L. Krol va Ye. Mixaylovalar liderning kasbiy kompetentligini quyidagilarga ajratib ko‘rsatishadi:
Shaxslararo kommunikativ kompetentlik: verbal va noverbal kommunikativ malakalarni rivojlantirish,odamlarning faoliyat motivlarini tushunish, shaxsiy ustanovkalarini yuqori darajada anglash.
Texnik kompetentlik: atrofdagi insonlar bilan birgalikda ishlab chiqilgan maqsadni transformasiya qila olish.
Moslashuvchanlik kompetentligi: o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra bilish hamda o‘zgaruvchan sharoitlarga moslashish.
Konseptual kompetentlik:amaliyotga asos bo‘luvchi bilimlarni egallash.
Integrativ kompetentlik:asoslangan qarorlarni qabul qilish,yuzaga kelgan muammolarni echish hamda mutaxassislik bahosini berish.
Do'stlaringiz bilan baham: |