3.2. Bankdagi maxsus schyotlar va boshqa pul mablag‘lariga doir schyotlar bo‘yicha muomalalar hisobi.
Korxonalar bank bo‘limida hisob-kitob schyotidan tashqari. 5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar», 5600-«Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar», 5700-«Yo‘ldagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar», 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar» schyotlarini respublika hududida hamda xorijda so‘mda va chet el valyutasi sifatida saqlanayotgan pul mablag‘larining mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi mahlumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Bu schyotlarda akkreditivlar, chek daftarchalari, boshqa to‘lov hujjatlari (veksellardan tashqari), alohida joriy va boshqa maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari, shuningdek, alohida holda saqlanishi lozim bo‘lgan maqsadli moliyalashga aloqador pul mablag‘lari harkati hisobga olinadi.
5510-«Akkreditivlar» schyotida akkreditivlardagi pul mablag‘larining harakati hisobga olinadi.
Akkreditivlar boshqa shahardagi mol yetkazib beruvchilar bilan hisoblashish uchun korxonaning topshirig‘igsha asosan bankdagi hisoblashuv schyotidagi o‘z mablag‘lari hisobidan, ayrim paytlarda bankning ssudasi hisobidan ochiladi. Bunda 5510-«Akkreditivlar» schyoti debetlanadi va akkreditiv qasi schyotdan qo‘yilgan bo‘lsa, shu schyot (5110-«Hisob-kitob schyoti», 5210-«Mamlakat ichidagi valyuta schyoti», 5220-«Chet eldagi valyuta schyotilari», 7810-«Uzoq muddatli bank kreditlari» va boshqa schyotlar) kreditlanadi.
Akkreditiv va maxsus schyotlarga qabul qilingan summalar ularning foydalanishiga qarab (bank ko‘chirmasiga asosan) odatda 5500 schyot kreditidan 6010-«Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyotining debetiga yoziladi. Foydalanilmay qolgan akkreditiv va maxsus schyotlardagi pul mablag‘lari qaysi schyotlan ochilgan bo‘lsa (5110, 5210, 5220, 7810 va boshqa schyotlar) shunga qaytariladi.
Har bir ochilgan akkreditivga alohida analitik schyot ochiladi.
Bankdan olingan limitlangan chek daftarchalaridagi pul mablag‘lari 5520-«Chek daftarchalari» schyotida hisobga olinadi. Olingan chek daftarchalarining summasiga 5520 schyot debetlanadi va pul qaysi schyotdan hisoblab o‘tkazilganligiga qarab 5110, 5210, 5220, va 7810 schyotlar kreditalnadi.
5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar»da bankda alohida saqalanadigan, operatsion xarajatlar uchun yuqori tashkilotlardan tushadigan, madaniy v boshqa tashkilotlarni, maktab o‘quvchilari oromgohlarini asrash uchun kasaba uyushma va boshqa tashkilotlardan tushadigan va maktabgacha yoshdagi bolalar muassasalarida ota-onalarning farzandlarini asrash uchun ulardan olingan mablag‘lar harakati; kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni tahminlash uchun o‘z aylanma mablag‘lari yetishmaydigan jamoa xo‘jaliklari yo‘l qurilishi, yerlarni melioratsiya qilish, tabiatni muhofazaqilish, uy-joy qurilishi, maktabgacha bolalar muassasalari va boshqa madaniy-maishiy ahamiyatga ega inventar va qurilmalar sotib olish, ommaviy-moddiy tadbirlar o‘tkazish, sug‘urta to‘lovlari va boshqa tadbirlarni bajarish xarajatlarini moliyalash uchun ajratilgan byudjet mablag‘larining harakatini alohida schyot ochib hisobga olinadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan maqsadlar uchun olingan byudjet mablag‘larining summasiga 5500 schyot debetlanadi va 8800-«Maqsadli tushumlarni hisobga oluvchi schyotlar» (8810-8890) schyoti kreditladi.
Chek daftarchasidagi summalar korxona tomonidan berilgan cheklarning to‘lanishiga qarab hisobdan chiqariladi, yahni transport va boshqa tashkilotlarga bankdan pul o‘tkazhilsa (bank ko‘chirmasiga muvofiq). Bunda 6010-«Mol yetkazib beruvchilarva pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar» schyoti debetlanadi va 5500-Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar» schyoti kreditlanadi. Chek berilgan bo‘lsa, ammo puli bankdan to‘lanmasa (to‘lash uchun ko‘rsatilmagan bo‘lsa), chek summasi 5520-«Chek daftarchalari»schyotida hisobga olinadi.
Maxsus schyotlar, akkreditivlar va limitlangan chek daftarchalaridagi cheklar bo‘yicha barcha smuomalalar maxsus joriy schyotlar, akkreditivlar va limitlangan chek daftarchalarining shaxsiy schyotlari bo‘yicha bank ko‘chimalarida aks ettiriladi.
5610-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)» schyotida korxona kassasida saqlanadigan pochta markalari, davlat bojxonasi markalari, veksel markalari, puli to‘langan aviachiptalar, puli to‘langan dam olish uylari va sanatoriya yo‘llanmalari va boshqa shunga o‘xshash pul ekvivalentlarining mavjudligi va harakati hisobga olinadi.
Pul ekvivalentlari 5600-«Pul ekvivalentlari (turlari bo‘yicha)» schyotida nominal qiymati bo‘yicha hisobga olinadi. Ularning analitik hisobi pul hujjatlarining turlari bo‘yicha yuritiladi.
Pul ekvivalentlari kirimga olinganda 5610 schyot debetlanadi va naqd pulga sotib olanganda 5010 va 5020 schyotlar; hisob-kitob schyotidan pul o‘tkazish yo‘li bilan sotib olinganda 5110 schyot, hisobdor shaxslar orqali sotib olinganda 4220-4290, 6970 schyotlar, turli shaxslardan sotib olinganda 6990 schyot kreditlanadi.
5710-«Yo‘ldagi pul mablag‘(o‘tkazma)lari» schyotida so‘m va chet el valyutasidagi mablag‘larning yo‘ldagi harakati (mahsulotlarni naqd pulga sotishdan tushum va pul o‘tkazmalari) to‘g‘risidagi axborotlar umumlashtiriladi. Bunda banklarning kassalariga tushadigan pul mablag‘lari, korxonalarning hisob-kitob schyotiga yoki boshqa o‘tkazib ulgurilmagan omonat kassalariga yoki pochta bo‘limlarining kassalariga topshirgan mablag‘lar kiradi. 5710 schyot tranzit schyot bo‘lib, pul mablag‘larining harakati ustidan uzluksiz nazorat o‘rnatish uchun bog‘lovchi bo‘g‘in funktsiyasini bajaradi.
5710-«Yo‘ldagi pul mablag‘(o‘tkazma)lari» schyotining debetida pulning inkassator tomonidan topshirilishi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan korrespondentsiyalangan holda aks ettiriladi. Pul mablag‘lari hisobga o‘tkazilganidan so‘ng 5710 schyot kreditlanadi va pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar (5010-5020, 5110-5530) debetlanadi. Yo‘ldagi pul mablag‘(o‘tkazma)larining analitik hisobi ularning turlari bo‘yicha yuritiladi.
5500-«Bankdagi maxsus schyotlardagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar», 5600-«Pul ekvivalentlarini hisobga oluvchi schyotlar», 5700-«Yo‘ldagi pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar» va 5800-«Qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar»i bo‘yicha muomalalarning sintetik hisobi ushbu schyotlar krediti bo‘yicha 3-ASK jurnal-orderda, debeti bo‘yicha esa 24-ASK vedomostda, tekshirilgan va tegishli ishlov berilgan bank ko‘chirmalariga asosan yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |