3-mavzu. Komp’yuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Lokal, global va shahar kompyuter tarmoqlari (lan, man, wan). Aloqa operatorlari tarmoqlari. Korporativ tarmoqlar. Internet. Reja



Download 307,99 Kb.
bet3/10
Sana31.12.2021
Hajmi307,99 Kb.
#266842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu. Komp’yuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Lokal, glo

Aloqa operatorlari tarmoqlari

Uyali aloqada abonentlar sonini keskin ortishi, ma`lumotlarni yuqori tezlikda uzatuvchi yangi texnologiyalarni joriy etish va yangi xizmatlar (video)ni paydo bo`lishi trafik xajmining sezilarli darajada ortishiga olib kelmoqda. Natijada, mobil aloqa transport tarmoqlarida yuklanish jiddiy ravishda ko`tarilmoqda. Operatorlar ularni rivojlantirish bilan birga nafaqat trafikni kengaytirish, balki IP/Ethernet interfeysiga ega bo`lgan mobil aloqaning yangi avlod qurilmalarini paydo bo`lishini ham hisobga olishlari kerak. YUqori raqobat sharoitlarida yana bir muhim talab shuki- ma`lumot uzatish samaradorligini oshirish va trafikni har bir megabayt axborotini etkazish narxini pasaytirishdan iborat.

Mobil aloqada operatorning transport tarmog’i ikkita asosiy segmentdan iborat (3.1-rasm):

Boshqaruvchi (kontroller)larga ega bazaviy stansiyalar va (podvijnoy) aloqa kommutatsiya markazlari (Mobile Switching Center,MSC) (CDMA total solution)ni bog’lovchi taqsimlovchi tarmoqlar (backhaul) (CDMA total solution);

MSC markazlari orasida yuqori tezlikli transportni ta`minlovchi magistral tarmoqlari (backhaul).

3.1-rasm. Mobil aloqaning tarmoq strukturasi

An`anaga ko`ra taqsimlovchi tarmoq «yulduz» topologiyasi asosida qurilgan bo`lib, markazda- MSC turadi. Unga ajratilgan kanallar orqali radiokirishli sistemalar (kontrollerlar va bazaviy stansiyalar) ulangan. Agar bazaviy stansiyalar qiyin kirishli hududlarda joylashgan bo`lsa, ularni ulash uchun radioreleyli aloqa liniyalari yoki sun`iy yo`ldosh kanallari ishlatiladi. Uyali aloqa operatorlari bazaviy stansiyalar, kontrollerlar va MSC orasida har doim ham o`z kanallariga ega bo`lmaydilar. Odatda ularni ijaraga oladilar. SHuning uchun ijaraga olingan sig’imni maksimal darajada yuklashga harakat qiladilar, biroq bu holatda mumkin bo`lgan eng yuqori yuklanishni hisobga olish kerak. YUqori yuklanish davrida abonentlarga xizmat ko`rsatish sifati va ijara kanalining narxi orasidagi moslikni qidirish muammosi yuzaga keladi. Bu muammoni kanallar kommutatsiyasiga ega bo`lgan ana`naviy texnoloiyadan foydalanib, hal etib bo`lmaydi. Mobil aloqada bitta texnologiya kanal resurslaridan samarali foydalanish imkonini beradi, boshqasi esa yo`q. Masalan odatdagi GSM trafigini uzatishda qo`shimcha proseduralarni qo`llash foyda berishi mumkin, lekin E1 Frame Relay interfeysida CDMA sistemasidagi trafik bazaviy stansiya kontrolleri va MSC markazlari orasida etarlicha zich «joylangan».

YAngi transport tarmoqlarini qurishda (yoki mavjudlarini modernizasiyalashda) operatorlar mavjud qurilma va dasturiy ta`minot, boshqaruv tizimi va undan foydalanishga sarflangan sarmoyani saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Bundan tashqari, texnik inshoatlarni yuqori narxli maydonlari talabiga ko`ra yangi qurilmalar imkoniyati darajasida kichik joy egallashi va oz energiya sarfiga ega bo`lishi bilan ajralib turishi kerak. Qurilayotgan transport tarmoqlari universal bo`lishi , ya`ni hozirgi kunda keyingi avlod tarmoqlari kabi TDM rejimida trafik uzatishga mo`ljallangan 2G va 2.5G sistemalari sifatida samarali ravishda qo`llanilish imkoniyatiga ega bo`lishi kerak. Agar UMTS Release 99 sistemalari ATM texnologiyasi asosida transport qilishga mo`ljallangan bo`lsa, qayta ishlangan UMTS Revesion 5/6 va CDMA lar esa MPLS tkxnologiya va ethernet tarmoqlaridan foydalangan holda IP qarorlarida ishlatiladi.

Agar kontroller va MSC markazlari tugunlarga yaqin bo`lsa, OTAL (Optik tolali aloqa liniya)lari mavjud bo`lib, bu E1 oqimni SDH (Synhron Digitalherarhy)tarmog’i bo`yicha uzatish uchun multiplekserlash imkonini beradi. Bunday tarmoqlarni ustunligi birinchi o`rinda qulayligi, rivojlangan qurilmalardan foydalanish va himoyaning halqali sxemasini ta`minlaydi. Mobil aloqa tarmoq qurilmalarini har xil turdagi yuklanishlar: mobil aloqa trafigi, qayd qilish aloqa tarmoqlari, video ma`lumotlar, TV kanallar va boshqalarni uzatish mumkin bo`lgan oldindan mavjud bo`lgan SDH tarmoqlariga ulansagina yuqori tejamkorlikka erishiladi. Ethernet interfeysiga ega radioqurilmani o`rnatishda ham uni SDH tarmog’iga ulanishi mumkin. Buning uchun maxsus ethernet over SDH protokoli ishlatilib, SDH ning o`zida Metropolis qurilmasi bo`lib, bu Lucent Technologies kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan. SDH tarmog’i orqali ethernet trafigini uzatish samaradorligini oshirish uchun bir qancha texnologiyalar ishlab chiqilgan va standartlashtirilgan: freymingni universal sxemasi (General Framing Procedure, G.7041) virtual «bog’lanish» mexanizmi aloqa liniyalari sig’imini qurish algoritmi. SDH orqali trafikni multiplekserlashga ega bo`lgan taqsimlovchi tarmoqlardan foydalanishdagi tejamkorlik, bazaviy stansiya guruhlari ulanishi kerak bo`lgan E1 oqimlari soni hisobida ortib boradi. YAna ham ko`pxizmatli kirish qurilmalariga SDH infrastrukturasi (3.2-rasm)dan foydalaniladigan gibridli transport tarmoqlarini qurish mumkin.

3.2-rasm. SDH xalqali va mul’tiservis qurilmali tarmoq





  1. Download 307,99 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish