3-Mavzu: borliq? Ontologiya va metafizika. Reja


Hozirgi zamon fani materiya haqida



Download 88,88 Kb.
bet2/3
Sana18.01.2022
Hajmi88,88 Kb.
#385334
1   2   3
Bog'liq
3 мавзу Борлиқ , онтология ва метафизика

Hozirgi zamon fani materiya haqida.

Ob’ektiv borliq hamisha harakat qilib turuvchi materiyadan iborat. Materiya fikrimizning mahsuli abstraksiya bo‘lib, falsafada uni barcha moddiy ob’ektlarga xos xususiyatlarni umumiy tarzda, ifodalash uchun qo‘llashadi. Demak, materiya moddiy ob’ektlarga xos eng umumiy tushuncha, falsafiy kategoriyadir. Olamda mavjud bo‘lgan konkret moddiy ob’ektlar materiyaning muayyan konkret ko‘rinishlaridir. Moddiy dunyo xilma-xildir, unda sodir bo‘ladigan hodisalar ham turli-tumandir. Ularning asosini nima tashkil qiladi degan savol ko‘pgina kishilarni qiziqtirib kelgan. Falsafadagi ikkita oqim bu savolga ikki xil javob berishgan.

Idealizm vakillari narsa va hodisalar asosini sezgi, ilohiy iroda yoki mutlaq g‘oya tashkil etadi deb tushintirishgan.

Materialistlar esa hodisalarni tabiiy tushuntirishga harakat qilishgan. O‘tmishdagi materialistlar materiyani real narsalar va hodisalarning biror aniq shakllari bilan taqqoslashga harakat qilganlar. Fales dunyoning asosini suv tashkil qiladi degan. Geraklit esa hamma narsaning asosini olov tashkil qiladi deydi. Ba’zi materialistlar dunyoning asosini, barcha narsa va hodisalarning asosini to‘rtta element tashkil qiladi deyishgan. Bular: suv, olov, havo, tuproq. YUqoridagilarni hisobga olgan holda materiyaga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:

- Materiya ob’ektiv reallikni ifodalovchi falsafiy kategoriya bo‘lib, bu ob’ektiv reallikni inson o‘z sezgilari bilan idrok qiladi va u bizning sezgilarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda mavjuddir, bizning sezgilarimiz undan nusxa, surat oladi, uni aks ettiradi.

Ta’rifda materiya ongimizning ob’ektiv manbai ekanligi va uni bilish mumkinligi ta’kidlanishi bilan birga, o‘tmishdagi falsafiy sistemalardan farqli, materiya hissiy qabul qilinadigan jismlardan, moddalar, zarralardan va hokazolardan iborat etib qo‘ymaydi.

Materiyaning falsafiy tushunchasi uning tuzilishi va xususiyatlari to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur bilan aralashtirib yubormaslikni talab qiladi. CHunki materiyaning falsafiy tushunchasi mutlaq xarakterga ega bo‘lib, fandagi yangi-yangi kashfiyotlar uni tasdiqlab boradi, lekin mohiyatini o‘zgartirmaydi. Materiyaning tuzulishi va xususiyatlari to‘g‘risidagi tabiiy-ilmiy tasavvur esa fan taraqqiyoti bilan o‘zgarib, kengayib boradi.

Materiyaning falsafiy tushunchasini uning tabiiy-ilmiy tasavvuridan farqini tushuna olmagan ba’zi tabiatshunos va faylasuflar materiya yo‘q bo‘ldi degan fikrga borishdi. Buning sababi XX asr boshlarida fizika fanida bo‘lgan yangiliklar edi. Atomning o‘z navbatida yanada mayda zarrachalarga -elektron, protonlarga bo‘linib ketishini kashf etilishi “materiya yo‘qoldi” deb xulosa chiqarishlariga olib keldi. Materiya yo‘q bo‘lmaydi, uning eski tuzilishi yo‘q bo‘ladi, uning xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarimiz chegaralari kengayadi, uning tuzulishi va xususiyatlari to‘g‘risida chuqurroq tasavvur vujudga keladi.

Moddiy olamning har qanday ob’ekti yagona va takrorlanmasdir. Lekin ob’ektlar qanchalik yagona va takrorlanmas bo‘lmasin, ular tuzulishida umumiy belgilar bor. Masalan: atomlarning juda ko‘p turlari bor, lekin ular bir tipda tuzilgan(atomda yadro va elektron qobig‘i bo‘lishi kerak.). Turli makrojismlarda, hujayralarda, ulardan tuzilgan tirik organizmlarda ham umumiy belgilar topish mumkin. Tuzilmalardagi umumiy belgilarning mavjudligi turli ob’ektlarni muayyan moddiy tizimlar turkumiga birlashtirish imkoniyatini beradi. Bu turkumlarni ko‘pincha yuqorida ta’kidlaganimizdek, materiya tuzilishining darajalari deb atashadi.

Hozirgi zamon fani asoslanadigan tasnivga ko‘ra materiya tuzilishi tashkiliy strukturaviy va miqyosiy strukturaviy darajalariga bo‘linadi.

1) Materiyaning tashkiliy-struktura darajalari – moddiy sistemalarning tashkiliy jihatdan uyushganligi va faolligiga qarab bir-biridan farq qiladi. Bu darajalar fazo-vaqt strukturasining sifatiy xususiyatlari bilan farq qiladi. Ular notirik daraja(notirik tabiat), organik daraja – (tirik tabiat) va sotsial daraja (jamiyat) deb yuritiladi.

Notirik tabiat darajasida atom yadrosi, yadro, atom va molekulalar majmuasi, molekulyar birikmalar, jismlar, er shari, osmon jismlari, quyosh sistemasi va boshqa planetar sistemalar, yulduzlar to‘pi, Gallaktika, metagallaktika va koinatning quyi darajada uyushgan fazo-vaqt aloqadorliklari namoyon bo‘ladi.

Masalan har qanday makrojismni muayyan molekulalar majmui sifatida qarash mumkin. Har qanday molekula ham tizimdir. U atomlar va ular o‘rtasidagi muayyan aloqalardan iboratdir. Har bir atomning yadrosi o‘z navbatida ichki tarkibga ega. Oddiy misol - vodorod atomida - yadro bir zarracha - protondan iborat. Nisbatan murakkab atomlar yadrosi proton va o‘zaro ta’sir qiluvchi va neytronlardan tashkil topadi. Proton va neytronlar ham murakkab tuzilmalardir. Ular tarkibida ham o‘ziga xos elementlar mavjud.

Notirik tabiat darajasiga nisbatan uyushganroq va faolroq fazo-vaqt sistemasi organik daraja deyiladi. Tirik tabiatni o‘rganganimizda ham, biz materiyaning tizimli tuzilishini ko‘ramiz. O‘nga organik molekulyar sistemalar, tirik organizmlarning xilma-xil ko‘rinishlari, bir xo‘jayrali suv o‘tlari va sodda jonivorlardan tortib, murakkab tuzilgan umrtqalilargacha, sodda hayvonlardan to maymunlar va odamlargacha kiradi.

Odamlardan tashkil topgan turli murakkablikdagi ijtimoiy sistemalar sotsial darajaga mansubdir. Jamiyatda ham ko‘p miqdordagi o‘zaro tutashuvchi tizimlarning tiplari mavjuddir: odam, oila, turli kollektivlar, birlashmalar va tashkilotlar, partiyalar, sinflar, millatlar, davlatlar, davlatlarning tizimlari va yaxlit jamiyat ham.

Yuqorida aytilgan tashkiliy-struktura darajalari bir-biridan moddiy aloqadorliklar sifati va miqdoriga ko‘ra, unda etakchilik qiluvchi harakt qiluvchi shakliga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Masalan, noorganik daraja mexanik, fizik, ximiyaviy va geologik harakat shakllari faoliyat ko‘rsatsa, organik darajada yuqoridagi harakat shakllariga biologik harakat qo‘shiladi va u mazkur darajada etakchilik qiladi, sotsial darajada yana bir xkat shakli –ijtimoiy harakat faoliyati ko‘rsatib, u ushbu darajada etakchilik qitadi.

Borliq falsafa predmeti sifatida. Biz dunyo, materiya tuzilishi, makon, zamon, harakat, hayot, ong va shu kabilar haqida tasavvur hosil qilish uchun asosan, avvalo fizika, astronomiya va biologiya kabi tabiatshunoslik fanlariga murojaat etamiz. Lekin bu falsafada borliq muammolari o'rganilmaydi, degan ma'noni anglatmaydi. Bugungi kunda olimlar notirik, tirik dunyo va ijtimoiy dunyo nima, degan savollarga javob topishda jiddiy yutuqlarga erishganlar. Ular dunyo haqida bir qarashda yaqindagina – o'tgan asrda yashagan o'z hamkasblariga qaraganda to'laroq va teranroq tasavvurga egadirlar. Ammo, dunyoning mohiyati haqidagi ko'pgina muhim savollarga hozir ham aniq va uzil-kesil javoblar mavjud emas. Masalan, nafaqat makon yoki vaqt tushunchalariga, balki nisbatan soddaroq hodisa bo'lmish gravitatsiya tushunchasiga ham dunyoda biron-bir fizik bugungi kunda ham aniq (ayni paytda tajribada tasdiqlanadigan) ta'rif bera olmaydi.

Shu sababli insonning dunyo haqidagi qarashlarida muhim rol o'ynaydigan, biroq ilmiy yechimini topmagan muammolarni falsafiy anglab yetishga kuchli ehtiyoj doimo mavjud bo'lgan va hozir ham saqlanib qolmoqda. Bu muammolarning aksariyati haqli ravishda «boqiy» muammolar deb ataladi, chunki ular predmeti mos kelsa ham bilish metodlari va vositalari har xil bo'lgan fan va falsafa e'tiborini o'ziga qayta va qayta tortib kelmoqda. Shuni ta'kidlash lozimki, fizika va boshqa muayyan fanlarga joiz bo'lmagan narsalar falsafa uchun joizdir. Aniq dalillarga tayanadigan va ularga muvofiq qarashlar birligiga erishishga harakat qiladigan tabiatshunoslikdan farqli o'laroq, falsafa yakdillikka intilmaydi va ayni bir muammolar bo'yicha ba'zan qarama-qarshi, bir-birini istisno etuvchi javoblar beradi. Shu tariqa u dunyoqarashni kengaytiradi, eski muammolarning odatdagi talqinini o'zgartiradi, aniq fanlarning metodlari bilan amalga tatbiq etiladigan yangi yechimlar ustida ijodiy izlanishga da'vat etadi.

Shu tariqa falsafa evristik va metodologik rolni bajarar ekan, ayni vaqtda o'zi ham tabiatshunoslik oluvchi ishonchli natijalarga muhtoj bo'ladi va ulardan yangi nazariyalar tuzish uchun asos sifatida foydalanadi. Shu sababli biz borliqning asosiy shakllari va fundamental asoslarini falsafa nuqtai nazaridan o'rganar ekanmiz, albatta yo ishonchliligi shubha uyg'otmaydigan, yo borliqni yaxshiroq tushuntirgani uchun qabul qilinadigan tabiiy-ilmiy material va daliliy ma'lumotlarga tayanamiz.

Ontologiya tushunchasi. O'quv kurslarida asosiy falsafiy muammolarni o'rganish odatda ontologiyadan boshlanadi. Ontologiya

falsafiy bilimlarning alohida sohasi bo'lib, unda borliq va yo'qlik, mavjudlik va nomavjudlik muammolariga doir

masalalarning keng doirasi o'rganiladi, shuningdek mavjudlik sifatiga ega bo'lgan barcha narsalarning mohiyati aniqlanadi.

«Ontologiya» atamasi falsafada faqat XVII asrdan beri ishlatiladi, lekin u yunoncha o'zaklarga ega bo'lib (ontos – borliq,

logos – so'z, ta'limot), borliq haqidagi ta'limot degan ma'noni anglatadi. Ontologiya falsafada alohida o'rin egallaydi. Ikki

yarim ming yillik faol falsafiy izlanishlar natijasida falsafiy bilim tizimida ontologiyadan tashqari falsafaning

muhim falsafiy mazmun kasb etadigan gnoseologiya, aksiologiya, ijtimoiy falsafa, axloq, estetika, mantiq kabi tarkibiy

qismlari paydo bo'ldi. Lekin ularning barchasi zamirida ontologiya yotadi. O'z navbatida ontologiya har qanday falsafiy

dunyoqarashning negizi hisoblanadi va shu tariqa o'z tarkibiga kirmaydigan boshqa falsafiy muammolar talqinini ko'p

jihatdan belgilaydi.

«Borliq» kategoriyasi. Aksariyat falsafiy tizimlarning kategoriyalar apparatini tashkil etadigan ko'p sonli falsafiy

kategoriyalar orasida «borliq» kategoriyasi doimo markaziy o'rinni egallaydi. Chunki u har qanday predmet, hodisa, voqea va

shu kabilarning eng muhim xususiyatini, aniqroq aytganda, ularning mavjud bo'lish, bevosita yoki bilvosita namoyon bo'lish,

o'zaro ta'sirga kirishish qobiliyatini aks ettiradi.

Bu inson o'zligini va o'zini qurshagan borliqni anglashga ilk urinishlaridayoq duch keladigan har qanday ob'ektning, borliq har

qanday qismining umumiy xossasidir.

Inson aqlli jonzot sifatida shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridayoq o'z dunyoqarashining negizini tashkil etadigan

muhim savollarga javob topish zaruriyati bilan to'qnash keladi:

1. «Men kimman?»

2. «Meni qurshagan borliqning mohiyati nimada?»

3. «Borliq qanday va qaerdan paydo bo'lgan?»

4. «Dunyoni nima yoki kim harakatlantiradi?»

5. «Dunyoning rivojlanishida biron-bir maqsadga muvofiqlik, maqsad, mo'ljal bormi?»

Inson bunday savollarga javob berishga kirishar ekan, uning ongi avvalo o'zi nima bilan bevosita ish ko'rayotganini qayd

etadi. Buni aniq anglamasdan, u o'zining dunyo haqidagi mulohazalarini aniq-ravshan narsalarni qayd etishdan boshlaydi. Shu

tariqa inson va uning ongi o'zini qurshagan barcha narsalar avvalo mavjud bo'lish qobiliyatiga ega ekanligiga ishonch hosil

qiladi.

Shunday qilib, borliq masalasi insonning dunyoni oqilona anglash yo'lidagi ilk urinishlaridayoq duch kelgan barcha

masalalarning negizi hisoblanadi. Muayyan narsalar mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi inson falsafiy mulohaza

yurita boshlagani zahotiyoq uning diqqat markazidan o'rin oldi. Mifologiyaning bosh vazifasi – «borliqni kim yaratgani»

haqida gapirib berishni falsafa «borliqning nimaligi, u qaerdan paydo bo'lgani va qaerga yo'qolishi»ni oqilona

tushuntirish bilan almashtirgani tasodifiy emas. Bunday tushuntirishga urinish jarayonida faylasuflar barcha zamonlarda

quyidagi savollarga javob topish zaruriyati bilan to'qnash kelganlar:

• falsafiy kategoriya sifatidagi «borliq» nima?

• bu atama nimaga nisbatan tatbiq etilishi mumkin?

• unga qanday falsafiy ma'no yuklanadi?

Bu savollarga keng javob berish falsafa tarixiga ham, mazkur tushunchaning etimologiyasiga ham murojaat etishni nazarda

tutadi. Mazkur dastur bo'yicha ta'lim oluvchilar tarixiy-falsafiy kurs bilan tanish bo'lishlari lozimligini hisobga olib,

bu yerda faqat falsafiy tafakkur tarixiga qisqacha to'xtalamiz va mazkur muammoni anglab yetish jarayonidagi muhim

bosqichlarinigina qayd etamiz.

Falsafa tarixida borliq muammosi. «Borliq» kategoriyasi falsafa paydo bo'lishi bilan shakllangan va izchil nazariy

qiziqish predmetiga aylangan bo'lsada, dunyo haqida odamlar ancha oldinroq fikr yurita boshlaganlar va bu tasavvurlar ko'p

sonli afsonalar va miflarda bizgacha yetib kelgan.

Borliq muammosini falsafiy anglab yetishga ilk urinishlar miloddan avvalgi birinchi ming yillikda vujudga kelgan

qadimgi hind va qadimgi xitoy falsafalaridayoq kuzatiladi. Xususan, Vedalar (qadimgi hind tafakkurining ilk yodgorliklari)

va ularga diniy-falsafiy sharhlar – Upanishadalarda yaxlit ma'naviy substantsiya, o'lmas jon haqidagi g'oyalar, shuningdek dunyo

haqidagi materialistik va ateistik tasavvurlar o'z aksini topgan. So'nggi zikr etilgan tasavvurlarga muvofiq butun

borliqning negizini tabiiy asoslar – olov, havo, suv, yorug'lik, makon, vaqt tashkil etadi. Qadimgi Hindiston mutafakkirlari

borliq sirining tagiga yetishga harakat qilar ekanlar, quyosh tunda qaerga ketadi, yulduzlar kunduzi qayoqqa yo'qoladi kabi

savollarga javob topishga uringanlar va bu tasavvurlarni insoniyatga ma'lum bo'lgan eng qadimgi kitob – Rigvedalarda aks

ettirganlar.

Qadimgi Xitoy falsafasi avvalo ijtimoiy muammolarga qarab mo'ljal olgani bois, unda inson borlig'iga, shuningdek

ijtimoiy borliqqa ko'proq e'tibor berilgan. Ayni vaqtda, tabiatning birinchi asoslari ham e'tibordan chetda qolmagan. Bu

qiziqish, xususan, narsalar va hodisalarning butun rang-barangligini belgilovchi besh stixiya (suv, yer, daraxt, temir, olov)

haqidagi ta'limotda o'z aksini topgan. Keyinroq «O'zgarishlar kitobi»da borliqning butun rang-barangligini tashkil etuvchi

bunday birinchi asoslarning sakkiztasi qayd etiladi.

Xudolarning kelib chiqishi, ularning hayoti, ishlari, o'zaro kurashi haqida hikoya qiladigan va shu tariqa qadimgi odamlarning

dunyoning vujudga kelishi va evolyutsiyasi haqidagi tasavvurlarini aks ettirgan kosmogonik miflar Suqrotga qadar avvalo

tabiat falsafasi sifatida yuzaga kelgan va rivojlangan yunon falsafasining birinchi manbai bo'lib xizmat qildi. Ilk yunon

faylasuflari o'z asarlarini odatda «Tabiat haqida» deb nomlaganlari, ularning o'zlari esa naturalistlar, «fiziklar» deb

atalishi bu fikrni tasdiqlaydi.

Sharq donishmandlari kabi, antik mutafakkirlarni ham borliqning manbalari qiziqtirgan. Qadimgi yunon falsafasi

vujudga kelgan paytdan boshlab ular butun borliqning birinchi sababini mavjud voqelikning o'zidan izlaganlar, uni dam suv

(Fales) yoki havo (Anaksimen) deb, dam hamma narsani boshqaradigan boqiy va cheksiz asos – «apeyron»(Anaksimandr) deb

tavsiflaganlar. (taxminan mil. av. 611-545 yillar) Anaksimandr hatto jonli mavjudotlarning tabiiy kelib chiqishi g'oyasini

ilgari surgan. Uning fikricha, mazkur mavjudotlar dengiz suvida vujudga kelgan va suv o'tlaridan paydo bo'lgan. So'ngra

baliqsimon mavjudotlar quruqlikka chiqqan va ulardan odamlar rivojlangan. Shunga o'xshash fikrlarni Ksenofan (mil. av.

580-490 yillar) ham ilgari suradi. U hamma narsa yer va suvdan vujudga keladi va rivojlanadi, hatto «biz ham yer va suvdan

paydo bo'lganmiz», deb hisoblaydi.

O'sha davrning bosh falsafiy masalasi – «hamma narsa nima?» degan savolga javob berar ekan, Pifagor (mil. av. 580-500

yillar) «hamma narsa sondir», degan xulosaga keladi. U Yerning sharsimonligi haqidagi g'oyani birinchi bo'lib ilgari surdi.

Keyinchalik bu g'oyani Parmenid (mil. av. 540-480-yillar) qo'llab-quvvatladi va unga yozma ta'rif berdi. Parmenid faylasuflar

orasida birinchi bo'lib borliqni kategoriya sifatida tavsifladi va uni maxsus falsafiy tahlil predmetiga aylantirdi. U

haqiqiy borliq mohiyatining o'zgarmasligi haqidagi g'oyani ilgari surdi. Parmenid fikricha, borliq paydo bo'lmagan va u yo'q

ham bo'lmaydi, chunki undan boshqa hech narsa yo'q va bo'lishi mumkin ham emas. Borliq yagona (uzluksiz), harakatsiz va

barkamoldir. U o'z chegaralariga ega bo'lib, «ulkan mutlaqo yumaloq Sharga» o'xshaydi.

Parmenidning yagona, ajralmas, o'zgarmas va harakatsiz borliq haqidagi ta'limoti ellinlar dunyosida shuhrat qozondi va,

xususan, eleatlar maktabi vakili bo'lgan samoslik Melis tomonidan davom ettirildi. U Parmenid fikriga asosan qo'shilgan

holda, «Tabiat yoki borliq haqida» deb nomlangan asarida borliq chegarasiz ekanligini qayd etadi. Uning fikricha, agar

borliqning chegarasi borligini tan olsak, bu borliq yo'qlik bilan chegaradosh ekanligini anglatadi. Biroq, hamonki yo'qlik

mavjud emas ekan, borliq ham chegarali bo'lishi mumkin emas.

Shunday qilib, qadimgi yunon falsafasining Suqrotga qadar bo'lgan davrida ontologiya sezilarli darajada rivojlanadi: o'sha

davr atoqli faylasuflarining deyarli barchasi borliq muammosini bevosita yoki bilvosita o'rganadi, uni, odatda, boqiy va

barkamol kosmos, «yagona tabiat», ya'ni moddiy-hissiy dunyo bilan tenglashtiradi. Masalan, Empedokl (mil. av. 484-421 yillar)

«borliq» atamasini bevosita ishlatmagan bo'lsa ham, «barcha narsalarning to'rt negizi» (olov, havo, suv va yer) haqida so'z

yuritar ekan, dunyo (kosmos) tuxumsimon ko'rinishga ega deb hisoblagan, hayot nam va issiq suv o'tlaridan kelib chiqqani haqida

mulohaza yuritgan. Demokrit va Levkipp atomlarni muayyan modda sifatida tavsiflab, ularni «bo'shliq» - yo'qlikka zid

o'laroq, «to'la» yoki «qattiq» borliq bilan tenglashtirgan.

Shu davrda borliqni tushunishga nisbatan dialektik yondashuv ilk bor namoyon bo'ladi. U butun dunyo muttasil harakat va

o'zgarish jarayonini boshdan kechiradi deb hisoblagan va shu munosabat bilan «ayni bir narsa mavjud va nomavjuddir» deya

qayd etgan Geraklit (mil. av. 544-483 yillar) ta'limotida ayniqsa bo'rtib ko'rinadi.

Borliq tushunchasini Platon (mil. av. 427-347 yillar) sezilarli darajada kengaytirdi. U nafaqat moddiy, balki ideal

narsalar ham borliqqa ega ekanligini falsafa tarixida birinchi bo'lib ko'rsatib berdi. Platon «haqiqiy borliq» - «ob'ektiv

mavjud g'oyalar dunyosi»ni farqladi va uni «hissiy borliq»qa qarama-qarshi qo'ydi. Bunda u inson ongida mustaqil mavjud

bo'lgan tushunchalar borlig'ini ham ko'rsatib o'tdi va shu tariqa ilk bor «borliq» tushunchasiga amalda mavjud bo'lgan barcha

narsalarni kiritdi.

Markaziy Osiyoning eng qadimiy kitobi “Avesto”da, borliq harakatdagi dunyo, butun jonli va jonsiz narsalarning

uyg'unligidagi mavjudlik deb ifodalanadi.

Keyinchalik falsafa tarixida borliqning ko'p sonli har xil talqinlari shakllandi, lekin ularning barchasi borliq haqidagi

hissiy va oqilona tasavvurlar atrofiga u yoki bu tarzda tiziladi. Bunda fikrlar va yondashuvlar rang-barangligi namoyon

bo'ladi.

Xususan, o'rta asrlar Yevropa falsafasida «haqiqiy borliq - «Xudoning borlig'i» va «haqiqiy bo'lmagan», ya'ni Xudo yaratgan

borliq farqlanadi.

Sharqning buyuk mutafakkiri Forobiy borliq muammosini hal qilishda “vujudi vojib” va “vujudi mumkin”ning o'zaro

nisbatiga murojaat qiladi. Uning fikricha “vujudi vojib” barcha mavjud yoki paydo bo'lishi mumkin bo'lgan narsalarning

birinchi sababi. Birinchi sabab sifatida u o'zga turtkiga muhtoj emas. U mutloq borliq va donishmandlik ifodasi. “Vujudi

mumkin” esa doimo o'zgarishda, ziddiyatli munosabatlarda bo'lib, unda barcha narsalar oddiydan murakkabga, tartibsizlikdan

tartiblilikka qarab harakat qiladi. “vujudi vojib“ yaratgan eng buyuk voqelikdan biri inson aqlidir. U “Fuqarolik siyosati”

asarida borliqni quyidagi olti darajaga bo'ladi:

1. Birinchi holatdagi sabab.

2. Ikkinchi holatdagi sabab.

3. Uchinchi holatdagi aqli faol.

4. To'rtinchi holatdagi instinkt.

5. Beshinchi holatdagi shakl.

6. Oltinchi holatdagi materiya.

Forobiy bu darajalarning har biriga ta'rif beradi. Keyin u “uchinchi aql” - aqli faolni ta'riflaydi. Unga ko'ra, aynan

“aqli faol”iga ko'ra, insonning tabiiy, ma'naviy va ruhiy hayoti shakllanadi.

Ibn Sino fikricha ham borliqning asosi “vujudi vojib” ya'ni Allohdir. Vujudi vojib bu birinchi mohiyat. Uning

mavjudligi sababini boshqa narsalardan qidirish noo'rin. Chunki birinchi sabab uning natijasi bo'lgan xilma xil

jarayonlarning mohiyatiga bog'liq bo'la olmaydi. Zero vujudi vojibning mavjudligi uning o'ziga bog'liq.

XVII-XVIII asrlarning materialist faylasuflari borliq tushunchasini fizik borliq bilan bog'laydi. Bu faylasuflarning

naturalistik qarashlari mexanikaning faol rivojlanishi bilan belgilangan va ularning tabiat haqidagi tabiiy-ilmiy

tasavvurlarini aks ettirgan. Bundan borliqni «naturallashtirish» g'oyasi kelib chiqqan. Mazkur talqin frantsuz materialist

faylasuflari (Gol`bax, Gel`vetsiy, Lametri) dunyoqarashida ayniqsa bo'rtib ko'rinadi.

Yangi davr, so'ngra nemis klassik falsafasi davri «substantsiya» (dunyoni tushunish zamirida yotuvchi, nisbatan barqaror va

mustaqil holda mavjud mohiyat), «mutlaq «Men»ning erkin, sof faoliyati» (Fixte), «ob'ektiv rivojlanuvchi g'oya» (Gegel`) kabi

falsafiy kategoriyalarni qayd etib, borliq muammolari talqiniga yanada teranroq mazmun baxsh etdi.

XX asr borliqni tushunishni tarixiylik, insonning mavjudligi, qadriyatlar va til bilan bog'lab, uning talqinini o'ta

kengaytirdi. Neopozitivizm falsafiy yo'nalishi esa, avvalgi ontologiya falsafaning emas, balki ayrim fanlarning predmeti

deb hisoblab, falsafadagi borlig' muammosini soxta muammo sifatida talqin qildi.

Borliq haqidagi o'ta keng, falsafiy tasavvurlar dunyoning yaxlit tabiiy-ilmiy manzarasini yaratishga harakat qilayotgan hozirgi

zamon fanining xulosalari va qoidalariga asoslanishi lozim. Ammo ayrim fanlardan iborat fan o'z holicha borliqning

umumiy talqinini bermaydi, zero bu vazifa avvalo falsafiy darajada hal qilinadi. Falsafaning bu muhim roli, uning

murakkab hodisalar, shu jumladan borliqni bilish borasidagi imkoniyatlari haqida V.I.Vernadskiy shunday degan edi: «Men

bilimning rivojlanishida falsafaning ahamiyatiga aksariyat naturalistlarga qaraganda boshqacharoq yondashaman va u bunda

ulkan, samarali ahamiyat kasb etadi, deb hisoblayman. Menimcha, falsafa va fan ayni bir jarayonning tomonlari – muqarrar

va ajralmas tomonlardir. Ular faqat bizning aqlimizda ajraladi. Agar ulardan biri to'xtab qolsa, boshqasining jonli

o'sishi barham topgan bo'lar edi... Falsafa doim fan kurtaklarini o'stiradi, ba'zan hatto fanning rivojlanish sohalarini

belgilaydi.»1.

Borliq tushunchaning etimologiyasi. «Borliq» falsafiy kategoriyasi nafaqat eng muhim, balki boshqa kategoriyalar orasida

ayniqsa ko'p ishlatiladigan kategoriya hisoblanadi. Bu holni shu bilan izohlash mumkinki, uning kelib chiqishi dunyoning

ayniqsa keng tarqalgan tillarida ayni bir ma'no – «bo'lish», «mavjud bo'lish», «hozirlik», «hozir bo'lish», «mavjudlik»

ma'nolarini anglatadi. Jahonning aksariyat tillarida yuqorida sanab o'tilgan va ma'no jihatidan unga yaqin fe'llar

negizini tashkil etadigan «bo'lmoq» fe'li, o'zining bevosita ma'nosidan tashqari, yordamchi fe'l sifatida ham faol

ishlatiladi. Bu dalilga izohni inson tafakkuri tabiatidan izlash lozim bo'lib, uning mantig'i va qonunlari fikrni bayon

etishning til shakliga bog'liq bo'lmaydi, lekin albatta fikrlash mumkin bo'lgan, universal va o'zgarmas sifatida amal

qiladigan va shu sababli har qanday mulohazaning tayanch nuqtasi bo'lib xizmat qilishi mumkin bo'lgan nimagadir tayanishi

lozim. Fikr qaratilgan narsa mavjudligi (yoki mavjud emasligi)ning ayni shu dalili har qanday tilning ilk jumlalaridayoq

tom ma'noda universal fe'l (yoki uning modifikatsiyalari) bilan aks ettiriladi: o'zbek tilida - «bo'lmoq», «bor», ingliz

tilida – is, nemis tilida – ist va h.k.

Shunday qilib, «borliq» va «yo'qlik» kategoriyalarining o'ziga xosligi, betakrorligi va universal ahamiyati shundan iboratki,

ularning falsafiy ma'nosi tavsiflanadigan turli tillarda ular fe'ldan, aniqroq aytganda, «bo'lmoq» fe'lidan (yoki uning

inkoridan) hosil bo'lgan tushunchalar hisoblanadi va narsaning o'zini emas, balki uning mavjudligi yoki yo'qligini ko'rsatadi.

Masalan, stol bor, yomg'ir yo'q, oqlik bor, aks yo'q, miya bor, g'oyalar yo'q va h.k.

Borliq tabiiy tillarda otlar, ravishlar yoki ravishdoshlar bilan ifodalanadigan, ya'ni bilishda uning ob'ekti yoki sub'ekti

sifatida amal qiladigan tushunchalar bilan tenglashtirilishi mumkin emas. Ayni vaqtda bu ob'ektlar yoki sub'ektlarning

birortasi ham uning borligi yoki yo'qligini qayd etmasdan fikrlanishi mumkin emas. «Borliq bor, yo'qlik esa – yo'q»,

deganida, Parmenid ayni shu holga e'tiborni qaratgan. Binobarin, yaxshi, yomon, to'g'ri, noto'g'ri, quvnoq, sho'r, oq, qora, katta,

kichkina kabi va shunga o'xshash sifatlar borliqqa nisbatan qo'llanilishi mumkin emas. Borliqni biron-bir koordinatalar

sistemasiga joylashtirib bo'lmaydi, uni faqat vaqtda fikrlash mumkin. Muxtasar qilib aytganda, borliqni har qanday

voqelik ega bo'ladigan umumiy, universal va betakror mavjudlik qobiliyati, deb tavsiflash mumkin.

Borliq va yo'qlik dialektikasi. Keltirilgan fikr amalda mavjud narsagina borliqqa ega bo'lishi mumkin, degan xulosa

chiqarish imkonini beradi. «Yo'qlik» har qanday tilda amalda mavjud bo'lmagan narsa bilan tenglashtiriladi va boshqacha

tushunilishi mumkin ham emas. Boshqacha aytganda, yo'qlik borliqni inkor etadi va narsa, jism, hodisa, ong... (ya'ni amalda

mavjud bo'lishi mumkin bo'lgan narsalar) o'zligini yo'qotgan holda «yo'qlik» atamasi ayni shu ma'noda ishlatiladi va ular

haqida ular «yo'qlikka chekindi», mavjud emas, deyiladi.

Lekin sof falsafiy ma'noda bu fikrni to'g'ri deb bo'lmaydi. Borliq va yo'qlik o'rtasida dialektik o'zaro aloqa mavjud.

Birinchidan, dunyo haqidagi hozirgi tasavvurlarga ko'ra, biz yashayotgan Olam bo'shliqdan bino bo'lgan. Bo'shliq materiyaning

alohida holati. Bo'shliq fizik borliqning eng boy tipi, o'ziga xos potentsial borliq sifatida namoyon bo'ladi, zero unda

mumkin bo'lgan barcha zarralar va holatlar mavjud, biroq ayni vaqtda unda aktual tarzda hech narsa yo'q1.

Yana shuni ham e'tiborga olish lozimki, fiziklar (D.A.Landau, va boshqalar) nuqtai nazaridan biz yashayotgan Olam ham dunyoda

yagona emas, chunki u rivojlanishning turli sikllarini boshdan kechirayotgan turli Olamlarning cheksiz sonidan tashkil

topadi. Shu ma'noda borliq va yo'qlikning o'zaro aloqasi ham nisbiy xususiyat kasb etadi.

Ikkinchidan, amalda mavjud bo'lgan narsaning ob'ektiv borlig'i yo'qlikka chekinadi, lekin, shunga qaramay u haqda

gapirilayotgan, ya'ni u muayyan narsa sifatida fikrlanayotgan bo'lsa, bu narsa ongda mavjud bo'ladi va o'zining «ikkinchi»

borlig'ini saqlaydi, ayni holda u dastlabki ob'ektning nusxasi, ideal obraz bo'lib qoladi.

Shunday qilib, o'tgan zamondagi borliq yo'qlikdir, deb aytish mumkin. Borliq doim hozirgi zamonda mavjud bo'ladi, u faqat

hozirgi zamonda o'zini namoyon etadi, basharti u dolzarb va amalda namoyon bo'lish imkoniyatiga ega bo'lsa, agar u potentsial,

ya'ni axborot manbalarida mavjud yoki uning paydo bo'lishi ob'ektiv rivojlanish mantig'i bilan belgilangan bo'lsa. Amalda

yo'q bo'lgan narsa haqida fikrlash mumkin. Boshqacha aytganda, unga ideal obraz tarzidagi ideal borliq shakl-shamoyilini

berish mumkin. O'tmishga tatbiqan biz borliq haqida faqat shu ma'noda so'z yuritishimiz mumkin.

Ayni shu ma'noda biz g'oyalar, narsalar, voqealar, tarixiy shaxslar yoki o'zimizga yaqin odamlar to'g'risida so'z yuritamiz, bunda

ular yo'qlikka aylanmagani, balki yangicha mavjudlik, xotira tarzidagi o'zgacha borliq kasb etganini nazarda tutamiz.

Shunday qilib, borliq falsafiy kategoriya sifatida dunyoni butun rang-barangligi va turli-tuman namoyon bo'lish shakllari

bilan yaxlit aks ettirish imkonini beradi. Bunda narsalar, predmetlar, hodisalar o'z xususiyatlari, xossalari bilan jamuljam

holda aks etadi. Dunyoni va uning tarkibiy qismi bo'lmish insonni bilish yo'lidagi bu muhim qadam bilan dunyoning tabiati va

mohiyati, uning rang-barangligi, turli darajalari, ko'rsatkichlari, ramz-alomatlari, shakllari va hokazolar haqidagi

mulohazalarning asosiy koordinatalar sistemasi belgilanadi. Buning uchun mohiyat, hodisa, substantsiya, materiya, ong, makon,

vaqt, qonun kabi yangi falsafiy kategoriyalar muomalaga kiritiladi.

Inson o'zi va umuman dunyo haqida o'ylar ekan, odatda muayyan narsalar va ayrim tabiiy hodisalar bilan ish ko'radi. Ayni

vaqtda u o'zini qurshagan dunyoni sinchiklab o'rganish va uning butun rang-barangligini tushunib yetish uchun muayyan tayanch

nuqtasi bo'lib xizmat qiladigan qandaydir asosning shak-shubhasiz mavjudligini qayd etadi. Falsafa tarixidan biz bunday

asos sifatida, masalan, Suqrotdan oldingi qadimgi yunon faylasuflarida tabiat elementlari, o'rta asrlar falsafasida Xudo,

Dekartda: «Men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan ongli inson amal qilganini ko'ramiz.

Ammo inson bilishning bu birinchi bosqichida to'xtab qolmagan va o'zini qurshagan borliqning ko'p sonli turli-tuman

holatlari orasida qolgan barcha narsalardan sezilarli darajada farq qiladigan narsalarni, borliqning ayni shu shakli

voqelikning boshqa shakllari va holatlaridan nima bilan farq qilishini aniqlashga harakat qilgan. Bugungi kunda insoniyat

borliqning ko'p sonli turli-tuman shakllaridan ularning ayniqsa aniq bo'lgan bir nechtasini farqlash imkonini beradigan

tajriba va bilim to'pladi.

Borliq shakllari. Inson barcha jonli narsalar jonsiz narsalardan butunlay farq qilishiga qadimdayoq e'tibor bergan, lekin

buni ancha keyin tushunib ketgan. O'z navbatida, jonli narsalar dunyosida inson alohida o'rin egallaydi. U barcha jonli

narsalardan butunlay farq qiladi. Insonning bu asosiy farqi uning ongida, ideal obrazlar bilan ish ko'rish, ya'ni abstrakt

fikrlash va o'zini fikrlovchi jonzot sifatida anglash qobiliyatida namoyon bo'ladi.

Shunday qilib, borliqning umumiy manzarasini yaratish zaminidan notirik tabiat o'rin oladigan o'ziga xos piramida hosil

bo'ladi. Ya'ni borliqning shakllari notirik tabiat, tirik tabiat, ijtimoiy borliq va inson borlig'i kabilardir Borliqning

bu umumiy shakllari o'ziga xos xususiyatga, o'zining betakror mohiyatiga egadir.

1) tabiat borlig'i. U mufassallashtiriladi va o'z navbatida ,birlamchi tabiat borlig'i (ya'ni inson va uning faoliyatidan qat'i

nazar mavjud bo'lgan narsalar va jarayonlar borlig'i) va ikkilamchi (yoki odamlar tomonidan yaratilgan narsalar va jarayonlar

borlig'i)ga bo'linadi. Birlamchi tabiat notirik tabiat narsalari va jarayonlarining borlig'i – bu butun tabiiy va sun'iy

dunyo, shuningdek tabiatning barcha holatlari va hodisalari (yulduzlar, sayyoralar, yer, suv, havo, binolar, mashinalar, aks sado,

kamalak, ko'zgudagi aks va sh.k.)dir.

Birlamchi tabiat borlig'i ikki darajani o'z ichiga oladi.

Birinchi daraja jonli ruhsiz jismlardan, ya'ni ko'payish qobiliyatiga ega bo'lgan, atrof muhit bilan moddalar va energiya

almashinuvini amalga oshiradigan, lekin ongga ega bo'lmagan barcha narsalar, ya'ni sayyoramiz hayvonot va o'simliklar

dunyosini o'z ichiga olgan butun biosferadan iborat.

Ikkinchi daraja – bu inson va inson ongining borlig'i bo'lib, bu: ikkilamchi tabiat inson yaratgan yoki o'zgartirgan

tabiatdir.Tabiat makon va vaqtda cheksiz hamda abadiydir. Ikkinchi yoki inson tomonidan yaratilgan tabiat birinchi tabiatga

bog'liq. Bir tomondan, ikkinchi tabiatda birinchi tabiat materiali, boshqacha aytganda ob'ektiv, birlamchi borliq

mujassamlashgan, boshqa tomondan esa – unda insonning mehnati, irodasi va bilimlari, uning qalbi o'z ifodasini topgan.

Ikkinchi tabiat – bu mehnat qurollari va sharoitlari, aloqa vositalari, inson ruhining ehtiyojlari, ma'rifatli borliq,

moddiy va ma'naviy madaniyatni belgilovchi barcha narsalar va jarayonlardir;

2) inson borlig'i. Unda tahlilga qulaylik yaratish uchun insonning tabiatning bir qismi sifatida jismoniy mavjudligini va

alohida inson borlig'ini farqlash o'rinli bo'ladi.

Inson tabiatning bir qismi hisoblanadi va shu ma'noda uning qonunlariga bo'ysunadi. Tananing mavjudligi inson o'limga

mahkum ekanligini belgilaydi. Inson borliq va yo'qlik dialektikasi bilan bog'lanadi, barcha tabiat jismlari kabi vujudga

kelish, shakllanish va halok bo'lish holatlaridan o'tadi. Barcha tabiat jismlari kabi, inson tanasiga ham modda va energiyaning

saqlanish qonunlari o'z ta'sirini ko'rsatadi, ya'ni uning tarkibiy qismlari tabiatning boshqa holatlariga o'tadi. Inson

tanasi mavjud bo'lishi uchun uni muttasil quvvatlash (ovqatlanish, sovuqdan va boshqa xavf-xatarlardan saqlash) talab etiladi.

Fikrlash uchun inson tanasining tirikligini ta'minlash zarur. Bundan hayotni saqlash, insonning o'z-o'zini saqlashi va

insoniyatning yashovchanligini ta'minlash zaruriyati kelib chiqadi, bu oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, turar joy, sof

atrof muhitga ega bo'lish ehtiyojida o'z ifodasini topadi;

3) ma'naviy borliq. U sub'ektiv individuallashgan va ob'ektiv (noindividual) ma'naviy borliq sifatida mavjud.

Individuallashgan ma'naviy borliq - bu insonning ichki dunyosi. U onglilik va ongsizlikni qamrab oladi. Bunday yondashuvga

ko'ra, ruh – individual ong bilan ayniy tushuncha, tor ma'noda esa u tafakkurdir. Ong – inson bosh miyasining dunyo borlig'ini

izchil aks ettirish, uni obrazlar va tushunchalarga aylantirish qobiliyati. U taassurotlar, sezgilar, kechinmalar, fikrlar,

shuningdek g'oyalar, e'tiqodlar, qadriyatlar, mo'ljallar, andozalarning ko'rinmas jarayoni sifatida mavjud. Ong tez oqadigan va

bir xil bo'lmagan orqaga qaytmaydigan xususiyatga ega. Shaklan bu jarayon tartibsiz, lekin shu bilan bir vaqtda unda muayyan

tartib, barqarorlik, struktura, muayyan darajada intizom va iroda mavjud.

Inson ongi ayni vaqtda uning o'z-o'zini anglashi, ya'ni o'z tanasi, fikrlari va tuyg'ularini, o'zining boshqa odamlarga bo'lgan

munosabatini va o'zining jamiyatdagi o'rnini anglab yetishi, ya'ni o'zini o'zi bilishdir. O'zlikni anglash – bu ongimizning o'ziga

xos markazidir.

Individual ong o'zining o'limga mahkumligi bilan tavsiflanadi, lekin uning ayrim qismlari noindividual ma'naviy

shakl-shamoyil kasb etadi, shuningdek boshqa kishilar mulkiga aylanadi. Xatti-harakatlarda inson ongining fragmentlari

moddiylashadi, ularga qarab odamlarning niyatlari, mo'ljallari, maqsadlari, g'oyalari haqida xulosa chiqariladi. Noindividual

ma'naviy borliqning o'ziga xos xususiyati shundaki, uning elementlari saqlanadi, takomillashadi va ijtimoiy makon va vaqtda

erkin harakatlanadi;

4) ijtimoiy borliq. U ayrim insonning jamiyatdagi borlig'i va jamiyatning o'z borlig'iga bo'linadi. Har bir inson boshqa

odamlar bilan muttasil aloqa qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a'zosi

hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos bo'lgan

ijtimoiy munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.

Xullas, «borliq» kategoriyasi o'ta umumiy falsafiy abstraktsiya bo'lib, u turli-tuman tabiat hodisalari va jarayonlarini,

odamlar jamoalari va ayrim kishilarni, ijtimoiy institutlarni, inson ongining darajalari, shakllari va holatlarini

mavjudlik belgisiga ko'ra birlashtiradi. Garchi bu hodisalar va jarayonlar borliqning turli sohalariga taalluqli bo'lsa-da,

ularning barchasini umumiy asos birlashtiradi. Ammo cheksiz darajada rang-barang dunyoning yagonaligi to'g'risida so'z

yuritish mumkinmi? Bu savolga «ha» deb javob berish orqali biz butun borliqning umumiy asosi haqida tasavvur hosil

qilamiz. Bu haqda keyingi paragrafda so'z yuritiladi.

Borliqning yuqorida sanab o'tilgan turli shakllari bugungi kunda fanga aniq ma'lum bo'lgan, kuzatish, o'rganish, tahlil,

nazorat va hokazolar predmeti bo'lishi mumkin bo'lgan barcha narsalarni o'z ichiga oladi. Ayni vaqtda dunyo fan va inson aqli

anglab yetmagan jumboqlar va mo''jizalarga to'ladir. Ammo bu hol borliq haqidagi hozirgi tasavvurlar o'z kuchini yo'qotadigan

qandaydir o'zga dunyolar mavjudligidan dalolat beradi, deb aytish uchun yetarli asoslar mavjud emas.

Borliqning turli shakllarini jonsiz tabiatdan boshlab mufassalroq ko'rib chiqamiz, zero u hozirgi zamon fani nuqtai

nazaridan jonli va ijtimoiy tabiatning negizi hisoblanadi.

Olamning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi. Notirik tabiat o'z shakllari va holatlarining son-sanoqsizligi va rang-barangligi

bilan aqlni lol qoldiradi. U turli jismlar, predmetlar, zarralar, gazlar, maydonlar, xossalar, hodisalar ko'rinishida amal

qilar ekan, muttasil harakat va o'zgarishlar jarayonini boshdan kechiradi.

Dunyoning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar so'nggi 400 yil ichida vujudga keldi, galaktikalar

va ularning to'dalari, makro va mikrodunyoning hayratomuz rang-barangligi haqida odamlar XX asrdagina xabar topdilar.

Olamning cheksiz bo'shlig'i qarshisida bizning dunyo haqidagi tasavvurlarimiz hozir ham dengizdan bir tomchi bo'lib tuyuladi.

Lekin, shunga qaramay, bugungi kunda biz bilgan va tushungan narsalar butun Olam va uning ayrim qismlari evolyutsiyasi va

muttasil o'zgaruvchanligi haqida ancha asosli xulosa chiqarish imkonini beradi. Boshqacha aytganda, dunyo u yoki bu bosqichda

ma'lum narsalar vujudga kelib, o'z borlig'ini kasb etadigan va qachondir yo'q bo'ladigan, ya'ni o'zining avvalgi borlig'ini

yo'qotib, modda va energiyaning saqlanish qonuniga binoan boshqa narsaga aylanadigan muttasil davom etuvchi jarayondir.

Notirik tabiatning hozirda mavjud bo'lgan butun rang-barangligi o'z asosiga ega, ya'ni u qachondir vujudga kelgan. Bu fikrni

kengayib borayotgan Olam haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar ham tasdiqlaydi. Biroq, olimlar fikriga ko'ra, biz yashayotgan

Olam tarixi boshlanishiga asos bo'lgan Katta portlash nazariyasi dunyoning mohiyati va uning tuzilishi xususida yangi va yangi

masalalarni kun tartibiga qo'ymoqda. Tabiiy fanlarning ma'lumotlari taxminan 15 milliard yil muqaddam ayrim osmon

jismlari mavjud bo'lmagani, bizning Olam deyarli bir jinsli kengayib borayotgan plazmadan tashkil topganidan dalolat

beradi. Endilikda bir-biridan uzoqlashayotgan galaktikalar tarkibiga kiruvchi yulduzlar, sayyoralar, asteroidlar va boshqa

ko'plab kosmik jismlar mavjud bo'lib, bu galaktikalarning to'dalarida vaqti-vaqti bilan fanga ma'lum bo'lmagan sabablarga

ko'ra ulkan tadrijiy va inqilobiy o'zgarishlar yuz beradi.

Yer tarixi. Ilmiy tasavvurlarga ko'ra biz yashayotgan sayyora taxminan 4,5 milliard yil muqaddam ilk quyosh sistemasida sochilib

yotgan gazsimon-changsimon moddadan paydo bo'lgan, muayyan moddiy jism sifatida o'z borlig'ini kasb etgan, oradan yana bir

milliard yilcha vaqt o'tgach, Yerning geologik tarixi boshlangan. Hozirgi zamon fani aniqlagan eng qadimgi tog' jinslarining

yoshi shundan dalolat beradi. Shunday qilib, Yer jonsiz tabiatining moddiy dunyosi o'zining aniq geologik yil hisobiga ega va

uning borlig'i sayyoramizning umumiy evolyutsion jarayonlari bilan bog'liq. Yerning tabiiy kosmik jism sifatidagi

evolyutsiyasini esa nafaqat tog' jinslari yoki qit'alar tarixi, balki minerallar, foydali qazilmalar, keyinroq esa – oliy

shakllar darajasigacha rivojlangan jonli mavjudodlarning paydo bo'lishi ham tasdiqlaydi.

Insonning paydo bo'lishi va evolyutsiyasi. Inson faol asos sifatida o'z shakllanish jarayonining ilk bosqichlaridanoq o'zini

qurshagan muhitga o'zgartiruvchi ta'sir ko'rsata boshladi. Arxeologik qazishlarning natijalari va antropologik tadqiqotlar

«omilkor odam» mehnat qurollari yasab, nafaqat tabiat va uning predmetlaridan foydalangan, balki uni o'z manfaatlari

yo'lida o'zgartirishga harakat qilganligi 2-4 million yil muqaddam yuz berganini ko'rsatadi. Inson o'zini qurshagan dunyoga

bungacha tabiatda mavjud bo'lmagan predmetlarni olib kira boshladi. Avvaliga bu mehnat, ro'zg'or va turar joy predmetlari

edi. So'ngra ariqlar, to'g'onlar, binolar, inshootlar va inson faoliyatining shunga o'xshash natijalari paydo bo'ldi.

Endilikda, uchinchi ming yillikda inson butun sayyora bo'ylab joylashib, o'zining o'zgartiruvchi imkoniyatlarini ko'p karra

ko'paytirib, tabiatda ilgari hech qachon mavjud bo'lmagan yangi narsalar va hodisalarning katta bir dunyosini yaratdi. U izchil

ish ko'rib, shaharlar va aholi yashaydigan joylar, sanoat korxonalari va texnik qurilmalar, yo'llar, mashinalar, aerodromlar va

shu kabilardan iborat infratuzilma tarmog'ini yaratib, Yerning tabiiy shakl-shamoyilini tanib bo'lmaydigan darajada

o'zgartirdi. Bularning barchasi ham jonsiz tabiatdir, ammo inson tomonidan yaratilgani bois, u tabiiy emas, balki sun'iy

xususiyat kasb etadi. Shu bois u tadrijiy rivojlanadigan, insonning xohish-istagi va aralashuvidan qat'iy nazar mavjud

bo'lgan «birinchi» tabiatdan farqli o'laroq, «ikkinchi tabiat» sifatida talqin qilinadi.

«Ikkilamchi tabiat». Inson yaratgan narsalar borlig'i ko'p jihatdan insonning o'z borlig'i bilan bog'lanadi, zero u bunyod etgan

«ikkilamchi tabiat» avvalo uning turli-tuman ehtiyojlarini qondirishga xizmat qiladi. Shu sababli «ikkilamchi tabiat»ning

aksariyat predmetlari borlig'i odamzot borlig'i kabi o'tkinchidir. Umuminsoniy ahamiyat kasb etadigan muhim asarlar,

odamlarning ko'plab avlodlari uchun qimmatli bo'lgan moddiy madaniyat mahsullarigina o'z borlig'ini ma'lum darajada

uzaytirish imkoniyatiga egadir.

Ammo tarix «birlamchi tabiat»ga xos bo'lgan vayronkor jarayonlar parchalanish, yemirilish, oksidlanish va sh.k., shuningdek

tez-tez takrorlanib turadigan tabiiy ofatlar va ijtimoiy tangliklar bu oz sonli imkoniyatni yanada kamaytiradi. Shunga

qaramay insonning yangi narsalar yaratish jarayoni ularning yo'q bo'lish jarayonidan ildamroq kechmoqda. Shuningdek, kuni

bitgan eski narsalar o'zining avvalgi borlig'ini yo'qotib, asosan chiqindi, axlatga va tabiiy muhitga yot bo'lgan o'zga lash-

lushlarga aylanadi.

Pirovardida sun'iy muhit tinimsiz yangilanib, hajman ko'payadi va kengayadi, tabiiy muhitni chetga chiqarib, uning o'rnini

egallay boshlaydi. Yerda odamlar soni o'sgani sari bu jarayon tobora faollashib boradi.

Ammo Yer, ayniqsa uning inson yashashi uchun yaroqli hududlari sayyoraning olti milliarddan ortiq aholisi uchun torlik

qilmoqda. Holbuki, ko'rsatilgan vaziyatga qaramay, Yer aholisi soni jadal sur'atlarda o'sishda davom etmoqda. Bu

nomutanosiblik so'nggi vaqtda «birlamchi» va o'ta kattalashgan «ikklamchi» tabiat o'rtasida yuzaga kelgan ziddiyatni yanada

kuchaytirmoqda.

Tirik tabiat yoki hayotning paydo bo'lishi. Tirik tabiat borlig'i hayot bilan bevosita aloqada qaralishi lozim. Jonli mavjudot

uchun bo'lish – yashash, bo'lmaslik – hayotdan mahrum bo'lish, o'lish, ya'ni jonli organizm sifatida boshqa mavjud bo'lmaslik

demakdir. Yerda hayotning paydo bo'lishi muammosi doimo insonning diqqat markazida bo'lgan va odamzot uchun ulkan

jumboqlardan biri bo'lib qolgan. U mazkur jumboqning tagiga yetish uchun barcha zamonlarda o'z aqli va tasavvuri kuchidan to'la

foydalangan. Ammo insonning tadqiqotchilik imkoniyatlari behad oshgan, biologiya fanlari esa o'z rivojlanishida ancha olg'a

siljigan bugungi kunda ham bu muammo o'zining to'la yechimini topgan deb aytish mushkul. Ayni shu sababli jonli modda

jonsiz moddadan evolyutsiya yo'li bilan paydo bo'lgani haqidagi ilmiy tasavvurlar bilan bir qatorda hayot kelib chiqishining o'z

ildizlari bilan tarixga, xususan falsafa tarixiga bog'lanadigan turli nazariyalar ham amal qilishda davom etmoqda.

Ibtidoiy jamoa davridayoq odamlar hayotni har xil ruhlar, jonlarning mavjudligi bilan tushuntirishga harakat qilganlar.

Ularning fikricha, bunday ruhlar va jonlarga nafaqat odamlar, balki hayvonlar, shuningdek atrof borliqning barcha

narsalari va hodisalari ham ega bo'lgan. Tegishli e'tiqodlar animizm degan nom olgan (bu haqda birinchi mavzuda to'liq

ma'lumot berilgan).

Aristotel` (mil. av. 384-322 yillar) asarlarida, keyinchalik o'rta asr sxolastikasida va Leybnits (1646-1716) asarlarida faol

asos, harakatlantiruvchi kuch sifatida talqin qilinadigan «entelexiya» (yunon. entelechia – o'z-o'zida maqsadga ega bo'lgan)

atamasiga duch kelamiz. Jonli moddaning mavjudligini va uning jonsiz moddadan farqini butun tiriklik zamirida yotuvchi

qandaydir jismsiz, irratsional sabab, «hayot kuchi» mavjudligini tan olish orqali tushuntiradigan falsafiy ta'limot –

vitalizm (lot. vitalis – jonli) zamirida ayni shu tushuncha yotadi. Hayot paydo bo'lishining ilohiy asoslari, «hayot hujayralari»

Yerga kosmosdan kelgani, go'yoki Yerda tajriba o'tkazayotgan o'zga sayyoralik kelgindilar va hokazolar haqida juda ko'p har xil

g'oyalar ilgari surilgan.

Shu bois, Koinotda bizning sayyoramizdan boshqa joyda ham hayot bormi, degan savol mutlaqo o'rinlidir. Quyosh kabi yulduzlar

Koinotda son-sanoqsiz ekanligi, ularning atrofida ham sayyoralar aylanishi mumkinligi haqidagi fikrning o'ziyoq Yerdan

boshqa joyda ham hayot mavjudligini taxmin qilish uchun asos bo'ladi. Shuningdek, Koinot miqyosida juda kichkina va hozirgi

inson o'rganishi uchun imkoniyat mavjud bo'lgan Quyosh sistemasi xususida ham hayotning biron-bir shakllari mavjudligi yoki

mavjud emasligini qayd etish uchun yetarli axborot hozircha yo'q. Mazkur vazifa faqat mushohada yuritish yo'li bilan hal

qilinishi mumkin emas va eksperimental tadqiqotlar o'tkazishni talab qiladi. Inson ilmiy-texnika imkoniyatlarining o'sish

sur'atlariga qaraganda, Quyosh sistemasida Yerdan boshqa joyda hayot mavjudligi yoki mavjud emasligi masalasi yaqin kelajakda

o'z yechimini topsa kerak. Ammo butun koinotga nisbatan (u inson bilishi uchun cheksizligi tufayli) bu masala saqlanib

qoladi. Shuningdek, hayot u Yerda va faqat shunday usulda mavjud bo'lishi mumkin, deb aytish uchun biron-bir asos mavjud emas.

Hayotning paydo bo'lishi haqidagi falsafiy optimizm. Hayotning paydo bo'lishi muammosiga o'xshash o'ta og'ir vazifalar ustida

bosh qotirar ekan, inson ortiqcha optimizm namoyish etishi va o'zining haqiqatning tagiga yetish qobiliyatiga haddan ortiq

ishonishi ham, muammoning murakkabligi qarshisida o'z ojizligini tan olishi ham mumkin. Bunday sharoitda XX asr boshida

Amerika pragmatizmining taniqli namoyandasi Uil`yam Jems (1842-1910) ta'riflagan yondashuv o'rinli bo'lsa kerak. Uning

ta'biri bilan aytganda, «biz qor bosgan, quyunlar charx urayotgan tog'lar orasida turibmiz. qarshimizda ba'zan tuman pardasi

osha so'qmoqlar namoyon bo'ladi. Ular ishonchsiz bo'lishi mumkin. Lekin biz bu yerda harakatsiz turadigan bo'lsak, muzlab

qolishimiz ham hech gap emas; bordiyu soxta yo'lni tanlasak, yiqilib o'lishimiz mumkin; biz hatto chin yo'l bor-yo'qligini ham

bilmaymiz. Xo'sh, biz nima qilishimiz kerak? Tushkunlikka tushmasligimiz kerak! Hammasi yaxshi bo'lishiga umid qilib, dadil

harakat qilishimiz kerak!»1.

Agar biz cheksizlik hamda hal qilinayotgan vazifaning o'ta murakkabligi qarshisida hafsalasizlik va harakatsizlikdan

yuqorida zikr etilgan tamoyilni, mistika va ko'r-ko'rona ishonchdan aql dalillari va bilishning ilmiy yo'lini ustun qo'ysak,

hayot hodisasini falsafiy anglab yetish yo'lidagi birinchi ishimiz, jonli deb nomlash mumkin bo'lgan barcha narsalarning

jonsiz narsalardan tubdan farqini aniqlash bo'lishi lozim.

Jonli narsalarning jonsiz narsalarga bog'liqligi. Bugungi kunda biz tushunishga qodir bo'lgan barcha jonli narsalar

umumiy holda jonsiz narsalar dunyosi bilan taqqoslaganda dengizdan bir tomchidir. Ammo, jonli narsalar borlig'i

to'g'risida so'z yuritganda, u jonsiz narsalar borlig'i bilan uzviy bog'liq ekanligini, uning yuqoriroq bosqichi hisoblanishini

qayd etib o'tish lozim.

Jonli narsalar jonsiz (qotib qolgan) tabiat negizida vujudga keladi va yo'qlikka chekinar ekan, ayni shu qotib qolgan tabiat

bag'riga qaytadi. Qadimgi yunon faylasuflari butun tiriklik yer va suvdan paydo bo'lgan va ularga qaytib boradi, deganida,

ayni shu aloqani nazarda tutganlar

Fan, ayniqsa biologiyaning rivojlanishi bilan XIX asr boshlaridan organik dunyo evolyutsiyasi haqidagi yaxlit ta'limotlar

vujudga keldi. Avvaliga J.Lamark g'oyalari (1744-1829), so'ngra CH.Darvin (1809-1882) ta'limoti, keyinchalik esa genetika

kashfiyotlari, biologiya, kimyo va geologiyaning rivojlanishi jonli narsalar jonsiz narsalardan abiotik (nobiogen, tabiiy)

yo'l bilan vujudga kelgan aminokislotalar atrof muhitning muayyan sharoitida birikishi jarayonida tabiiy yo'l bilan yuzaga

kelgan, deb qayd etish uchun zamin hozirladi.

Masalan, CH.Darvin hayotning vujudga kelishi va uning tabiiy tanlanish natijasida tadrijiy rivojlanishi zamirida yotuvchi

o'sish, nasl qoldirish, irsiyat, o'zgaruvchanlik, ko'payish progressiyasi, yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish kabi qonunlarni

qayd etdi.

Jonli narsalarning o'ziga xos xususiyatlari. Hozirgi ilmiy tasavvurlar har qanday jonli organizmni ochiq tipdagi o'z-o'zini

tashkil etuvchi, ya'ni atrof muhit bilan moddalar, energiya va axborot almashinuvini amalga oshiruvchi sistema sifatida

tavsiflash imkonini beradi. Jonli narsalarning yana bir o'ziga xos belgisi shundaki, ular ko'payish qobiliyatiga egadir. Barcha

jonsiz narsalardan farqli o'laroq, faqat jonli organizmlargina o'ziga o'xshash organizmlarni yaratishi, sirtdan o'sish va

hayotni quvvatlash uchun zarur moddalarni olib, o'z faoliyati chiqindilarini atrof muhitga chiqarib, o'sishi, rivojlanishi

mumkin. Boshqacha aytganda, jonli organizmlar borlig'i funktsionaldir, u jarayon sifatida yuz beradi, ya'ni muayyan jonli

narsa mavjud bo'ladi yoki, ta'bir joiz bo'lsa, u faoliyat ko'rsatayotgani uchun ham unda hayot mavjud bo'ladi. Bundan tashqari,

jonli organizmlar mavjudligi uchun tegishli va mutlaqo muayyan fizik va kimyoviy muhit talab etiladi, zero ularning hayot

faoliyati faqat muayyan sharoitda: joiz temperatura, havo, namlik, oziq va shu kabilar mavjud bo'lgan holda yuz berishi

mumkin.

Qayd etilgan omillar aniq va ularni tekshirish mumkin bo'lsa-da, jonli va jonsiz narsalar o'rtasida uzil-kesil chegara

o'tkazish oson ish emas. Masalan, virusli zarralar jonli organizm hujayralaridan tashqarida moddalar almashinuvini

amalga oshirmaydi, ko'paymaydi va h.k. Bu ayrim olimlar ularni jonli narsalar qatoriga, ayrimlarning esa – jonsiz

narsalar dunyosiga kiritishiga asos bo'ladi. Chuqurlikda muzlatilgan taqdirda quritilgan urug'lar yoki o'ta sodda organizmlarda

ham yashash jarayonlari nomuayyan vaqtga to'xtaydi, ammo ular avvalgi (normal) sharoitga qaytarilgach, mazkur jarayonlar

tiklanadi.

Xulosalar. Borliq bizning mavjudligimiz asosi, notirik, tirik tabiatning yashash usulidir. Borliq yo'qdan bor bo'lmaydi

bordan yo'q bo'lmaydi. Dunyodagi barcha narsalar biri ikkinchisining mavjudligini taqozo qiladi.

Substantsiya tushunchasining mohiyati. Falsafa tarixida o'zining mavjudligi uchun o'zidan boshqa hech narsaga muhtoj bo'lmagan

shunday birinchi asosni ifodalash uchun «substantsiya» (lot. substantia – mohiyat, asos) kategoriyasi qo'llaniladi. Ilk falsafiy

yo'nalishlarning vakillari barcha narsalar asosini tashkil etuvchi moddani birinchi asos sifatida tushunganlar. Odatda,

bunday asos sifatida o'sha davrda umumiy e'tirof etilgan birinchi stixiyalar: yer, suv, havo, olov yoki fikriy konstruktsiyalar,

«birinchi g'ishtlar» - apeyron, atomlar qaralgan. “Avesto”da birlamchi substantsiya olov deb atalgan. Keyinchalik substantsiya

kategoriyasi o'zgarmas, nisbatan barqaror va hech narsa bilan bog'liq bo'lmagan holda mavjud o'ta keng asosga aylandi. Inson

idrok etadigan dunyoning butun rang-barangligi va o'zgaruvchanligi substantsiya bilan bog'lana boshladi. Bunday asoslar

sifatida falsafada asosan materiya, Xudo, ong, g'oya, flogiston, efir va shu kabilar amal qilgan.

«Substantsiya» tushunchasi o'z-o'zini to'liq belgilovchi borliqni ifodalashga xizmat qiladi. Substantsiya kategoriyasida o'zini

asoslash uchun boshqa hech narsani talab qilmaydigan negiz, birinchi asos g'oyasi mujassamlashgan. Niderland faylasufi

Benedikt Spinoza (1632-1677) buni «causa sui» – «o'z-o'zining sababchisi» iborasida juda to'g'ri ifodalagan. Substantsiya

deganda u o'z holicha mavjud bo'lgan va o'zi orqali zohir bo'lgan, ya'ni o'zining mavjudligi uchun boshqa narsaga muhtoj bo'lmagan

narsani tushungan. Bunda bir tomondan, substantsiya materiya sifatida tushuniladi, boshqa tomondan – u o'zining barcha

shakllari sababi va «sub'ekti» sifatida amal qiladi. Bu B.Spinozani substantsiyani bir vaqtning o'zida ham tabiat, ham Xudo

sifatida ta'riflagani va bu ikki tushunchani tenglashtirishganidan dalolatdir. B.Spinoza Xudoni tabiatga butunlay

singdirib yuborgan, uni tabiiylashtirishga va ilohiy mazmundan ajratishga harakat qilgan. Uning panteizmi shundan iborat

bo'lgan.

B.Spinoza ilgari surgan substantsiyani tabiiylashtirish g'oyasini Gol`bax izchil rivojlantirdi. U barcha substantsiyali

narsalarni tabiatga va faqat tabiatga bog'ladi. «Tabiat hamma narsaning sababchisidir; u abadiy mavjuddir; tabiat o'z-

o'zining sababchisidir...». «Tabiat qandaydir buyum emas; u doim o'z holicha mavjud bo'lgan; hamma narsa uning bag'rida vujudga

keladi; u barcha narsalar bilan ta'minlangan ulkan ustaxonadir...» . Shu ma'noda tabiat ham, substantsiya ham sirtdan hech

qanday turtkiga muhtoj emas. Leybnits esa: «Har qanday haqiqiy substantsiya faqat va faqat ta'sir ko'rsatadi », deganida haq

bo'lgan.

Modomiki, substantsiya hamma narsani o'z ichiga oluvchi va o'zi uchun boshqa hech qanday asos yoki shartni nazarda tutmaydigan

birinchi sabab ekan, u o'ziga bog'liq bo'lmagan holda mavjud har qanday narsaning mavjud bo'lish imkoniyatini istisno etadi. U

xoh Xudo, xoh g'oya, o'zlik, ruh yoki ekzistentsiya bo'lsin – substantsiya yagonadir! «Substantsiya» tushunchasi ko'plikda qo'llanilishi

mumkin emas. Uning ko'pligi g'oyasi mazkur tushunchaning ta'rifiga ziddir, chunki mazkur maqomga da'vogar ikki yoki bir necha

narsa mavjud bo'lgan taqdirda, ularning birontasi ham substantsiya hisoblanmaydi. Substantsiyalilik paradoksi ana shundan

iborat.

Alximiklar mazkur atamani ko'plikda qo'llab, «substantsiyali shakllar», «substantsiyaga xos sifatlar» to'g'risida so'z yuritganda,

unga qo'pol fizik ma'no yuklaganlar. Ayni holda substantsiya moddaga tenglashtirilgan. Ular substantsiyaning xossa va shakllari

o'zgarmas, lekin tegishli ta'sirlar natijasida bir-biriga aylanishi mumkin, degan noto'g'ri xulosaga kelganlar.

Substantsiyaning o'z-o'zidan amalga oshishi hodisalarning umumiy, uzviy xossalari – atributlarda va narsalarning muayyan,

alohida xossalari – moduslarda sodir bo'ladi.

Substantsiya g'oyasidan turli falsafiy ta'limotlar dunyoning birligi va uning kelib chiqishi haqidagi masalaga o'zlari qanday

javob berishiga qarab har xil foydalanadilar.

Dualizm. Birinchi asos sifatida ikkita substantsiya olingan falsafiy yondashuv dualizm (lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi.

Nemis faylasufi X.Vol`f XVIII asr boshida «dualizm» atamasini falsafiy muomalaga kiritgan. X.Vol`f dunyoda barqaror

tartibning shakllanishida tafakkur, g'oyalar va aql-idrokning alohida o'rnini aniqlash hamda ta'kidlashga harakat qilgan. Uning

zamondoshlari – ma'rifatli absolyutizm g'oyalarining tarafdorlariga ta'siri juda katta bo'lgan. X.Vol`fning falsafaga oid

qo'llanmalari barcha o'quv yurtlarida o'qitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular universitet

ta'limining asosiy manbalari sifatida amal qila boshlagan.

Frantsuz materialist faylasufi J.Lametri (1709-1751) o'zining «Ruhning tabiiy tarixi» deb nomlangan asarida dualizmni

inkor qiladi. U o'zida tajriba o'tkazgan – bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida, insonning

ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bog'liq, degan xulosaga kelgan. J.Lametri monistik-materializmni himoya qilib,

cheksiz takomillashuvchi yagona moddiy substantsiya mavjud, degan g'oyani ilgari surgan. Substantsiyaga xos sezish va fikrlash

qobiliyati vujudli jismlarda mavjud bo'ladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining o'zi tashqi jismlarning miyaga ta'siri bilan

bog'liq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga ko'ra,

«aql mezoni» sifatida amal qiladi.

Ikki asos, aytaylik, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va zaruriyatning teng huquqliligi g'oyasi ilgari

surilgan har qanday falsafiy nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.

Rene Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida o'rin oldi. R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni

materiyaning butunlay ruhsizligi haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy substantsiya o'z

atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik ko'lamigagina ega. U mutlaq bo'shliqni istisno etadi, harakatlanish, ya'ni

jismoniy zarralarni bo'lish, joydan-joyga ko'chirish va o'zgartirish qobiliyatiga ega.

Ma'naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, o'zining bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va

deduktsiya kabi o'ziga xos ko'rinishlarida namoyon bo'ldi. U ruhiy substantsiyaning butunlay jismsizligini e'tirof etdi. Garchi

R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan biri bo'lsa-da, uning g'oyalarida o'rta asr falsafasidan meros qolgan

«substantsiya» atamasining alohida narsani tushunish uchun qo'llanilishiga, shuningdek, u ikki muhim - universal va cheksiz

substantsiya – fikrlash va ko'lamni alohida erkin maqomga ega, deb e'lon qilganiga duch kelish mumkin. R.Dekartning «cogio

ergo sum» – «men fikrlayapman, demak, mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi sifatida

tan olganligidan dalolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substantsiyaning uzviyligini va har bir «Men», ya'ni aqlli jonzotga

bevosita, ko'lamli substantsiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substantsiya (aql) metafizikaning o'rganish

predmetini, ajraluvchi substantsiya (ko'lam) esa fizika predmetini tashkil etadi.

Ikki substantsiya – ma'naviy va moddiy substantsiyalarni farqlash, bu mantiqiy nuqtai nazardan noto'g'ri va ratsional ma'noda

juda ko'p qiyinchiliklarga sabab bo'lishi mumkin. Fikrlash va ko'lamga ikki substantsiya tarzida, ya'ni bir-biriga bog'liq

bo'lmagan mustaqil asoslar sifatida yondashilganida, «ruh» va «tana» o'z harakatlarida qanday uyg'unlashishi, umuman, «tana»

qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e'tiboriga ko'ra, substantsiya butun

mavjudot asosi, hamma narsani o'z ichiga oluvchi va o'zini namoyon qilish uchun hech narsaga muhtoj bo'lmagan yagona birinchi asos

sifatida namoyon bo'lgan

Dunyoning negizida ikkita emas, balki undan ko'proq mohiyat borligini tan oluvchi ta'limot plyuralizmdir. «Plyuralizm» (lot.

– ko'plik, ko'p xillik, ko'p sonlik) atamasini ham X.Vol`f 1712 yilda taklif qilgan. Bu tushuncha ontologiyada ayniqsa, jiddiy

qiyinchiliklar tug'dirgan. Chunki ayni shu ta'limotda borliqning ko'p sonli mustaqil va o'zaro bog'lanmaydigan asoslarini

ilgari surish lozim edi.

Leybnitsning «monadologiyasi», ya'ni monadalar haqidagi ta'limoti plyuralizmning klassik ko'rinishi hisoblanadi. Ushbu

ta'limotga ko'ra, dunyo son-sanoqsiz ruhiy substantsiyalardan tashkil topadi. Ammo, plyuralistik yondashuvning bundan

oldinroq ilgari surilgan ko'rinishlari ham mavjud. Masalan, Empedokl yaratgan dunyoning to'rt asosi haqidagi ta'limot

plyuralistik ontologiyaning turlaridan biri sifatida amal qiladi.

Ba'zan plyuralizmga mustaqil ta'limot sifatida emas, balki dualizmning o'zgargan ko'rinishi sifatida qaraladi. Lekin

plyuralistlar o'z nazariyasining asosiy vazifasini dualistik munozaralarda yechimini topmagan ruh va tabiat o'rtasidagi

qarama-qarshilik masalasidan farq qiladi, deb biladilar.

Monizm. Dunyoning narsalar va hodisalar rang-barangligi bir substantsiyadan iborat degan ta'limot «monizm» (yunon. monos

– bitta, yagona) deb ataladi. Dunyoning kelib chiqishi va mohiyati haqidagi hozirgi ilmiy tasavvurlar, shuningdek birinchi asos

muammosiga nisbatan falsafa tarixidagi eng salmoqli yondashuvlar kurashi nuqtai nazaridan substantsiya tabiatini

tushunishga nisbatan ancha keng tarqalgan ikki yondashuv – materialistik va idealistik monizmni qayd etish lozim.

Materialistik monizm deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv dunyo yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi

zamirida ayni shu moddiylik yotadi, deb hisoblaydi. Bu kontseptsiyalarda ruh, ong va ideallikdan emas, balki moddiylikdan

keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning o'ta rivojlangan ko'rinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning

izdoshlari asarlarida duch kelamiz.

Idealistik monizm esa, aksincha, materiyani har qanday borliqning boqiy mavjudligi, yo'q bo'lmasligi va birinchi asosiga ega

bo'lgan qandaydir ideal narsaning mahsuli deb hisoblaydi. Bunda ob'ektiv-idealistik monizmni (masalan, Platonda – bu

o'lmas g'oyalar, zardo'shtiylikda olov, o'rta asr falsafasida – Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va o'z-o'zidan rivojlanadigan

«mutlaq g'oya») va sub'ektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral»

asosdan – dunyoning qandaydir mavhum konstruktsiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash mumkin.

Substantsiyani barcha o'zgarishlar va o'z-o'zining sababchisi -causa sui sifatida tushunish I.Kant tomonidan qabul qilinib,

yuksak baholangan. U substantsiyani «hodisalarning vaqtdagi barcha munosabatlarini aniqlashga yordam beruvchi o'zgarmas asos»,

deb ta'riflagan. Uningcha, substantsiya har qanday tajriba va har qanday idrok etishning asosiy shartidir. U barqaror holatda

bo'ladi, har qanday mavjudlik va vaqtdagi o'zgarish uning modusi, ya'ni o'zgarmas narsaning mavjudlik usuli sifatida

qaralishi mumkin.

Falsafada «Substantsiya» kategoriyasi «substrat» (lot. – to'shama, negiz) tushunchasiga yaqin turadi, deb qaraladi. Substrat

borliqning eng quyi va asosiy qatlami sifatida tushuniladi. Qadimgi atomistik ta'limotlarda atomlar ana shunday asos

hisoblangan. Har qanday substrat muayyan vujudga kelish jarayonining o'ziga xos xususiyatini ifodalaydi. Hozirgi talqinda,

muayyan fizik jarayonlarning substrati sifatida elementar zarralar va fundamental (kuchli, kuchsiz, elektromagnit va

gravitatsion) o'zaro ta'sirlar amal qiladi. Turli moddalarning hosil bo'lish va o'zgarish jarayonlarida o'zining barqaror

holatini saqlab qoluvchi atomlar kimyoviy jarayonlarning substrati sifatida namoyon bo'ladi. Elementar «hayot birliklari»

sifatida amal qiluvchi nuklein kislotalar (DNK va RNK) va oqsil moddalarining molekulalari biologik jarayonlar

substrati bo'lib xizmat qiladi. Barcha ijtimoiy o'zgarishlar zamirida maqsadga muvofiq faoliyati mavjud bo'lgan inson

ijtimoiy hayot substrati hisoblanadi.

Hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasining ontologik mazmuni o'zaro ta'sir sifatida tushuniladi. Chunki aynan

o'zaro ta'sir dunyo yaralishining haqiqiy va pirovard sababchisi – narsalarning o'z-o'zini yakuni (causa finalis) hisoblanadi.

Narsalarni substantsiyalilik nuqtai nazaridan o'rganish ularning mavjudligini ichki sabablar va o'zaro ta'sirlar nuqtai

nazaridan yoritish, demakdir. Shu ma'noda, substantsiyani ichki birlik nuqtai nazaridan, uning cheksiz va rang-barang

o'zgarishlaridan qat'iy nazar, qaraladigan ob'ektiv borliq sifatida, harakatning barcha shakllari, mazkur harakat jarayonida

yuzaga keluvchi va yo'q bo'luvchi tafovut va qarama-qarshiliklar nuqtai nazaridan yondashiladigan materiya sifatida ta'riflash

mumkin.

Shunday qilib, substantsiyaning nazariy xususiyatlari qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

- o'z-o'zini belgilash (o'z-o'zining sababchisi hisoblanadi, uni yaratib va yo'q qilib bo'lmaydi);

- universallik (hech narsaga bog'liq bo'lmagan, barqaror, o'zgarmas va mutlaq birinchi negizni ifodalaydi);

- kauzallik (barcha hodisalarning umumiy sababiy bog'liqligini o'z ichiga oladi);

- yagonalik (birinchi negizning yagonaligini nazarda tutadi);

- yaxlitlik (mohiyat va mavjudlikning birligini ko'rsatadi).

Xo'sh, ana shu xususiyatlar nuqtai nazaridan hozirgi zamon falsafasida substantsiya kategoriyasi o'z o'rniga egami?

Avvalo, ta'kidlash lozimki, substantsiya kategoriyasi hozir ham ko'p jihatdan diqqatga sazovor. Birinchidan, bu barcha hodisa va

jarayonlarning sababiy belgilanganligi g'oyasini namoyon qiladi. Substantsiya bunda barcha mavjud narsalarning birinchi

sababi sifatida amal qiladi. Ikkinchidan, u universiumning ontologik mazmunini muayyanlashtirish talabidir. U barcha

o'zgarishlarni belgilovchi o'zaro ta'sirning yangi turlarini izlash va maydonning yagona fizik nazariyasini tuzishga

yo'naltiradi. Uchinchidan, substantsiya o'zining rang-barang ko'rinishlari darajasida uning rivojlanishi nuqtai nazaridan

olingan hamda o'ziga xos bo'lgan butun evolyutsion imkoniyatlarni ishga solib, harakatlanayotgan materiya sifatida tushunilishi

lozim. To'rtinchidan, substantsiya kategoriyasiga murojaat etish materiya va ongning mutlaqo qarama-qarshiligi to'g'risidagi

masalani kun tartibidan chiqarish imkonini beradi.

Substantsiya masalasi biron-bir faylasuf e'tiboridan chetda qolishi mumkin emas, chunki uning har qanday mulohazalari,

ular qaysi mavzuga tegishli bo'lmasin, go'yoki «havoda muallaq osilib qoladi», zero har doim mulohaza qilinayotgan narsaning

eng katta asoslari haqidagi masala yuzaga keladi.

Masalan, bir qarashda dunyoning zamirida nima yotishini aniqlashdan uzoq bo'lib tuyuladigan axloq mavzusini olaylik. Axloq

individual ong bilan ham, ijtimoiy ong bilan ham bevosita bog'liq bo'lib, faqat ularga bog'lab o'rganilishi mumkin. Ammo

ongning kelib chiqishi haqidagi masala falsafa tarixida har xil hal qilinadi. Xususan, diniy falsafa vakili uchun axloqning

ham, ongning ham manbai va birinchi asosi Xudo hisoblanadi, ayni vaqtda ateist uchun bu masala butunlay boshqacha yechimga ega

bo'ladi.

Falsafa tarixida ob'ektiv dunyoning butun rang-barangligi qandaydir pirovard, eng katta asosga umuman olganda qanday

bog'langaniga nazar tashlaydigan bo'lsak, tabiatan har xil bo'lgan va bir-biriga mutlaqo bog'lanmaydigan ikki shunday asos:

materiya va ongga duch kelamiz.

Ko'rsatilgan asoslar ham, ularning o'zaro aloqasi masalasi ham doimo qizg'in bahslarga sabab bo'lgan, moddiy (tabiiy) va ideal

(ma'naviy) narsalar va hodisalarning o'zaro nisbati muammosi esa deyarli har bir ta'limotda bevosita yoki bilvosita ilgari

suriladi.

Materiya. «Materiya» tushunchasini asosiy falsafiy kategoriya sifatida ilk bor Platon ishlatgan. U hyle atamasini

muomalaga kiritgan va u bilan kattaligi va shakl-shamoyili har xil jismlar paydo bo'lishiga asos bo'lib xizmat qiladigan

sifatlardan mahrum substrat (material)ni ifodalagan. Platon talqinida materiya shaklsiz va nomuayyan bo'lib, har qanday

geometrik shakl ko'rinishini kasb etishi mumkin bo'lgan makon bilan tenglashtiriladi. Keyinchalik materiya haqidagi

tasavvurlar asosan uning muayyan xossalari - massa, energiya, ko'lam bilan bog'langan va uning muayyan turlari - modda, atomlar,

korpuskulalar va sh.k. bilan tenglashtirilgan.

Bu masalalarga nisbatan hozirgi yondashuvlar ancha o'zgargan va materiya haqidagi tabiiy-ilmiy, masalan, fizik yoki kimyoviy

tasavvurlar bilan bir qatorda uni anglab yetishning falsafiy darajasini ham nazarda tutadi. «Materiya» falsafiy

kategoriyasining vazifasi amalda mavjud materiya turlarining butun cheksiz rang-barangligini qamrab olish va uni ong bilan

bog'lash mumkin emasligiga urg'u berishdan iborat. Muammoga falsafiy munosabatni uning tabiiy-ilmiy talqinidan

farqlash imkonini beruvchi mazkur yondashuv juda muhim ahamiyat kasb etadi, aks holda mazkur sohadagi tadqiqotlar va bilish

imkoniyatlari doirasi asossiz ravishda torayadi. Bunga, masalan, neopozitivizm yo'nalishlaridan biri – lingvistik falsafada

duch kelishimiz mumkin. Uning taniqli namoyandalari J.Mur, L.Vitgenshteyn va boshqalar hamonki «materiya» va «ong» kabi

tushunchalarga ilmiy nuqtai nazardan aniq ta'rif berish mumkin emas ekan, ulardan voz kechish lozim, deb hisoblaydi.

Boshqa hozirgi falsafiy yo'nalishlarning aksariyatida bu tushunchalar faol qo'llaniladi va muhim metodologik rol o'ynaydi.

Xususan, uning substantsiyalilik, cheksizlik, yo'q bo'lmaslik, harakat, makon, vaqt kabi uzviy xossalari farqlanadi.

Materiyaning tuzilishiga nisbatan kim qanday yondashmasin, u bir qancha alohida va katta guruhlarga bo'linadi. Zero, barcha

moddiy ob'ektlar tartibga solingan, izchil ichki tuzilishga ega. Materiyaning tarkibiyligi g'oyasining ildizlari antik

falsafaga, xususan, Demokrit, Epikur va Lukretsiy Karning atomistik ta'limotiga borib taqaladi. Bu g'oya

tabiatshunoslikning rivojlanishiga kuchli ta'sir ko'rsatgan. Hozirgi zamon falsafasida u ancha salmoqli va ilmiy

asoslangan materiyaning tizimli tuzilishi kontseptsiyasida mujassamlashgan.

Materiyaning tashkil topish darajalari. Materiyaning cheksizligini hozirgi zamon tabiatshunosligi ham tasdiqlaydi.

Materiyaning notirik, tirik va ijtimoiy kabi tarkibiy darajalari farqlanadi. Ular borliqning asosiy shakllari bilan

mos keladi. Bunda turli darajalar bir-biri bilan uzviy bog'liqdir. Ayni vaqtda ularning tarkibida muayyan ierarxiya va

soddaroq shakllardan (jonsiz materiyadan) murakkabroq shakllar (jonli va ijtimoiy materiya) sari yuksalish kuzatiladiki,

bugungi kunda ularning mavjudligi faqat sayyoramizga nisbatan o'zining ilmiy tasdig'ini topgan. Jonsiz tabiatning

tuzilishi va rang-barangligi haqidagi tasavvurlar esa, mikro-, makro- va megadunyolarni qamrab olib, tinimsiz kengayib va

teranlashib bormoqda.

XX asrda bu borada ayniqsa katta yutuqlarga erishildi. Asr boshida modda diskret zarralardan iborat qandaydir uzluksiz

narsa sifatida, maydon esa uzluksiz moddiy muhit sifatida tushunilar edi. Endilikda, kvant fizikasi, nisbiylik nazariyasi

va boshqa tabiiy-ilmiy g'oyalarning rivojlanishi bilan modda va maydon o'rtasidagi farq nisbiy tus oldi, kashf etilayotgan

elementar zarralar esa o'zining rang-barangligi bilan kishini hayratga solmoqda. Bu sohada yechilmagan muammolar hali bisyor

bo'lsa-da, fan materiya tashkil topishining «subelementar» darajasini o'rganib, elementar zarralarning yagona tabiatini

tushunishda sezilarli darajada yutuqqa erishdi. Bu yerda so'nggi yillarda plazma, materiyaning alohida holati sifatidagi fizik

bo'shliq hodisalari va materiyaning cheksizligi haqidagi g'oyani tasdiqlovchi boshqa jarayonlar kashf etildi va o'rganilmoqda.

Hozirgi davrda materiyaning uch tarkibiy darajasi farqlanadi:

- mikrodunyo – «...dan tashkil topadi» tamoyili amal qilmaydigan atomlar va elementar zarralar dunyosi.

- megadunyo – koinot dunyosi (sayyoralar, yulduzlar komplekslari, galaktikalar, megagalaktikalar);

- makrodunyo – barqaror shakllar va insonga mos kattaliklar dunyosi (unga molekulalarning krisstallashgan komplekslari,

organizmlar, organizmlarning hamjamiyatlari ham kiradi);

Materiya tarkibiy darajalarining aniq chegarasini aniqlash mushkul. Uni fan doimo qayd etavermaydi. Bizning

bilimlarimiz tobora chuqurlashib, darajalarning yangi va yangi sifat chegaralarini aniqlaydi. Materiyaning tarkibiy

darajalari to'g'risida so'z yuritilganida, subelementar, mikroelementar, yadroviy, atom, molekulyar, makroskopik va kosmik

darajalar ham tilga olinadi. Materiyaning mikroskopik darajasida fizika taxminan 10-15 sm uzunlikda taxminan 10-22 ga

teng vaqt ichida yuz beruvchi jarayonlarni o'rganish bilan shug'ullanadi. Megadunyoda esa, kosmologiya taxminan 1010 ga teng vaqt

(Koinot yoshi) ichida yuz beruvchi jarayonlarni o'rganadi. Materiyaning tarkibiy darajalari g'oyasi metodologiya mutaxassislari

tomonidan sababiyat va dunyoni bilish mumkinligi g'oyasi bilan bir qatorda juda yuksak baholanadi.

Ayni vaqtda shuni qayd etish zarurki, materiyaning tarkibiy darajalari tasnifi zamirida chiziqli ierarxiya tamoyili yotadi.

Bu yerda «qism butundan kichkina» tamoyili amal qiladi. Lekin bu dunyolarning biri soddaroq, ikkinchisi murakkabroq, degan

ma'noni anglatmaydi. Dunyolar qism va butun sifatida taqqoslanmaydi, ular universumning o'ziga xos teran o'zgarishlarini

ifodalaydi. Shu bois bu tasnifni mutlaqlashtirish kerak emas.

Yuqorida aytilganlarga ishonch hosil qilish uchun misol keltiramiz. Butun sonlar qatori 1, 2, 3, 4 , 5, 6 , 7, 8, 9, ... n ni olamiz,

bu to'plamdan kichik to'plam – juft sonlar qatori 2, 4, 6, 8, 10, 12, 14, ...n ni ajratamiz. Dastlab juft sonlar qatori butunning,

ya'ni butun sonlar qatorining bir qismigina bo'lib tuyuladi. Ammo ularni taqqoslasak, juft sonlar qatori butun sonlar

qatori kabi cheksiz ekanligini ko'ramiz. Binobarin, bu yerda qism butun bilan teng.

Bundan tashqari, mikrodunyoda o'tkaziluvchi barcha eksperimentlar g'ayrioddiy natijaga olib keladi. Mikrodunyo azaldan

jumboqlarga to'la, deb aytish mumkin. Ikki elementar zarra to'qnashuvidan keyin hech qanday kichikroq elementar zarralar

hosil bo'lmaydi. To'qnashgan zarralar bilan bir xil, ya'ni elementar zarralar, masalan, ikki proton to'qnashuvidan keyin

boshqa ko'plab elementar zarralar, shu jumladan, protonlar, mezonlar, giperonlar vujudga keladi. Zarralarning «ko'plab

tug'ilishi» hodisasini Geyzenberg quyidagicha tushuntirgan. Elementar zarralar to'qnashganida ko'p miqdordagi kinetik

energiya moddaga, paydo bo'luvchi zarralarga aylanadi va biz zarralarning ko'plab tug'ilishi jarayonini kuzatamiz. Yarim asr

muqaddam elementar zarralarning atigi uch turi - moddaning eng kichik elementlari – elektron va proton hamda energiyaning

eng oz portsiyasi hisoblangan foton ma'lum bo'lsa, hozir 200 dan ortiq elementar zarralar kashf etilgan. Oddiy ob'ektlar

tarkibini aniqlash uchun, «qandaydir kichikroq elementlardan tashkil topadi» formulasi mos kelsa, bu mikrodunyoni

tavsiflashga mos kelmaydi.

Mikrodunyoning boshqa bir g'ayrioddiy effekti mikrozarraning ikki yoqlama tabiati, ya'ni u ham korpuskula, ham to'lqindan

iborat ekanligi bilan bog'liq. Shu sababli bunday zarra makon va zamonda aniq o'rin olishi mumkin emas. Bu xususiyat

Geyzenbergning nomuayyanliklarning o'zaro nisbati tamoyilida o'z aksini topgan.

Materiyaning tarkibiy darajalari ierarxiyasida inson markaziy o'rinni egallaydi. Qadimdayoq Protagor «Inson hamma

narsalarning o'lchovidir», degan edi. Dunyoni o'zlashtirishda inson qadriyatlari shkalasini andoza sifatida qabul qiluvchi

falsafiy ta'limot – «Antropologizm» zamirida ana shu tezis yotadi. Materiya tuzilishining inson tomonidan kuzatiluvchi

darajalari odamlar yashovchi muhitning tabiiy shart-sharoitlarini, ya'ni bizning dunyoviy qonuniyatlarimizni hisobga olgan

holda o'zlashtiriladi. Lekin bu bizdan ancha olisdagi darajalarda materiyaning mavjud shakllari va holatlaridan butunlay

farq qiluvchi, mutlaqo boshqacha xossalar bilan tavsiflanuvchi «g'ayritabiiy» shakl hamda holatlari mavjud bo'lishi mumkin,

degan taxminni istisno etmaydi. Shu munosabat bilan olimlar geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlarni farqlay

boshladi.

Geotsentrik va nogeotsentrik moddiy tizimlar. Geotsentrik dunyo haqidagi tasavvur Yer miqyosidagi ob'ektlarga daxldor

nazariyalarning umumlashtirilishi natijasida yuzaga kelgan. Unda, aynan Yer dunyosi andoza va negiz sifatida qabul qilinadi.

Geotsentrizm ta'limotiga ko'ra, moddiy tizimlarning atributlari barcha darajalarda biz Yer sharoitida duch keluvchi

atributlar bilan bir xil bo'ladi. Geotsentrizm makon, zamon, sifat, sababiyat va boshqa atributlar ontologik ma'noda

yagonadir, degan tasavvur tug'diradi.

Lekin materiyaning cheksizligi g'oyasidan kelib chiqib, atributlarning amaliyot bizni hozirgacha tanishtirgan turidan tashqari,

«geotsentrik obraz»dan farq qiluvchi ko'plab boshqa turlari ham mavjudligini faraz qilish o'rinli bo'ladi. Bu atributlarning

boshqa turlari, o'zga makon, zamon, harakat bilan tavsiflanuvchi ob'ektiv borliqning alohida turi sifatidagi nogeotsentrik

tizimlar, ya'ni geotsentrik dunyoga uncha o'xshamaydigan dunyolar to'g'risida so'z yuritish imkonini beradi.

Atributlari universal mazmunining, inson tanasi mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo'luvchi atributlarning universal

mazmuniga mos kelishi geotsentrik dunyodir . Bu N`yuton vaqti (zamoni), Evklid makoni dunyosidir.

Atributlarning universal mazmuni inson tanasining mavjudlik shart-sharoitlarida namoyon bo'luvchi atributlarning

universal mazmunidan farq qiluvchi moddiy ob'ekt nogeotsentrik dunyo deb ataladi. «Nogeotsentrik dunyo» tushunchasi

non`yuton vaqti (zamoni), noevklid makoni, umuman, borliqning nogeotsentrik turini nazarda tutadi. Mikrodunyo va

megadunyoni nogeotsentrik dunyolar tomon mavjud bo'lgan «darcha»lar deb faraz qilish uchun asoslar mavjud. Ularning

qonuniyatlari bizga o'zaro ta'sirlarning o'zga turini uzoq darajada bo'lsa ham tasavvur qilish imkonini beradi. Ayni vaqtda,

makrodunyo bog'lanishlari va o'zaro ta'sirlari borliqning geotsentrik turini aks ettiradi. Shunga qaramay, universal

mazmunning «geotsentrik andoza»dan og'ish xususiyati to'g'risidagi masalani faqat amaliyotda yechish mumkin. Bu yerda falsafadan

ko'ra aniq fanlarga asoslanish lozim.

Hozirgi zamon metodologlari pirovard maqsadga asoslanadigan va azaldan maqsadga muvofiq xususiyatga ega bo'lgan tizimlar

bilan stixiyali xususiyatlarni namoyish etuvchi mutlaqo ochiq tizimlarni farqlashni taklif qiladi. Mazkur tasnif yangi narsa

paydo bo'lishi mumkin bo'lgan maqsadni belgilash mexanizmiga yangicha nazar bilan qarash imkonini beradi.

Noorganik, organik va ijtimoiy tizimlar moddiy tizimlarning eng ko'p uchraydigan turlari hisoblanadi. Moddiy tizimning

noorganik turini tasniflashda uning elementar zarralar va maydonlar, atom yadrolari, atomlar, molekulalar, makroskopik

jismlar, geologik tuzilmalar kabi elementlari qayd etiladi. Moddiy tizim organik turining tuzilishi bir necha darajadan

iborat: hujayrasiz daraja - DNK, RNK, nuklein kislotalar, oqsillarni; hujayrali daraja – mustaqil mavjud bo'lgan bir

hujayrali organizmlarni; ko'p hujayrali daraja – to'qimalar, organlar, funktsional sistemalar (asab sistemasi, qon eltuvchi

sistema), ya'ni organizmlar (o'simliklar va hayvonlar)ni o'z ichiga oladi. Organizmlardan yuqori tuzilmalar ham farqlanadi:

bu umumiy genofond bilan bog'langan bir turga mansub jonzotlarning populyatsiyalari – biologik birliklar (o'rmondagi

bo'rilar to'dasi, ko'ldagi baliqlar galasi, chumoli uyasi yoki butazor va boshqalar)dir. Populyatsiyaning yaxlitlik darajasi uning

tarkibiga kiruvchi ayrim organizmlarning xususiyatlari va ko'payishini tartibga soladi. Masalan, chigirtkalar biomassasi

muayyan chegaradan oshib ketsa, ularning ko'payishini sekinlashtiruvchi mexanizmlar ishga tushadi. Jonli materiya

tuzilishining organizmlardan yuqori darajasiga populyatsiyalardan tashqari biotsenozlar kiradi. Biotsenozlarning yaxlit

tizimida populyatsiyalar shunday bog'langanki, ulardan birining hayot faoliyati mahsulotlari boshqasining yashash shart-

sharoitlariga aylanadi. Masalan, o'rmon muayyan biotsenoz hisoblanadi: unda yashovchi o'simliklar, shuningdek hayvonlar,

zamburug'lar, lishayniklar va mikroorganizmlarning populyatsiyalari o'zaro ta'sirga kirishib, yaxlit tizimni vujudga

keltiradi.

Biosfera doirasida moddiy tizimning alohida turi - kishilik jamiyati rivojlangan. Bu ijtimoiy tizim ham alohida kichik

tizimlar individ, oila, guruh, jamoa, davlat, millat va boshqalarni o'z ichiga oladi. Materiya tuzilishining alohida turi

sifatidagi jamiyat odamlar faoliyati tufayligina mavjud bo'la oladi. Shu sababli jamiyatga o'z ehtiyojlarini qondirish va

rivojlanish imkonini beruvchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan bog'liq inson faoliyati substantsional negiz hisoblanadi.

Moddiy tizimlar turlarining tasnifini davom ettirib, rus olimi L.Gumilevning «Etnogenez va Yer biosferasi» asaridagi

fikr-mulohazalarini esga olish mumkin. Muallif taklif qilgan tasnifning mantiqi quyidagicha: siz Yer sayyorasida yashaysiz.

Bir qobiq ostida harakat qilasiz – bu litosfera. Moddiy tizimlarning boshqa bir turi organizmingizning barcha

hujayralariga kirib boradi – bu gidrosfera. Uchinchi turi bilan siz nafas olasiz – bu atmosfera. To'rtinchisi – biosfera.

Bu yerda siz barcha tirik o'simliklar, mikroorganizmlar bilan yashaysiz.

Bu tasnifni geo-, bio- va noosferalarni ajratishni taklif qilgan V.I.Vernadskiy tasnifiga yaqinlashishni sezish mumkin.

Asosiy muammo shundan iboratki, ilgari surilgan nazariyalar va ularni amalda sinash, ya'ni ularning ishonchliligini

tasdiqlashi yoki pirovard natijada ularni rad etishi mumkin bo'lgan tegishli eksperimentlar o'tkazish yo'li bilan tekshirish

imkoniyatlari o'rtasida ulkan tafovut mavjud.

Dunyoning birligi va rang-barangligi. -Dunyo cheksiz yaxlitlik sifatida o'zgarmas va ayni vaqtda o'zining ayrim qismlari va

ko'rinishlarida o'zgaruvchan bo'lib, o'zini muttasil shakllanish va o'zgarish jarayonlarida namoyon etadi. U nafaqat shakllanish

va o'z tuzilmasini murakkablashtirish yo'lida, balki aksincha – buzilish va tanazzul yo'lida ham harakatlanadi va

rivojlanadiki, bu uning sifat va miqdor ko'rsatkichlari muttasil o'zgarishida aks etadi.

Shunday qilib, dunyo, bir tomondan, o'z rang-barangligida bir jinsli emas, boshqa tomondan esa, o'zining barcha tarkibiy

qismlarining uzviy birligini tashkil etib, muayyan universal yaxlitlik hisoblanadi.

Biroq, dunyoning birligi masalasi aniq-ravshan emas. Sinchiklab o'rganish jarayonida u ko'p sonli boshqa javobsiz savollarni,

balki umuman yechimsiz muammolarni yuzaga keltiradi. Dunyo birmi, agar bir bo'lsa, uning birligi nimadan iborat, degan

masala atrofidagi qizg'in falsafiy munozaralar va jiddiy ixtiloflar ayni shu hol bilan izohlanadi.

Dunyo birligining fundamental asoslari. Ko'rsatilgan muammoning yechimi u yoki bu faylasuf dunyoqarashi, uning mazkur

dunyoqarashga asoslangan pozitsiyasiga bevosita bog'liq. Ruh (Xudo, o'lmas g'oyalar, ong va sh.k.) moddiy va ko'lamli tabiatdan

tashqaridagi asos deb hisoblaydigan faylasuflar dunyoning birligi muammosiga boqiy, yaratilmagan va turli atributlarga

ega bo'lgan materiyani butun borliqning asosi sifatida e'tirof etadigan faylasuflarga qaraganda butunlay boshqacha

yondashadilar.

Birinchi holda idealistlar to'g'risida so'z yuritiladi. Ularning qarshisida butun dunyo ikki ko'rinishda namoyon bo'ladi:

birinchisi – ideal (chin) dunyo, ikkinchisi – moddiy, ashyoviy (o'tkinchi) dunyo. Bu yerda dunyoning birligini tasdiqlovchi nuqtai

nazarlar ham, mazkur birlikni rad etuvchi nuqtai nazarlar ham bo'lishi mumkin.

Bunday qarashlarga zid o'laroq, materiyani birdan-bir substantsiya sifatida e'tirof etuvchi materialistik monizm

tarafdorlari dunyoning birligini uning o'zidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladilar. Bunda ular dunyoga o'ziga to'q, o'z

borlig'ini saqlash uchun hech kim va hech narsaga muhtoj bo'lmagan, borliqning butun rang-barangligini o'zidan yaratuvchi deb

qaraydilar. Ayni holda yechishga to'g'ri keladigan eng og'ir vazifa bugungi kunda (balki umuman) o'rganilgan mikrodunyo va

anglab yetilgan Koinotning muttasil surilib borayotgan chegaralari ortiga nazar tashlash imkoniyatiga ega bo'lmagan holda

dunyoning cheksizligi (yoki chekliligi)ga shak-shubhasiz dalillar keltirishdan iboratdir.

Mazkur yondashuvning hech narsaga ishonmaydigan tarafdorlari bu va boshqa shunga o'xshash savollarga o'z javoblarida faqat

oqilona asoslash va unga muvofiq bo'lgan tajribani dalil sifatida tan oladilar va bunda umuminsoniy amaliyotga va tabiati

o'ta oqilona xususiyatga ega bo'lgan fanga tayanadilar. Fan falsafadan ijtimoiy ongning alohida shakli sifatida uzil-kesil

ajralib chiqib, inson faoliyatining mustaqil jabhasiga aylangan. XVIII asrdan boshlab uning yordamida dunyoning birligini

ilohiy kuchlarga murojaat etmay yanada ishonchliroq dalillar bilan himoya qilish imkoniyati paydo bo'ldi. Xususan, sayyoralar

dastlabki «tumanlik»dan tabiiy kelib chiqqanini tushuntiruvchi Kant – Laplas nazariyasi Quyosh sistemasi kosmik

jismlarining birligi to'g'risida so'z yuritishga asos bo'ldi; energiyaning saqlanish va o'zgarish qonuni tabiatda amal qiluvchi

barcha kuchlar universal harakat namoyon bo'lishining turli shakllari ekanligini namoyish etdi; jonli organizmlar

hujayrali tuzilishga ega ekanligi haqidagi nazariya butun tiriklikni strukturaviy birlashtirish imkonini beradi;

D.I.Mendeleevning davriy qonuni barcha kimyoviy elementlarni birlashtirdi, CH.Darvinning hayvon va o'simlik turlarining

kelib chiqishi haqidagi nazariyasi esa nafaqat butun tiriklikning birligini tushuntirib berdi, balki ideal ong tabiatini

jonli modda bilan uzviy bog'liq deb tushunish uchun imkoniyat yaratdi. Mazkur nazariya ayrim narsalarni o'rganishdan

jarayonlar va holatlarni o'rganishga, tabiatni qismlarga ajratishdan uni yagona sistemaga birlashtirishga o'tish bilan

tavsiflanadiki, bu keyinchalik inson va uning ongi genezisini yaxshiroq tushunish, ularning dunyodagi haqiqiy o'rnini

belgilash va pirovard natijada inson va tabiatning birligini ko'rsatish imkonini berdi.

XX asrda nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasining yaratilishi dunyo yagona va hamma narsa bir-biri bilan o'zaro bog'liq

ekanligi haqidagi tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytirdi va mustahkamladi. XX asrning ikkinchi yarmida qudratli

teleskoplar va tezlatgichlar paydo bo'lishi bilan hozirgi zamon fani makro- va mikrodunyolarni o'rganishda yanada ko'proq olg'a

siljidi. U koinot kengliklariga kirib, dunyoning fundamental asoslari haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi. Hozirgi zamon

fani maydon va moddaning, korpuskulyar va to'lqinli moddiy ob'ektlarning birligini isbotlab berdi, materiya, harakat, makon

va vaqtning uzviy birligini asosladi.

Dunyoning birligi g'oyasi tabiiy-ilmiy dalillardan tashqari tarixiy asoslashni ham taqozo etadi. Bunday asoslashni

falsafasiz amalga oshirish mumkin emas, chunki u butun dunyoga yaxlit sistema sifatida yondashib, rang-baranglikda birlikni

va birlikda rang-baranglikni ko'radi.

Olamning chekliligi va cheksizligi. Falsafada olamning chekliligi va cheksizligi bilan bog'liq masalalar muhim ahamiyat kasb

etadi. Bunda har bir konkret narsaning chekli ekanligi, umumiy olamning cheksiz va chegarasizligi e'tirof etiladi.

Cheksizlikni ifodalash uchun ichki (intensiv) va tashqi (ekstensiv) shakllar mavjudligi ko'plab falsafiy adabiyotlarda qayd

etilgan.

Materiyaning ichdan nihoyasizligi intensiv cheksizlik haqidagi tasavvur bilan qamrab olinadi. Intensiv cheksizlikning

mavjudligi tabiatda ichki tuzilishga ega bo'lmagan, mutlaqo elementar ob'ektlar yo'qligini ko'rsatadi. Intensiv cheksizlik

mikrozarralarni o'rganish jarayonida materiyaning kichikroq qismlarga cheksiz bo'linishi sifatida qaralishi mumkin emas.

Zarralarning bir-biriga aylanuvchanligi ular ancha murakkab tabiatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Ekstensiv cheksizlik tashqi cheksizlikdir. U mazkur ob'ekt doirasidan tashqarida, «katta» dunyoda kuzatiladi va ob'ektdan

tashqaridagi cheksizlikni ifodalaydi. Bu yerda ob'ekt xossalari va sifatlarining atrofdagi narsalar bilan o'zaro ta'sirlar

tizimiga bog'liqligi muammosi muhimroqdir. Amalda cheksizlik mavjud bo'lib, u bilish qaratilgan yo'nalishdan kelib chiqib,

intensiv yoki ekstensiv deb tushunilishi mumkin. Ekstensiv va intensiv cheksizlik – haqiqiy cheksizlikning o'ziga xos

proektsiyalaridir. Ularni geometrik shaklning koordinatalar o'qidagi proektsiyalariga o'xshatish mumkin.

Kosmologiya cheklilik va cheksizlikning talqiniga juda ko'p yangiliklar kiritdi. U ilmiy fan sifatida olamning tuzilishi va

xossalarini o'rganadi, makon va zamonning cheksizligi muammosini o'rganishga harakat qiladi. Dunyoning makon va zamonda

cheksizligi haqidagi tasavvurlar asrlar davomida shakllangan. Uning ildizlari antik naturfalsafa va kosmogoniyaga borib

taqaladi. N`yutoncha fizikaga asoslangan XVIII asr kosmologiyasida cheksizlik g'oyasining ancha asosli nazariy dalillari

ta'riflab berildi. Nisbiylik nazariyasining paydo bo'lishi kosmologiya muammolarini butunlay o'zgartirib yubordi.

Umumiy nisbiylik nazariyasi ta'sirida yuzaga kelgan va XX asrning ikkinchi o'n yilligida jadal rivojlangan relyativistik

kosmologiya doirasida olamning makon va zamonda cheksiz hamda chekli modellarini tuzishga muvaffaq bo'lindi.

Olamning relyativistik kontseptsiyasi bo'lishi ehtimol tutilgan butun moddiy dunyoni qamrab olgani sababli, uning «ibtidosi»

g'oyasida cheksizlik g'oyasi butunlay inkor etilib, fanda to'ntarish yasalishiga olib keladigandek bo'lib tuyuldi. Relyativist

kosmologlarning kengayib borayotgan olam – Metagalaktikaning yagonaligi va u hamma narsani qamrab olishi haqidagi

ta'limoti o'tmishda ko'p karra takrorlangan olamda Yerning yagonaligi, Quyosh sistemasi yoki Galaktikaning yagonaligi haqidagi

g'oyalarni eslatadi. Amalda olamning kosmologik modellari, garchi butun dunyoni tushuntirish uchun tuzilgan bo'lsa-da, uning

ayrim qisminigina tushuntirgan. Mazkur sohaga taalluqli, butun dunyodagi makon va vaqtga nisbatan tatbiq etilmaydi, deb

talqin qilingan makon va zamonning chekliligi hamda cheksizligi haqidagi kosmologik tasavvurlar cheksizlik g'oyasini inkor

etmagan.

Kosmologiya rivojlanishining hozirgi bosqichi relyativistik kosmologiyaning ustuvorligi bilan tavsiflanadi. Relyativistik

kosmologiya butun dunyoni mukammal tavsiflashga da'vo qilmaydi, lekin cheklilik va cheksizlikni biz yashayotgan olamga

tatbiqan, uning fizikaviy-makon tuzilishi tomonidan o'rganadi. Relyativistik kosmologiya asoschilari A.Eynshteyn va

A.Fridman hisoblanadi.

A.Eynshteyn 1917 yilda nisbiylikning umumiy nazariyasini yaratgach, oradan bir yil o'tib olamning birinchi relyativistik

modelini tuzdi. U bunda quyidagi taxminlardan kelib chiqdi.

1. Modda va nurlanish olamda bir tekis tarqalgan. Bundan olam maydoni bir xil va izotrop tuzilishga ega, degan xulosa kelib

chiqadi. Garchi og'ir ob'ektlar yaqinida makon-vaqt geometriyasi o'zgarsa-da, bu o'zgarish olamning o'zgarmas egrilikka ega bo'lgan

bir xil izotrop maydonidan chetga ahamiyatsiz og'ishdir, xolos.

2. Olam turg'un, vaqtda o'zgarmasdir. Shu bois maydon geometriyasi evolyutsiyaga ega bo'lishi mumkin emas. A.Eynshteyn dunyosi,

odatda, «silindrsimon dunyo» deb ataladi, chunki uni cheksiz ko'lamli to'rt o'lchovli silindr ko'rinishida tasavvur qilish

mumkin. Silindrning yasovchisi bo'ylab vaqt o'qi o'tadi, u o'tmishga ham, kelajakka ham cheksiz qaratilgan. Silindr kesimi

maydonni beradi. Mazkur modelda bu o'zgarmas musbat egrilikka ega uch o'lchovli doirasimon maydon bor. U chekli hajmga ega.

Buning ortida hech narsa mavjud bo'lmagan dunyoning qandaydir chekkasi bor, deb tushunmaslik kerak. Ayni holda maydon «o'z-

o'zida tutashadi» va bu unda hech qachon to'siqqa uchramasdan cheksiz aylanish imkonini beradi.

Biroq A.Eynshteynning «silindrsimon dunyo»si o'tmishda qolgan. Uning olamning turg'un modelini yaratishga urinishlari,

hozirgi davrda olamning abadiyatda o'zgarmas holda mavjudligi haqidagi an'anaviy tasavvurlarga hurmat sifatida qaraladi.

Olamning turg'un modelini A.Eynshteyn maxsus taxmin asosida yaratganini ham e'tiborga olish kerak.

Mazkur muammoning yangi yechimini A.Fridman taklif qilgan va uni bel`giyalik kosmolog M.Lemetri rivojlantirgan.

A.Fridman dunyoning turg'unligi haqidagi taxmindan voz kechdi, lekin uning bir xilligi va izotropligi haqidagi postulatni

saqlab qoldi. Bu muammoning uch xil yechimini taklif qilish imkonini berdi:

1. Agar olamda modda va nurlanishning zichligi ayrim kritik kattalikka teng bo'lsa, maydon evklid maydoni bo'ladi, ya'ni

egriligi nolga teng bo'ladi va dunyo cheksiz bo'ladi.

2. Agar zichlik kritik kattalikdan kichkina bo'lsa, olam maydoni Lobachevskiy geometriyasi bilan tavsiflanadi, u manfiy

egrilik va cheksiz hajmga ega, ochiq va bel ko'rinishida bo'ladi.

3. Agar olamda moddaning zichligi kritik darajadan katta bo'lsa, maydon musbat egrilikka ega, lekin hajmi cheklangan bo'ladi.

Dunyo berk va chekli bo'lib, Riman geometriyasi bilan tavsiflanadi.

Kosmologiya muammosining taklif qilingan yechimlariga nisbatan munosabat bir xil emas. Ayrim olimlar cheksiz kengayuvchi

Olam gipotezasini qabul qilganlar va «Katta portlash» kontseptsiyasiga ko'ra, taxminan 17-20 milliard yil oldin olam juda

kichkina hajmda o'ta zich singulyar holatda bo'lgan, deb hisoblaydilar. Yuz bergan «katta portlash» olamning kengayish

jarayonini boshlab bergan. Bu kengayish jarayonida moddaning zichligi o'zgargan, maydonning egriligi to'g'rilanib borgan.

Ayrim olimlar fikriga ko'ra, kengayish o'rnini yana torayish egallaydi va butun jarayon takrorlanadi. Shu asosda

harakatlanuvchi Olam gipotezasi ilgari surilgan bo'lib, unga ko'ra taxminan har 100 milliard yilda yangi sikl «katta

portlash»dan boshlanadi. Aqlga sig'maydigan gipotezalarning birida «dastlabki portlash» natijasida gravitatsion maydonda

singulyar holatdan faqat bizning metagalaktikamiz emas, balki ko'plab metagalaktikalar vujudga kelgani, ularning har biri

barcha fizik ko'rsatkichlarning turli ifodalariga, chunonchi, alohida topologiyali (o'lchovlar miqdori har xil bo'lgan mahalliy

ochiq yoki mahalliy yopiq) makoni va o'z kosmologik vaqtiga ega bo'lishi mumkinligi taxmin qilinadi.

Hozirgi «ko'p sonli dunyolar» kontseptsiyalarida olamning ajabtovur manzarasi chiziladi. Bu fundamental falsafani moddiy

dunyoning makon va vaqtdagi cheksizligini metrik cheksizlik ma'nosida emas, balki materiyaning makon va vaqt

strukturalarining benihoya rang-barangligi sifatida tushunish lozim, degan asosiy qoidasi bilan hamohangdir.

Olam kengayishda davom etadimi yoki torayish jarayoni boshlanadimi, degan savol javobsiz qolmoqda. Ammo «qizil siljish»

hodisasi hozirgi vaqtda nurlanish manbai uzoqlashib borayotganini, ya'ni galaktikalar taxminan o'zigacha bo'lgan masofaga

proportsional tezlikda har yoqqa «tarqalayotgani»ni tasdiqlovchi umumiy e'tirof etilgan fakt hisoblanadi. 1912 yilda

V.M.Slayfer galaktikadan tashqaridagi tumanliklar nurlanishlarining spektr chiziqlari spektrning qizil uchi tomonga

siljiyotgani - «qizil siljish»ni aniqladi. Oradan ma'lum vaqt o'tgach (1929 yilda) Edvin Xabbl tumanlik kuzatuvchidan qancha

uzoqda bo'lsa, «qizil siljish» kattaligi ham, uning tumanlikdan uzoqlashish tezligi ham shuncha katta bo'ladi, degan qonunni va

katta masofalarda galaktikalarning tezligi ulkan ifodalarga yetishini aniqladi.

Shunga qaramay, olamning kengayishi bilan bir qatorda, uning torayishini yoki makonda cheklangan, lekin vaqtda cheksiz olam

navbatma-navbat dam kengayuvchi, dam torayuvchi harakatlanuvchi olam modelini ham taxmin qilish uchun nazariy imkoniyat

mavjud.

Cheklilik va cheksizlikning ziddiyati. Cheklilik, uning ziddi bo'lgan cheksizlik singari, umumiylik va zarurlik maqomiga ega

bo'lgan umumiy va universal tushunchalar – falsafiy kategoriyalar sifatida tushuniladi.

Cheklilik – narsalar, jarayon va hodisalarning muayyanliligini va ob'ektning mavjudlik chegarasini qayd etuvchi tavsifni

ifodalash uchun mo'ljallangan falsafiy kategoriya. Cheklilik chegarasi ob'ekt intihosini boshqa ob'ektdan ajratib turadi va

ularni bir-biriga bog'laydi. G.Gegel` cheksizlik har narsa o'z chegarasiga ega ekanligi, bu yerda u barham topishi, yo'qlikka

aylanishini ta'kidlagan . Umuman olganda, barcha tug'ilgan narsalarning muqarrar o'limi haqida fikr yuritmagan birorta ham

atoqli faylasuf yo'q.

Inson borlig'i chekliligining «kashf» etilishi nafaqat mavjudlikning qat'iy chegaralarini, balki cheksizlikni - bir-birini

almashtiruvchi avlodlarning hamisha bir xil safini ham ko'rsatdi. Kundalik hayotda biz narsalarni farqlash va ularning

holatlari vaqtda o'zgarishini kuzatish, masalan, kunni tundan farqlash, Eshmatni Toshmat bilan adashtirmaslik imkonini

beruvchi muayyan chegaralarni ko'p qayd etamiz. Shunday qilib, muayyanlik va chegara cheklilikning asosiy, eng muhim jihatlari

hisoblanadi.

Falsafada makon-miqdor chegaralari (masalan, davlatning hududiy chegaralari) va sifat chegaralari (yosh davrlari) farqlanadi.

Ammo chegara nafaqat ajratadi, balki birlashtiradi, aloqa qilish, chegara orqali o'tish imkonini beradi. Bu qarama-

qarshilikni ifodalash uchun F.Gegel` I.Kant o'zgacharoq ma'noda ishlatgan «borliq o'zida» va «o'zga uchun borliq»

tushunchalarini muomalada qo'llagan.

Cheklilikni qotib qolgan, harakatsiz narsa deb tushunmaslik kerak. Cheklilikning mohiyati shundan iboratki, u o'zini o'zi inkor

etadi, intiho sari harakatlanadi. Shu sababli cheklilik harakatdan tashqarida emas, balki faqat harakatda tushunilishi

mumkin.

Cheksizlik cheklilikning inkori hisoblanadi. Falsafa va fanga cheksizlik bilan birga «ziddiyat» tushunchasi ham kirib kelgan.

Klassik yunon tafakkurida cheksizlik salbiy tushuncha sifatida amal qiladi: cheksizlik chegara va shakldan mahrum, u

belgilanmagan, binobarin, inson aqli uni tushunib yetishga qodir emas. Cheksizlikni anglab yetishga urinish o'z yo'lida

muqarrar tarzda aporiyalar, antinomiyalar, paradokslarga duch kelgan. Fanda Horror infiniti – «cheksizlik dahshati» degan ibora

ham mavjud bo'lgan. Ong cheksizlikni idrok etishga ham, tasavvur qilishga ham qodir emas, u bu borada doimo ikkilanadi.

Inson ko'proq cheklilik bilan ish ko'radi, uni tez anglaydi, biron-bir chegara izlaydi. Cheksizlik – amaldagi qonunlarga

bo'ysunmaydigan, ularni aksioma tarzida qo'llab bo'lmaydigan, qism butunga teng bo'lib qoluvchi borliqdir.

Zenon aporiyalarining bosh mohiyatini ham cheklilik va cheksizlik o'rtasidagi ziddiyat tashkil etadi. Masalan, «Dixotomiya»

aporiyasida to'g'ri yo'l nazarda tutiladi. Bu yo'ldan o'tish uchun uning yarmini, so'ngra yarmining yarmini, keyin bu yarimning yana

yarmini bosib o'tish kerak bo'ladi. Xullas, yo'l cheksiz miqdordagi yarim bo'laklarga bo'linib ketadi. Mazkur yondashuvdan kelib

chiqilsa, bu yo'ldan nafaqat o'tish, balki harakatni boshlash ham mumkin emas. Yo'ldan o'tishda eng oldin bosib o'tish lozim

bo'lgan masofaning dastlabki «yarmining yarmini» qanday topish mumkin? Bu empirik dalil kabi butun cheksizlikni qamrab

oluvchi shak-shubhasiz harakatni nazariy tavsiflash qiyinchiliklar tug'diradi.

Cheklilik intihoning dastlabki nuqtasi sifatida amal qilsa, cheksizlikning asosiy xossasi sifatida ko'pincha

«cheklanmaganlik» tushunchasi qabul qilinadi. Cheksizlik g'oyasi inson tafakkurida biron-bir ob'ekt yoki jarayonda

chegaralarning yo'qligi haqidagi intuitiv tasavvur sifatida mavjud bo'ladi. Shunday qilib, cheksizlik ayrim cheklanmagan

jarayon yoki ketma-ketlik ko'rinishida tasavvur qilinadi

Xulosalar. Inson tajribasi doimo cheklangan, u cheksizlikni empirik yo'l bilan aniqlay olmaydi. Cheksizlikni qayd etish

uchun sezgi organlari ma'lumotlariga tafakkur faoliyatini ham qo'shish lozim. Cheksizlik intiholi narsalar orqali mavjud

bo'ladi. Inson aqli ayni shu aloqa va ketma-ketlikni, intiholi narsalar umumiyligining cheksizlikka teng bo'lgan ayni shu

shaklini aniqlaydi.




Download 88,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish