rasm. Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
O ‘ zbekistonda iqtisodiy islohotlaming dastlabki pallasidayoqmulk- chilikning hamma shakllari teng huquqli ekanligi konstitutsion tarzda e ’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo ‘yildi. Awalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me'yorlar va amal qilish mexanizmlari yaratildi. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashti- rishga yondashuvning muhim xususiyati - uni maxsus dasturlar aso- sida bosqichma-bosqich amalga oshirishdan iborat. 1992-1993-yillar xususiylashtirishning birinchi bosqichini o‘z ichiga olib, bu bosqich- da xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko‘rsatish kvorxonalarini hamda qishloq xo‘jalik mah- sulotlarini qayta ishlash tizimini qamrab oldi (3.4-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |