3-mavzu: bilish nazariyasi. Mantiq reja


Formallashgan nazariyalar



Download 140,98 Kb.
bet28/29
Sana24.01.2023
Hajmi140,98 Kb.
#901758
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Bog'liq
3-mavzu bilish nazariyasi. Mantiq reja

Formallashgan nazariyalar mantiqda keng qo‘llaniladi. Bunga misol qilib mulohazalar mantig‘i, predikatlar mantig‘ini ko‘rsatish mumkin. SHuningdek, u matematikada ham uchraydi.
Nazariyaning yuqorida biz ko‘rib chiqqan tiplari va boshqalari nazariy bilishning muhim vositalari sifatida fanda nihoyatda qadrlanadi. Ular tafakkurning strukturasi va qonuniyatlarini yaxshi bilib olishga imkon beradi.
8. Savol va javobning muhokama yuritishdagi tutgan o‘rni. Norma va hukm.
Bilimlarimiz predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlar (mulohazalar) dan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi.
SHuni aytish kerakki, savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Xususan, hukmning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy xususiyatlarga ega. Birinchidan, savolda ma’lum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi. Masalan, «Qanday sabablarga ko‘ra GFR vaGDR yagona davlatga birlashdi?, degan savolda mustaqil Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasining mavjud bo‘lganligi, ularning yagona davlatga birlashishidan avval qandaydir voqealarning sodir bo‘lganligi haqida ma’lumot berilgan. Ikkinchidan, savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi. YUqorida keltirilgan misolda yagona nemis davlati-GFR haqida ma’lum bir ma’lumot mavjud bo‘lsa-da, u fikrlash predmetini tushunish uchun etarli emas. SHuning uchun ham savol qo‘yish va unga javob qidirish yo‘li bilan yagona nemis davlatining paydo bo‘lish shart-sharoitlari haqida bilim hosil qilinishi zarur. Uchinchidan, savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish ehtiyoji o‘z ifodasini topadi.
Ana shundan kelib chiqib, savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan ehtiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir, deb aytishimiz mumkin.
Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga, (datum questioins) bazisiga ega. Savolning asosini unda mujassamlashgan bilim (axborot) tashkil etadi.
Savollarning bir qancha turlarini farq qilsa bo‘ladi. Xususan, savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri va noto‘g‘ri qo‘yilgan savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lsa, savol to‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi. «Milliy g‘oya nima?», degan savol bunga misol bo‘la oladi. Xato va ziddiyatli asosga ega savol esa, noto‘g‘ri qo‘yilgan savol hisoblanadi. Masalan, «Arvoh qanday kun kechiradi?» desak, savol noto‘g‘ri qo‘yilgan bo‘ladi.
Bilishdagi funksiyasi bo‘yicha aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollarni ajratish mumkin. «I. Prigojin haqiqatan ham sinergetikaning asoschisimi?» degan savol aniqlovchi savol, «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qachon qabul qilingan?» to‘ldiruvchi savol hisoblanadi.
Strukturasiga ko‘ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa, oddiy savol, bo‘lsa - murakkab savol deb yuritiladi. Masalan, «Suv necha gradusda muzlaydi?» - oddiy savol, «Assimlatsiya va dissimlyasiyalar organizmning mavjud bo‘lishida qanday o‘rin tutadi?»-murakkab savoldir.
Masala-savolning alohida bir turi bo‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, etishmayotgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishni, muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqozo etadi.
Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma’lum bir qoidalarga rioya etish zarur: 1. Savol til talablariga javob berishi kerak; 2. Savol aniq, ravshan, qat’iy holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak; 3. Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak.
Javob - predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi hukm (mulohaza) dan iborat. U savolning asosini (bazisini) tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bo‘lgan noaniqlikni kamaytirish (yoki yo‘qotish) tashkil etadi.
Savolga javob qidirish davomida, odatda, bilimlarning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi. Mantiqda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va to‘liksiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi.

Download 140,98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish