3-mavzu: ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo`nalishlari. Reja



Download 42,54 Kb.
bet1/8
Sana21.04.2022
Hajmi42,54 Kb.
#568718
  1   2   3   4   5   6   7   8

3-MAVZU: IJTIMOIY PSIXOLOGIYANING ASOSIY ZAMONAVIY YO`NALISHLARI.
Reja:

  1. Nobixevioristik yonalish ijtimoiy psixologik tadqiqotlar doirasida.

  2. Ijtimoiy psixologiyada psixoanalitik konsepsiya.

  3. Ijtimoiy psixologiyada interaksionistik yonalish.



Tayanch so`zlar: Nobixevioristik yonalish, psixoanalitik konsepsiya, interaksionistik yonalish, Kognitivizm, Gumanistik yonalish.


1.Nobixevioristik yonalish ijtimoiy psixologik tadqiqotlar doirasida.
Bixeviorizm - (inglizcha behavior - hatti-harakat, hulq) amerika psixologiyasining asosiy yo`nalishlaridan biri bo`lib, u B. Skinner, J. Uotson va E. Torndayklar tomonidan asoslangan. Bixeviorizm o`ta amaliy yo`nalishga ega bo`lib, u inson psixikasini o`rganish, faqat uning tashqi ifodalangan va kuzatish imkoniyati bo`lgan hatti-harakati va nutqini tahlil qilishdan iborat, deb tasavvur qiladi.
Bu yondashish o`quv maqsadlarini talabalarda tashqaridan kuzatilishi mumkin bo`lgan aniq harakatlarda, ya`ni qat`iy aniqlangan harakatlarning shakllanishidan iborat holda belgilashga olib keladi. Gerbert Spenser ta`riflaganidek, «Ta`limning buyuk maqsadi bilim berish emas, balki hatti-harakatlarga o`rgatishdir».
Mazkur oqim ma`lum davrgacha AQSH psixologiyasida ustivorlik rolini o`ynadi. Hozirgi davrda bu oqim bir necha psixologik maktablarga ajralib ketgan. Lekin ularning mohiyatida bixeviorizm ruhi sezilib turadi. Hammasi uchun umumiy formula SR, ya`ni stimul - reaksiya hizmat qilib kelmoqda
Bixeviorizm sobiq ittifoq olimlari tomonidan dastlab reaksion «oqim» sifatida qattiq tanqid qilingan bo`lsada keyinchalik unga bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi. Bixeviorizmning qator fanlar (antropologiya, lingvistika, sosiologiya, semiotika, kibernetika) ning rivojlanishiga ijobiy ta`sir ko`rsatganligi hamda psixologiyaning rivojlanishiga munosib hissa qo`shganligi e`tirof etila boshlandi.
Bixeviorizmda o`zlashtirishning umumiy shartli sxemasini SRP ko`rinishda yozish mumkin. Bunda, S - stimul (harakatga keltiruvchi ta`sir) yoki hatti-harakat qilishga undovchi vaziyat. Masala sharti, savol, signal, buyruq, komanda va h.k. stimul vazifasini bajarishi mumkin. R - organizmning stimul (ta`sir)ga ko`rsatgan javobi (reaksiyasi), ya`ni ta`sir natijasida sodir etilgan hatti-harakat. Savolga javob berish, masalani yechish, o`ngga yoki chapga burilish, yugirish va hokazolar organizmni ta`sirga ko`rsatgan reaksiyasini ifodalaydi. P- (prop) mustahkamlash, ya`ni bu ta`sir (stimul)ga javoban reaksiya qilinganligi, harakatning to`g`ri bajarilganligini mustaxkamlashdir.
Mustahkamlash-moddiy va ma`naviy taqdirlash shaklida bo`lishi mumkin. Masalan, jonivorlarni o`rgatishda bu ular eng yaxshi ko`rgan ovqat, insonni o`qitish-o`rgatishda esa, mustahkamlovchi sifatida og`zaki ma`qullash, baho, ilxomlantirishlardan foydalanish mumkin. Bixevioristlar ta`kidlaganlaridek, mustahkamlash (R) o`zlashtirishning muhim tashkil etuvchisi bo`lib hisoblanadi. U ayniqsa jonivorlarni o`rgatishda mutloq ahamiyat kasb etadi.
Bixeviorizmda ta`kidlanganidek, faoliyatni faqat tashqaridan kuzatiladigan harakat bilangina tenglashtirish - uni nihoyatda soddalashtirib tasavvur etishdir. Murakkab bilish va hissiy jarayonlar (xususan, ijodiy faoliyat tajribasi)ni kuzatiladigan alohida qismlarga ajratish mumkin emasligi tufayli u bixevioristik yondashish doirasidan tashqarida qoladi.
Bixeviorizmning qo`llanilishi reproduktiv o`qitish darajasi (yodlash, takroran aytib, ko`rsatib berish, namuna bo`yicha harakat qilish va h. k.) bilangina chegaralanadi. Lekin, bixevioristlarning o`qitish sifatini alohida qismlar bo`yicha nazorat qilish va tuzatishlar kiritib borishning zarurligi to`g`risidagi xulosasi - o`qitish nazariyasi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini ta`kidlash lozim. Bu xulosa dasturlangan ta`lim uslubini yaratilishiga asos bo`ldi.

Download 42,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish