Ish jadvalini yaratish.
Ish jadvallarini yaratish uchun quyidagi bosqichlarni bajarish kerak:
Office tugmasini bosish;
“New” buyrug`ini berish;
“Blanc Workbook” buyrug`I ustiga 2 marta sichqonchani bosish yangi ish jadvali yaratildi.
Ish jadvali yaratilgandan so`ng, faol katakka ma`lumotlar kiritishingiz mumkin. Jadvaldan o`z ehtiyojingizga qarab foydalanishingiz mumkin2.
Microsoft Excel elektron jadvalida ayrim ma`lumotlarni avtomatik tarzda kiritish imkoniyati mavjud. Bu esa foydalanuvchi vaqtini bir muncha tejashga imkon yaratadi. Buning uchun ketma-ket bir nechta kataklarga (ustun yoki satr ko`rinishida) arifmetik progressiya ketma-ketligini hosil qiluvchi sonlar (maslan 1, 2, 3), sana (13.03.04, 14.03.04, 15.03.04), oy (yanv, fev, mar), ixtiyoriy (bank-1, bank-2, bank-3) boshlang`ich ma`lumot sifatida kiritiladi va bu kataklar belgilab olinadi. Belgilangan sohaning quyi o`ng burchagida avtomatik to`ldirish (nusxa olish) markeri mavjud bo`lib, ko`rsatkich yordamida ushbu marker tanlanadi. Bunda ko`rsatkich ko`rinishi holatidan + holatiga almashadi. Sichqonchaning chap tugmasi bosilib, qo`yib yubormagan holda ketma-ketlik satr ko`rinishida kiritilgan bo`lsa o`ng tomonga, ketma-ketlik ustun ko`rinishida kiritilgan bo`lsa, pastga qarab kerakli ustun yoki satrgacha tortiladi. Natijada keyingi ustun yoki kataklarga ma`lumotlar avtomatik tarzda kiritiladi.
Foydalanuvchi o`zining doimiy ishini osonlashtirish maqsadida shaxsiy avtoto`ldirish ro`yhatini tuzishi ham mumkin. Buning uchun:
Ketma-ket keluvchi kataklarga (ustun yoki satrlar bo`ylab) hosil qilinishi kerak bo`lgan ro`yhat kiritiladi;
2. Kiritilgan ro`yhat belgilanadi;
3. Ish oynasining yuqori chap burchagida joylashgan Microsoft Office tugmasi bosilib, hosil bo`lgan menyuning quyi qismida joylashgan Parametrii Excel tugmachasi bosiladi;
4. Hosil bo`lgan Parametrы Excel oynasidan Основные bo`limi tanlanib, oynaning o`ng qismida joylashgan Izmenit spisok... tugmasi bosiladi;
5. Hosil bo`lgan Spisok oynasining quyi qismida joylashgan Import spiska iz yacheyek: darchasida hosil qilingan ro`yhat kiritilgan kataklar diapozoni ko`rsatilganligiga e`tibor berib, Import... tugmasi bosiladi. Bunda ish varog`ida belgilangan ro`yhat oynaning Spiski bo`limida namoyon bo`ladi;
6. Spiski oynasida OK tugmasi bosiladi;
7. Parametri Excel oynasida OK tugmasi bosiladi.
Foydalanuvchi tomonidan hosil qilingan ro`yxatdagi ixtiyoriy jumla ish varog`idagi kataklarning biriga kiritilib, katakning nusxa olish markeri pastga yoki o`ngga tortilishi bilan qolgan kataklarda ro`yxatning boshqa yozuvlari paydo bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |