reseptiv (sust);
ekspluatatorcha;
tamagirlik;
bozor tiplari.3
Reseptiv (sust) xarakter (yoki mo’ljal), odam biror narsani tashqaridan, ya’ni, tashqi manbadan olishga xarakat qilishini anglatadi. Bunday xarakter tipiga ega bo’lgan odamlar nafaqat ularga bilim beruvchi va yordam ko’rsatuvchi nufuzli odamlarga, balki umuman biror yordam ko’rsatishga qodir bo’lgan odamlarga qaram bo’lishadi. Bunday odamlar muammo yechimi va javobgarlik mas’uliyatini o’z zimmasiga olishga qodir emas. Reseptiv mo’ljalni Fromm oluvchi, deb ataydi.
Ekspluatatorcha xarakter tipi reseptivga shunisi bilan yaqinki, bunday xislatli odamlar barcha narsalar manbaini tashqarida qurishadi. Ammo tafovut shundaki, ular boshqalardan biror narsani sovg’a tariqasida olishga umid qilmasdan, balki, ulardan narsalarni kuch yoki ayyorlik ishlatib tortib olishadi.
Fromm yozadi: “Ular boshqalardan tortib oladigan narsalar bilangina qanoatlanishi tufayli, boshqalarga tegishli narsalarga ortiqcha baxo berishga va o’z shaxsiy narsalariga kam baxo berishga moyil bo’lishadi”1. Ekspluatatorcha mo’ljalni u egallab oluvchi, deb ataydi.
Tamagirlik xarakter tipi ilk ikki tipdan tamomila farq qiladi. Uning bosh jixati - xasislik, tejamkorlik, ziqnalik. Bu xarakter tipiga mansub odamlar nafaqat pul, moddiy buyumlarni, xatto muxabbatni ham imkon boricha kamroq berishga xarakat qilishadi. Bunda muximi - egalik qilish. Ta’magirlik xarakter tipi ba’zan bema’nilik darajasiga olib boriladigan maydakashligi, batartibligi, extiyotkorligi bilan ajralib turadi. Fromm bunday tipni extiyot qiluvchi (tejamkor), deb ataydi.
Bozoriy xarakter tipini u eng batafsil ko’rib chiqadi. Agar ilk uch tip o’tmishda ham uchragan bo’lsa, bozor tipi faqat xozirgi zamonda ustunlik qila boshladi. Bu mo’ljalning modeli bozor va uning zamonaviy jamiyatdagi iqtisodiy vazifasi bilan belgilanadi. Zamonaviy bozorning o’ziga xos jixati - uchrashuv joyi emas, balki mavxum va shaxssiz talab mexanizmi bo’lganligi sababli, bozoriy xarakter tipi ham odamlarning istalgan qadriyatni, shu jumladan odamlar qimmatini ham ayirboshlash qiymati, deb qabo’l qilishlarini anglatadi. Bunday odamlar uchun ham shaxsiyat, ham tovar bozori baxolari doim bir xildir. Shu munosabat bilan Fromm yozadi: “Inson o’z xayoti va baxti xaqida emas, balki bozori chaqqon tovarga aylanishi xaqida qayg’uradi”2. Shuning uchun Fromm uni ayirboshlovchi, deb ataydi.
Bozoriy xarakter tipini taxlil qilishda olimning tenglik xaqidagi muloxazalari va shundan kelib chiqadigan xulosalari muximdir. U shunday ta’kidlaydi: “Bugun tenglik o’zaro almashuvchanlik ekvivalenti bo’lib qoldi, bu esa individual xislatlarni ro’yirost inkor etish degani. xar bir insonning betakrorligini rivojlantirish o’rniga, tenglik individual xislatlar barham topishini, bozoriy mo’ljal uchun xos bo’lgan “o’zligidan voz kechish”ni anglatmoqda. Tenglik farqlanish bilan bilinar edi, ammo “befarqlik” muqobiliga aylandi; aslida ham, befarqlik zamonaviy odamning o’ziga va boshqalarga munosabatini ifodalaydi”3 Garchi Fromm bozoriy xarakter tipini samarasiz mo’ljallardan biriga kiritsa-da, bozoriy tip qolgan uchtasidan farq qilib, aloxida o’rin egallaydi. Bu yerda individual xislatlar so’nggi o’ringa qo’yiladi, ayirboshlash buyumi bo’la oladigan narsalar esa birinchi o’ringa chiqadi.
Fromm ta’kidlashicha, xarakterning barcha to’rt tipi “inson xayotida o’z joyiga ega, biror o’ziga xos mo’ljalning ustunligi esa ko’p jixatdan shaxsni qurshab olgan madaniy muxitga bog’liq” Boshqalarni ekspluatasiya qilish xuquqi bir guruxga biriktirilgan jamiyatlarda esa, reseptiv mo’ljalni ko’p uchratish mumkin (Fromm avvalambor quldorlik jamiyatini nazarda tutmoqda). “O’zimga keraqli narsalarni olaman” degan shiorni olg’a suruvchi ta’magirlik xarakteri esa bizga qaroqchilar, feodallar, XIX asrning magnat-talonchilarini eslatib yuboradi. XVIII-XIX asrlarda ta’magirlik mo’ljallari ekspluatatorlik mo’ljallari bilan yonma-yon yashagan. Bozoriy mo’ljal ildizlarini bu asrlardan qidirish kerakmas. U zamonaviy maxsulotdir. Uram, yorlik, firma belgisi faqat yaqindagina tovarlar uchun ham, odamlar uchun ham muxim bo’lib qoldi.
Samarasiz mo’ljalning sosial xarakateri tiplarini ko’rib chiqishga yakun yasay turib, Fromm shunday xulosaga keladi: “Shaxsning o’z qiyofasi, mazmunini va xayot ma’nosini yo’qotishi, avtomatlashuvi qoniqmaslik xissi kuchayishiga hamda shu mo’ljalga eltuvchi yanada munosib turmush tarzi va me’yorlarini izlashga majbur qiladi. Samarali mo’ljal esa shunday xarakter tipini namoyish etadiki, bunda insonning barcha imkoniyatlari o’sishi va rivojlanishi - qolgan barcha xatti-xarakatlar bo’ysunadigan mo’ljal bo’lib qoladi”3.
Shunday qilib, samarali yunalganlik, yoxud Fromm ataganidek, samarali xarakter inson taraqqiyoti mo’ljalini ko’zlaydi va insonparvar axlok namunasi xisoblanadi. Fromm “samaradorlik” tushunchasini taxlil qilishga ko’p e’tibor beradi. Uning nazdida, bu insonning o’z kuchlarini ishlatish va o’z tug’ma imkoniyatlarni ro’yobga chiqarish qobilyatidir. Boshqa yerda u samaradorlikni ijod, ayniqsa, badiiy ijod bilan bog’laydi. Samaradorlikka yana bir yondashuv, uni ruxan va ma’nan shikast yemagan xar bir inson qodir bo’lgan ko’rsatma sifatida qabo’l qilish bilan bog’liq. Samaradorlik shuningdek faollik muqobili ham xisoblanadi. Pirovard natijada u odamning dunyoga munosabatining o’ziga xos usuli sifatida baxolanadi. Fromm samarali xarakter yoxud samarali mo’ljalning uch tipini keltiradi: faol, sevuvchi, aqlli.
U sosial xarakater tiplarini aniqlay turib, klassik kapitalizmga jamg’arish, individualizm, tajovuzkorlik singani sosial xarakater qirralari xos, deb yozadi. Zamonaviy burjuaziya jamiyatiga kelsak, u boshqa jixatlarni sanab o’tadi: iste’molga intilish, qat’iyatsizlik, yolg’izlik, zerikish xissi va xokazo.
Sosial xarakater toifasini ishchiga nisbatan tadbiq eta turib, Fromm uning puxtalik, intizom, birgalikda mexnat qilish qobilyatini ko’rsatib o’tadi. Dexkonning sosial xarakateri individualizm, qat’iylik, uni o’zgartirishga o’rinishlarga qarshi turish bilan ajralib turadi.
Kapitalistik jamiyat tadkikoti Fromm ijodida ancha sezilarli o’rin egallaydi. O’z xususiyatiga ko’ra bu qat’iy insonparvarning taxlili edi. U burjuaziya jamiyatining insonga qarshi qaratilgan ko’pgina salbiy tomonlarini ko’rardi.
Uning xisobicha, kapitalizm insonga umuman qarshi turib, hammaning begonalashuviga olib keladi: ishlab chiqarish insondan, inson tabiatdan, inson o’z mexnati predmeti va maxsulidan va oxir- oqibat - inson insondan uzoqlashadi. Ammo asosiysi - bu shaxsning jamiyatdan begonalashuvi bo’lib, u ko’plab oraliq bo’g’inlar va mexanizmlarga ega. Fromm yozishicha, yotsirovchilar jamiyati insonni buyumga, kum zarrasi, g’ildirakchaga aylantiradi.
Bu jarayon mo’ljali - nafaqat iqtisodiy (ekspluatasiya, foyda ko’rish), balki, olim uchun muximi - xarbiy-siyosiydir. Gap shu xaqida bormoqdaki, uning niqtai nazariga ko’ra, shu tariqa “ulkan qurollanish mashinasini aylantirish” oson kechadi. Shubxasiz, bunday jamiyat aloxida bir “destruktiv shaxs tipi”ni yaratadi, u naq insoniyat mavjudligiga taxdid soladi.
Frommning shaxsning jamiyatdan begonalashuviga yo’l qo’ymaslik xaqidagi asosiy ijobiy goyalari quyidagicha:
ishlab chiqarish iqtisodiyotga emas, insonga xizmat qilishi kerak;
odam va tabiat o’rtasidagi munosabatlar ekspluatasiya emas, hamkorlik asosiga qurilishi lozim;
ziddiyatlar hamma yerda birdamlik munosabatlariga joy bo’shatishi kerak;
iloji boricha ko’p emas, balki oqilona iste’mol qilish inson salomatligi va farovonligi uchun xizmat qiladi;
xar bir inson boshqa odamlar manfaati uchun ishchan faoliyat bilan shug’ullanishi zarur;
barcha ijtimoiy tadbirlarning oliy mo’ljali - inson farovonligi va iqtisodiy iztiroblarning oldini olish bo’lishi kerak4.
Shu tariqa, Fromm iste’molchilik jamiyatiga qarshi chiqqan. 1960-1970-yillarda bunday jamiyatning moxiyati odamlarning iste’molga nisbatan faoliyatning bosh turi sifatida qiziqishi keskin ortishida namoyon bo’ldi. Olim bu jamiyatning cheklanganligi va xavfliligi, uning shaxsga qarshi qaratilganligi, bu jamiyat insonning samarali faoliyatiga taxdid solishi xaqida ogoxlantirdi. Fromm xisoblashicha, iste’molparastlik insonni ishchan ijtimoiy faoliyatdan “yulib olib”, teskari tomondan begonalashuviga olib keladi.
Begonalashuv muammosiga erkinlik muammosi ham uzviy bog’liqdir, Fromm o’zining yirik asarlaridan birini uning taxliliga bag’ishladi (“Erkinlikdan qochish” kitobi). U “...dan erkinlik” bilan “... uchun erkinlik” o’rtasida ajratuvchi chiziq tortadi. Olim, erkinlikning aniq qiyofasini va uning mo’ljalini ko’rishga doim intilish kerak, deb isbotlaydi. Odamlar ko’pincha erkinlikning birinchi jixatiga urg’u beradilar, vaxolanki, ikkinchi jixati ham katta ahamiyatga ega. Fromm uchun “...dan erkinlik” “... uchun erkinlik”ning sharti xisoblanadi.
Instinktlardan, begonalashuvdan, totalitarizmdan erkinlik boshqa odamlar bilan birdamlik uchun, muxabbat uchun, ishchan faoliyat uchun erkinlik asosiga aylanadi. xar bir jamiyat o’z tarixiy erkinlik tipini yaratadi.
Olim erkinlik muammosini nafaqat kapitalistik jamiyat sharoitida, balki insoniyat taraqqiyotining avvalgi bosqichlaridan kapitalizmga o’tish doirasida taxlil qiladi. Erkinlikning barcha asosiy turlari - “...dan” va “... uchun”ni inson jamiyati evolyusiyasining barcha bosqichlarida ko’rib chiqib, itoatsizlik, tanqid erkinlik poydevoriga aylanishini isbotlaydi. Ammo bu to’liq erkinlik emas, uni amalga oshirish jamiyat, boshqa odamlar, nixoyat, o’z-o’zi bilan birdamlik orqali yakun topishi kerak. Agar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sharoitlar insonga dunyo bilan aloqa qilishga imkon bermasa, u xolda inson erkinligi Og’ir yukka aylanadi. Unda odamlar bunday erkinlikdan qochadi. Fromm fikricha, bunday vaziyat totalitar rejimli jamiyat uchun xosdir.
Umuman, olim jamiyatning bosqichma-bosqich rivojlanishiga, salbiy erkinlikdan (erksizlikdan) ijobiy erkinlikka (xaqiqiy erkinlikka) xarakatlanish sifatida baxo bergan. Ammo jamiyat taraqqiyoti tarixi erkinlik va erksizlik, ularning o’zaro munosabatlarida jumboqlar yaratgan. Masalan, feodalizm kishanlaridan ozod bo’lgach va katta erkinlikka ega bo’lganidan so’ng, inson buning evaziga kapitalizmda birdamlik va dadillik xissini yo’qotishi bilan xun to’lagan. Boshqacha aytganda, erkinlikka erishish uni yo’qotishga olib kelgan.
Fromm kapitalistik jamiyatni insonparvarlik xislatlarini yo’qotuvchi va nosog’lom, deb xisoblagan. Darvoqe, u sovet jamiyatiga ham shunday baxo bergan. Uning nazarida, kapitalizm yoppasiga begonalashuv jamiyati sifatida ommaviy ravishda odamlarni emas, inson xis-tuyg’ularidan maxrum bo’lgan yotsirovchi avtomatlarni ishlab chiqaradi. Industrial tizimning iqtisodiy va ruxiy ziddiyatlari sababli, kapitalizm jamiyat sifatida juda chuqur inqirozni boshdan kechirayotganiga Frommning ishonchi komil edi. Albatta, u mazkur jamiyatning fan, texnika, odamlarning moddiy farovonligi yo’lidagi ulkan yutuqlarini tan olardi. Ammo ko’p odamlarning cheksiz individual erkinlikka, moddiy farovonlikning umumiy va monesiz o’sishiga, tabiat ustidan xukmronlikka bog’lagan katta umidlari ushalmasligi ma’lum bo’ldi. Uning fikricha, sivilizasiya o’z-o’zini xalok etish yoqasida turibdi.
Inqirozdan qutulish yo’llari qanday? Olim o’ylashicha, bu yotsiramagan shaxsning extiyojlariga javob beruvchi yangi inson va yangi jamiyatni yaratishdir. Fromm ishlab chiqqan dastur, inson tabiatini tubdan o’zgartirish orqali insoniyatni iqtisodiy va ruxiy falokatdan xalos etishni ko’zlagan edi. Bu o’zgartirish ustunlik qiluvchi maqsaddan yashash maqsadiga, me’yordan ortiqcha iste’mol o’rniga sog’lom iste’molga o’tishda, sanoat va siyosatni markazdan yiroqlatishda, siyosiy va industrial demokratlashuvda, qog’ozbozlikka asoslangan boshqaruv usulini insonparvar boshqaruv usuliga almashtirishda ifodalandi.
Frommning sotsiologligi nafaqat shu fanni, balki butun zamonaviy G’arb intellektual madaniyatini rivojlantirishga qudratli turtki berdi.
Nazariy ta’siri va ahamiyati bilan bir qatorda, u 1960-yillarning oxiridagi yoshlar xarakatini faollashtirishda amaliy ta’sir ko’rsatib, yoshlarni ham shu avlodning, ham butun jamiyatning sotsial xarakaterini o’zgartirish xaqida o’ylashga majbur qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |