3-mavzu. Jadval rеdaktоrlardan iqtisоdiy masalalarni yеchish jarayonida fоydalanish
Elektron jadvallar.
Oddiy elektron jadval yaratish va undan foydalanish.
Ma`lumotlarni diagramma ko`rinishida taqdim etish.
MS Excel elektron jadvalida kataklarga formulalar kiritish.
Matn kiritish va tahrir qilish.
Tayanch iboralar: Excel Workbook, Bar grafigi, Diagramma turlari, Office, Chart Wizard.
Elektron jadvallar dunyoda keng tarqalgan amaliy dasturiy ta`minot hisoblanadi. Ular har yerda kichik biznesdan tortib to katta manafakturali ishlab chiqarishgacha bo`lgan joylarda ishlatiladi. Ular xo`jalik hisobotini yuritishda, inventerizatsiya, yo`lov varaqalarini boshqarishda, sotuv va bozorni tahlilqilishda ishlatiladi.bu dasturlar hujjatlarni yozish kabi maishiy ma`lumotlarni boshqarish uchun ham ishlatiladi. Elektron jadvallarda ishlashni o`rganish programmalash tilini o`rganishdan ancha ososn. Foydalanuvchi o`rtacha programmalash ko`nikmasi bilan ham ular bilan ishlay oladi. Microsoft Excel eng ommabop electron jadvallar to`plamidir1.
Microsoft Excel elektron jadvalida foydalanuvchi yangi hujjatni o`zi mustaqil ravishda hosil qilishi yoki vaqtni tejash maqsadida tayyor hujjat shablonidan foydalanishi mumkin.
Tayyor hujjat shablonidan foydalanish uchun Fayl - Sozdat buyruqlar ketma-ketligi bajariladi. Hosil bo`lgan muloqot oynadan Na moyem kompyutere… qatori faollashtiriladi va kerakli hujjat shabloni tanlanib, OK tugmasi bosiladi.
Yangi bo`sh ish kitobini hosil qilgandan so`ng Microsoft Excel ish oynasida ustun va satrlardan iborat jadval ko`rinishidagi bo`sh ish varog`i hosil bo`ladi. Ish oynasining yuqori qismida ish oyna sarlavha qismi joylashgan bo`lib, unda hosil qilinayotgan hujjat va ish oyna nomi joylashgan.
Microsoft Excel ishga tushirilganda hujjatga Kniga1 nomi beriladi. Ish kitobi bir nechta ish varog`idan tashkil topgan bo`lib, boshlang`ich holatda uchta (List1, List2, List3) ish varog`i tavsiya etiladi. Foydalanuvchi ixtiyori bilan ish varoqlari soni oshirilishi va nomlanishi mumkin.
Sarlavha qatorining pastki qismida Microsoft Excel menyu qatori joylashgan bo`lib, bu qator bir nechta bo`limdan iborat (Fayl, Pravka, …). Menyu qatori faollashtirilishi uchun ixtiyoriy bo`lim ko`rsatkich yordamida tanlanadi va sichqoncha chap tugmasi bir marta bosiladi yoki klaviaturadagi F10 tugmasi bosiladi.
Menyu qatorining pastki qismida asboblar paneli joylashgan bo`lib, bir qancha tugmachalardan tashkil topgan. Bu tugmachalarning har biriga ma`lum funksional vazifalar biriktirilgan bo`lib, foydalanuvchi ish jarayonida bu tugmachalardan samarali foydalanishi mumkin.
Elektron jadvaldagi har bir satr va ustunlar o`z nomlanishiga ega. Har bir katak esa o`z adresiga ega (masalan, С3: bunda С - ustun va 3 - satr kesishishidan hosil bo`lgan katak qaraladi, A6, …). Microsoft Excel elektron jadvalidagi kataklarning nomlanishi turli xil murakkab hisob-kitob ishlarini avtomatlashtirishga imkon yaratadi. Ixtiyoriy katakda boshqa bir katak adresiga turli xil murojatlarni amalga oshirish natijasida ikkinchi katak qiymati birinchi katak qiymatiga bog`liq ravishda o`zgaradi. Katak adresiga turli xil murojatlarni amalga oshirish keyingi bo`limlarda batafsil ko`rib chiqilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |