3-Mavzu: Jismoniy tarbiya darslarining vazifalari. Reja:
Jismoniy tarbiya maqsadi va vazifalari.
Jismoniy rivojlanish.
Jismoniy tarbiya darsiga qo’yiladigan talablar.
Jismoniy tarbiya
Jismoniy madaniyat
Jismoniy tarbiya nazariyasi bilimning aloxida soxasi. Bu soxa o’z peretmeti va tushunchasiga ega. Jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalariga quydagilar kiradi:
1. Jismoniy taraqqiyot, jismoniy tarbiya, jismoniy tarbiya sistemasi,jismoniy kamolot va jismoniy madaniyat, anashu tushunchalarning mazmuni va xajmini aniqlab olmasdan turibn jismoniy tarbiya nazariyasi va taraqqiyotining ko’pdan ko’p ayrim xodisalar hamda masalalarini to’g’ri tushunib olish mumkin yemas jismoniy tarbiya nazariyasini o’rganadigan fani muofaqiyatli egallab bo’lmaydi xuddi manashuning uchun ham jismoniy tarbiya nazariyasini kursini bayon etish uning asosiy tushunchalarini aniqlab berishdan boshlanadi, biz foydalanadigan tushunchalar muayyan tarixiy davirdan boshlanadi. Biz foydalanadigan tushunchalar muayyan tarixiy davirda paydo bo’lgan. Bu tushunchalarning hajmi va mazmuni o’rganib kelgan o’zgaraveradi ham jismoniy tarbiya to’g’risida bizning bilimlarimiz borgan sari amaliyot rivojlangan sari ular chuqurlashib aniq bo’lib boradi. Nima uchun yuqorida sanab o’tgan tushunchalar asosiy tushuncha deb hisoblanadi? Tegishli amalyotning tug’ri aks yetiradigan barcha tushinchalar o’zining ahamiyatidan birdek muhimdir. Bo’lar tug’risida darsning tegishli o’zining ahamiyatidan birdek muhimdir bo’lar tug’risida darsning tegishli boblarida gap ketadi. Bu yerda bo’lsa jismoniy tarbiyaning asaosiy ang muhim belgilari, umumlashtirib kursatilgan tushinchalargina olingan xolos. Agar asosiy tushunchalar tug’ri aniqlangan, tug’ri tushuntirilgan bo’lsa u holda jismoniy tarbiyani fan nazaryasiga taluqli bo’lgan hamma tushinchalarini bayon etishning bunday izchilligini keyingi boblarda jismoniy tarbiya nazariyasining o’z mantig’i belgilab beradi.
2. Jismoniy tarbiya sestemasining umumiy maqsadi kishining har taraflama uyg’un barkamolligini ta`minlashdan boshlanadi. Jismoniy tarbiya sestemasi umumiy maqsadining muhim tamonlaridan biri bevosita jismoniy tarbiyaga taluqlidirki u insonga jismoniy jihatdan barkamol bo’lishiga yordam berishiga da`vat etadi.
Shaxsni har taraflama kamol toptirish g’oyasi ko’pdan ko’p asirlar moboynida jamiyatning ilg’or fikrlash, aqilli kishilarni to’lqinlantirib kelgan. Qadimiy yunon faylasuflari Arastu uyg’onish davrining insonparvarlari. Gabsh va Mantel XVII asrda yashagan atoqli chex pedagogi Yan Aips Kameniskiy va boshqa ko’plab kishilar insonning manaviy va jismoniy qobilyatlarini uyg’un rivojlantirish g’oyasini o’z asarlarida ilgari surdilar va yotlab chiqdilar.
Bu g’oya ilmiy asaoschilarning asarlarida birinchi marta mazmun kasb yetib ular inson rivojining va ko’p ko’rishning ijtimoiy tarixiy negizi sifatida mehnatning o’z mazmunidan tarbiya, jumladan jismoniy tarbiya zaruriyati kelib chiqishini ko’rsatib beradi. Bunday jamiyatda mehnatkashlar jismoniy va aqliy qobiliyatini har taraflama rivojlantirish uchun zarur bo’ladigan vositalarga va sharoitlarga ega bo’lmaydilar ularga jismoniy va aqliy tanazzul xafi tug’iladi. Marks tarbiya deganda o’z ichiga qo’ydagilarni oladigan sestemani tushunchasi: Birinchidan, aqliy tarbiya ikkinchidan gimnastika maktablarida va harbiy mashqlar bilan beriladigan jismoniy tarbiya. Uchinchidan texnika ta`lim. Bu tarifning ahamyati bizning kunimizda ham g’oyat kattadir. Marks bu tarifga jismoniy tarbiyani tarbiyaning boshqa turlari bilan bir qatorga qo’ydi va uni pedagogik sestemaning o’zviy qismi sifatida belgilaydi.
3.Jismoniy rivojlanish-jismoniy rivojlanish turmush sharoitining xususan tarbiyaning tasirida kishi orgnizimi bialogik formulalari va funksiyalarini vujudga kelishi, o’zgarish jarayonidir. Jismoniy rivojlanish tarbiyaning obektiv qonunlariga: organizm va uning yashash sharoitlari birinchi qonunga funksya va struktura o’zgarishlarining bir birini taqozo etish qonuniga, organizmda asta sekin miqdor va sifat o’zgarishlari qonuniga va boshqa obektiv tabiat qonunlari o’zining nomoyon bo’lishida hamisha ijtimoiy sharoitga bog’liqdir. Ularning namoyon bo’lishidagi hamisha ijtimoiy sharoitga bog’liqdir. Ularning nomoyon bo’lishida harakat doirasi va formulasi kishilar moddiy xayotining aniq tarixiy shart sharoitlari, ijtimoiy taraqqiyotning obektiv qonunlari bilan belgilanadi.
Marks bunday deb yozgan edi: “tabiat qonunlarini umuman yuq qilib bo’lmaydi. Tarixiy sharoitlarga qarab formulasini o’zgartirish mumkin. Bu formulada ana shu qonunlar nomoyon bo’ladi. Masalan kapitalistik mamlakatlardagi mehnatkshlarning jismoniy jihatdan tanazulga uchrashi kapitalizm iqtisodiy qonunlari ta`sirining bevosita oqibatidir” degan edi. K. Marks ishchining sog’ligi va hayotiga jamiyati boshqacha qarashga majbur yetmagan.
4. Jismoniy tarbiya-muayyan maqsadni ko’zlab inson jismoniy tarbiyaning o’zgarishi jismoniy tarbiyaning ijtimoiy jihatdan asaoslangan funksiyasidir.
Jimoniy tarbiya – pedagogik tarbiya bo’lib, inson organizmni marfiologik va funksiyanal jahatdan takomillashtirishga, uning hayoti uchun muhim b`olagan asosiy harakat malakasini, mahoratini ular bilan bog’liq bo’lgan bilimlarini shaklantirish ham yaxshilashga qaratilgan. Jismoniy tarbiyaning boshqa vositalari (axloqiy, estetik, aqliy, mehnat) bilan obektiv ravishda bog’liqdi. Tarbiyaning boshqa barcha turlaridagi singari jismoniy tarbiya jarayonida ham bir qancha mushtarak pedagogik vazifalar hal yetaladi.
Jismoniy tarbiyada jimoniy kamolot bilan pedagogik faoliyat o’zaro aloqada bo’ladi.
Yuqorida aytib o’tilganidek jismoniy kamolot obektiv tarbiyaviy qonunlarga muofiq bo’ladi. Muayyan jismoniy maqsadlarga erishish uchun anashu kamolotni yaxshilashgan qaratilagan pedagogic faoliyat ham bunga ta`sir ko’rsatadi.
Jismoniy tarbiya – abadiy kaigoriyadir. Shu ma`noda abadiy katigoriyani u insoniyat jamiyati paydo bo’lagandan beri mavjud bo’lib, bundan keyin ham ishtimoiy ishlab chiqarishning va inson hayotining zaruriy shartlaridan biri sifatida davom yetaveradi. Jismoniy tarbiyaning ishtimoiy hodisa o’zga xos xususiyati shundan iboratki u asosan jamiyatga inson ijtimoiy qobilayatlarining rivojlantiruvchi vosita sifatida xizmat qiladi:ayni paytda uning ma`naviy kamolotiga ham kuchli ta`sir ko’arsatadi.
5. Jismoniy madaniyat – bu umumiy madaniyatning bir qismi, halq jismoniy barkamolligi maxsusu vositalarni yaratish hamda foydalanish ishida jamiyat yerishgan muvoffaqiyatlarning yig’indisidir. Sixat salomatlik darajasi, jismoniy qoblyatning har taraflama rivojlanishi, spotr cmahorati va kishilarning kundalik hayotiga jismoniy tarbiya vositalarning singip ketishi anashu yerishilagan muoffaqiyatlarning jiddiy ko’rsatkichidir. Fizqo’ltura sohasida yerishilgan muoffaqiyatrlarga jismoniy tarbiaya vazifalarini hal etish bilan bevosita bog’liq bo’lagn jamiyat hayotida paydo bo’lib rirojlanadigan narsalarning hammasini ham kiritish kerak
Jismoniy tarbiya nazariyasi asosiy tushunchalari orasida jismoniy madaniyat eng keng qamrovli tushunchadir.
Jismoniy tarbiya nazariyasining yuqorida bayon yetilgan asosiy tushunchalari o’zaro chambarchas bog’langandir. Chunki ushbu tushunchalarda aks yetirilayotgan hodisalar o’rtasida obektiv ichki aloqa bor. Binobarin bu tushunchalarni bir biriga qarama-qarshi metofizikchasiga bir birdan ajratib tashlash ,mumkin yemas. Ayni paytda ularni aniq farqlash kerak, chunki ularni har bir har xil hodisa larni aks yetiradi.
Jismoniy tarbiya darsining ham o’ziga xos vazifalari mavjud . jismoniy tarbiya- bu pedagogic jarayon bo’lib, inson organizmini marfalogik va funksional jihatdan takomillashtirishga, uning xayoti uchun muhim boo’lgan asaosiy harakat malakasini, mahoratini, ular bilan bog’liq bo’lgan bilmlarini shakllantirish hamda yaxshilashga qaratilgan.
Jismoniy tarbiya darsiga qo’yiladigan talablar jismoniy tarbiya darsini samarali olib borishi bilan ham bevosita bog’liq bo’ladi. Har bir jismoniy harakat tug’ri va aniq bajarilishi kerak aks holda bu yamon oqibatlarga olib kelishi mumkin. Jismoniy harakat bajarishdan oldin jismoniy tarbiyaninazariy jihatdan yaxshi o’rganish va keying jismoniy harakat amaliy bajarilsagina samarador bo’ladi.