G’arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o’zining odamlar aqli va qalbini nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko’p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo’ygan. Bu nazoratni avvalo Rim Papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning «majusiycha» falsafasiga, ayniqsa materialistik ta’limotlarga yot ko’z bilan qaragan. Ayni shu sababli antik davrning falsafiy merosini o’zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo’lib o’zlashtirilgan, asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g’oyalarni tarqatishga yo’l qo’yilgan.
O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G’arb va Sharq falsafiy tafakkuri XVI asrgacha har biri o’z yo’lida rivojlangan: arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta’siri Yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo’lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa-da, Yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o’z asarlarini antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta’limoti, Empedokl elementlari, Pifagor matematikasi, Platon g’oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar.
Yevropa falsafasida materializm o’rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta’sir ko’rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir qatorda paydo bo’lgan nominalistik falsafa ko’rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so’ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Ilk o’rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo’lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo’lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»1dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo’li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan o’z-o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o’z-o’ziga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur asarlari: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba».
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson subyektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o’zini Volter taklif qilgan bo’lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o’tmish – hozirgi davr – kelajakning o’zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o’tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo’lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o’rganish manbalaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e’tiborini o’ziga tortgan.
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakka va umumiy dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi.
Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik konsepsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan.
Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig’indisi», «Falsafa yig’indisi», «Majusiylarga qarshi yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqyelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqyelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z-o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o’z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabbatdan keyingi o’ringa qo’yadi, ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o’zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish huquqi to’g’risida so’z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma’naviy hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko’radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog’iga aylandi, XVI asrdan e’tiboran iyezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi. Iyezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi zamon falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.
Urta asrlarda G’arb va Sharqda falsafa rivojlanishining umumiy belgilari. Birinchidan, o’rta asrlar G’arb va Sharq falsafasi avvalo feodal jamiyat falsafasi bo’lib, u ilohiyot va dinning hukmronligi bilan tavsiflanadi. Feodal tuzum sharoitida feodal mulkdorlik bilan bir qatorda hunarmandlar va dehqonlarning shaxsiy mehnatiga asoslangan xususiy xo’jaligi mavjud bo’lgan. Feodal ishchini sotishi va sotib olishi mumkin bo’lgan, lekin ishchini o’ldirish huquqi unga berilmagan. Ishlab chiqarish munosabatlarining bunday rivojlanishi ularni ijtimoiy-psixologik va mafkuraviy jihatdan mustahkamlashni talab qilgan. Feodal madaniyatni mafkuraviy jihatdan ta’minlovchi integrasion asos din bo’lgan.
Ikkinchidan, o’rta asrlarda din G’arbda ham, Sharqda ham feodal jamiyatning hukmron mafkurasi hisoblangan. Bu davrda cherkov eng yirik kuch bo’lgan. Shuningdek, u siyosiy jihatdan ham o’ta markazlashgan tashkilot sanalgan. Dindorlar amalda birdan-bir o’qimishli odamlar bo’lgan. Yurisprudensiya, tabiatshunoslik va falsafaning mazmuni cherkov ta’limoti bilan muvofiq holatga keltirilgan.
Muqaddas kitob aqidalari falsafiy mulohazalarning tayanch nuqtasiga aylangan. Bu davrda bilim emas, balki e’tiqod, fan emas, balki din afzal ko’rilgan. Teosentrizm, ya’ni Xudoga, uning mohiyatiga dunyoning birinchi sababi va birinchi asosi sifatida yondashish o’rta asrlar falsafasiga xos xususiyatdir. Masalan, o’rta asrlarda Xitoyda dao haqidagi ta’limot din ehtiyojlariga to’la moslashtirilgan: dao tabiiy qonun sifatida emas, balki ilohiy qonun sifatida namoyon bo’lgan.
Buddizm falsafasi asosiy e’tiborni borliqning o’tkinchiligi va yo’qlikning haqiqiyligi, jonning boqiyligi va abadiy ma’naviy dunyoni anglab yetish yo’lida o’zlikni kamolotga yetkazish orqali uning o’z shakl-shamoyilini o’zgartirishi muammolarini o’rganishga qaratgan.
Konfusiychilik feodal tuzumni oqlash uchun buddizm va daosizmning idealistik va daosizm g’yalarini o’zlashtirgan: odamlar o’zlarining «yomon» niyatlarini jilovlab, taqdirga bo’ysunishlari lozim. Hokimiyatga bo’ysunish, uni ardoqlash va hurmat qilishni talab etuvchi «Osmon qonuni» haqidagi ta’limot konfusiychilikda eng muhim ta’limotga aylangan.
G’arb Yevropa feodalizmi sharoitida ham xristian dini hukmronlik qilgan. U o’zining odamlar aqli va qalbini nazorat qilish markazlashtirilgan tizimini ko’p sonli tarqoq feodal davlatlarga qarshi qo’ygan. Bu nazoratni avvalo Rim Papasi boshchiligidagi katolik cherkovi amalga oshirgan. Ayni vaqtda cherkov qadimgi dunyoning «majusiycha» falsafasiga, ayniqsa materialistik ta’limotlarga yot ko’z bilan qaragan. Ayni shu sababli antik davrning falsafiy merosini o’zlashtirishga nisbatan xolisona yondashilmagan, bu meros qismlarga bo’lib o’zlashtirilgan, asosan diniy aqidalarni mustahkamlovchi idealistik g’oyalarni tarqatishga yo’l qo’yilgan.
O’rta asrlar Yevropasida falsafiy tafakkurning rivojlanish xususiyatlari. G’arb va Sharq falsafiy tafakkuri XVI asrgacha har biri o’z yo’lida rivojlangan: arab musulmon Sharqida va Ispaniyaning arablar istilo qilgan qismida falsafaga dinning ta’siri Yevropa va Sharqiy Osiyodagidan kamroq bo’lgan. Bu davrda arab musulmon fani rivojlanishda Yevropa fanidan ancha ildamlab ketgan. Xitoyda ham fan, garchi din ta’siri ancha kuchli bo’lsa-da, Yevropadagidan ilg’orroq bo’lgan. Ayrim Sharq faylasuflari o’z asarlarini antik davr mutafakkiri Demokritning atomlar haqidagi ta’limoti, Empedokl elementlari, Pifagor matematikasi, Platon g’oyalari, Aristotelning falsafiy va tabiiy-ilmiy merosi, ayniqsa uning mantiq tizimi ta’sirida vujudga kelgan ilmiy-falsafiy an’ana ruhida yaratganlar.
Yevropa falsafasida materializm o’rta asrlarda Sharqdagidek keng tarqalmagan va madaniyatga kuchli ta’sir ko’rsatmagan. U sxolastikada realizm bilan bir qatorda paydo bo’lgan nominalistik falsafa ko’rinishida rivojlangan va avval ayrim narsalar va hodisalar, so’ngra ularning in’ikoslari narsalarning nomlari sifatida talqin qilinuvchi umumiy tushunchalarda mavjud, degan g’oyadan kelib chiqqan. Ammo falsafani ilohiyotga qaram qilishga harakat qilgan din mafkuraning hukmron shakli sanalgan.
Ilk o’rta asrlarda falsafiy tafakkur rivojlanishining asosiy shakllari apologetika va patristika bo’lgan. Yevropada, Vizantiyada, Old Osiyo va Shimoliy Afrikaning ellinlashgan markazlarida xristianlikning tarqalishi boshqa diniy va falsafiy oqimlar bilan qattiq kurash jarayonida yuz bergan. Bunda xristianlikka qarshi neoplatonizm falsafasidan keng foydalanilgan. Ayni shu davrda apologetika, ya’ni xristianlikni asoslash va himoya qilish falsafasi sifatida vujudga kelgan.
Apologetika ortidan «cherkov otalari»ning falsafiy ta’limoti – patristika (lot. pater – ota) paydo bo’lgan. Patristikaning eng yorqin vakili Gippon (Shimoliy Afrika)dagi yepiskop Avliyo Avgustin (354-430)dir. U o’rta asrlar falsafasiga, shuningdek falsafiy ijodning keyingi davrlardagi ko’pgina vakillariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.
Avgustin «haqiqiy falsafa va haqiqiy din»ni bir deb hisoblagan. Xristianlik asoslarini u Platon falsafasidan topishga harakat qilgan. Uning fikricha, Platon g’oyalari – «bu ijodkor ijodga kirishish oldidan yuritgan mulohazalar»2dir. Xudo dunyoni yo’qlikdan yaratgan. Inson panoh topishining asosiy yo’li uning xristian cherkoviga mansubligidir. Xristian cherkovi «ilohiy shahar»ning Yerdagi vakilidir. Avgustin inson faoliyatining ikki qarama-qarshi turini tahlil qiladi: birinchi – «dunyoviy shahar», ya’ni «Xudoga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan o’z-o’ziga bo’lgan muhabbatga» asoslangan davlatchilik; ikkinchi – «o’z-o’ziga nisbatan nafrat darajasiga ko’tarilgan Xudoga bo’lgan muhabbat»ga asoslangan «ilohiy shahar». Avgustinning eng mashhur asarlari: «Ilohiy shahar», «Insoniy shahar», «Tavba».
Avgustin ikki muhim muammo: shaxs dinamikasi va kishilik tarixi dinamikasi muammolarini yechishga harakat qiladi. U «Tavba» asarida shaxsning o’zligini, uning ruhiy holatlarini o’rganadi. Avgustin shaxsning ichki dunyosini uning go’daklik yillaridan boshlab inson xristian sifatida shakllanadigan davrgacha tavsiflaydi. U shaxsga nisbatan zo’rlik ishlatishning har qanday shakllarini (maktabda bolaga zo’rlik ishlatishdan davlat darajasida zo’rlik ishlatishgacha) qoralaydi. Avgustin shaxs erkinligi muammosini ilgari suradi. Oradan bir necha asrlar o’tgach, ayni shu muammo ekzistensializm vakillarida Avgustin falsafasiga nisbatan qiziqish uyg’onishiga sabab bo’ldi. Avgustin inson subyektiv tarzda erkin harakat qiladi, lekin uning barcha harakatlarini u orqali Xudo bajaradi, deb hisoblagan. Xudoning borlig’ini insonning o’zligidan, inson tafakkurining o’z-o’zi uchun ishonchliligidan keltirib chiqarish mumkin. Avgustin shaxs uchun o’zlikning rolini ko’rsatib berdi. Zero «Men» - tashqi dunyodan ajralib chiqadigan va hatto undan «berkinib» oladigan intim mavjudot. Avgustin inson o’z «Meni»ni qanday kashf etadi, degan savolga javob topishga harakat qiladi.
Tarix falsafasini ishlab chiqish ham, garchi atamaning o’zini Volter taklif qilgan bo’lsa-da, Avliyo Avgustindan boshlangan. Antik faylasuflarda «tarixiylik» tushunchasi mavjud bo’lmagan: yunonlar dunyoni estetik jihatdan, mukammal koinot sifatida idrok etganlar. Avgustin esa o’tmish – hozirgi davr – kelajakning o’zaro aloqasini falsafiy jihatdan anglab yetishga harakat qilgan. Hozirgi davr – bir lahza, zero u o’tmishga chekinadi va kelajak sari harakat qiladi. «Insoniy shahar» (jamiyat) hayoti buni tasdiqlaydi.
Avliyo Avgustin asarlari sxolastik falsafaning yaratilishiga asos bo’lgan va uzoq vaqt mobaynida antik falsafani, asosan Platon, Aristotel hamda neoplatoniklar – Plotin, Porfiriy, Prokl, Yamvlix asarlarini o’rganish manbalaridan biri bo’lib xizmat qilgan. Plotinning universal triadasi – «yagona – aql – jon» sxolast-faylasuflar e’tiborini o’ziga tortgan.
Sxolastika (yunon. schole – maktab) – maktab ta’limida hukmronlik qilgan va ilohiyotga to’la bog’liq bo’lgan o’rta asrlar xristian falsafasi. XI asrda sxolastik falsafa doirasida nominalizm va realizm o’rtasida kurash avj olgan. Dastavval: «Xudo bir, lekin siymolarda uchta: Xudo-ota, Xudo-o’g’il va Xudo-muqaddas ruh, degan fikrni qanday tushunish kerak?», degan sof sxolastik savol o’rtaga tashlangan. Ammo bu savol atrofida avj olgan bahs-munozara uning chegarasidan chetga chiqqan va tom ma’noda falsafiy xususiyat kasb etgan: amalda yakka va umumiy dialektikasining muhokamasiga aylangan. Realistlar «umuman inson», «umuman uy» kabi umumiy tushunchalar – «universaliyalar» mavjudligi to’g’risida so’z yuritganlar. Ular ayrim narsalarning mohiyati sanalgan universaliyalar narsalargacha amalda mavjud bo’ladi va narsalarni vujudga keltiradi, deb hisoblaganlar. Bu ashaddiy realizm zamirida Platonning «g’oyalar dunyosi» va «narsalar dunyosi» haqidagi ta’limoti yotadi.
Nominalistlar «universaliyalar narsalardan keyin vujudga kelgan nomlardir», degan fikrni ilgari surganlar. Ayrim narsalar, masalan, odamlar, uylargina realdir, «umuman inson» yoki «umuman uy» esa faqat so’zlar yoki nomlar bo’lib, ularning yordamida odamlar ayrim predmetlarni umumlashtiradilar. Mo’tadil nominalistlar insoniy tushunchalarda ayrim narsalardagi o’xshash jihatlarning in’ikosi sifatida umumiylik mavjudligini taxmin qilganlar.
Realizm umumiylikka narsadan oldin paydo bo’luvchi ideallik sifatida yondashgan, ya’ni amalda umumiy va yakkaning aloqasi to’g’risidagi idealistik konsepsiyani ishlab chiqqan bo’lsa, nominalizm bu muammoni materialistik yo’l bilan yechishning o’ziga xos timsoli bo’lgan.
Shunday qilib, realistlar va nominalistlar o’rtasidagi bahs falsafiy tus olgan, chunki unda umumiy va yakkaning tabiati muammolari, ularning dialektikasi amalda muhokama qilingan.
Foma Akvinskiy (1225-1274) katolik teologiyani yaratgan va sxolastikani tizimga solgan mutafakkir sifatida e’tirof etiladi. Uning eng mashhur asarlari: «Teologiya yig’indisi», «Falsafa yig’indisi», «Majusiylarga qarshi yig’indi». Ularda muallif asosan Aristotel asarlariga tayanadi. Foma Akvinskiy Aristotel ijodi bilan Sharqqa salb yurishi chog’ida tanishadi. Uning ontologiyasida borliq ham ehtimol tutilgan, ham amalda mavjud deb qaraladi. Borliq - ayrim narsalarning mavjudligi, ya’ni substansiyadir. Foma Akvinskiy imkoniyat va voqyelik kabi kategoriyalar bilan bir qatorda materiya va shakl kategoriyalarini ilmiy muomalaga kiritadi. Bunda materiya imkoniyat sifatida, shakl esa – voqyelik sifatida qaraladi.
Foma Akvinskiy Aristotelning shakl va materiya haqidagi asosiy g’oyalaridan foydalanib, din haqidagi ta’limotni ularga to’la bo’ysundiradi. Materiya shaklsiz mavjud bo’lmaydi, shakl esa oliy shaklga yoki «shakllarning shakli» - Xudoga bog’liqdir. Xudo esa sof ma’naviy mavjudot. Shaklning materiya bilan birikuvi moddiy dunyo uchungina zarur. Boz ustiga materiya (Aristoteldagi kabi) passivdir. Unga shakl faol tus beradi.
Foma Akvinskiy «ilohiy borliq», hamonki u o’z-o’zidan ravshan narsa emas ekan, tafakkurimiz anglashga qodir bo’lgan narsalar orqali isbotlanishi lozim. U Xudo borligining hozirgi zamon katolik cherkovi ham foydalanuvchi o’z dalil-isbotini taklif qiladi.
Foma Akvinskiyning ijtimoiy-falsafiy qarashlari ham diqqatga sazovor. U shaxs - «oqilona tabiatdagi eng olijanob» hodisa, deb hisoblagan. Uning fikricha, shaxs aql-zakovat, sezgilar va iroda bilan tavsiflanadi. Aql-zakovat irodadan ustun turadi. Ammo Xudoni bilishni Foma Akvinskiy Xudoga bo’lgan muhabbatdan keyingi o’ringa qo’yadi, ya’ni sezgilar, agar ular oddiy narsalarga emas, balki Xudoga qaratilgan bo’lsa, aqldan ustun bo’lishi mumkin.
Foma Akvinskiy o’zining «Podsholar boshqaruvi haqida» asarida insonga avvalo ijtimoiy mavjudot sifatida, davlatga esa xalq farovonligi haqida g’amxo’rlik qiluvchi tashkilot sifatida yondashadi. Hokimiyatning mohiyatini u axloq, xususan yaxshilik va adolat bilan bog’laydi va hatto xalqning adolatsiz podsholarga qarshi bosh ko’tarish huquqi to’g’risida so’z yuritadi.
Foma Akvinskiy ikki qonun: Xudo odamlar ongi va qalbiga joylagan «tabiiy qonun» va cherkovning davlat va fuqarolik jamiyatidan ustunligini belgilovchi «ilohiy qonun» haqidagi muammoni ham muhokamaga kiritadi. Uning fikricha, dunyoviy hayot bo’lg’usi ma’naviy hayotga tayyorgarlikdir. Podshoning hokimiyati oliy – ma’naviy hokimiyatga bo’ysunishi lozim. Bu hokimiyatni osmonda – Iso Masih, Yerda – Rim Papasi boshqaradi. Foma Akvinskiy siyosiy hokimiyat shakllarini muhokama qilar ekan, Aristotel kabi monarxiyani afzal ko’radi.
Foma Akvinskiy falsafasi XIV asrdan boshlab dominikan sxolastlarining bayrog’iga aylandi, XVI asrdan e’tiboran iyezuitlar tomonidan targ’ib qilina boshladi. Iyezuitlarning mafkurachilari Foma Akvinskiy falsafiy tizimini sharhladi va takomillashtirdi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab uning ta’limoti hozirgi zamon falsafiy tafakkurining qudratli oqimlaridan biri sanalgan neotomizm negiziga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |