3-mavzu. Korrupsiya va uning asosiy ko’rinishlari. Korrupsiyani bartaraf etishning asosiy yo’nalishlari. Reja: 1


toptirish  ‒  demokratik  huquqiy  davlat  qurishning  garovidir!”



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/61
Sana31.12.2021
Hajmi0,93 Mb.
#251825
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61
Bog'liq
4-Маъруза

toptirish  ‒  demokratik  huquqiy  davlat  qurishning  garovidir!” degan  hayotiy  g‘oyani 

mustahkamlash; 

jamiyatda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni  yuksaltirishda,  eng  avvalo,  ta’lim-

tarbiyaning  tizimli  va  uzviy  ravishda  olib  borilishiga  alohida  e’tibor  qaratish,  maktabgacha 

ta’lim  tizimidan  boshlab,  aholining  barcha  qatlamlariga  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni 

chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi muvozanatni 



saqlash g‘oyalarini keng targ‘ib qilish; 

yosh  avlod  ongiga  huquq  va  burch,  halollik  va  poklik  tushunchalarini  hamda  odob-

axloq  normalarini  chuqur  singdirib  borish, 

Konstitutsiyaning

 muhim  jihatlarini  ularga 

bolaligidan boshlab o‘rgatish; 

aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni shakllantirish bo‘yicha huquqiy-ma’rifiy tadbirlarni 

xalqimiz tarixi, dini, milliy qadriyatlarini o‘rgatish bilan uyg‘un holda tashkil qilish, shuningdek, 

har  bir  fuqaroda  davlat  ramzlari  bilan  faxrlanish  tuyg‘ularini  shakllantirish  orqali  mamlakatga 

daxldorlik, vatanparvarlik hissini kuchaytirish; 

davlat  xizmatchilarining  huquqiy  ongi  va  huquqiy  madaniyatini  yuksaltirib  borish, 

ularda  korrupsiya  va  boshqa  huquqbuzarliklarga  nisbatan  murosasizlik  munosabatini 

shakllantirish; 



davlat  hokimiyati  va  boshqaruvi  organlari,  shu  jumladan,  huquqni  muhofaza  qiluvchi 

organlar  hamda  fuqarolik  jamiyati  institutlarining  manzilli  huquqiy  targ‘ibotni  amalga  oshirish 

borasidagi o‘zaro hamkorligini mustahkamlash; 

jamiyatda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni  oshirishga  doir  tadbirlarni  tashkil 

etishda  ijtimoiy  sheriklik  prinsiplaridan  keng  va  unumli  foydalanishni  tizimli  asosda  yo‘lga 

qo‘yish; 

ommaviy  axborot  vositalarining  huquqiy  axborot  bilan  ta’minlashdagi  rolini  oshirish, 

huquqiy  targ‘ibotning  innovatsion  usullaridan  keng  foydalanish,  shu  jumladan,  veb-

texnologiyalarni qo‘llashni kengaytirish; 

yuridik  ta’limni  takomillashtirish,  shuningdek,  yuridik  kadrlarni  tayyorlash,  qayta 

tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; 

jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning ilmiy asoslarini chuqur 

tadqiq etish. 

2. “Yuksak  huquqiy  madaniyat  —  mamlakat  taraqqiyoti  kafolati” degan 

konseptual g‘oya asosida aholining barcha qatlamlari huquqiy savodxonlikka erishishlari, yuksak 

darajadagi  huquqiy  ongga  ega  bo‘lishlari  hamda  huquqiy  bilimlarini  kundalik  hayotda  qo‘llay 

olishlari  uchun  tizimli  va  keng  qamrovli  huquqiy  targ‘ibot  tadbirlarini  tashkil  qilish  davlat 

organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilansin. 

3.  Belgilab  qo‘yilsinki,  jamiyatda  huquqiy  ong  va  huquqiy  madaniyatni 

yuksaltirish “shaxs — oila — mahalla — ta’lim muassasasi — tashkilot — jamiyat” prinsipi 

bo‘yicha tizimli va uzviy tashkil etiladi. 

 1.  Korrupsiya  tushunchasining    ma’nosi  va  uning  tarixiy  ildizlari.  Qadim  yunon  faylasufi 

Aristotel ta’kidlaganidek: Hokimiyatga pul bilan erishgan odam undan daromad olishga intiladi. 

Korrupsiya  –  nihoyatda  ijtimoiy-siyosiy  vayronkor  kuch,  uning  oqibatida  milliy  iqtisodiyotga 

putur  yetadi,  ijtimoiy  tengsizlik  chuqurlashadi,  xalqning  davlat  boshqaruvi  hokimiyati 

organlariga  ishonchi  yo‘qoladi,  uyushgan  jinoyatchilik  kuchayadi,  jamiyatda  ma’naviyat  izdan 

chiqa boshlaydi. Korrupsiya oqibatida kelib chiqadigan noxush hodisalar ro‘yxatini yana davom 

ettirish mumkin. Korrupsiya buzg‘unchilik tabiatiga ega ekani uchun ham insoniy jamiyat qadim 

zamonlardan  boshlab  unga  qarshi  kurashib  keldi.Tarixiy  ma’lumotlarga  ko‘ra,  korrupsiyaga 

qarshi  kurash  ilk  bor  miloddan  avvalgi  XXIV  asrda  Mesopotamiyaning  Lagash  degan  shahar-

davlatida  boshlangan,  lekin  taassufki,  barcha  sa’y-harakatlar  zoe  ketgan.  Keyingi  zamonlarda 

ham korrupsiyaga qarshi qancha-qancha kurashlar yuz berdi, lekin ular besamar yakun topdi. 

Insoniyat tarixida korrupsiyani tugatish yo‘llari va huquqiy asoslari Hindistonda yaratildi. 

Bundan 2,5 ming yil avval yozilgan “Artxashastra yoxud Siyosat ilmi” kitobi davlatni boshqarish 

va xo‘jalik yuritish mavzuiga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘sha davrning  siyosiy va iqtisodiy qomusi 

sifatida dunyoga keldi. Bu asarga davlatni  tuzish,  boshqarish va uni  rivojlantirishning huquqiy 

asoslari,  deb  qarash  ham  mumkin.  Kitob  muallifi  sifatida  brahman  Kautile  nomi  (u  Chanakya 

ismi bilan ham mashhur) zikr etiladi. “Artxashastra”ning 26-bo‘limi korrupsiyaga bag‘ishlangan. 

Bo‘limda  korrupsiya  “o‘zlashtirish”  iborasi  orqali  izohlanadi:  “Shohning  shaxsiy  yoki  boshqa 

mulklariga  qo‘l  cho‘zish  o‘zlashtirishdir.  Bu  holatda  narxi  yuqori  bo‘lgan  buyumlarni 

o‘zlashtirganlik  uchun  o‘lim  jazosini  qo‘llash,  narxi  o‘rtacha  bo‘lgan  buyumlarni 

o‘zlashtirganlik uchun ularni undirib olish, narxi past bo‘lgan mulklarni o‘zlashtirganlik uchun 

ularni  qaytarib  olish  jazolarini  tayinlamoq  lozim”.  “Artxashastra”da  poraxo‘rlikning  qirqta  turi 

tasnif  etiladi.  Korrupsiyaning  oldini  olishga  javobgar  mansabdor  shaxs  vaqti-vaqti  bilan  xalq 

to‘planadigan joylar va bozorlarda quyidagicha murojaat qilib turishi lozimligi aytiladi: “Biron 

bir boshliqdan zarar ko‘rganlar bo‘lsa, shu haqda bizga xabar bersinlar”. 

Islom dinida ham  pora harom qilingan, bu borada hadislar ham  juda ko‘p. Ulardan biri 

Payg‘ambarimizning  mana  bu  qarg‘ishlaridir:  "Pora  beruvchiga  ham,  pora  oluvchiga  ham 

Allohning  la’nati  bo‘lsin!".  Yana  ul  zot  aytadilar:  "Pora  beruvchini  ham,  pora  oluvchini  ham, 

ikkovi orasida yurib porada vositalik qiluvchini ham Alloh la’natlasin!". 




Alisher  Navoiyning  zamondoshi,  podshoh  Husayn  Boyqaroning  voizi  Husayn  Voiz 

Koshifiy  o‘zining  “Axloqi  muhsiniy”  asarida  shohzodaga  nasihat  tariqasida  quyidagi  pandni 

bergan edi: 

“Ummollardan (ish yurituvchi amaldorlar) pora olishdan ehtiyot bo‘lsin. Bilsinki, to bir 

kishi boshqalardan pora olmasa, boshqaga pora bermaydi. Agar vazir pora olishga sabab bo‘lsa, 

pora  olishga  ruxsat  bergan  bo‘ladi.  Pora  berish  va  pora  olish  haromdir.  Va  pora  olgan  pora 

bergandan yomonroq bo‘ladi, chunki oluvchi beruvchi oldida zabun bo‘ladi”. 

XX  asrga  kelib  Shvesiya,  Singapur,  Yangi  Zelandiya,  Shveysariya  kabi  mamlakatlarda 

korrupsiyani  qattiq  jilovlashga  muvaffaq  bo‘lindiki,  mazkur  davlatlar  fuqarolari  va  davlati 

orttirgan tajriba barchani korrupsiyaga qarshi kurashga ruhlantirmoqda. 




Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish