3-savol. Mikroorganizmlarning nafas olishi.
Mikroorganizmlarning nafas olishi. Mikrob hujayrasida bo’ladigan modda almashish jarayonlari ma’lum energiya talab qiladi. Boikimyoviy jarayonlar davrida mikrob hujayralari uchun zarur bo’lgan energiya ajralib chiqadi va ularning nafas olishi deyiladi. Mikroorganizmlar molekulyar kislorodga bo’lgan munosabatlariga qarab farqlanadi: 1) aerob mikroblar- ular atmosferadagi kislorodni o’zlashtirib organik va anorganik moddalarni biologik oksidlab, ma’lum miqdorda energiya ajratadi; 2) anaerob mikroblar- kislorodsiz, azotsiz organik birikmalarni parchalash yo’li bilan bajariladi. Bunda shakarlarni parchalovchi fermentlar uglevodorodlarga ta’sir etib, kislorod va energiya hosil qiladi. Fakultativ anaerob – nafas olish aralash turda boradi. Mikroaerofillar (qoramol brusellyozi, leptospiroz qo’zg’atuv chisi) – ko’payishining birinchi bosqichida molekulyar kislorodni (1% cha) kam miqdorda talab qiladi. Obligat aerob mikroblar (kuydirgi, tuberkulyoz tayoqchalar)faqat molekulyar kislorod yetarli bo’lganda,obligat anaeroblar faqat anaerob sharoitda rivojlanadi. Mikroorganizmlarning nafas olish jarayonlari fermentlar ishtirokida elektronlarni manfiy potensialli sistemadan musbat potensialli sistemaga o’tkazish yo’li bilan ketma – ket ulangan oksidlanish – qaytarilish reaksiyalari bo’lib hisoblanadi. Ba’zi hollarda mikroblar nafas olish davrida hosil bo’lgan barcha issiqlik energiyani o’zlashtira olmaydilar. Energiya tashqi muhitga ajralib chiqadi – ekzotermik reaksiya sodir bo’ladi. Ekzotermik reaksiya davrida harorat 60- 70° C ga ko’tarilib, muhit biologik dezinfeksiyanadi.
Mikroorganizmlarning toksinlari. Ko’pgina patogen mikroblar – toksin –zaharli moddalar ishlab chiqaradi. Toksinlar mikroblar tashqi muhitga ishlab chiqaradigan ekzotoksinlarga va mikrob hujayrasi tanasi bilan bog’langan endotoksinlarga bo’linadi. Ekzotoksinlarni toksin hosil qiluvchi mikroblarning bulonli kulturalarini filtrlab ajratish mumkin Botulizm, qoqshol, difteriya qo’zg’atuvchilarning toksigenlik xususiyatlari kuchli rivojlangan. Endotoksinlar mikrob hujayrasini parchalagandan keyingina (fizikaviy, kimyoviy, biologik usullarda) ajraladi.
Mikrob ekzotoksinlari oqsil tabiatli bo’lib, aktiv antigen hisoblanadi va ularga organizm antitelo paydo qiladi. Antitoksik zardoblar toksinga qarshi ta’sir qiladi, mikrob hujayrasiga emas.
Ba’zi bir bakteriya va zamburug’lar bo’yoq moddalar – pigmentlar hosil qiladi. Bunda mikroblarning zich oziq muhitda hosil qilgan koloniyalari har xil rangda bo’ladi – qizil, ko’k, oq, tilla rang, yashil,qora va h.k.
Tabiatda nurlanuvchi mikroblar ham mavjud. Ular fotobakteriyalar deyilib yog’och, baliq tangachalari, go’sht, dengiz suvi va h.k ning nurlanishini hosil qiladi. Ba’zi bir bakteriyalar, xushbo’y moddalar hosil qiladi – vino, sut mahsulotlari, pichan va h.k. ni xushbo’y hidli qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |