda etsa, yordamchi ma'muriy-huquqiy munosabatlar boshqaruv mazmuni bilan bog`liq bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri uni ifoda etmaydi.

Yordamchi ma'muriy-huquqiy munosabatlar davlat boshqaruvi jarayonida vujudga kelsa ham, ularning asosiy vazifasi boshqaruv subyektining boshqaruv obyektiga bevosita ta'siri hisoblanmaydi. Bu munosabatlar asosiy ma'muriy-huquqiy munosabatlarga, ya'ni bevosita boshqaruv ta'sirini amalga oshirishga ko`maklashadi. Masalan, davlat boshqaruvini amalga oshirish maqsadida biron bir normativ hujjatni tayyorlash bo`yicha ikki boshqaruv subyekti o`rtasida vujudga keladigan va bo`sinuvga asoslanmagan munosabatlar - yordamchi ma'muriy-huquqiy munosabatlar hisoblanadi. Bunday munosabatlar turli-tuman bo`lib, davlat boshqaruvini amalga oshirish uchun zarur bo`lgan shart-sharoitlarni yaratib beradi;

b) subordinatsiyaviy (bevosita bo`ysinuvga asoslangan) va koordinatsiyaviy (muvofiqlashtiruvchi) ma'muriy-huquqiy munosabatlar.

Boshqaruv subyekti yuridik irodasining avtoritarligiga asoslangan munosabatlar - subordinatsiyaviy, avtoritarlik mavjud bo`lmagan munosabatlar - koordinatsiyaviy hisoblanadi. Lekin shu narsani ham alohida ta'kidlab o`tish lozimki, davlat boshqaruvining yuqori turuvchi va quyi turuvchi subyektlari o`rtasidagi munosabatlarda muvofiqlashtirish - yuridik-hokimiyat xususiyatiga ega bo`lishi, ya'ni muvofiqlashtirish subordinatsiyaviy ham bo`lishi mumkin. Masalan, vazirlik tomonidan unga bo`ysinuvchi boshqarma faoliyatini muvofiqlashtirishi. Mazkur munosabat birinchi navbatda muvofiqlashtirish maqsadida vujudga kelgan, lekin ular o`rtasidagi tashkiliy jihatdan bevosita bo`ysinuv muvofiqlashtirishni subordinatsiyaga aylantiradi.

Ayrim hollarda muvofiqlashtirish yuridik-hokimiyat xususiyatiga ega bo`lmasligi, bo`ysinuv bilan bog`liq bo`lmasligi ham mumkin. Shu sababli ham ma'muriy-huquqiy munosabatlarning subordinatsiyaviy va koordinatsiyaviy turlarga bo`linishi shartli hisoblanadi;

c) vertikal va gorizontal ma'muriy-huquqiy munosabatlar.

Vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar - ma'muriy-huquqiy tartibga solishning mohiyatini ifoda etib, davlat boshqaruvi faoliyatiga xos bo`lgan boshqaruv subyekti va obyekti o`rtasidagi subordinatsiyaviy aloqalarni anglatadi. Vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar aynan hokimiyat munosabatlaridir. Mazkur munosabatlar bo`ysinuv mavjud bo`lgan tomonlar o`rtasida vujudga keladi hamda fuqarolik-huquqiy munosabatlardan farq qilgan holda, ularda tomonlarning tengligi mavjud emas. Vertikallik deganda - bir tomonda yuridik-hokimiyat vakolatlari mavjudligini, ikkinchi tomonda esa bunday vakolatlarning mavjud emasligini (masalan, fuqarolar) yoki vakolat doirasi torroq ekanligi (masalan, quyi turuvchi organ) tushunish lozim. Aynan vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlarda boshqaruv subyektining u yoki bu obyektga bevosita boshqaruv ta'siri amalga oshiriladi.

Davlat boshqaruvi sohasidagi ma'muriy-huquqiy munosabatlarning vertikalligini anglatuvchi quyidagi xususiyatlarni ko`rsatib o`tishimiz mumkin:



  • vertikal munosabatlarning asosiy (bosh) ko`rsatkichi hisoblangan - “tomonlar tengsizligi”ning mavjudligi; boshqaruv subyektida yuridik-hokimiyat vakolatlarining mavjudligi;

  • tomonlarning tengsizligi bir tomoning (boshqaruv obyekti) ikkinchi tomonga (boshqaruv subyekti) bo`ysinishi, ya'ni “hokimiyat - bo`ysinuv”ga asoslanishi;

  • ma'muriy-huquqiy munosabatlarda bo`ysinuv hamma vaqt ham aniq namoyon bo`lmaydi. Masalan, fuqaro yoki nodavlat tashkiloti boshqaruv subyektiga (ijro hikimiyatiga) tashkiliy jihatdan bo`ysinmagan yoxud ijro hokimiyati organlarining hammasi ham to`g`ridan-to`g`ri bo`ysinuvga ega emas. Lekin mazkur hollarda ham tomonlarning tengsizligi yaqqol namoyon bo`ladi;

  • davlat boshqaruvi sohasida bo`ysinuv to`g`risida gapirganda, birinchi navbatda tashkiliy jihatdan bo`ysinuvni nazarda tutish lozim;

  • vertikal xususiyatdagi aksariyat ma'muriy-huquqiy munosabatlar bo`ysinuv mavjud bo`lmagan tomonlar o`rtasida ham vujudga kelishi mumkin. Lekin bu holda ham, bir tomon o`z vakolati doirasida o`ziga bo`ysinmagan ikkinchi tomon uchun majburiy bo`lgan huquqiy aktni qabul qilishi mumkin;

  • davlat boshqaruvi sohasida kontrol-nazorat faoliyati keng doirada amalga oshirilib, uning subyektlari sifatida ijro hokimiyati organlari (mansabdor shaxslar)ning o`zi namoyon bo`ladi. Masalan, maxsus tashkil etiladigan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladigan ma'muriy nazorat yuridik-hokimiyat xususiyatiga ega bo`lib, tashkiliy jihatdan bo`ysinmagan boshqaruv obyektlariga nisbatan amalga oshiriladi;

  • ma'muriy-huquqiy normalarda ko`rsatib o`tilgan talablar doirasida boshqaruv subyektlari ularga bo`ysinmagan shaxslarga (fuqarolarga, nodavlat tuzilmalariga) o`zlarining yuridik-hokimiyat irodasini ifoda etishi mumkin va h.k.lar.

Demak, vertikal ma'muriy-huquqiy munosabatlar turli ko`rinishlarga ega bo`lib, to`g`ridan-to`g`ri boshqaruv ta'sirini amalga oshirish hamda bir tomon yuridik-hokimiyat irodasining ustunligi bilan ifodalanadi.


Download 16,62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish