3-mavzu. Komp’yuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Lokal, global va shahar kompyuter tarmoqlari (lan, man, wan). Aloqa operatorlari tarmoqlari. Korporativ tarmoqlar. Internet. Reja



Download 307,99 Kb.
bet6/10
Sana31.12.2021
Hajmi307,99 Kb.
#266842
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
3-mavzu. Komp’yuter tarmoqlarining klassifikatsiyasi. Lokal, glo

Internetning nazariy asoslari

Dastlabki ma`lumotlarni komp’yuter orqali uzatish va qabul qilish XX asrning 50-yillarda boshlanib, tajriba sifatida laboratoriyalarda olib borilar edi. 60-yillarning oxiriga kelib AQSHning «Istiqbolni belgilovchi agentligi» ning (DARPA – Defense Advanced Research Project Agency) mablag’i hisobidan birinchi milliy tarmoq yaratildi. Bu tarmoq agentlikning nomi bilan yuritila boshlandi va u ARPANET deb nomlandi. Bu tarmoqda bir nechta ilmiy tekshirish institutlari, markazlari va ta`lim tizimlari o`zaro aloqada edilar. Bu tarmoqning asosiy vazifasi yagona ilmiy-texnik loyiha ustida ish olib borayotgan bir guruh jamoa ishini koordinatsiya qilish bo`lib, bu ishlar ilmiy va ilmiy-konstruktorlik hujjatlarini elektron aloqa vositasi yordamida fayllar bilan o`zaro almashish orqali amalga

oshirilar edi.

ARPANET tarmog’i 1969 yilda ishga tushirildi. Bu tarmoqning ko`p bo`lmagan tugunlari o`zaro ajratilgan aloqalar (Videlennie linii) bilan bog’langan edi. Ma`lumotlarni uzatish va qabul qilish tugundagi komp’yuterlarning dasturiy vositalari orqali amalga oshirib borilar edi. Tarmoq 80-yillarga kelib asta-sekin rivojlanib borib, mintaqaviy tarmoq darajasiga etkazildi.

Internetning haqiqiy tavallud topgan vaqtini 1983 yil deb qabul qilingan. SHu yili komp’yuter aloqasining dasturiy ta`minotida revolyutsion o`zgarishlar ro`y berdi. Internetning paydo bo`lish vaqti uning asosini tashkil etuvchi TCP/IP «protokol» larining standart sifatida qabul qilingan vaqti bilan belgilangan.

Bu erda TCP/IP - bu ikki pog’onada turuvchi alohida tarmoqli protokollardir (Buni odatda protokollar steki deb yuritiladi). TCP protokol transport pog’onasining protokolidir. Bu protokol ma`lumotlarni qanday uzatish kerakligini boshqaradi. IP protokoli adres bilan ta`minlovchi protokoldir. Bu protokol tarmoq pog’onasiga tegishli bo`lib, u ma`lumotlarni qaerga uzatishni aniqlaydi.


3.4-rasm. Internet tarmog’ining sxemasi.
TCP protokoli. TCP protokoli yordamida uzatilayotgan ma`lumotlar katta bo`lmagan paketlarga «kesiladi» va ularning har biri maxsus markerlar bilan belgilanadi. Ushbu markerlar orqali uzatilgan hujjat adresatning komp’yuterida to`g’ri yig’iladi.

IP protokoli. (Internet Protocol). Bu protokolning mazmuni shundan iboratki har bir internetga ulangan kishining unikal (yagona) adresi bo`lishi lozim (IP adres). Bu adressiz TCP protokolning paketlarini kerakli adresga etkazish masalasini echish mumkin emas. Bu adres oddiy ko`rinishda bo`lib, u 4 baytdan tashkil topgan bo`ladi. Masalan, 186.34.64.11. Ushbu adres shunday tashkil qilinganki, har bir komp’yuter orqali o`tayotgan TCP paket bu to`rt son orqali eng «yaqin» qo`shnilarining qaysi biriga paketni uzatish kerakligini aniqlaydi. Natijada bir nechta uzatishlardan so`ng TCP paket adresatga etkaziladi. Bu erda «yaqin» so`zi geografik ma`noda ishlatilmay balki, aloqa sharti va aloqaning o`tkazish (ta`minlash) (propusknaya sposobnost’) qobiliyati bilan aniqlanadi. O`zaro kosmik aloqa bilan bog’langan va mintaqaning har xil joyida joylashgan ikki komp’yuterlar qo`shni shaharchada joylashgan telefon aloqasi orqali bog’langan komp’yuterlardan «yaqin» hisoblanadi. «Uzoq» yoki «yaqin» ekanligini aniqlash «marshuritizator» deb nomlanuvchi maxsus vositalar orqali amalga oshiriladi. «Marshuritizator» vazifasini maxsus komp’yuter yoki tarmoqning serveridagi maxsus dasturiy vosita bajarishi mumkin.

Bir bayt 256 ta har xil qiymatni qabul qilish imkoniyatiga ega. Bundan kelib chiqan holda to`rt bayt orqali to`rt milliarddan ziyod IP-adreslarni ifoda etish mumkin (2564). Amalda bo`lsa adreslashning xususiyatilardan kelib chiqqan holda ikki milliardga yaqin adreslar ishlatiladi.



Download 307,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish