Joriy ta`lilni korxonani barcha xodimlari tomonidan, shuningdek tsexlar va boshqa
bulinmalar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Natijada korxonani yillik faoliyatiga yakun
yasaladi, kamchiliklar aniqlanadi va korxona faoliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar ishlab
chiqiladi. Bu tahlil korxona xo’jalik faoliyatini tula tahlili bo’lib xisoblanadi, chunki u o’zida
tezkor tahlil natijalarini mujassamlashtiradi va istikbolli tahlil uchun baza xisoblanadi.
Tezkor tahlil.
Bu tahlil iqtisodiy tahlilni turlaridan biri bo’lib, xo’jalik tizimini tezkor
boshqarish uchun lozim buladigan mosalalarni xal qilishga karatilgandir. U korxonaning xo’jalik
faoliyatini boshqarishda shu kundagi ishlab chiqarish jarayonini tezkor tarzda boshqarishda
qo’llaniladi. Bu qisqa muddatli tahlil bo’lib, ishlab chiqarish jarayonida ro’y bergan chetga
chiqishlarni tezkorlik bilan aniqlab, uni bartaraf qilish chora - tadbirlarini ko’radi.
Tezkor tahlilning
asosiy vazifasi
to’shiriqlarni muntazam nazorat qilish, mahsulotni ishlab
chiqarish va uni sotish jarayonini kunda aniqlash, shu kundagi ishlab chiqarish rezervlarini o’z
vaqtida aniqlash va ularning ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga jalb qilish hisoblanadi.
Tezkor tahlil boshqaruv tizimida boshqaruv xodimlarining taxminan 50 foiz ish vaqtini egallaydi.
Amalda esa uning umumiy bajariladigan tahliliy ishlarda to’tgan salmogi 10 foizni tashkil etadi.
Tezkor tahlil joriy tahlildan farqli o’laroq u asosan boshlangich mahlumotlarga asoslanadi.
Tezkor tahlil o’z ichiga quyidagilarni oladi:
- korxonaning asosiy miqdor va sifat ko’rsatkichlari bo’yicha hamda uning bo’linmalari
smenada, sutkada, besh kunlikda va dekadalardan chetga chiqishini aniqlash;
- mehyordan chiqishga tahsir qiluvchi omillarni aniqlash;
- kamchiliklarga yo’l qo’ygan javobgar shaxslarni aniqlash;
- salbiy omillarni bartaraf qilish uchun tadbirlar ishlab chiqish;
- ko’rsatilgan vaqtda erishilgan natijalarni yakunlash va «Tor» joy va ilg’or bo’g’inlarni
aniqlash.
Tezkor tahlil odatda quyidagi ko’rsatkichlar bo’yicha olib boriladi: mahsulotni ishlab
chiqarish, jo’natish va sotish, ishchi kuchidan foydalanish, asbob-uskuna va moddiy resurslardan
foydalanish, tannarx, foyda va rentabellik, to’lov qobiliyati. Demak, joriy tahlilda o’rganiladigan
ko’rsatkichlar soni tezkor tahlilda o’rganiladigan ko’rsatkichlardan ancha ko’’dir. Tezkor
tahlilning natijasi joriy tahlilga nisbatan unchalik aniq bo’lmaydi. Chunki oyning xohlagan
kunida ishlab chiqarilgan mahsulotning haqiqiy tannarxini va mahsulot tannarxining ‘asayishi
natijasida olingan foyda miqdorini aniq hisoblab chiqish mumkin emas, chunki oldindan
mahsulotning qancha qismi shu oyda sotiladi, qancha qismi esa kelgusi oyda sotilishini aniq
hisoblab bo’lmaydi. Lyokin tezkor tahlilning bu kamchiligi uning ahamiyatini kamaytirmaydi,
zero, tezkor tahlil orqali olingan natijalarning mutlaq aniqligidan ko’ra uni o’z vaqtida olish
ahamiyatliroqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: