3-mavzu: Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungacha Markaziy Yevropa davlatlari. Reja


XX asr ikkinchi yarmida GFRning taraqiyot yo‘li



Download 67,78 Kb.
bet2/11
Sana18.04.2022
Hajmi67,78 Kb.
#559847
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
3-mavzu Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrdan bugungi kungac (1)

XX asr ikkinchi yarmida GFRning taraqiyot yo‘li.

Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topkanidan so‘ng mamlakat­ni iqtisodiy tiklanish va rivojlanish strategiyasini aniqlash Konrad Adenauer hukumatining bosh masalasi bo‘ldi. Ammo o‘tmishdagi natsizmni bartaraf etish onson kechmadi. Buning uchun mamlakatda XIX asr oxirlari­dan shakllangan Germaniya iqtisodiyoti va jamiyati modelidan vos kechish kerak edi.
Tarixdan ma’lumki, XX asrning birinchi yarmida Germaniya butun jahon uchun sanoatni va kapitalni o‘ta konsentratsiyalash bo‘icha namuna bo‘ldi. Natsistlar tarixiy tendensiyani totalitar tartib darajasiga olib chiqdi. GFR iqtisodiyotini tiklash tubdan yangicha nazariya va siyosat asosida amalga oshirish mumkin edi. Germaniyada bunday nazariyani ishlab chiqilinishi Ikkinchi jahon urushi arafasida boshlab yuborilganedi. Totalitar markazlashuv asosida boshqariladigan taqsimot xo‘jaligiga qarshi germaniyalik iqtisodchi V.Oyken erkin raqobatdosh bozor xo‘jaligini aks ettiruvchi liberal nazariyani taqdim etdi. Ushbu yangi ijtimoiy-iqtisodiy tartib “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” nomini oldi. Bu siyosatning va iqtisodiy tartibning asosiy tamoyillari qo‘yidagilardan iboratedi: davlat bevosita xo‘jalik jarayonlarini boshqaruvi bilan shug‘illanmasedi, ammo u xususiy xo‘jalik sub’yektlari faoliyat olib boradigan shakl va qoyidalarni belgilab berar edi.
Iqtisodiyot vaziri Lyudvig Erxard iqtisodiy tizimdagi davlat rolini futbol maydonida, ya`ni o‘yin jarayonida ishtirok etmaydigan ammo o‘yin qoyidalarini bo‘zilishiga yo‘l qo‘ymaydigan sudyaning roli bilan taqoslar edi. Shunday qilib, davlat mahsus bozor ko‘rinishidagi – ijtimoiy bozor xo‘jaligini shakllanishiga ko‘maklashdi, raqobatdoshlikni qo‘llab-quvvatladi va shu bilan birga davlat tomonidan bozor qonunlariga aralashmaslik tartiblariga rioya qilindi. Jamiyatdagi liberallashtirish munosabatlari, tashabbuslar va erkin raqobatdoshlik uchun keng imkoniyatlar ochib berdi.
Ushbu tamoyillar, davlat tomonidan, bozor munosabatlari sharoitida yuzaga keluvchi ijtimoiy tengsizlik va ijtimoiy adolatsizliklarni oldini oladigan va yumshatadigan kuchli ijtimoiy siyosat bilan to‘ldirilishi lozimedi,
50-60- yillarda ijtimoiy bozor xo‘jaligi modeli o‘z samarasini berdi. Ushbu ikki o‘n yillik davomida GFRda yiliga o‘rtacha sanoat ishlab chiqarish tempining o`sishi 8,5 % tashkil etdi. GFRda kechki industirlashish modernizatsiyasi yakuniga etdi. Uzoq muddat foydalanadigan buyumlarni ommaviy ishlab chiqarishning kuchli salohiyati yaratildi. Ishga yaroqli aholini ish bilan bandlik holati deyarli ta’minlandi, ish tashlashlar bartaraf etildi, turmush darajasi ko‘tarildi.
Ammo, 1966 – 1967 yillar ortiqcha ishlab chiqarish iqtisodiy inqirozi boshlandi, jahon bozorida raqobatdoshlik kuchayib ketdi. Undan keyin, 1974 – 1975 yillar va 1980 – 1982 yillar jaxon miqyosidagi iqtisodiy inqirozlar ro‘y berdi. 80- yillarning oxiriga kelib GFRda ishsizlar soni 3 mln. kishini tashkil etdi. Bunday sharoitda mamlakat iqtisodiyotni hamda tashqi siyosiy yo‘nalishini tubdan ko‘rib chiqish lozimedi.
GFRning siyosiy tizimida ikkita partiya asosiy o‘rinni egallaydi: liberal-konservativ – Xrestian-demokratik ittifoq (XDI) va Germaniya sotsial-demokratik partiya (GSDP). Ammo AQSHdagi klassik ikki partiyaviy tizimdan farqli ravishda GFRda “uchunchi kuch” mavjud – o‘z harakteri bo‘yicha ko‘psonli bo‘lmagan liberalistik Erkin demokratik partiya (EDP). Ushbu partiya ko‘pincha u yoki bu “katta” partiya hukumatini shakllantirish jarayonida ittifoqchi sifatida o‘zini namoyish etar edi.
1946 – 1966 yillar GFRda hukumatni XDI shakllantirganedi va shu partiya yetakchisi kansler etib saylangan edi. XDI bir necha yillar maboynida EDI bilan ittifoqda bo‘ldi. Bu vaqt iqtisodiy sohada neoliberalistik siyosatni (ijtimoiy bozor xo‘jaligi) amalga oshirish davri bo‘ldi. Tez iqtisodiy rivojlanishning “germaniya mo‘jizasi” aynan shu yillarga to‘g‘ri keldi. 1966 – 1969 yillar XDI GSDP bilan ittifoqda (“Katta koalitsiya”) hukumatini shakllantirdi.
GSDP EDP bilan birgalikda 1969 – 1982 yillar GFRda “Kichik kaolitsiya” nomini olgan hukumatni shakllantirdi. Davlat boshqaruvida hukumronlik qilgan partiya almashuvi tasodif emasedi. GSDPning davlat boshqaruv tepasigi kelishi iqtisodiy va tashqisiyosiy yo‘nalishlardagi inqiroz bilan bog‘liqedi. Davlat boshqaruvining birinchi bosqichida yangi kansler V.Brandt, asosiy vazifa sifatida avvalam bor Sharqdagi qo‘shni mamlakatlarga va GDRga nisbatan tashqi siyosatni qayta ko‘rib chiqishni belgiladi. V.Brandt hukumati Polsha, Chexoslovakiya, SSSR va GDR bilan odatdagi vaziyat munosabatlari haqida hamda Germaniyani birlashtirish muammosini hal etilishida kuch yo‘lidan voz kechish to‘g‘risidagi shartnomalarni tuzdi.
Sotsial-demokratlarning iqtisodiy sohada olib borgan siyosati kamroq mofaqiyatlar keltirdi. GSDP boshqaruv yilliri chuqir iqtisodiy va tuzulmaviy inqirozlar davriga to‘g‘ri keldi. Bunday sharoitda bozor mexanizmi yangi sanoat tarmoqlari va yangi texnologiyalari uchun pul mablag‘larini utkazish imkoniyatidan mahrum edi. Bu vazifani GSDP bajarishga kirishdi. Ularning 1975 - 1985 yillar mo‘ljallangan dasturida davlat boshqaruvi va ijtimoiy nazorat muhim o‘rin egallaganedi.
Ammo 70- yillardagi inqirozlar ko‘zda tutilgan rejalarni amalga oshirilishiga to‘sqinlik qildi. Maxsulotlar o‘sishining tezlik darajasi 2% gacha pasayib ketdi. Hukumat belgilagan rejalaridan vozkechib iqtiso­diyotda qattiq qo‘llik siyosatini yurg‘izishga majbur bo‘ldi. Iqtisodiy vazirlik portfeli EDP qo‘lida bo‘lganligi tufayli ular jadal ravishda ayniqsa ijtimoiy dasturdagi harajatlarni qisqartirish tarafdori bo‘ldilar. Vazir tomonidan 1982 yil taqdim etilgan reja ijtimoiy harajat­larni keskin qisqartirib yuborishni ko‘zlaganedi. Ammo GSDP va ularni qo‘llab-quvvatlab turuvchi kasaba uyushmalar bunday rejaga qo‘shilmadilar. Buning natijasida, EDP XDS bundestagdagi o‘zlarining vakillari orqali hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumiga ovoz berdilar va ular iste`foga ketdilar.
1982 yil boshlab GFRda hukumatni XDS yetakchisi va EDP tomonidan qo‘llab quvvatlangan kansler Gelmut Kol boshqardi.
1983 yil mart oyida bundestagga bo‘lib o‘tgan saylovda G.Kol “iqtisodiy yuksalish uchun ovoz berishga” undadi. U, “Lyudvig Erxard ruhidagi” islohotlarni o‘tkazishni, iqtisodiyotga davlatning aralashuvini qisqartirishni va’da qildi, ammo shu bilan birga stixiya faoliyatidagi bozor mexanizmini davlat tomonidan “ijtimoiy to‘g‘rilanmog‘i” zarurligini ham tan oldi.
Iqtisodiy inqirozlar bosqichidan o‘tgach, industriyalashdan keyingi jamiyatning yangi sharoitida va elektron ilmiy-texnikaviy inqilobning yangi bosqichida GFRning iqtisodiyoti modernizatsiyalashganedi. 80- va 90- yillarda iqtisodiyot yuksalgan sharoitida GFR iqtisodiyotning neoliberal yo‘nalishiga qayitdi.


Download 67,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish