Noto'qima matolarning tasnifi
Standart tasnifi bo'yicha noto'qima matolar quyidagi guruhlarga bo'linadi:
- ichki kiyimlar, bolalar kiyimi, xalatlar va
cho'milganda kiyiladigan kiyimlar uchun mo'ljallangan
noto'qima matolar;
- ko'ylak va kostyumbop noto'qima matolar;
- sport kiyimlarini tikish uchun noto'qima matolar;
- paltobop noto'qima matolar;
- poyabzallarning ustki va astar qismlari uchun mo'ljallangan noto'qima matolar;ssss
- sochiqbop noto'qima matolar;
- mebelsozlikda ishlatiluvchi noto'qima matolar;
- ko'rpalar;
- astarbop noto'qima matolar.
Savdo tasnifi bo'yicha noto'qima matolar tolali tarkibiga ko'ra to'rt sinfga bo'linadi:
1 - paxta tolasidan va paxta tolasini viskoza tolasi bilan birgaiikda qo'shib ishlab
chiqarilgan matolar;
2 - yarimjun matolar;
3 - kimyoviy tola va iplardan ishlab chiqarilgan matolar;
4 - zig'ir tolali noto'qima matolar.
Bu sinflarning har qaysisi matolarning tuzilishi va olinish usuliga ko'ra guruhlarga bo'linadi. Masalan, gazlamalarga o'xshash tuzilishdagi noto'qima matolar olinish usuliga ko'ra quyidagi guruhlarga bo'linadi:
1 - tolalar o'ramasini to'qib-tikib olingan matolar;
2 - ip turkumlarini to'qib-tikib olingan matolar;
3 - tolalar o'ramasi tagiga gazlama qo'yib to'qib-tikib olingan matolar;
4 - tolalar o'ramasidagi tolalarni ignalar yordamida biriktirib olingan matolar;
5 - tolalarni elimlash usulida olingan matolar;
6 - aralash usulda ishlab chiqarilgan noto'qima matolar;
7 - to'qib-tikilgan vatinlar;
8 - tolalarni ignalaryordamida biriktirib olingan vatinlar.
Noto'qima matolarning ishlatilish maqsadiga ko'ra guruhlar guruhchalarga bo'linadi:
1 - turmushda ishlatiluvchi noto'qima matolar;
2 - o'rama va mashina-uskunalarni artish materiallari sifatida ishlatiluvchi matolar;
3 - poyabzal sanoatida ishlatiluvchi noto'qima matolar;
4 - sun'iy charmlarni ishlab chiqarganda asos sifatida ishlatiluvchi noto'qima matolar;
5 - qatbop va mebelsozlikda hamda suzgich sifatida ishlatiluvchi matolar;
6 - issiqni tutuvchi oraliq sifatida ishlatiluvchi noto'qima matolar (vatinlar).
Noto'qima matolar turlari artikul bilan belgilanadi. Yuqorida qayd qilingan savdo
tasnifidagi sinf guruh va guruhchalar tartib nomerlari noto'qima materiallarning artikullari
bilan bog'liq. Artikulning birinchi raqami doim 9 bo'ladi. Ikkinchi raqam noto'qima matolarning qaysi sinfga kirishini belgilaydi: 1,2,3 yoki 4. Uchinchi raqam - guruhnomerini: 1 dan to 8 gacha. To'rtinchi raqam guruhcha. Sanoatda ishlab chiqarilayotgan trikotaj matolari ikkita guruhga bo'linadi - ichki kiyimlar uchun va ustki kiyimlar uchun. Birinchi guruhga kiruvchi
matolar erkaklar va bolalar ko'ylaklari, ichki ishtonlari, ichki ko'ylaklari, issiq ko'ylaklar,
ayollar ichki kiyimlari, sport kostyumlari va hokazolarni tikish uchun ishlatiladi. Ikkinchi
guruhdagilari esa jaket, ko'ylaklar, kostyumlar, paltolar, kurtkalar va hokazo buyumlarni
tayyorlashda ishlatiladi.
Preyskurant bo'yicha to'qish-tikish usulida olingan noto'qima matolar gazlamalarga o'xshash matolar
guruhiga va vatinlar guruhiga bo'linadi.
Kiyimlik noto'qima matolar, gazlama yoki trikotaj matosi o'rniga ishlatiladi. Shu tufayli
ularning tashqi ko'rinishi gazlama yoki trikotaj ko'rinishini eslatishi kerak. Ayollar ko'ylagi,
bluzkasi, erkaklar ko'ylagi uchun ishlatiladigan noto'qima matolar yupqa, yengil, kostyumlar,
kurtka, paltolarga qo'llaniladiganlariesanisbatan og'ir, zich, bikr va qalin, jun
gazlamalarga o'xshash yumshoq boladi. Noto'qima matolar duxoba, baxmal, bayka, movut
gazlamalariga o'xshash sidirg'a rangli, oqartirilgan, holda, gul bosilgan, sirtiga tuk
chiqarilgan va hokazo ishlab chiqariladi.
Noto'qima matolarning kiyimlarga ishlatiladigan turlarining katta miqdorini to'qish-tikish
usulida olinuvchi matolar tashkil qiladi. Bu matolar o'zining tolali tarkibiga ko'ra bir xil
tolalardan va har xil tolalar aralashmasidan olingan matolarga bo'linadi. Bir xil tolalardan
ishlab chiqarilgan matolar asosan paxta, viskoza, jun tolalaridan olinadi. Tolalar
aralashmasiesapaxta - viskoza-kapron; nitron-viskoza-jun; kapron-viskoza-jun; lavsan-
kapron-jun va hokazo Tikuvchilikda keng tarqalgan to'qish-tikish usulida olingan noto'qima
matolar quyidagilardir.
1. "Xerson" va "Borislavka" baykalari paxta tolasidan ko'ndalangiga to'qilgan sirti tukli
trikotaj matosini eslatadi. Bu matolar bolalar ichki kiyimlarini tikish uchun flanel va
bumazeya gazlamalari o'rniga ishlatiladi. "Xerson" baykasi sof paxta yoki paxta va viskoza
tolalari (75 foiz + 25 foiz) aralashmasidan, "Borislavka"esapaxta va viskoza tolalarining
(50 foiz+50 foiz) hajmidagi aralashmasidan ishlab chiqariladi. Bu matolar sidirg'a rangli yoki
oqartirilgan holda pardozlanadi va sirtining bir tomonida chiqariigan tuki bo'ladi. Tikish
o'rilishi - triko.
2. "Vasilyok" matosi "Xerson" ga o'xshab 75 foiz paxta tolasi va 25 foiz viskoza tolasi
aralashmasidan olinadi. Pardozlanishi – sidirg'a rangli va sirti tukli bo'ladi,o'rilishi -
sukno-zanjir bo'lganligi tufayli bu matoning cho'ziluvchanligi past.
3. Jun va viskoza tolalari aralashmasidan olingan "Polotno" va "Araxnyanka" nomli matolar
jun tolali movut gazlamasiga o'xshaydi va yoshlar paltolarini tikishda qo'llaniladi.
4. Viskoza tolali o'ramni kapron iplari bilan triko o'rilishda tikib olingan " Marichka"
matosi erkaklar ko'ylagi, ayollar ko'ylak va xalatlarini tikishda ishlatiladi. Bu mato sidirg'a
rangli, oqartirilgan yoki gul bosilgan bo'ladi. Sirtida o'rilish baxiyalaridanbo'ylamasiga
chandiqsimon naqshlari mavjud.
Noto'qimamatolarning ichidaip tokumlarini tikib olingan turlari ham ma'lum ahamiyatga ega. Bu
matolar ishlab chiqarilishida qo'llaniladigan mashinaning nomi, ya'ni "Malimo" nomi bilan
ataladi. Bu turdagi matolarning tuzilishidaarqoq, tandaiplar turkumlari mahkamlovchi iplar
bilan tikilib biriktiriladi. Tandavaarqoq iplarigachiziqiy zichligi 25-84 teks bo'lgan karda
va apparat yigiruv usullarida olingan paxtatolali ip, yo'g'onligi 29,4teksgatengtariqasida
bo'lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |