3-mavzu: Ilmiy uslub. So‘zlashuv uslubi va uning xususiyatlari Rejasi



Download 72 Kb.
bet2/4
Sana31.12.2021
Hajmi72 Kb.
#202599
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu 41582

2. Mantiqiy izchillik ilmiy bayon uslubining o‘ziga xos xususiyatini tashkil etadi. Matnda so‘zlar, gaplar, abzatslar o‘zaro mantiqiy bog‘langan bo‘ladi va bu izchillikni yuzaga keltiruvchi ma‘lumki, ma‘lum bo‘ladiki, ta‘kidlash lozimki, ta‘kidlash o‘rinliki, darhaqiqat, binobarin, shunday ekan, birinchidan, ikkinchidan, ko‘rinadiki, ta‘kidlash joizki, xulosa qilib aytganda, xulosa qilganimizda, birgina misol, faqat bugina emas singari ko‘plab bog‘lovchi vazifasini bajaradigan so‘z va birikmalar qo‘llaniladi.

3. Ob‘yektivlik. Ilmiy adabiyotlarda bu uslub doirasida til materiali fikrning haqqoniyligi, ob‘yektivligiga xizmat qilishi lozimligi uqtiriladi.

Ob‘yektivlik haqiqat shakllaridan biri bo‘lib, amaliyotda tasdiqlangan bilimdir. Binobarin, ilmiy bayonning ob‘yektivligi deyilganda ham borliqdagi narsa-hodisalarni haqqoniy aks ettirish va xolisona munosabat bildirish tushuniladi. Ammo bu jarayon nihoyatda murakkab bo‘lib, uning reallashuvida faqatgina til birliklariga tayanib ish ko‘rish qiyin kechadi. Chunki, «haqiqat mazmunan ob‘yektiv, lekin shaklan inson tafakkuri faoliyatining natijasi sifatida sub‘yektivdir». Ilmiy matnda ham, garchi obyektiv borliq hodisalari haqidagi mushohadalar aks etsa-da, uning muallifi muayyan shaxs hisoblanadi, binobarin, subyektiv fikrlar bayon etiladi. Bu sub‘yektivlik esa hayot haqiqati bilan hamisha mos kelavermasligi mumkin. Bu, ayniqsa, gumanitar fanlarda, masalan, tarix va adabiy tanqidga oid tadqiqotlarda yaqqol seziladi.

Ilmiy uslubning o‘ziga xos xususiyatlari uni boshqa uslublar bilan qiyoslaganda yaqqol namoyon bo‘ladi. Til materialidan foydalanishdagi juda ko‘p jihatlari, aytaylik, fikrning aniqligi va ravshanligi, bayonning to‘liqligi va ob‘yektivligi, fikriy ifodaning ravonligi va realligi, standart jumlalarning ko‘pligi, umuman, fikrni standart andozalarda berishga intilish, emotsional-ekspressivlikning xos emasligi kabi ekstralingvistik omillar bilan RUga yaqin turadi.

Ilmiy matnlarning faktik materiallarga boy bo‘lishligi, bayonning axborot xarakterida ekanligi, bu axborotning lo‘nda va qisqaligi, har qanday ilmiy muammoning izchil va aniq bayon etilishi bilan birgalikda muayyan bir janr doirasida til birliklaridagi chegaralanganlik ham istisno qilinmaydi.




Download 72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish