3-mavzu: ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo`nalishlari. Reja


Uning bixevioristik talqindagi o`qitish qoidalari quyidagilardan iborat



Download 42,54 Kb.
bet2/8
Sana21.04.2022
Hajmi42,54 Kb.
#568718
1   2   3   4   5   6   7   8
Uning bixevioristik talqindagi o`qitish qoidalari quyidagilardan iborat:
*o`quv materialini iloji boricha alohida qismlarga ajratish;
*o`quv elementlarini faoliyatda namoyon bo`lishining barcha ko`rinishlarini e`tiborga olish;
* ijobiy reaksiyani tezkorlik bilan mustahkamlash (nazorat -tuzatish);
* mashq (xatti-harakat)larni ko`p marta takrorlash natijasi 0,95 dan kam bo`lmagan o`zlashtirish ko`rsatkichiga erishish.
Bixevioristlarning ta'limotiga ko'ra, inson shaxsi faqat organizm yoki aniqroq qilib aytganda, eng murakkab mashina bo'lib, u o'zining barcha (elementar yoki murakkab) harakatlari bilan muhitning shart-sharoitlari va o'z organizmining strukturasi bilan qonuniy ravishda belgilangan (determinlangan)dir.
Insonning butun faoliyati, uning butun xulqi harakatlardan iborat bo'lgan fizik, mexanik jarayon deb qaraladi: insonning psixik hayoti nerv sistemasida, mushak va ichki sekretsiya bezlarida ro'y beradigan harakat va o'zgarishlarga tenglashtirib qo'yiladi.
Shuning uchun ham, agar empirik (subyektiv) psixologiya ruhning o'zini o'rganishdan voz kechganligi sababli uni ba'zan «ruhsiz psixologi­ya» deb atagan bo'lsalar, obyektiv psixologiyani esa «Psixikasiz psixologi­ya» deb atadilar.
Bixevioristlarning fikricha, psixologiya ham nazariy fan sifatida fizika singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahamiyatga ega bo'lsa, ijtimoiy tuzum sohasida psixologiya ham shunchalik ahamiyatga ega bo'lmog'i kerak. Uotsonning fikricha, psixologiyaning oldiga shaxs va muhitni shunday tashkil qilish vazifasi qo'yilmog'i kerakki, bu bilan jamiyatda oqilona va baxtli hayot kechirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lsin».
Shuning uchun ham psixologiya o'z-o'zini kuzatish metodini uloqtirib tashlashi va faqat obyektiv (tashqi) metoddan foydalanishi kerak, ya'ni psixik hayotni har kim o'z-o'zida emas, balki boshqa kishilarda hayvonlarda tashqi kuzatish va eksperiment yo'li bilan o'rganmog'i kerak. Psixologiya faqat obyektiv metod qamrab oladigan narsalarnigina, ya'ni tashqi sezgi organlari yordamida idrok qilinadigan narsalarnigina o'rganmog'i kerak.
Psixik hayotni obyektiv metod bilan o'rganishda, aftidan, ongning subyektiv hodisalari, inson shaxsining ichki psixik kechirmaiari (ya'ni, empirik psixologiya o'rganishi lozim deb hisoblagan hodisalar) qamrab olinmay qolsa kerak. Obyektiv metod bilan faqat organizmning harakatlarini, ya'ni mimika, imo-ishoralar, nutq va boshqalarnigina o'rganish mumkin. Amerika psixologiyasidagi bu oqimning vakillari ham psixolog organizmning faqat tashqi ifodali harakatlarini, inson va hayvon xulqinigina o'rganmog'i kerak, deb da'vo qildilar.
Uotson shuning uchun ham o'zining psixologiya sohasidagi asosiy asarini «Psixologiya xulq haqidagi fan» deb nomladi. «Bixevior» degan so'z inglizcha xulq, demakdir. Amerika psixologiyasidagi bu yo'nalish shuning uchun ham «bixeviorizm» («Xulq psixologiyasi») deb ataladi.
Organizmning turli-tuman harakatlarini va umuman hayvonlar hamda inson xulqini keltirib chiqaradigan sabablar nimadan iborat degan sa- volning tug'ilishi tabiiydir.
Biz odatda, organizmning harakatlari — mimika, imo-ishoralar, nutq ichki ruhiy kechirishlarning faqatgina tashqi zohiri deb bilamiz. An'anaviy — ratsionalistik va empirik —psixologiya ham bizning harakatlarimizning ko'pchiligi ichki psixik kechiriklarning faqat tashqi ifodasidir, deb ta'kidlagan.
Lekin bixevioristlar inson xulqining bunday tushuntirishini ilmiy emas deb rad qildilar. Ularning da'vosiga ko'ra, fizik va qonuniyatlariga bo'ysunmaydigan fiziologik jarayonlar inson xulqiga ta'sir qiladigan va uni boshqaradigan hech qanday alohida psixik faoliyat yoki ong faoliyatining bo'lishi mumkin emas.
Psixika va ong haqida Uotson: «Agar bixeviorizm fanda qandaydir ko'zga ko'rinarli o'rin olinishini xohlasa (loaqal aniq, obyektiv metod sifatida bo'lsa ham), u «ong» tushunchasini mutlaqo rad qilmog'i kerak. Ong va uning tarkibiy elementlari — bularning barisi quruq gapdan iborat» deb aytgan.
Shuning bilan birga bixevioristlar psixologiyaning oddiy terminologiyasini ham uloqtirib tashlaydilar. O'sha Uotsonning o'zi yana shunday deydi: «sezgi, idrok, diqqat, iroda, xayol kabi tushunchalardan, biror kimsa to'liq tushungan holda foydalana olishini men mutlaqo bilmayman va unga ishonmayman ham».
Hayvon va insonning har bir harakati tashqi qo'zg'ovchilarning ta'siri tufayli ro'v beradi. Inson va hayvonning xatti-harakatlari tashqi ta'sirlarga berilgan reaksiyalardir, xolos. Bu reaksiyalar tug'ma va turmush jarayonida hosil qilingan bo'lishi mumkin. Tug'ma reaksiyalarga reflektor harakatlar(instinktlar) kiradi. Hosil qilingan reaksiyalarga esa har-xil malakalar kiradi. Masalan, barcha irodaviy harakatlar nutq va boshqa murakkab xulq shakliari shunday harakatlardir.
Bixeviorizmning asoschisi Torndayk kuzatish metodi va maxsus eksperimentlar o'tkazish bilan hayvonlarda (asosan, kalamushlarda) malaka hosil qilish jarayonini o'rgangan. Torndayk hayvonlar psixikasini o'rganishdagi xuddi shu obyekliv metodlarni inson psixik havotini o'rganishga ham ko'chirish (tatbiq qilish) mumkin deb hisobladi. Inson xulqi reaksiyalar yig'indisi sifatida bitta emas, balki butun bir qo'zg‘atuvchilar sistemasi bilan vujudga keltiriladi. Organizmning javob harakatlari yig'indisini (xulqini) ro'yobga chiqaruvchi barcha qo'zg'ovchilarning murakkab yig'indisi bixevioristlar situatsiya (tashqi sharoit) deb ataydilar.
Bixeviorizm nuqtayi nazaridan, inson xulqi ong faoliyati bilan emas, balki tashqi qo'zg'ovchilarning yig'indisini bo'lgan situatsiya bilan belgilanadi. Iisonning psixik hayoti butunlay organizm reaksiyalarining yig'indisiga tenglashtirib qo'yiladi. Psixik hodisalar, psixik jarayonlar tushunchalari o'rniga ham an'anaviy psixologik tushunchalar hisoblangan sezgi, idrok, iroda, xayol, tafakkurkabi tushunchalar o'rniga ham har xil nom olgan reaksiyalar ishlatiladi.
Bixeviorizmning nuqtayi nazaricha, psixologiyaning vazifasi, awalo, organizm har xil qo'zg'ovchilarni qabul qilib olishga xizmat qiluvchi va shu qo'zg'ovchiga javob beruvchi apparat va mexanizmlarni o'rganishdan iboratdir. Shuning bilan birga, psixologiya muayyan reaksiya tashqi muhitning inson organizmiga ta'sir qilib to`rgan qanday predmet va hodisalari bilan ro'yobga chiqarilishini ham o'rganmog'i kerak. Binobarin, psixologiya inson reaksiyalarini faqat tasvirlabgina qolmasdan, balki qo'zg'ovchi bilan organizmning javob harakati o'rtasidagi qonuniy bog'lanish va munosabatlarni ham qidirib topishi va aniqlashi, xulqning situatsiyaga bog'liqligini belgilab berishi lozim. Bixevioristlarning fikricha, tashqi qo'zg'ovchi bilan inson xulqi o'rtasida qonuniy, faqat mexanik bog'lanish bor: qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchli va murakkab bo'lsa, reaksiya (xulq) shunchalik kuchli va murakkab bo'ladi va aksincha, qo'zg'ovchi (situatsiya) qanchalik kuchsiz va oddiy bo'lsa, reaksiya (xulq) shunchalik kuchsiz va oddiy bo'ladi. Demak, bixeviorizmning asosiy qoidalaridan biri shuki, inson xulqi hamma vaqt muhit bilan qat'iy muvozanatda bo'ladi.
Bixevioristlarning ta'limotiga ko'ra, inson shaxsi faqat organizm yoki aniqroq qilib aytganda, eng murakkab mashina bo'lib, u o'zining barcha (elementar yoki murakkab) harakatlari bilan muhitning shart-sharoitlari va o'z organizmining strukturasi bilan qonuniy ravishda belgilangan (determinlangan)dir.
Insonning butun faoliyati, lining butun xulqi harakatlardan iborat bo'lgan fizik, mexanik jarayon deb qaraladi: insonning psixik hayoti nerv sistemasida, mushak va ichki sekretsiya bezlarida ro'y beradigan harakat va o'zgarishlarga tenglashtirib qo'yiladi.
Shuning uchun ham, agar empirik (subyektiv) psixologiya ruhning o'zini o'rganishdan voz kechganligi sababli uni ba'zan «ruhsiz psixologi­ya» deb atagan bo'lsalar, obyektiv psixologiyani esa «Psixikasiz psixologi­ya» deb atadilar.
Bixevioristlarning fikricha, psixologiya ham nazariy fan sifatida fizika singari, aniq fan bo'lmog'i kerak. Texnika sohasida fizika qanchalik ahami- yatga ega bo'lsa, ijtimoiy tuzum sohasida psixologiya ham shunchalik ahamiyatga ega bo'lmog'i kerak. Uotsonning fikricha, psixologiyaning oldiga shaxs va muhitni shunday tashkil qilish vazifasi qo'yilmog'i kerak- ki, bu bilan jamiyatda oqilona va baxtli hayot kechirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratilgan bo'lsin».


  1. Download 42,54 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish